I bob Mumtoz poetik shakl va zamonaviy ifoda usuli


Download 119.97 Kb.
bet1/21
Sana13.02.2023
Hajmi119.97 Kb.
#1192829
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
2.Gadoiy lirikasida qofiya turlarining qo\'llanishi


MUNDARIJA
Kirish........................................................................................3-5 -bet
I.bob Mumtoz poetik shakl va zamonaviy ifoda usuli
1.1. G„azal janri tarixi...............................................................6-10-bet
1.2. Yangi davr she‟riyatida g„azalchilik an‟analari..............11-31- bet
II. Bob Yangi davr g„azalchiligi
2.1. G„azalnavislik an‟analari A.Oripov ijodi...........................32-40- bet
2.2. 90 yillar o„zbek she‟riyatida g„azal janri taraqqiyoti..........41-50- bet.
Xulosa...............................................................................................51-52- bet
Adabiyotlar ruyxati......................................................................... 53-54- bet
3

KIRISh
Mavzuning dolzarbligi: Muayyan janr taqdiri, uning yaratuvchisi, janr
yaratilayotgan davr, davrning mafkuraviy aqidalariga qaysidir darajada bog‘liq
bo‗ladi. Shu bois ba’zi janrlar adabiy jarayonda faol bo‗lgan bir paytda boshqalari
kam iste’molda bo‗ladi. Lekin shunday janrlar ham borki, ular ijodkor tomonidan,
u yashayotgan davridan qat’iy nazar, doimo iste’molda bo‗ladi. Albatta, bu
iste’mol har bir taraqqiyot pallasida bir xilda kechavermaydi. O‗zi yashayotgan
davrga xos bo‗lgan bir qator o‗zgarishlarga uchraydi.
Ma’lumki, XX asrning 30-50 yillarida o‗zbek she’riyatining ko‗p asrlik
she’r sistemasi aruzga biroz kamsitilganday munosabatda bo‗lindi. Aruz zamon,
davr ruhini, zamonaviy lirik qahramon olamini yoritishga ojizlik qiladi, degan
fikrlar aytildi. Bir tomondan, bu gap haqday tuyuladi. Chunki Oktabr to‗ntarishi,
fuqarolar urushi, kolxozlashtirish davrlarida tilimizga xorijdan, xususan,
Yevropadan shunchalar ko‗p yangi siyosiy so‗zlar kirib keldiki, ular mumtoz
adabiyotimizning nafosatini bera olmas edi. Ular siyosiylashgan so‗zlar edi. Biroq
60-yillarga kelib aruzga munosabat o‗zgara boshladi. Uning o‗zbek adabiyoti,
she’riyatidagi o‗rni tiklanibgina qolmay, E.Vohidov, J.Kamol A.Oripov,
J.Jabborov kabi shoirlar ijodida yuksak bosqichga ko‗tarildi. 90-yillarga kelib
garchand she’riyatimizda she’riy janrlar soni kengaygan bo‗lsada, ammo aruzga
bo‗lgan munosabat ham to‗xtab qolmadi. Bu davrda g‗azalchilik an’analari davom
etganligini kuzatish, ilmiy tahlil qilish ishning dolzarbligini belgilaydi.

Download 119.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling