I-bob. O’rta osiyoda davlat muassasalari va ularning davlat boshqaruvidagi o’rni


Download 102.49 Kb.
bet1/10
Sana01.05.2023
Hajmi102.49 Kb.
#1420086
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ismatillo



Mundarija:
Kirish
I-BOB. O’rta osiyoda davlat muassasalari va ularning davlat boshqaruvidagi o’rni
1.1.O’zbekiston hududida davlat muassasalarining tashkil topishi
1.2.Buxoro amirligining tashkil topishi va davlat boshqaruvi
II-BOB.Buxoro amirligi davlat muassasalarining tashkil topishi va faoliyati
2.1 Buxoro amirligini markaziy va mahalliy boshqaruvida faoliyat yuritgan davlat muassasalari
2.2 Buxoro amirligida harbiy, diniy va sud sohasidagi davlat muassasalari faoliyati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati




KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Turkiy urug`lardan bo`lgan mang`itlar hukmronligi davrida Buxoro amirligining davlat tizimini, boshqaruv tartiblarini, sud va sudlov masalalarini hamda mang`it hukmdorlarining tashqi diplomatik, siyosiy va madaniy, savdo-sotiq, harbiy munosabatlarini o`rganish o`zbek milliy davlatchiligi tarixini to`laroq yoritishga katta hissaqo`shishi shubhasizdir. Buxoro amirligining XIX asr oxirgi o`n yilliklari – XX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini, davlat boshqaruvini, diniy-huquqiy va harbiy boshqaruv masalalarini o`rganish bizga muhim xulosalarni chiqarishga imkon beradi. Mavzuning dolzarbligi va muhim tarixiy manbalarning mavjudligi gaqaramasdan, Buxoro amirligining davlat muasssasalari tizimi faoliyati yetarlicha o`rganilmagan. Milliy davlatchiligimiz tarixini o`rganishga jiddiy e'tibor berilayotgan hozirgi kunda bugungi davr talai asosida Buxoro amirligining davlat muasssasalari tizimi faoliyati, markaziy va mahalliy boshqaruv tartiblari, oliy tabaqa amaldorlar va quyi ma'muriy birliklar boshliqlarining, harbiy-ma'muriy va diniy amaldorlarning davlat boshqaruvidagi o`rniga doir ilmiy asarlarga ehtiyoj kattadir. Sobiq sho`ro davri davlatchiligida bunday masalalar bir tomonlama, o`sha davrda hukmron mafkura manfaatlari va talablari nuqtai nazaridan yoritilgan edi. 1
Buxoro amirligida yetakchi o`zbek urug`lari, xususan, mang`it urug`i zodagonlari hukmron tabaqaning asosiy tayanchi bo`lib xizmat qildi.

Davlatdagi eng oliy harbiy-ma'muriy amaldorlar, mahalliy boshqaruvdagi asosiy mansabdorlar mang`it urug`iga mansub bo`lgan kishilardan tayinlanar edi.

Download 102.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling