I bob. Shayboniylar davrida moovaraunnaxrda ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy ahvol


Download 25.88 Kb.
Sana14.09.2023
Hajmi25.88 Kb.
#1677913
Bog'liq
.SHAYBONIYLAR DAVRIDA me\'morchilik...


I.BOB. SHAYBONIYLAR DAVRIDA MOOVARAUNNAXRDA IJTIMOIY IQTISODIY VA SIYOSIY AHVOL.

1.1. XV asrning ikkinchi yarimida Dashti Qipchoq va Movaraunnahrdagi siyosiy ahvolni o‘rganish.
Me’morchilik
Shayboniylar davrida ham iqtisodiy hayotda sun’iy sug‘orish bilan bog‘liq muammolarni hal etish ishiga jiddiy e’tibor bilan qaralgan. Bu sulola vakil lari Sangzor, Chirchiq, Sirdaryo, Amudaryo, Vaxsh va Murg‘ob daryolari imkoniyatlaridan unumli foydalanish choralarini ko‘rganlar. Shayboniyxon avlodlari keyinchalik Qashqadaryoning irmoqlaridan Kesh viloyati yerlarini sug‘orish uchun 10 dan ortiq kanallar qazitganlar.
Sun’iy sug‘orish ishlari, ayniqsa, Abdullaxon II davrida keng rivojlangan. Masalan, 1556—1585-yillar oralig‘idadaryosida Karmana, Mehtar Qosim, Chahorminor, Jondor suv ayirg‘ichlari; Nurota tog‘ida Oqchob, Murg‘ob vohasida Hovuzixon suv omborlari qurilgan. Bundan tashqari, Sangzor daryosidan Jizzax vohasiga Tuyatortar kanali, Somonjuq dashtini obodonlashtirishga xizmat qilgan Xoja Ka’ab kanali, Afshona kanali, Amudaryodan Chorjo‘yga, Murg‘obdan Marvga, Vaxshdan uning atrof vohalariga suv chiqarishga imkon beruvchi kanallar qazilgan. Bundan tashqari, Abdullaxon II karvon yoMlarini qayta jonlantirish, sardobalar, karvonsaroylar qurish va ta’mirlashga ahamiyat berdi. 1577- yilda Buxoroda yirik usti berk bozor — Abdullaxon timi qurildi. Nurota tumanidagi Oqchob yaqinidaBeklarsoy darasida joylashgan qadimgi to‘g‘on qoldiqlari o‘mida ulkan band (to‘g‘on) qurdirdi.
Abdullaxon bandi uning ravoqlarini to‘g‘on tepasida turib ochishi yoki berkitishi mumkin edi. Maqsad esa o‘sha atrofdagi bo‘z yerlarni sug‘orib, dehqonchilikni rivojlantirish va yurtni obod qilish edi. Bu tadbirlar, o‘z navbatida, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining rivojlanishini ta’minlagan.shayboniylar temuriylar davrida yaratilgan yuksak rivojlangan madaniyatga munosib voris bo‘la olmaganlar. Shunday bo‘lsa-da, shayboniylar davrida ilm-fan va madaniyat baholi qudrat rivoj topdi. Bunga ushbu sulola hukmdorlari orasidan o‘z davrining yetuk ilm-fan arboblari yetishib chiqqanligi ham ta’sir ko‘rsatgan. Chunonchi, Muhammad Shayboniyxon, Ko‘chkunchixon va Ubaydullaxonlar o‘z davrining nihoyatda o‘qimishh kishilari bo‘lganlar. Shuningdek, Muhammad Shayboniyxon, Abdulazizxon va Abdullaxonlar kutubxonalari o‘z zamonasining ajoyib kitob xazinalari bo‘lgan. Muhammad Shayboniyxon Buxoro va Samarqandni temuriylardan so‘ng fan, madaniyat va san’at markazlari sifatida rivojlantirishga harakat qildi. Shayboniylar ta’limni rivojlantirish maqsadida islohot ham o‘tkazganlar. Bu islohotning o‘tkazihsliiga amaldorlar guruhini vujudga keltirish va ularni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantirish zarurati sabab bo‘ldi. Xonlarga va sultonlarga barcha sohalar bo‘yicha ilmli, diplomatik qobiliyatga ega bo‘lgan amaldorlar zarur edi. Islohotga ko‘ra, ko‘p bosqichli o‘qitish tizimi joriy etildi
Shayboniy hukmdorlar poytaxt Buxoro va uning atroflarini obod qilishga harakat qildilar. XVI asr davomida shu davrning barcha muhandislik imkoniyatlari va jamiyatning ma’naviyat va madaniyati darajasiga mos ravishda ko‘plab binolar, me’moriy majmualar, inshootlar bunyod etildi. Ularning orasida Buxorodagi Mir Arab, Abdullaxon, Samarqandda qurilgan Shayboniyxon, Toshkentda qurilgan Baroqxon va Ko‘kaldosh madrasalari me’morchiligimizning yorqin namunalari hisoblanadi. Baroqxon madrasasi shayboniy hukmdor Suyunchxo‘jaxonning o‘g‘li Baroqxon tomonidan qurilgan. Madrasa gumbazining balandligi 22 metmi tashkil etadi. Mustaqillik yillarida bu madrasada ham katta ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Mir Arab madrasasi Shayx Abdulla (Mir Arab) tomonidan 1530 — 1536- yillarda qurilgan. Uni qurish uchun sarflangan xarajatlarni Buxoro xoni Ubaydullaxon bergan. Madrasa ulkan peshtoq. Ikki yonida baland gumbazli keng darsxona, masjid va go‘rxona bor. Go‘rxonada Ubaydullaxonning sag‘anasi va Mir Arab hamda uning qarindoshlarining qabrlari bor.
Mashhur tarixchi allomalar Juvayniy, Alouddin Otamalik ibn Muhammad, Sharafiddin Ali Yazdiylarning asarlari qatorida Muhammad Solihning «Shayboniynoma» dostoni ham madaniyatimiz tarixidan munosib o‘rin egallaydi. «Shayboniynoma»ning asl nusxasi topilgan emas, ammo shoirning hayotligida, Qosim kotib tomonidan 1510 yilda ko‘chirilgan nodir nusxasi Venada saqlanadi. Asar Shayboniy va temuriylar o‘rtasidagi kurash tarixiga bag‘ishlangan bo‘lib, 1499—1506 yillar orasidagi voqealarni o‘z ichiga oladi. «Shayboniynoma» 76 bobni tashkil etgan 4456 baytdan iborat.
Madrasa bugungi kunda ham islom oliy diniy o‘quv muassasasidir. Buxoroga kelgan Rossiya elchisi Antoniy Jenkinson: „Buxoro juda katta shahar, unda g‘ishtlik imoratlar, serhasham binolar ko‘p. Hammomlar shunday mohirlik bilan qurilganki, ularning misli dunyoda yo‘qdir“, — deb yozadi. Ayniqsa, Abdullaxonning yurt obodonchiligi yolidagi sa’yharakatlari tarixchilar tomonidan yuksak baholangan. Uning davrida markaziy hokimiyat kuchayishi tufayli katta qurilish ishlari amalga oshirilgan
Shayboniylar davri shoiri va tarixchisi. Xorazm hokimi amir Nursaidbek oilasida tugilgan. Bobosi Shohmalik Ulugbek saroyida, otasi Nursaidbek esa Ulugbek, Jogi Mirzo, Abu Said saroylarida etiborli arboblardan bolgan. M.S. Xorazmda savod chiqargach, Hirotga borib, Aburahmon Jomiydyan ilm organgan. Otasi vafot etgach, Husayn Boyqaro va boshqa temuriylar saroyida malum muddat xizmat qilgan. Biroq otasining olimiga sababchi bolgan temuriyzodalar bilan ishlashni xohlamay, 1499 yil Shayboniyxon xizmatiga kirgan. Buxoro, Chorjoy, Niso viloyatlariga hokimlik qilgan. "Amir ul-ulamo", "Malik ush-shuaro" unvonlariga sazovor bolgan. 1507 - 10 yillarda Hirotda yashagan. Shayboniyxon vafotidan song Buxoroga qaytgan. M.S. turkiy va forsiyda ijod qilgan. Sherlari ishqiy, biografik, siyosiy mavzuda.
Ozbek adabiyoti tarixida ilk realistik tarixiy doston - "Shayboniynoma"ni yozgan. Doston 8880 misra, 76 bobdan iborat. 15-asr oxiri - 16-asr boshlaridagi voqealar aks etgan bu asar tarixiy, etnografik, geografik, lingvistik jihatlardan ham, badiiyligiga kora ham muhim ahamiyatga ega. Dostonning asl nusxasi topilgan emas, ammo shoir hayotligida Qosim kotib tomonidan 1510 yilda kochirilgan qolyozma nusxasi Venada saqlanadi. 1904 yilda Sankt-Peterburgda 1904, Toshkentda 1961, 1989 nashr etilgan. Vamberi M.S.ning "Laylo va Majnun" nomli turkcha gozal dostoni borligini xabar bergan, lekin u topilgan emas. "Qomus ul-alom"sA "Noz va Niyoz" manzumasi M.S.ga nisbat berilgan, biroq Nisoriy "Muzakkiri ahbob"da uning muallifini Baqoiy deb korsatadi.
Qosh Madrasasi Ansambli - Me’moriy obida Abdullaxon II tomonidan bunyod etilgan. U (to‘liq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja Muhammad ibn Abdulxayrxon) (1534, Miyonqol, Ofarinkent qishlog‘i – 1598, Samarqand, Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) o‘zbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng yirik hukmdori (1583-1598), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, ma’rifat, madaniyat homiysi. Bobosi Jonibek sulton Karmana va Miyonqol hokimi bo‘lgan. Otasi Iskandar sulton o‘g‘li tug‘ilgan paytda Ofarinkentni, keyinchalik Karmanani boshqargan. Abdullaxon II Shayboniyx on vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini qayta birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik chog‘idan qattiq kurash olib borgan. Uning hukmronligi davrida Buxoroda ilm-fan, san’at, shaharsozlik, adabiyot va shu kabi sohalar gullab-yashnadi.
Abdullaxon madrasasi xonlikdagi eng yirik ma’rifat maskani sifatida bunyod etilgan. Uning qurilishi o‘rta asrlarning so‘nggi davrida, ya’ni 1588-1590-yillarga to‘g‘ri keladi.
Me’moriy obidaning qurilishida xom va pishgan g‘isht, loy, taxta, maxsus “qir” qotishmasi va shu kabi mahsulotlardan foydalanilgan. Me’moriy obidaning umumiy ko‘rinishi haqida gapiradigan bo‘lsak, hovli atrofini ikki oshyonli hujralar o‘rab turadi. Har ikki tomonida baland peshtoq joylashgan. Peshtoqlar orqali ichkari xonalar va xonaqohga o‘tiladi. Madrasaning katta peshtoqi janubga qaragan. Peshtoq qanotlari va guldastalar sirkor bezaklar bilan pardozlangan. Darvozadan o‘tib, ikki yonidagi katta xonalar – darsxona va masjidga kiriladi.
Me’moriy obidaning bugungi kundagi holati haqida gapiradigan bo‘lsak, 1997-yil Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha me’moriy inshootlar qatorida Abdullaxon madrasasi ham qayta ta’mirdan chiqdi. Hozirda O‘zbekistonning turli joylaridan Buxoroga tashrif buyurgan sayyohlar va chet ellik turistlar diqqat-e’tiboridagi sayirgohga aylangan.
Me’moriy obida UNESCO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. Haligacha chet el sayyohlarining diqqat-markazida. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 30-avgustda qabul qilingan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni me’moriy inshoot muhofazasining o‘ziga xos huquqiy kafolatidir
Qo’sh madrasani tunda tomosha qilish maroqli. Oy shulasida rang-barang koshinlar sirli yaltirab turadi. Shuni inobatga olgan holda Qo’sh madrasasini Buxoroning eng esda qolarli yodgoriklaridan biri deb aytish mumkin.
Abdullaxon timi – Buxorodagi eng katta usti berk savdo rastasi. Ab-dullaxon davrida kurilgan. (1577). Abdullaxon timi asosi murabba tarxli (39X42 m), 3 tomo-ni berk, bosh tarzidagi peshtoq opqali kiriladi. Devorlarining 2 tomonida ravoqli tokchalar joylashgan. Baland gumbazli bostirma timni oʻrab turadi. Oʻrtadagi miyonsaroy (diametri – 10 m) baland gumbaz bilan yopilgan. Gumbaz ostidagi ravoqli teshiklardan yorugʻ tu-shadi. Miyonsaroy atrofi dalon. Dalon-dagi mayda ravoklar ichida gumbaz tom-li doʻkonlar boʻlgan. Bino pishiq gisht-dan (22x27x3,5 sm) qurilgan, devorlari ganch suvoqpi, naqshin bezaklari deyarli saqlanmagan. Oʻtmishda bu yerda shoyi, jun gazlama bilan savdo-sotiq qilingan. Abdullaxon timi Buxoro shahridagi savdo rastalari, chor-su–toq binolari ichida eng kattasi va shaklu shamoyili jihatidan ancha murak-kab va xushbichim hisoblanadi. Bir necha bor ta’mirlangan, savdo doʻkonlari joy-lashgan.
Sharqda qadimgi davrlardan beri eng keng tarqalgan kasb savdo bo‘lgan. Savdo yuklarini tashuvchi karvonlar Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab mollarni sotib, almashib va sotib olib yurgan. Karvon yo‘lidagi savdo markazlaridan biri Buxoro shahri bo‘lgan.
Sharqda qadimgi davrlardan beri eng keng tarqalgan kasb savdo bo‘lgan. Savdo yuklarini tashuvchi karvonlar Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab mollarni sotib, almashib va sotib olib yurgan. Karvon yo‘lidagi savdo markazlaridan biri Buxoro shahri bo‘lgan.Shahar nafaqat o‘zining meʼmoriy sanʼat durdonalari bilan, balki hunarmandlari, bozorlari va savdo do‘konlari bilan ham mashhurdir. Ana shunday bozorlardan biri XVI asrda Buxoroning tarixiy markazida qurilgan Abdullaxon Timidir.
Abdulazizxon madrasasi — Buxorodagi me’moriy yodgorlik. Qoʻsh imorat ansamblining janubiy tomonida meʼmor Mimxoqon ibn Xoʻja Muhammadamin tomonidan 1652-yilda qurilgan. Ulugʻbek madrasasining (1419) qarshisida. Madrasa tuzilishi oddiy va hujralari ikki oshyonli. Chorsi hovlining har tarafi oʻrtasida peshtoqli ayvon bor. Umuman madrasa bezaklari yuksak sanʼat va mahorat bilan ishlangan. Katta peshtoq nafis va nodir koshinkori naqshlar bilan ziynatlangan. Islimiy naqshlar qatorida afsonaviy jonivorlar tasviri ham berilgan. Madrasa hujralari, ayniqsa, janubiy ayvon peshtoqi turli-tuman naqshlar bilan bezatilgan. Gumbaz shipining ganchli muqarnaslari orasida islimiy naqshlar va zarhal bezagi bor. Hujra devorlarida tabiat manzaralari va imoratlar tasviri ham uchraydi. Naqshlar, asosan, moviy rang boʻyoqlar bilan chizilgan. Asosiy oʻlchami: atrof aylanasi — 50x67 metr, hovli — 28x35 metr. Madrasa XVII asr Buxoro mahobatli meʼmorligining yetuk namunasidir. Madrasa asosan juz’iy taʼmirlar (peshtoq muqarnasini Usta Shirin Murodov taʼmirlagan) asosida tartibga keltirilgan. Hovlisida sayyohlar uchun milliy musiqa va folklor tomoshalari koʻrsatiladi. Shimoli-sharqiy burchagidagi miyonsaroyda Buxoro yogʻoch oʻymakorligi namunalaridan iborat koʻrgazma tashkil etilgan.
Qurilishda mashhur saroy meʼmori Muhammad Solih ishtirok etdi. Yorug‘likning sinishi hisobiga hukmdorning aks ko‘rinishi bilan devorlarni bezatishi kerak edi. Ammo o‘sha davrda muqaddas Qurʼonga asosan devor va idishlarda insonni tasvirlash gunoh bo‘lgan. Shunga qaramay ustalar mohirona o‘z ishini davom ettirishdi. Bir kuni Abdulazizxon qurilishni tomosha qilish uchun madrasaga tashrif buyurdi.
Ulug‘bek madrasasidan (1417-y) bir necha asr keyinroq qurilgan Abdulazizxon madrasasi (1652-y) Buxoroning yagona tarixiy ko‘rinishini tashkil etib kelmoqda. Aynan mohir ustalar tomonidan qurilgan Abdulazizxon madrasasining yaratilishi bilan bizning davrga qadar yetib kelgan sharqiy markaziy Osiyo meʼmorchiligining paydo bo‘lishiga tamal toshi qo‘yildi.
Mohir ustalarning ishi aytilgandan ham ziyoda qilingan edi. Madrasani ko‘zdan kechirib hukmdor binoning o‘ng qanotiga o‘tdi. Janubiy devorlarda u chayon va ilonlar tasvirini ko‘rdi. Bu gazandalar qiyinchilik va kambag‘allik, g‘am tashvish timsollari edi. Binoning shimol tomondagi qismida jannat eshiklari tasvirlangan bo‘lib, bu eshik faqat sabr bardosh bilan olam qiyinchiligini yenggan kishilarga ochilishi mumkinligi timsoli edi.
Abdullaxon Bandi
Abdullaxon Bandi – XVI-asrning 80-yillarida Buxoro hukmdori Abdullaxon II (1557-1598) qurdirgan qadimgi suv ombori. Bu inshoot qoldiqlari Samarqand viloyati Nurota tumanidan 65 km sharqda, Eski Oqchob qishlog’i yaqinidagi Beklarsoy darasida hozirgacha saqlangan.
1957-1962-yillarda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va Arxeologiya insituti Maxondaryo arxeolog otryadi tomonidan tekshirilgan. Abdullaxon bandining toʻgʻoni slanes toshlardan qurilib, tosh palaxsalari, suvga chidamli maxsus ganch qorishmasi – qir bilan biriktirilgan. To’g’onning uzunligi asosida 73m, yuqorida 85m, balandligi 14, 5m, Abdullaxon bandi zinapoya shaklida qurilgan. Bunda suv bosimi hamda uning kuchli hisobga olingan holda toʻgʻon asosini qalinligi 15, 3m, ustki qismi 4, 5m, qilinib zinapoya shaklida qurilgan.
Toʻgʻon oldida hosil boʻlgan suv taxminan 1,2mln kubometr suv to’plangan. Inshootdan quyida joy-lashgan Kamar, Oqchob, Oʻrganjiy, Ravot, Jilontamgali va Soykechar qishloqlari atrofi sugʻorilib obod etilgan. 16-asrda [1]. Abdullaxon bandi suvning oqib chiqishi uchun kerakli inshootlar konplekti bilan ta’minlangan.
Toʻgʻon Markaziy Osiyo gidrotexnikasi uchun muhim bosqich boʻlib, 2008-yil 18-yanvarda Madaniy yoʻnalish boʻyicha YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.
Shayboniylar memorchilik ishlarida ham qator yodgorliklar qoldirganlar. Turli maqsadga mo`ljallangan qurilish ishlarini amalga oshirganlar. Bu borada nafaqat sulola namoyandalari, balki o`z davrining ko`zga ko`ringan katta moddiy imkoniyatiga ega kishilari ham chetda qolmaganlar. Chunonchi, Samarqanddagi Muhammad Shayboniy qurdirgan Xoniya, Abu Said Kalbobo ko`kaldosh nomi bilan bog`liq madrasalar, Buxoroda shahar devorining tamirlanishi, Mir Arab. Abdulloxon, Modarixon, Juybor, Fatxulla Qushbesh madrasalari, Kalon, Xoja Zayniddin, Abdullaxon, Chorbakir masjidlari, Toshkentda Ko`kaldosh madrasasi, Baroqxon madrasasi, Turkistonda Muhammad Shayboniyxon masjidi va ko`plab mana shunday madrasa-yu, masjidlar turli shaharlarda qurilgan karvonsaroylar, bozorlar va boshqa qurilish ishlari bajarilganlar.
Download 25.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling