I I virtual dasturlarning yaratilish haqida. I. II virtual dasturlarning turlari va imkoniyatlari
Download 389.21 Kb.
|
Новый текстовый документ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsadi
- Kurs ishining dolzarbligi
Reja: Kirish. I-BOB. I.I Virtual dasturlarning yaratilish haqida. I.II Virtual dasturlarning turlari va imkoniyatlari. II-BOB II.I Virtual dasturlardan foydalanish. II.II Google classroom, Canva, Zoom va boshqa virtual dasturlar bilan tanishuv. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar. Internet saytlar. Kurs ishining maqsadi: Virtual dasturlar haqida talabalarga va foydalanuvchilarga umumiy ma’lumotlar berish. Ularning bu haqidagi bilimlarini oshirishiga yordam berish. Kurs ishining vazifasi: Talabalarga virtual dasturlar bilan ishlash bo’yicha amaliy ko’nikmalarni berish, ularni kelajakda bu dasturlarni tadbiq qilishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish. Kurs ishining dolzarbligi: Hozirgi kunda virtual dasturlarning hayotimizda dolzarbligini talabalarga tushuntirib berish. Ularga bu dasturlar bilan tanishish muhim ekanligini tushuntirish. Jamiyatni axborotlashtirish va istiqbol g„oyalar Yangi XXI asrda mamlakatlarning milliy iqtisodi globallashib, axborotlashgan iqtisod shakliga aylanmoqda. Ya‟ni milliy iqtisoddagi axborot va bilimlarning tutgan o„rni tobora yuksalmokda va ular strategik resursga aylangan. Dunyoda jamg„arilgan axborot va bilimlarning 90 % i so„nggi 30 yil mobaynida yaratilgan. Axborot va bilimlar hajmining kundan-kunga ortib borishi milliy iqtisodning barcha sohalarida, jumladan, ta‟limda ham axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalaridan keng ko„lamda samarali foydalanishni talab etmoqda. Axborot xuddi an‟anaviy resurslar kabi izlab topish, tarqatish mumkin bo„lgan resursga aylandi. Ushbu resursning foydalanadigan umumiy hajmi kelgusida davlatlarning strategik imkoniyatini, shuningdek mudofa qobiliyatini ham belgilab beradi, deyishga jiddiy asos bor. Axborot, kompyuterlashtirish, hisoblash texnikasi, zamonaviy axborot texnologiyasi, modellash, ma‟lumotlar manbai, dasturlashtirish, shaxsiy kompyuterlar, dastur bilan ta‟minlash va boshqa shu kabi ilmiy tushunchalar jamiyatni axborotlashtirishning eng muhim xususiyatlarini ifoda etadi. Axborot – ijtimoiy-iqtisodiy tabiiy fanlarning, tafakkur ilmining taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan bilim va ma‟lumotlar, kishilarning amaliy faoliyati davomida to„plagan tajribalari majmui demakdir. Inson axborot oqimi ichra yashar ekan, turli-tuman voqea, hodisalar va jarayonlarning bir - biriga aloqadorligini, o„zaro munosabati mohiyatini tahlil etish, mushohada va mulohaza qilib ko„rish maqsadida ko„pdan ko„p dalil va raqamlarga murojaat qiladi. Axborot tufayli nazariy bilimlar amaliyot bilan birlashadi. Informatika bu - axborotlarni kompyuter yordamida qayta ishlash, yig‟ish, ifodalash va uzatish usullari bilan shug‟ullanuvchi fandir. 77 Informatika deganda har bir odam so„z, axborot, ushbu axborot qandaydir narsa, hodisa yoki jarayonga tegishli ekanligi, uning xususiyatlari va boshqalar haqida borishligini hayoliga keltiradi. Lekin bu axborot qanday olingan? U qaerda va qanday saqlanadi? Unga qanday yo„l topish mumkin? – degan savollarning paydo bo„lishi o„rinli. Ushbu savollarga javob jamiyatning o„zgarishiga, uning fan-texnika sohasidagi taraqqiyotiga qarab o„zgarib turadi. Hozirgi kunda ish olib borayotgan maktab kompyuterlari talabalar va o„qituvchilar tomonidan alohida foydalanishga mo„ljallangan bo„lib, shaxsiy kompyuter (SHK) deb yuritiladi. Shaxsiy kompyuterlar, odatda qandaydir maqsadni amalga oshirishga mo„ljallangan. Masalan, bank tizimida bank faoliyatini takomillashtirish uchun kompyuterlardan keng foydalanilmoqda. Informatika atamasi lotincha informatic (informatio) so„zdan kelib chiqqan bo„lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish ma‟nosini anglatadi. Ingliz tilida bu atamaga Computer science (kompyuter texnikasi haqida fan) sinonimi mos keladi. Informatika kompyuter texnikasining rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, unga asosalanadi, usiz mavjud bo„la olmaydi va o„z navbatida uning rivojiga, yangilanishiga o„z xissasini qo„shadi. O„zbekistonda kibernetika va informatikaning taraqqiyot yo„li qanday kechadi va bu fanlarning rivojlanish istiqbollari qanday, degan savollar haqida qisqacha to„xtalib o„tamiz. Kibernetika va informatika sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va xalq xo„jaligiga joriy etish maqsadida 1956 yilda akademik M.T.O„rozboev tashabbusi bilan O„zbekiston Fanlar Akademiyasi tarkibida V.I. Romanskiy nomli Matematika instituti qoshida Hisoblash texnikasi bo„limi ochildi. Unga V.K.Qobulov rahbar etib tayinlandi va 1958 yilda Respublikamizda ilk bor «Ural-1» rusumli EHM o„rnatildi. 1966 yilda markaziy Osiyo mintaqasida O„zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarkibida hisoblash markazi bo„lgan Kibernetika ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1992 yil 8 dekabrdagi qarori bilan Fan va texnika bo„yicha Davlat qo„mitasi qoshida Axborotlashtirish bo„yicha bosh boshqarma tuzildi. O„zbekiston Respublikasi Fan va texnika bo„yicha Davlat qo„mitasi Axboortlashtirish haqida Qonunning qoidalarini bajara borib, 1994 yil dekabrida Vazirlar Maxkamasi O„zbekiston Respubliksining axborotlashtirish konsepsiyasini ishlab chiqdi. Ushbu Konsepsiyaning asosiy maqsadi quyidagilardan iboratdir: Milliy axbarot-hisoblash tarmog„ini yaratish; 78 Axborotlarga tovar sifatida yondashishning iqtisodiy, huquqiy va meyoriy hujjatlarini yuritish; Axborotlarni qayta ishlashning jahon standartlariga rioya qilish; Informatika industriyasini mujassamlashtirish va rivojlantirish; Axborot texnologiyasi sohasida fundamental tadqiqotlarni rag‟batlantirish va qo„llab-quvvatlash; Informatika vositalari foydalanuvchilarini tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish. Konsepsiyaning asosiy qoidalari hisobga olingan? «Ozbekiston Respublikasining axborotlashtirish dasturi» ishlab chiqildi. U quyidagilarni o„z ichiga oladi: Milliy axbrot-hisoblash tarmogi; EHMni matematik va dasturiy taminlash; Shaxsiy komp‟yuter. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish to„g„risida»gi farmoni va uni bajarilishini tahminlash yo„lida Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 6 iyundagi maxsus qarori Respublikamizda informatika va axborot texnologiyalarini rivojlantirishda yana bir muhim bosqich bo„lib qoldi. Albatta hozirgi kunga kelib informatika darsligi 5- sinfdan boshlab o„qitilish yo„lga qo„yilgan bo„lib, yuqori sinflarda ularni o„qitish belgilangan reja asosida takomillashtirib boriladi. Bu borada o„quvchilarda birinchi o„rinda axborot olish va axborotni tarqatish madaniyatini o„rgatilsa maqsadga muvofiq bo„lar edi. Chunki har qanday axborot inson hayoti va sog„lig„i uchun zarar keltirishi ham mumkin. O„quvchilarni sof o„zbekona qadriyatlar asosida informatika fani orqali o„qitish texnolgiyasi ishlab chiqib amaliyotga olib kirish bugungi kunda uzluksiz ta‟limning dolzarb vazifasi bo„lib turibdi. Axborot olish va uni tarqatishda maktab o„quvchilari bugungi globallashayotgan XXI asrning millat va inson ma‟naviyatiga zid bo„lgan qarashlarni, fikrlarni va g„oyalarni ilmiy tahlil qilmasdan o„z hayotlarida va turmush tarzida ommmalashtirib bormoqda. Informatika fani jamiyat taraqqiyotida ishlab chiqarish jarayonlarini intensivlashtirishga xizmat qilmog„i lozim. Aynan bugungi zamon O„zbekiston o„quvchilari mana shu ilmiy yangiliklarni informatika fani va uning o„qituvchisi orqali o„rganadi va amaliyotga tatbiq etadi Mutolaa Tahrirlash Manbasini tahrirlash Tarix Download 389.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling