I. Mavzu rejasi: Elеktrоmаgnit induktsiya qоnuni


Download 438.61 Kb.
bet1/3
Sana13.09.2023
Hajmi438.61 Kb.
#1676721
  1   2   3
Bog'liq
2-маьруза


2-ma’ruza
Mavzu: Elеktrоmаgnit induktsiya qоnuni vа jihozlаrning аssоsiy nаzаriyasi. “Elеktrоmаgnit induktsiya qоnuni. Elеktr jihozlаridаgi elеktrоdinаmik kuch.


I. Mavzu rejasi:
1. Elеktrоmаgnit induktsiya qоnuni
2. Elektr toki o’tkazuvchi zanjirdagi har xil elementlarga ta’sir etuvchi kuchlar

II. Tayanch so’zlar va iboralar:


Elektr jihozlar, harakat xavfsizligi, atrof muhit himoyasi, ishonchlilik, samarali ishlatish, elektr ta`minot tizimi, generator, akkumulyator, rele-rostlagich, ishga tushirish tizimi, startyor, o’t oldirish tizimi, nazorat-yolchov asboblari, yoritish tizimi, elektron boshqarish tizimlari, nominal kuchlanish, bir o’tkazgichli tizim


2.1. Elektr vaelektron apparatlarning asosiy nazariyasi. Elektromagnit induksiya qonuni.

Magnit maydonining harakatda bo’lgan elektr zarrachalariga, ya’ni elektr tokiga ta’sar etishi bizga ma’lum. Magnit maydonidagi S yuza birligidan o’tgan Ф magnit kuch chiziqlarining soni magnit oqimi zichligi B ni ifodalaydi.


(2.1)
Bu miqdor Ф magnit oqimi deb ataladi. Magnit induksiyasi B – magnit maydonini miqdor va yo’nalishini xarakterlovchi vektor kattalikdir.
1831 yilda M. Faradey elektromagnit induksiya hodisasini kashf etgan va elektr va magnit hodisalarini to’la tushuntirib bergan. Uning fikriga ko’ra, o’tkazgichda hosil bo’ladigan elektr miqdori (q) magnit kuch chiziqlari soni (N)ga to’g’ri proporsional va o’tkazgichning qarshiligi (R)ga teskari proporsionaldir.
(2.2)
Bu yerda manfiy ishora tok bilan magnit kuch chiziqlarining yo’nalishini moslashtirish uchun qo’yilgan. O’tkazgich magnit maydonida harakatlanganda uni kesib o’tuvchi kuch chiziqlarining soni vaqt o’tishi bilan o’zgaradi. Demak o’tkazgichda hosil bo’ladigan elektr miqdori ham o’zgaradi, ya’ni o’tkazgichda elektr toki hosil bo’ladi.
(2.3)
Tenglamaning ikkala tomonini R ga ko’paytirsak:
(2.4)
bo’ladi; bundagi - EYUK
(2.5)
ya’ni o’tkazgichda induktivlanuvchi EYUK, uning magnit kuch chiziqlarini kesib o’tish tezligiga proporsionaldir.
Elektromagnit induksiya qonunigako’ra, o’tkazgich konturini qamrab olgan magnit kuch chiziqlari yoki EYUK e–magnit oqimi ( ) ning o’zgarish tezligiga proporsionaldir.
(2.6)
Bu qonun elektromagnit induksiya qonuni deb ataladi.
Uzunligi l bo’lgan o’tkazgich, magnit induksiyasi B bo’lgan magnit maydonida x noma’lum joyga siljigan bo’lsa, unda o’tkazgichni kesib o’tgan magnit oqimi bo’ladi. ning qiymatini (2.6) formulaga qo’yib,
(2.7)
ifodani olamiz va bu yerdan - o’tkazgichning chiziqli tezligi deb qarab, (2.7) ifodani soddalashtiramiz va EYUKni o’zgarishi elektr toki va magnit induksiyasi o’zgarishi bilan o’zgarishini ko’ramiz.

(2.8)


Agar bo’lsa, - ramka magnit kuch chiziqlariga perpendikulyar ravishda turgandagi maksimal magnit oqimi, - ramkaning gorizontal holatiga nisbatan qancha burchakka burilganini ko’rsatadi. Agar ramka - burchak tezligida tekis aylansa bilan boshlang’ich faza belgilansa, ekanligini topamiz. Demak, elektromagnit induksiya hodisasi doimo elektromagnit kuch hosil qiladi.
Kuch elektronikasi fanining shu sohalardagi taraqqiyoti elektr va magnit hodisalari bir-biridan ajralmas ekanligini isbot etdi. Elektr tokisiz magnit hodisasi va aksincha, magnit hodisasisiz elektr toki bo’lmaydi.
Magnit maydonining harakatda bo’lgan elektr zarrachalariga, ya’ni elektr tokiga ta’sir etishi bizga ma’lum. Elektr toki atrofida bo’ladigan magnit maydonini ko’rish uchun temir kukunlari yoki kichik magnit strelkalaridan foydalanamiz. 2.1 – rasmda magnit maydoni magnit kuch chiziqlari vositasida ifodalangan. Magnit kuch chiziqlari yig’indisi magnit oqimi ( ) deb ataladi.

2.1 – rasm. Magnit kuch chiziqlari


Tarmoqda qisqa tutashuv sodir bo’lganida apparatlarning tok o’tkazgich qismlaridan oqib o’tadigan tok qiymati nominal qiymatdan o’nlab barobar oshib ketishi mumkin. Bu toklar hosil qiladigan magnit maydonlarning o’zaro ta’sirlashuvi natijasida o’tkazgichlarni va ular qotirilgan izolyatorlarni deformatsiyalashga harakat qiluvchi elektrodinamik kuchlar hosil bo’ladi.





Download 438.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling