I. nazariy qism


Download 146.5 Kb.
Sana03.07.2020
Hajmi146.5 Kb.
#122810
Bog'liq
Kurs ishi (2)





MUNDARIJA
KIRISH

I. NAZARIY QISM

1.1. Web dasturlash haqida umumiy ma’lumot

1.2. Onlayn do`konlarni avzallik jixatlari

II. ASOSIY QISM

2.1. Rejalashtirish va hisobga olishning mohiyati va mazmuni

2.2. Onlayn do`konlarni yaratish va boshqarish tizimi

XULOSA

Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Bugungi kunda Internetning ommaviyligi haqida gapirish o’rinsiz.

Internet hayotimizning bir bo’lagiga aylandi, biz uning xizmatlaridan har kuni foydalanishga odatlandik. Hozirda ixtiyoriy inson webtexnologiyalarning inson hayotining ta’lim, kommersiya, siyosat, ko’ngil ochar , … bo’laklariga kirib borganligini tasavvur eta oladi va uning guvohi va foydalanuvchisiga aylanmoqda.

Internet turli xil insonlarni yagona maqsad bilan birlashishiga sabab bo’lmoqda. Hamma Internet tarmog’idan biror turdagi axborot olishga harakat qiladi. Shunday vaqtlar keladiki, hujjatni Internetda chop

etish malakasi yozuv mashinasidan foydalanish kabi har bir, hatto o’rta ma’lumotga ega bo’lgan insonning qo’lidan keladi.

Mazkur qo’llanma web-hujjatlarni yaratish, ularni Internetda chop etish, web-hujjatni ko’rkamlashtirish, qiziqarli va o’ziga tortuvchi qilib yaratish, vaqti kelsa ma’lumotlarmi yangilash kabi

vazifalarni o’rgatishga mo’ljallangan.

Dastlabki web-sahifalar juda sodda tuzilishga ega bo’lib, ular matnni formatlash va

gipеrko’rsatkichlardan tarkib topgan edi. Web tеxnologiyalar rivojlanishi natijasida Web sahifalar tarkibida Plug-in dasturlar joylashtirila boshlandi, natijada Web sahifalarga intеr faol xususiyati bеrildi. Web

tеxnologiyalarning rivojlanishining oxirgi natijalaridan biri bu skript tillaridir (Script Languages). Ularni ishlatishdan maqsad Web sеrvеrining ishini еngillashtirish, xar-xil ishlar uchun Web sеrvеrini bеzovta qilmasdan, bunday masalalarni foydalanuvchi kompyutеrining o’zida yaratishdir. Web tеxnologiyasining

oxirgi erishgan yutuqlaridan biri dinamik Web sahifalardir. Dinamik Web sahifalar CGI dasturlar bilan

bеvosita bog’liq bo’lib, CGI dasturlar sеrvеrda joylashgan va sеrvеr imkoniyatlarini ishlatuvchi dasturlardir.

Ular sеrvеrga kеlgan so’rovlarni qayta ishlaydi va qayta ishlash natijasida yangi Web sahifa hosil bo’ladi.

Web sahifa Intеrnеt tarmoqlarida joylashgan fayllar to’plami bo’lib, ularni soni soat sayin ko’payib

bormoqda. Bu fayllarda ma'lumotlarni turli xillarini: matn, grafik, tasvir, vidеo, audio ma'lumotlarni

uchratish mumkin. Bugungi kunda Web Intеrnеt rеsurslari ichida eng ommaviysi hisoblanadi. Chunki,

avvaldan tayyorlangan Web sahifa orqali tеgishli ma'lumotlarni to’ldirish foydalanuvchining qanchadanqancha

vaqtini tеjash imkonini bеradi. Shu bois matеmatika va informatika yo’nalishida tahsil oluvchi

talabalarga Web tеxnologiyalarni alohida kurs sifatida o’qitila boshlandi.

Ushbu qo’llanma kamchiliklardan xoli emas. Bundan tashqari turli o’quv muassasalarida o’quv

ishlab chiqarish amaliyotini o’tkazish bo’yicha turli xil tajribalar to’plangan. Biz quyida webtehnologiyaning

asosiy tushunchalari bilan tanishib chiqamiz.


1.1 Web dasturlash haqida umumiy ma’lumot

Kompyuterda dasturlash bu – kompyuter mikroprotsessori uchun turli buyruqlar berish, qachon, qayerda nimani o'zgartirish va nimalarni kiritish yoki chiqarish haqida buyruqlar berishdir. Ushbu maqolada, qanday dasturlash tillari borligi, eng keng tarqalgan dasturlash tillari va ularning farqi. Hamda, Dasturlashni o'rganish yo'llari haqida suhbatlashamiz Kompyuter dunyosida ko'plab dasturlash tillari mavjud bo'lib, dasturlash va unga qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Bir xil turdagi ishni bajaradigan dasturlarni Basic, Pascal, Ci va boshqa tillarda yozish mumkin. Pascal, Fortran va Kobol tillari universal tillar hisoblanadi, Ci va Assembler tillari mashi tiliga ancha yaqin tillar bo'lib, quyi yoki o'rta darajali tillardir. Algoritmik til inson tillariga qanchalik yaqin bo'lsa, u tilga yuqori darajali til deyiladi. Mashina tili esa eng pastki darajali tildir. Mashina tili bu sonlardan iboratdir, Masalan: 010110100010101 Dasturlash tillari 2 ta katta guruhlarga bo'linadi, Quyi va Yuqori darajali dasturlash tili. Quyi darajali dasturlash tili ancha murakkab bo'lib ular juda maxsus sohalarda ishlatiladi va ularning mutaxassislari ham juda kam. Chunki quyi dasturlash tillari (masalan: assembler) ko'pincha miktoprotsessorlar bilan ishlashda kerak bo'lishi mumkin. Odatda turli dasturlash ishlari uchun yuqori darajali dasturlash tilidan keng foydalaniladi. EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) endi yuzaga kelgan paytda programma tuzishda, faqat mashina tillarida, ya'ni sonlar yordamida EHM bajarishi kerak bo'lgan amallarning kodlarida kiritilgan. Bu holda mashina uchun tushinarli sanoq, sistemasi sifatida 2 lik, 6 lik, 8 lik sanoq sistemalari bo'lgan. Programma mazkur sanoq sistemasidagi sonlar vositasida kiritilgan. Yuqori darajali dasturlashda, mashina tillariga qaraganda mashinaga moslashgan (yo'naltirilgan) belgili kodlardagi tillar hisoblanadi. Belgilar kodlashtirilgan tillarning asosiy tamoyillari shundaki, unda mashina kodlari ularga mos belgilar bilan belgilanadi, hamda xotirani avtomatik taqsimlash va xatolarni tashhis qilish kiritilgan. Bunday mashina moslashgan til - ASSEMBLER tili nomini oldi. Odatda dasturlash yuqori saviyali dasturlash tillari (Delphi, Java, C++, Python) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi. Ko'p ishlatiladigan dasturlash tillari. Biz hozir biladigan va ishlatadigan tillarning barchasi shu guruhga mansub. Ular insonga "tushunarli" tilda yoziladi. Ingliz tilini yaxshi biluvchilar programma kodini qiynalmasdan tushunishlari mumkin. Bu guruhga Fortran, Algol, C, Pascal, Cobol va h.k. tillar kiradi(ko`pchiligi hozirda deyarli qo`llanilmaydi). Eng birinchi paydo bo`lgan tillardan to hozirgi zamonaviy tillargacha ishlatish mumkin. Lekin, hozirgi web texnologiya orqali ishlaydigan tillarda(PHP, ASP.NET, JSP) bunday dasturlar tuzilmaydi. Chunki bunday dasturlarning ishlashi uchun yana bir amaliy dastur ishlab turishi kerak. Hozirda, amaliy dasturlar, asosan, Visual C++, C#, Borland Delphi, Borland C++, Java, Phyhon kabi tillarda tuziladi. O`zbekistonda ko`pchilik Delphi dan foydalanadi. Buning asosiy sababi: soddaligi, komponentlarning ko`pligi, interfeysining tushunarliligi va h.k. Delphida birinchi ishlagan odam ham qanaqadir dastur tuzishi oson kechadi. Lekin, Windows da dasturning asosiy ishlash mohiyatini ancha keyin biladi(komponentlarning ko`pligi va API funksiyalari dasturda ko`rsatilmasligi uchun). Yana bir tarafi, Delphi(Pascal) operativ xotirani tejashga kelganda ancha oqsaydi. Unda o`zgaruvchilarni oldindan e'lon qilib qo`yish evaziga ishlatilmaydigan o`zgaruvchilar va massivlar ham joy olib turadi. Eng keng tarqalgan dasturlash tili(Windows OS ida) Microsoft Visual C++ tilidir. Ko`pchilik dasturlar hozirda shu tilda tuziladi. Umuman olganda, C ga o`xshash(C-подобный) tillar hozirda dasturlashda yetakchi. Deyarli hamma zamonaviy tillarning asosida C yotadi. Bundan tashqari, Turli komputer o'yinlari tuzishda yoki kichik hajmdagi dasturlar tayyorlashda LUA script yoki JavaScript tillari ham keng ishlatilmoqda. Biz sizga xozirgi kunda keng tarqalgan desktop dasturlashda ishlatiladigan dasturlash tillaridan bazilari haqida aytib o'tamiz: Delphi (talaff. délfi) — dasturlash tillaridan biri. Borland firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Delphi dasturlash tili ishlatiladi va avvaldan Borland Delphi paketi tarkibiga kiritilgan. Shu bilan bir qatorda 2003-yildan hozirgacha qoʻllanilayotgan shu nomga ega bulgan. Object Pascal — Pascal tilidan bir qancha kengaytirishlar va toʻldirishlar orqali kelib chiqqan boʻlib, u ob'yektga yoʻnaltirilgan dasturlash tili hisoblanadi. Avvaldan ushbu dasturlash muhiti faqatgina Microsoft Windows amaliyot tizimi uchun dasturlar yaratishga mo'ljallangan, keyinchalik esa GNU/Linux hamda Kylix tizimlari uchun moslashtirildi, lekin 2002-yilgi Kylix 3 sonidan so'ng ishlab chiqarish to'xtatildi, ko'p o'tmay esa Microsoft.NET tizimini qo'llab quvvatlashi to'g'risida e'lon qilindi. Lazarus proekti amaliyotidagi (Free Pascal) dasturlash tili Delphi dasturlash muhitida GNU/Linux, Mac OS X va Windows CE platformalari uchun dasturlar yaratishga imkoniyat beradi. Visual Basic (talaffuzi: "Vijual Beysik") – Microsoft korporatsiydan dasturlash tili va uning uchun dasturlash muhitdir. U BASICdan ko`p tushunchalar oldi va tez rasmli interfeys bilan dasturlar taraqqiyot ta`minlaydi. Oxirgi versiya 6.0 1998 yilda reliz kelishdi. Microsoftdan voris Visual Basic .NET 2002 yilda paydo bo`ldi. Java dasturlash tili - eng yaxshi dasturlash tillaridan biri bo'lib unda korporativ darajadagi mahsulotlarni(dasturlarni) yaratish mumkin.Bu dasturlash tili Oak dasturlash tili asosida paydo bo'ldi. Oak dasturlash tili 90-yillarning boshida Sun Microsystems tomonidan platformaga(Operatsion tizimga) bog'liq bo'lmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga erishish uchun Sun hodimlari C++ ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin ba'zi sabablarga ko'ra bu fikridan voz kechishdi.Oak muvofaqiyatsiz chiqdi va 1995-yilda Sun uning nomini Java ga almashtirdi, va uni WWW rivojlanishiga hizmat qilishi uchun ma'lum o'zgarishlar qilishdi. Java Obyektga Yo'naltirilgan Dasturlash(OOP-object oriented programming) tili va u C++ ga ancha o'xshash.Eng ko'p yo'l qo'yildigan xatolarga sabab bo'luvchi qismalari olib tashlanib, Java dasturlash tili ancha soddalashtirildi. Java kod yozilgan fayllar(*.java bilan nihoyalanuvchi) kompilatsiyadan keyin bayt kod(bytecode) ga o'tadi va bu bayt kod interpretator tomonidan o'qib yurgizdiriladi. C++ (talaffuzi: si plyus plyus) — turli maqsadlar uchun moʻljallangan dasturlash tili. 1979-yili Bell Labsda Biyarne Stroustrup tomonidan C dasturlash tilining imkoniyatlarini kengaytirish va OOP(object Oriented Programming) xususiyatini kiritish maqsadida ishlab chiqarilgan. Boshida „C with Classes" deb atalgan, 1983-yili hozirgi nom bilan yaʼni C++ deb oʻzgartirilgan. C++ C da yozilgan dasturlarni kompilyatsiya qila oladi, ammo C kompilyatori bu xususiyatga ega emas. C++ tili operatsiyon tizimlarga aloqador qisimlarni, klient-server dasturlarni, EHM oʻyinlarini, kundalik ehtiyojda qoʻllaniladigan dasturlarni va shu kabi turli maqsadlarda ishlatiladigan dasturlarni ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. Quyidagi jadvalda programmalash tillari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
/uploads/image/4.JPG
Internet. Web Server. Web dasturlash vositalari (tillari) Ma`lumki, yuqori darajadagi dasturlash tillarida yozilgan dasturlarni kompyuterga tushuntirish uchun kompilyator degan qo'shimcha dastur kerak bo'ladi. Web dasturlashda ham huddi shunday jarayon sodir bo'ladi. Siz internetdagi saytlarni ko'rishlik uchun ishlatadiganingiz Brauzerlar - web dasturlash tillarining bazilarini kompilyatori hisoblanadi. Web dasturlashda yana shunday tillar ham borki ularni brouzer kompyuterga tarjima qilib tushuntirib bera olmaydi, lekin bunday tillar web saytni asosini tashkil etadi. Ana shunday tillarni brouzer tushunadigan qilib berish uchun ham Web server ga o'xshagan dasturlar (kompilyator yoki interpretatorlar) to'plami kerak bo'ladi. Bunday dasturlar esa sayt joylashgan serverlarda turadi, qachonki unga so'rov yuborganingizda (istalgan biror ssilkani bosganingizda, birinchi marta saytni ochganingizda va hokazo...) shu sayt joylashgan serverdagi Web server dasturlari sizning brauzeringizga saytni brauzer tushunmaydigan tillarda yozilgan joylarini tarjima qilib jo'natadi. Shunday qilib klient - yani siz tomondagi web saytni kodlarini kompyuteringizga tushuntirib beradigan tarjimon bu - Brauzer, server tomonidagi web saytni sizning brauzeringiz tushunmaydigan joylarini unga tarjima qilib jo'natadigan tarjimon bu Web Server hisoblanadi. Quyida web serverni

Bu yerda Klient yani siz tomonda sizning Brauzer va u tushunadigan web dasturlash tillari (HTML,CSS,Java Script) turgan bo'lsa, server tomonda Apache -> Web server, PHP -> PHP tili uchun interpretator va ma`lumotlar ombori bilan ishlash uchun vosita (bu MYSQL, Oracle va boshqalar bo'lishi mumkin) turibdi. Bundan tashqari server tomonida yana boshqa tillar ham bo'lishi mumkin. Hullas, siz qachonki brauzerdan kerakli sayt nomini kiritganingizda bu so'rovingiz DNS serverdan saytga mos IP bo'yicha kerakli serverga boradi, so'rovingiz Brauzerda kiritilgani uchun ham ko'pincha standart HTTP protokoli bo'yicha yuborilgani uchun uni Web server kutib oladi va so'rovingizga mos papkadan index faylni qidirib topadi. Undagi bog'lanishlardan kelib chiqib kerakli fayllarni yuklaydi, bu fayllarni kengaytmasiga qaraydi, agar kengaytmasi .html bo'lsa uni shundoq, aks holda masalan .php bo'lsa PHP serverdagi interpretator orqali brauzer tushunadigan tilga tarjima qildiradi(shuni ichida ma`lumotlar bazasidan ham kerakli ma`lumotlar yuklab olinadi) va natijani sizni brauzeringizga jo'natadi. PHP dasturlash tili yordamida sayt yaratish uchun avvalo o'z shaxsiy komputeringizda Virtual server o'rnatishingiz lozim. Masalan Denwer, yoki XAMPP yoki WAMPP Brauzeringiz o'zi tushunadigan tilda kelgan sayt kodlarini natijasini ekraningizda sizga ko'rsatib beradi va siz tayyor saytni ko'rasiz. Demak, agar web dasturlash bilan shug'ullanaman deydigan bo'lsangiz, minimum: HTML,CSS,JavaScript,PHP,MySQL larni bilishingiz kerak ekan. Bunda HTML-> Sayt karkasini yasaydi, CSS- saytni pardozini(dizaynini) amalga oshiradi, Javascript - saytni dinamikasi(haraktlarini) ta`minlaydi, PHP - saytni mantiqiy amallarini bajaradi(masalan siz login bo'lganmisiz, yoki yo'qmi, login bo'lgan bo'lsangiz sizda nimalar chiqadi, aks xolda nimalar...), MySQL - PHP bilan hamkorlikda saytga ma`lumotlar bazasidan ma`lumotlarni o'qib olish, yozish, o'zgartirish uchun xizmat qiladi. Programmani yaratish jarayonidagi uning nomlari Beta versiya - bu versiya programmani ommaga havola qilinib, ularning fikri bo`yicha programmaga turli o`zgartirishlar kiritiluvchi versiyasi. Programmaning bu versiyasi, odatda, tekin bo`lib, ko`pchilik hukmiga havola etiladi. Programmaning bu versiyasi orqali sizga yetkazilgan ziyon qoplanmaydi(fayllaringizning o`chib ketishi, OS ning buzilishi va h.k.). Hozirda ko`pchilik firmalar o`z mahsulotlarini Beta versiyasini chiqarib, o`z mahsulotlarini takomillashtirib bormoqdalar. Bundan, programma ishlab chiqarish bo`yicha yetakchi bo`lgan Microsoft korporatsiyasi ham mustasno emas(Windows Vista, Office 2007, Exchange Server 2007, Internet Explorer 7 va h.k.). Release Candidate(versiya nomzodi) - bu versiyaning nomidan ma'lumki, u haqiqiy, sotuvga chiqariladigan versiyaga kandidat(nomzod)dir. Bu kabi versiyalar qisqacha RC deb ataladi. Shu turdagi versiyalar esa, RC1, RC2 kabi nomlanadi. Ko`pchilik RC versiyalar sotuvga chiqariladi, chunki bu versiya o`zida ma'lum bir imkoniyatlarni jamlagan bo`ladi va bu versiya orqali yetkazilgan zarar programmani yaratgan firma tomonidan qoplanadi. Final Release(so`nggi versiya) - programmani yaratishda qo`yilgan maqsadni "to`liq" amalga oshiruvchi versiya. Bu versiyani "alfa" versiya deb ham atashadi. Bu versiya o`z bahosida sotiladi, unga ko`rsatiluvchi xizmatlarning barchasi programma yaratuvchisi tomonidan ko`rsatiladi. Build XXXX(XXXX - qurish) - bu, odatda, versiya hisoblanmaydi. XXXX ning o`rnida biror son keladi. Bu son programmaning kompilyatsiya(programmalash tilidan haqiqiy bajariluvchi kodga o`tkazish) sonini bildiradi. Programma yadrosi(qo`shimchalarsiz, asosiy qism)ga nisbatan yuritiladi. Masalan, Windows Vista Beta 2 Build 5308 - Windows Vistaning Beta 2 versiyasi turkumida 5308-kompilyatsiya(OSga nisbatan "kompilyatsiya"ni ishlatish noo`rinroq:)). Update(yangilash) - programmaning biror teshigini(biror kichik xato, kamchiligi) tuzatuvchi kichik yordamchi programma. Bu yordamchi programmaning hajmi, odatda, kichik bo`lib, faqat o`sha kamchilikni tuzatishgagina xizmat qiladi. Ya'ni bu programmacha biror *.dll faylni yoki programmaishlatuvchi funksiyalardan birortasini "tuzatib" qo`yadi, xolos. Bunday Update("qarz")lar har doim tekin bo`ladi. Service Pack(xizmat paketi) - o`zida bir qancha Update lar bajaruvchi amallarni saqlovchi paket. Uning qisqacha nomi SP. Programmaning haqiqiy versiyasi yoki avvalgi SP dan shu paytgacha bo`lgan xatoliklarni birdaniga tuzatuvchi programma. Ya'ni, u bir qancha Update lar ishini o`zi bajaradi. Masalan, Windows XP chiqqanidan so`ng, taxminan bir yildan keyin SP1 chiqdi. Bundan kelib chiqadiki, Windows XP SP1 bir yil davomidagi xatoliklarni tuzatuvchi paket hisoblanadi. SP ham programma ishlab chiqaruvchi firmaning xatolari tufayli kelib chiqqan xatolarni tuzatgani uchun tekin bo`ladi. Trial(yoki demo)-versiya(vaqtinchalik) - bu versiya, programma sotuvga chiqarilgandan so`ng tekin tarqatila boshlaydi. Bu versiyaning asosiy maqsadi foydalanuvchilarni ushbu programmani sotib olishga jalb qilish va ularni programma bilan tanishtirish. Trial versiyalar, odatda, ikki xil bo`ladi: a) vaqt bo`yicha chegalangan; b) imkoniyatlar bo`yicha. Vaqt bo`yicha chegaralangan versiya ma'lum muddat, masalan, 30 kun ishlaydi va shundan so`ng boshqa ishga tushmaydi. Bu holatda siz programmani sotib olishingiz kerak. Odatda, vaqt bo`yicha trial-versiyalar programmaning hamma imkoniyatlarini o`zida saqlaydi. Imkoniyatlar bo`yicha versiya esa programmaning sotib olingan versiyasining nechadir foiz imkoniyatlarini o`zida saqlaydi yoki ma'lum cheklanishlar qo`yilgan bo`ladi. Bu versiyaning ishlash muddati chegaralanmaydi. Yuqo`ridagi ikki holatdan tashqari yana bir holat bor. Bunda programmaning hamma imkoniyati saqlanadi, muddat ham berilmaydi, faqat foydalanuvchiga programmani sotib olish haqida eslatib turiladi. Bu esa ko`pchilikning jig`iga tegishi mumkin. Ko`pchilikka ma'lum Total Commander programmasi shu kabi programmadan biri, u har ishga tushganida 1, 2, 3 deb nomlangan knopkalardan birini bosishingizni talab qiladi. Dasturlashni o'rganishni nimadan boshlash kerak? Eng avvalo insonda kuchli qiziqish bo'lishi kerak. Lekin bu hammasi emas. Dasturchi bo'lish uchun matematika yoki geometriya fanlarini ham yaxshi o'qigan bo'lishingiz kerak deb o'ylaymiz. Aslida dasturlash uchun matematika yoki geometriya unchalik ishlatilmasligi mumkin. Aytmoqchimizki aniq fanlarni yaxhsi tushunaolgan inson dasturchi bo'lishi ham oson bo'ladi. Agar dasturchi bo'lishga qaror qilgan bo'lsangiz, Dastlab eng sodda tildan boshlash kerak 1-navbat HTML tilini o'rganasiz. 2-navbat CSS va Javascript asoslarini o'rganasiz. 3-navbat Delphi yoki Java asoslarini o'rganasiz. Yana Mobile telefonlar (Android, iOS) uchun dastur tuzish usullari bilan qiziqib ko'rasiz Endi oldingizda 3 ta katta yo'l chiqadi. Siz esa shu yo'lning biridan yurishingiz kerak. 1-yo'l. Web App yoki web dasturlash yo'nalishi. asosan internet bilan ishlaydigan dasturlar yaratish 2-yo'l Win, Linux App ya'ni Faqat Komputer uchun dasturlar tuzish 3-yo'l Mobile dasturlash ya'ni Hozirda ommabop Android, iOS (Iphone) uchun dasturlar tuzish Agar 3 ta yo'lni ham o'rganaman desangiz katta natijaga erishish qiyin. Chunki ularning har biri katta bir olam misolidir. Xullas ishlarinngizga omad tilab qolamiz. Agar bu borada savollar bo'lsa www.aql.uz sayti orqali bizga maktub yuboring... Foydalanilgan Manbalar: Ki.uz , qalam.uz, qanday-qilib.uz

1.2. Onlayn do`konlarni avzallik jixatlari

Mahsulotning ko'pligi

Bu interent magazinda sotiladigan narsalar ko'pligi hayratlanarli, mahsulotlarni turi xilma xil va barchasi ajoyib narxda taklif etiladi. Ayniqsa mobil telfonlari va ularning aksesuarini juda ko'p turdagisini topish mumkin. Ajoyib ruscha ko'rinish va doimiy 24 soat ishlaydigan va sizning savollaringa javob beradigan operatorlar mavjud, o'zingizni qiziqtirgan narsani operator bilan oddiy suhbat davomida bilib olishingiz mumkin.

Narxlar

Narxlar juda oddiy hamma narsa minimal narxlarda va siz aliexpress yoki boshqa internet do'konda nari borsa biroz farqi bilan topishingiz mumkin. Juda arzon va juda qimmat deb bo'lmaydi, hammasi o'rtacha va chiroyli narxda. Sifatli internet do'koni sifatli o'ram va sifatli mahsulot yetkazib beradi.



Aksiya, kupon hamda chegirmalar

Tinydeal.com da chegirmalar va aksiyalar unchalik ham baland deb bo'lmaydi. Bu internet do'koni aksiya va chegirmalarga unchalik ham urg'u bermaydi, va hayratlanarli chegirmalarni qidirish no'to'g'ri, chunki bu sayt anchadan beri faoliyat yuritmoqda va yetarlicha taniqli, fantastik chegirmalar taqdim etib, mijozlarni jalb qilishga urinish kamroq. Ammo shunday bo'lsada vaqti kelganda ajoyib aksiyalardan foydalanib arzon narsalarni xarid qilish mumkin. Keyin 200 $ oshiq narsa xarid qilsangiz 10 % lik kupon berilmoqda xozir.

To'lov qilish

To'lov qilish deyarli barcha usullari bor, qiwi, webmoney, paypal, westruion yunion va boshqalar. Ortiqcha komissiya va boshqalar olinmaydi.



Ayni paytda o‘zbekistonlik internet foydalanuvchilari soni 20 millionni tashkil qiladi. Ularning aksariyati o‘rta yosh vakillaridir. Tahlillarga ko‘ra, ayni shu qatlam eng yaxshi xaridor hisoblanar ekan. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonda onlayn savdo uchun yaxshi muhit paydo bo‘lib ulgurganini ko‘rsatadi.
Onlayn savdo nima degani?
Onlayn savdo — internet tarmog‘i orqali mahsulotlarni sotish yoki xizmat ko‘rsatish deganidir. Uning eng ommabop ko‘rinishi internet-do‘konlar va messenjerlardagi botlar hisoblanadi.
Internet orqali savdoni amalga oshirishning talay qulayliklari bor. Ammo bu platformada o‘z xaridorini topish ham oson ish emas. Onlayn do‘kon ochish uchun katta bino yoki savdo majmuasi qurish, ijaraga olish shart emas. Original loyiha va sifatli mahsulot bilan qisqa fursatda qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lish mumkin. Qolaversa, bu yo‘nalish milliy tajribada nisbatan yangi. Ya'ni onlayn savdoda raqobat juda past. Hududiy chegaralarning belgilanmagani respublikamizning istalgan nuqtasida turib, savdoni amalga oshirish imkonini beradi. Kuniga 24 soat, haftasiga 7 kun ishlash mumkin.
Siz ham internet-do‘kon oching
Masalan, siz shirinlik sexi ochib, pishiriqlar savdosini yo‘lga qo‘ymoqchisiz. Buning uchun tadbirkorlik sub'ekti sifatida Davlat xizmatlari markazida ro‘yxatdan o‘tasiz. Bunda eng kam oylik ish haqining 1, onlayn o‘tsangiz 0,5 baravari miqdorida to‘lovni amalga oshirasiz. Uni ommalashtirish, mijozlar sonini ko‘paytirish esa mahoratingizga bog‘liq.
— Loyihamizning asosiy maqsadi — yurtimiz dehqonlariga o‘zi etishtirgan mahsulotlarini sotishda sarflanadigan vaqt, mehnat va moddiy xarajatlarni kamaytirishga yordam berishdan iborat, — deydi dehqon.uz loyihasi muallifi Alisher Safarov. — Yurtimizda ko‘plab savdo saytlari faoliyat yuritadi. Ammo ularning barchasi ham risoladagidek ishlayapti, deya olmaymiz. Buning uchun, avvalo, to‘lov va etkazib berish tizimini rivojlantirish kerak. Onlayn savdo buyurtmani tezkor etkazib berishga asoslanadi.
Darhaqiqat, yurtimizda faoliyat yuritayotgan aksariyat internet-do‘konlari, asosan, poytaxt aholisiga xizmat ko‘rsatmoqda. Viloyatlarda esa ko‘proq messenjerlar orqali savdolar amalga oshirilyapti.
Foydalanuvchilar qanday fikrda?
Bugun onlayn oldi-sotdi qilayotgan Olx.uz, Arba.uz, Abad.uz, Bulavka.uz, Home24.uz, Asaxiy.uz, Texnomart.uz kabi internet-do‘konlarining o‘z xaridorlari bor. Ammo bu kabi do‘konlar qanchalik ishonchli?
— Internet-do‘konlardan odatda maishiy texnika vositalarini xarid qilaman, — deydi Samandar Boborajabov. — Texnomart.uz va leBazar.uz xizmati meni qoniqtiradi. To‘g‘ri, ulardagi narx bozordan 10 foiz qimmat, ammo vaqtim tejaladi. Shaharning u burchagidan bu burchagiga yo‘lkira sarflab yurmayman. Faqat etkazib berish xizmati sifati talab darajasida emas. Shu holatga e'tibor qaratishsa, yaxshi bo‘lardi.
— Men uchun onlayn kitob do‘konlaridan foydalanish juda qulay, — deydi Mahfuza Ortiqova. — Ammo kiyim-kechak masalasida bunday platformaga ishona olmayman. Yaqinda bir dugonam internetdan ko‘ylak sotib oldi. Rasmda nihoyatda chiroyli va bejirim ko‘ringan kiyim sifatsiz chiqdi. Pulini to‘lab qo‘ygan dugonam dodini kimga aytishini bilmay qoldi.
Messenjerdagi savdo guruhlaridan foydalanuvchilarning hasratidan esa chang chiqadi: «Buyurtma bergan mahsulotimning sifati yaxshi chiqmadi», «10 kunda deb, 2 oyda etkazib berishdi», «Oldindan 30 foiz to‘lovni amalga oshirgandim, Turkiyaniki deb, Xitoynikini olib kelishdi»...
— Yaqinda telegram orqali bir firmaning reklamasiga uchib, ozdiruvchi dori vositasiga buyurtma bergandim, — deydi Gulnoza Mirzaeva. — Yuz foiz tabiiy va zararsiz ekani reklama qilingan dorini olib kelishdi. Yaxshigina pul to‘ladim. Bir kuni dorixonaga kirsam, aynan o‘sha firmaning o‘sha dori vositasi yarim narxida sotilayotgan ekan. Internet-do‘kondan boshqa narsa sotib olmaslikka ahd qildim.
Mutaxassislar bunday holatga tushmaslik uchun foydalanuvchilarga internet-do‘koni haqida aniq ma'lumotga ega bo‘lish, oldindan to‘lashga rozi bo‘lmaslik, chek va kvitansiyani saqlab qo‘yish lozimligini maslahat berishmoqda.
Qonuniy nazorat qilinadimi?
— Internet savdoni amalga oshirish faoliyati «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi qonun asosida tartibga solinadi, — deydi huquqshunos Dilmurod Rajaboev. — Unga ko‘ra, yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor elektron tijorat sotuvchisi bo‘lishi mumkin. Onlayn tijorat vositasida «Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalari bilan tasdiqlangan ro‘yxat»ga muvofiq, aylanmadan olib qo‘yilgan yoki aylanmadagi cheklangan tovarlardan boshqa har qanday tovar sotilishi mumkin. Jumladan, alkogol va tamaki mahsulotlari ushbu ro‘yxatga kiritilgani uchun ularni internet-do‘kon orqali sotish taqiqlanad

2.2. Onlayn do`konlarni yaratish va boshqarish tizimi


Foydalanilgan adabiyotlar.

1. К .Паппас, У. Мюррей “Программирование на С и С++”, Киев,2000.

2. Атымтаева Л.Б. “Объектге бағытталған программалау негиздери”. А: «Қазақ университети», 2005

3. Бьярн Страуструп. “Язык программирования С++”. Киев: Диасофт, 1993-1,2 часть.

4. Павловская Т.А. “С/С++ программирование на языке высокого уровня”. Санкт-Петербург, 2002г.

Internetsaytlari:

http://lessons.itportal.uz/c/c-kompilyatorlari-va-muhiti/

http://lessons.itportal.uz/c/c-haqida-va-uning-tarixi/

http://software.uz/ru/software/view?id=1907

http://dasturim.uz/?p=29







Bajardi:







Bet

Tekshirdi:














Download 146.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling