I. O’quv metodik ishlar
Download 21.18 Kb.
|
hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Ilmiy tadqiqot ishlari 2.1.
- III. Ilmiy pedagogik ishlar
- IV. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash
- Hisobot tuzuvchi: M.Rahmatillayeva
I. O’quv metodik ishlar 1.1. 2019-2020-o’quv yili 1-semestr mobaynida o’quv rejada belgilangan “Boshlang’ich ta’lim metodologiyasi”, “Amaliy xorijiy til”, “Boshlang’ich ta’lim fanlari nazariyasi”, “Pedagogik kompetentlik”, “Dunyo mamlakatlari ta’lim tizimi”, fanlari bo’yicha o’quv mashg’ulotlariga qatnashib, semester bo’yicha “5” va “4” baholarga o’zlashtirdim. 2019-2020-o’quv yili 2-semestr mobaynida o’quv rejada belgilangan “Tarbiyaviy ishlar nazariyasi va uni o’qitish”, “Pedagogik tadqiqotlarda statistik metodlar”, “Boshlang’ich ta’lim fanlari nazariyasi”, “Mutaxassislik fanlarni o’qitish metodikasi”, “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”, fanlari bo’yicha o’quv mashg’ulotlariga qatnashib, semester bo’yicha “5” bahoga o’zlashtirdim. 2020-2021-o’quv yili 3-semestr mobaynida o’quv rejada belgilangan “Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi”, “Mutaxassislik o’qitish metodikasi”, “Boshlang’ich ta’limda PISA, TIMS dasturlari asosida baholash tizimi” fanlari bo’yicha o’quv mashg’ulotlariga qatnashib, semester bo’yicha “5” bahoga o’zlashtirdim. 1.2. Shaxsiy ish rejada rejalashtirilgan “Ona tili va adabiyot” fani bo’yicha o’quv topshiriqlarning to’plami, masala va topshiriqlar to’plami, testlar to’plami va keyslar ishlab chiqdim va kafedraga har oyda bajargan ishlarim bo’yicha hisobot berib bordim. II. Ilmiy tadqiqot ishlari 2.1. 2019-2020 o’quv yili 1-smestrida Sentabr oyida Termiz Universiteti ma’naviy – ma’rifiy, ijtimoiy – badiiy gazeta 18 (306) son 2019 – yil 30 – sentabrda “Muallim – qalb ziynati” nomli ijtimoiy maqolam chop etildi. 2.2 Noyabr oyida “Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasida “Boshlang‘ich ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuv” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi otkazildi va bu konferensiyada o’zimning maqolam bilan ishtirok etdim. (maqola ilova qilinadi) 2.3 2020-2021 o’quv yilining 2 smestrida mart oyining 12 sanasida “Uzluksiz ta’lim tizimi muammolariga kreativ yondashuv: Nazariy-amaliyot” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada “Boshlang’ich ta’lim o’quvchilarining kitobxonlik madaniyati va unga qo’yiladigan talablar” mavzusidagi maqolam bilan qatnashdim. (maqola ilova qilinadi) 2.4 2020-2021 o’quv yilining 2 smestrida may oyida “Boshlang’ich ta’lim jarayonida innovatsion yondashuv” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi. Ushbu konferensiyada o’z maqolam bilan qatnashdim. (maqola ilova qilinadi) 2.5 2020-2021 o’quv yilining iyun oyida xalqaro “Asian Journal of muldimensional Research” jurnalida ustozim F.Hayitova bilan hammualliflikda “Requirements for the formation of reading culture” nomli maqolamiz chop etildi. (maqola ilova qilinadi) 2020-2021-o`quv yili 3-semestrda kafedraning ilmiy va innovatsion tadqiqotlar, xo’jalik ishlarida ishtirok etish rejalarida faol ishtirok etdim. Jumladan, dekabr oyida “Oqituvchi” ilmiy, uslubiy, va badiiy jurnalida “Boshlang’ch sinf o’quvchilarining psixologok xususiyatlari va ularga kitobxonlikning ta’siri” mavzusida maqola chop ettirdim (maqola ilova qilinadi). 2.6 dars jadval asosida 3 semestr mobaynida 4 ta ilmiy seminarlarda dissertatsiya mavzuyim bo’yicha 4 marta ma’ruza bilan ishtirok etganman. (Ilmiy seminarlar bayonnomalari bayon qilinadi) 2.7 Kafedra qoshidagi ,,Yosh muallim” ilmiy to’garagi faoliyatida ma’ruzalar bilan ishtirok etdim. Jumladan, 2020-yil sentabr, oktabr, noyabr oylarida dissertatsiya mavzularida ma’ruzalar qildim. (Ilmiy to’garak ish rejasi va ma’ruzalar ilova qilinadi) III. Ilmiy pedagogik ishlar 3.1. “Ona tili va adabiyot” fani bo’yicha o’quv jarayonlarini tashkil etishga bog’liq meyoriy hujjatlar, jumladan, DTS 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu fan bo’yicha o’quv reja oliy o’quv o’quv reja OO’MTV 2019-yil tasdiqlangan, fan dasturi esa TTPU tomonidan ishlab chiqulgan bo’lib OO’MTV tomondan 2029-yil tasdiqlangan. Ishchi o’quv reja esa TerDU rektorati tomonidan 2019-yilda tasdiqlangan. 3.2. 2020-2021-o‘quv yili 3-semestrda kafedraning professor o’qituvchilaridan dots. D.Kadirova, dots. R.Mustafoqulov, dots. Sh.Yoqubov, dots. X.Norbo’tayevlarning darslariga kirib, dars o’tish mahoratlarini o’rgandim. 3.3. 2020-2021-o’quv yili 3-semestrida 2-kurs 205-guruh dots. M.Mustafoqulov “Bolalar adabiyoti” fanidan “Quddus Muhammadiy hayoti va ijodi” 3-kurs “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishini 301-302-guruhda 2020-yil 12-dekabrda “Ona tili o’qitish metodikasi” fanidan “Husnixat o’qitish metodikasi” mavzusidagi ma’ruza darsini va shu fandan “Inshoni yozish darslarini kuzatish va tahlil qilish” seminar mashg’ulotini fan o’qituvchisi nazoratida o’tdim. 3.4. Fanlar bo’yicha innovatsion pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va kafedrada tayyorlanadigan o’quv uslubiy adabiyotlar hamda to’plamlarni tayyorlashda ilmiy rahbar tavsiyasi asosida ishtirok etdim. 3.5. Ilmiy rahbarim boshlang’ich ta’lim kafedrasi o’qituvchisi dors. R.Mustafoqulov bilan birgalikda “Boshlangich sinf o’quvchilarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish” mavzusi ostida Termiz shahar 12-umumiy o’rta-talim maktabida “Kitob hikmatlar-xazinasi” nomli tadbir o’tkazdik. 3.6. Ilmiy-pedagogik ishlar bo’yicha rejalashtirilgan tadbirlarni ilmiy rahbar bilan birgalikda amalga oshirdik. 3.7. Shuning bilan birgalikda mutaxassislikka oid fanlardan ilmiy rahbar ko’rsatmasi asosida o’quv metodik hujjatlarni tayyorladim. IV. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash 4.5. Dissertatsiya mavzuyim: “Boshlang’ich sinf o’quvchilarining kitobxonlik madaniyatini shakllantirish” 4.6. 2020-2021-oquv yili 3-semestrida magistrlik dissertatsiyasini 2 va 3-boblari bo’yicha tadqiqotlar olib bordim. Magistrlik dissertatsiya mavzuyim bo’yicha ilmiy rahbarim bilan birgalikda dars jadvali asosida belgilangan kunlarda ilmiy seminarlarda 2 va 3 bob paragraflari bo’yicha muhokamalardan o’tkazildi. 3-semestr yakunida shaxsiy ish reja bo’yicha 3ta bob ham yozib tugatildi. Hisobot tuzuvchi: M.Rahmatillayeva Download 21.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling