I. O’quv-uslubiy ishlar


Download 41.26 Kb.
bet1/5
Sana18.11.2023
Hajmi41.26 Kb.
#1786039
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Profta\'limda amalga oshirilgan ishalar


Farg’ona politexnika instituti huzuridagi Farg’ona sanoat va xizmat ko’rsatish texnikumida 2022-2023 o’quv yilida olib borilgan o’quv-uslubiy ishlar, o’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda texnikumda yechimini kutayotgan muammolar to’g’risida
MA’LUMOT


I.O’quv-uslubiy ishlar.
2022-2023 o’quv yiliga o’quv-uslubiy jixatdan tayyorgarlik ko’rish borasida avvalo texnikumda mavjud bo’lgan

  1. Buxgalteriya xisobi va audit

  2. Menejment

  3. Elektr stantsiyalari tarmoqlari va tizimlari

  4. Tashishni tashkil etish va transportni boshqarish

  5. Kompyuter injiniring

  6. Dasturiy injiniring

  7. Geodeziya va kartografiya

mutaxassisliklari bo’yicha vazirlik tomonidan taqdim qilingan namunaviy o’quv redalari asosida institutning o’quv bo’limi bilan hamkorlikda ishchi o’quv rejalari, o’quv jarayoni grafiklari ishlab chiqildi. Ushbu ishchi rejalar asosida har bir maxsus fan o’qituvchilari institutning professor-o’qituvchilari bilan hamkorlikda mutaxassisliklar bo’yicha ishchi o’quv dasturlari ishlab chiqildi hamda o’quv jarayoniga tadbiq etildi.
Institutining “Er usti transport vositalari”, “Geodeziya, kartografiya va kadastr”, “Buxgalteriya hisobi va audit”, “Elektr energetikasi” kafedralari bilan o’zaro hamkorlik shartnomalari hamda hamkorlik yo’l xaritalari imzolangan. Hamkorlik shartnomasiga asosan institutning “Informatika va axborot texnologiyasi” kafedrasi hamda professor-o’qituvchilari tomonidan texnikum o’quvchilari uchun mutaxassislik fanlaridan ko’rgazmali o’quv mashg’ulotlari o’tkazilib kelinmoqda.
O’quv jarayoni davomida har bir mutaxassislik bo’yicha o’quv amaliyotlari institutning turdosh kafedralari o’quv xonalari hamda ustaxonalarida olib borildi. Unda institutning professor-o’qituvchilari tomonidan texnikum o’quvchilari uchun mahorat darslari olib borildi.
Shuningdek texnikumda mutaxassislik fanlarini o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan “Mahorat maktabi” o`quvlari doirasida 2023 yil 16-mart kuni o‘tkazilgan tadbirda texnikum talabalari bilan birgalikda institutning “Elektr energetikasi” kafedrasi katta o‘qituvchilari F.N.Nasriddinova hamda F.A.Halilovalar ishtirokida “Yoritish qurilmalarining turlari ulunish sxemalari”,“Elektr izolyatsiya materiallari” mavzulari bo‘yicha “Master klass” mashg`ulotlari o‘tkazildi.
Hozirda institutning o’quv bo’limi bilan hamkorlikda texnikumning 89 nafar 2-bosqich bitiruvchi gurux o’quvchilarini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022 yil 11 yanvardagi 17-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriyat ta’lim yo’nalishlariga suhbat asosida o’qishga qabul qilish tartibi to’g’risida”gi NIZOM ga asosan o’zlari o’qishni davom ettirish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun suxbat jarayonlariga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Download 41.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling