I. Pedagogik amaliyot olib borilgan muassasa
Download 10.16 Kb.
|
AMALIYOT HISOBOTI
AMALIYOT HISOBOTI (20.02.2023y-20.03.2023y) HISOBOT MAZMUNI : I. Pedagogik amaliyot olib borilgan muassasa. II. Bajarilgan ishlar 2.1. Oquv ishlari. 2.2. Ma’naviy -marifiy ishlar. III. Xulosa va takliflar. Pedagogik amaliyot olib borilgan muassasa.Maktab binosi ma‘muriy xonalari. Bino 1korpus va sport zalidan tashkil topgan. Maktabning barcha pedagog xodimlari o’quvchilarga ta’lim va tarbiyani uzviy ravishda berib bormoqda.Maktab xonalari hali ham qo’shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlanmoqda. Maktab tashkil topganidan beri shu kunga qadar bir qancha o‘quvchi yoshlar fan olimpiyadalarida nufuzli o‘rinlarni olib kelishgan. 20.02.2023-yil kuni ilk bor makrabga tashrif buyurdim. Pedagogik amaliyotim davomida nafaqat o’quv, balki, ma’naviy-marifiy ishlar bilan ham tanishib, o’rganib chiqdim. II. Bajarilgan ishlar 2.1. O’quv ishlari:-ta’lim muassasasiga kelishim bilan mutaxassislik (matematika) fani o’qituvchisi-Xoligitov Muhriddin ustozga biriktirildim. Iloji boricha dars jarayonining 1 daqiqa vaqtini ham e’tiborimdan chetda qoldirmaslikka harakat qildim. Markazda o’qituvchilarimiz bergan bilimlari asosida dars uchun tahlil yozdim va o’zim uchun kerakli xulosalarni oldim. -Ustozlarimiz aytganidek, pedagogik amaliyotim uchun alohida ish reja tuzib oldim. Pedagogik amaliyot davrida M.Xoligitov yordamlari katta bo’ldi. Ish reja tuzish tartibini o’rgatdi (20.02.2023yilga qadar qaysi mavzular o’tilganligi, yil oxiriga qadar yana qanday mavzular o’tilishini, ularni sinflar kesimidagi farqi hamda xalq ta’limi vazirligi tomonidan ish kunlari sifatida tasdiqlangan kunlarning kalendar rejasini taqdim etdi). Ish rejalarni tuzib olgach, kunlik rejalarni tuzishni ya’ni darslarning samaradorligi uchun qanday metodlar tanlash joizligi haqida tushuntirib bordi. Bu orqali bilimlarimni mustahkamlab olishimga yordam berdi.Dars ishlanmalarni yozilish qoidalarini amaliy tahlil qilishni o’rgatdi. Bunda asosan, dars jarayoni usuliga e’tibor berish lozimligiga alohida urg’u berib tushuntirdi. Sababi dars usulini tanlash orqali bir soatlik darsni qanday tashkil qilinishi mumkinligini, darsning samaradorligi qanday bo’lishini oldindan bilib olish mumkin ekan. O’tmoqchi bolgan mavzularim uchun ozim dars ishlanmasi yozib, mavzuga tayyorlanib kelib dars o’tdim.8- “A” sinfda “O’tkir burchakning sinusi, kosinusi, tangensi va kotangensi ” mavzusida ochiq dars tashkilladim. Darsda ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar va AKT dan foydalandim. .2.2. Ma’naviy -marifiy ishlar : Ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo’nalishida men sinf rahbar faoliyatini o’rgandim. Sinf rahbarlik hujjatlari, Tarbiyaviy soat ish reja va dars ishlanmalari bilan tanishdim. Tarbiyaviy soat darslarini tahlil qildim. Maktabda o’tkazilgan A.Navoiyning 582-yilligi hamda Z.M.Boburning 540-yilligi tadbirlarida qatnashdimva ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazish ko’nikmasiga ega bo’ldim. III.Xulosa va takliflar. Pedagogik amaliyot haqida xulosam shuki, o‘gangan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda sinamasdan biror kasb egasi bo‘lish qiyin. Bunday tajriba oshirish uchun yillar davomida harakat qilinar ekan. Bolajak pedagog xodim uchun eng kerakli narsa o’quv jarayonini nazorat qila olish. Bunda bizga eng kerakli hislatlar mutaxassislik fanlarimizning barchasi hamda psixologiya, nutq madaniyati, metodika kabi fanlarni mukammal bilishni taqazo etadi. Download 10.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling