I. Yashil suvo‗tlar va xivchinlilar (Mastigophora) sinfi


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
Sana08.06.2020
Hajmi0.91 Mb.
#116080
Bog'liq
Teng xivchinlilar sinfi pdf


 

 

MUNDARIJA 

Kirish ......................................................................................................................... 3 

I.Yashil suvo‗tlar va xivchinlilar (Mastigophora) sinfi ............................................ 5 

1.1.Yashil suvo‗tlar sinfi ........................................................................................... 5 

1.2. Xivchinlilar (Mastigophora) sinfi .................................................................... 10 

II. Teng xivchinlilar sinfi ,tallomli, yadroli plastidli avtotrof o‘simliklar - 

Talladiontha eucaryata. ........................................................................................... 18 

2.1.Tallomli, yadroli plastidli avtotrof o‘simliklar ................................................. 18 

2.2.Chin yashil suvo‘t l yoki teng xivchinlilar sinfi ................................................ 20 

Xulosa ...................................................................................................................... 28 

Foydalanilgan adabiyotlar ....................................................................................... 29 

 

 



 

 

Kirish 

 

O'simlik  hujayrasi  tashqi  tomondan  qobiq  bilan  'ralgan  bo  lib,  uning  ichki 



qismida  protoplast  joylashgan.  Uning  tarkibi  esa  sitoplazma  va  mag'izdan  iborat. 

Sitoplazma  murakkab  tarkibli,  elastik,  qovushqoq,  tiniq  jism  bo  lib  u  shaklsiz 

massa  gialoplazma  va  shakllangan  hosilalar,  ya‘ni  hujayra  organoidlari  va 

kiritmalarga  ajraladi.  Hujayra  organoidlari  hujayraning  ihtisodlashgan  qismidir. 

Ular  mitohondriyalar,  ribosomalar,  diktiosomalar,  endoplazmatik  to'r,  hujayra 

markazi  va  kabilar.  O‘simlik  hujayrasi  uchun  plastida  o‘ziga  hos  organoid 

hisoblanib,  ularda  uglevodlar,  oqsillar  va  yog  lar  to  planish  jarayonlari  boradi. 

Plastidalar tarkibidagi bo'yovchi moddalar va bajaradigan vazifasiga ko‘ra 3 turga 

ajratiladi: yashil - xloroplastlar, qizil - xromoplastlar, rangsiz - leykoplastlardir. 

Xloroplastlarda  fotosintez  jarayoni  amalga  oshiriladi.  Xromoplastlar 

sitoplazmadagi moddalar almashinuvida ishtirok etsa kerak deyiladi va gullarning, 

mevalamig  ochiq  rangda  bo‘lishida,  changlanishida,  hasharot  va  qushlami  jalb 

qilishda, urug‘, mevalaming tarqalishida katta ahamiyatga egadir. Leykoplastlarda 

kraxmal, oqsil va moylar to'pIanadi. Mitoxondriyalar hujayrada donador, ipsimon, 

tayoqchasimon  shaklda  bo'lib,  ulaming  o'rtacha  soni  50  -  5000  gacha  boradi. 

Mitoxondriyaning  hujayradagi  asosiy  vazifasi  ADFdan  energiyaga  boy  ATFni 

sintez qilib, hujayrani energiya bilan ta‘minlashdan iborat. Diktiosomalar o'simlik 

hujayralarida  odatda  bir  necha  sonda  bo'lib,  ulaming  vazifasi  turli  moddalami  to 

plash,  ayniqsa  uglevodlami  to'plash  va  hujayra  qobig'i,  vakuolalami  hosil 

bo'Iishida  muhim  rol  o'ynaydi.  Hujayrada  moddalar  almashinuvi  natijasida 

to'plangan  suvda  eruvchan  moddalar  tsitoplazmadan  ajralgan  holda  to  planadi. 

Suvda erigan moddalar hujayra shirasi deb atalib, ular joylashgan bo'shliq vakuola 

deyiladi.  Vakuolalar  hujayraning  osmotik  hodisalarida  muhim  rol  o'ynaydi. 

Shuningdek,  moddalar  almashinuvi  natijasida  hosil  bo‘lgan  mahsulotlar  kraxmal 



donachalari,  moy  tomchilari,  oqsillar  va  ba‘zi  bir  kristallar  ko  p  miqdorda  to 

planishi mumkin. Yadro eukariot hujayralaming muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. 



 

I.Yashil suvo‘tlar va xivchinlilar (Mastigophora) sinfi 

1.1.Yashil suvo‘tlar sinfi 

 

Suvo'tlar (tuban) ancha sodda tuzilgan o'simliklar bo'lib, ularning tanasi ildiz, 



poya va barglarga bo'linmagan. Suvo'tlar orasida bir hujayrali va ko'p hujayralilari 

ham  bor.  Tuban  o'simliklar  tanasi  qattana  yoki  tallom  (ildiz,  poya  va  bargga 

bo'linmagan tana) deb ataladi. 

 

Tuban  o'simliklarni  suvo'tlar  tashkil  etadi.  Suvo'tlar,  asosan,  suvda 



yashaydigan, hujayralarida xlorofill donachalarini saqlaydigan va yorug'lik ta'sirida 

organik moddalar hosil qiladigan tuban o'simliklar. 

Hozirgi  vaqtda  suvo'tlarning  fanga  ma'lum  bo'lgan  turlari  30  000  ga  yaqin 

bo'lib,  ular  orasida  ko'k-yashil,  sarg'ish  yashil,  yashil,  qo'ng'ir,  qizil  va  sariq 

suvo'tlar bor. Bu suvo'tlarning hujayralarida xlorofllldan tashqari yana har xil rang 

beradigan pigmentlar bor. 



 

Suvo'tlarning suvdan tashqarida - zax tuproqlarda, sernam sharoitda o'suvchi 

daraxtlar  po'stlog'ida,  to'nkalarda,  daryo  yoqasidagi  toshlar  ustida  o'suvchi  turlari 

ham uchraydi. 

Suvo'tlar orasida oddiy ko'z bilan deyarli ko'rib bo‗lmaydigan, bir hujayrali 

turlari bilan bir qatorda tanasi bir necha metr keladigan ko'p  hujayrali turlari ham 

bor. 


Bir  hujayrali  suvo'tlar  juda  mayda  -  oddiy  ko'z  bilan  ko'rib  bo'lmaydigan 

organizmlardir.  Lekin  ularning  to'plamlarini  oddiy  ko'z  bilan  ko'rish  mumkin. 

Yozda ariq, hovuzda uzoq turib qolgan ko'lmak suvlar yashil rangga kirib qoladi. 

Bunday  suvni  «gullab  qolgan  suv»  deyishadi.  Aslida  yashil  g'ubor  ham,  suvning 

yashil rangi ham to'planib qolgan bir hujayrali suvo'tlardir. 

Agar  «gullab  qolgan  suv»ning  bir  tomchisini  buyum  oy-nasiga  tomizib, 

mikroskop  ostida  qaralsa,  bu  suvda  bir  ta-lay  mayda  tirik  xlorelladoshlar  oilasiga 

mansub bir hujayrali yashil suvo't - oddiy xlorellani ko'rish mumkin. 

Bu  hujayraning  usti  yupqa  va  mustahkam  qobiq  bilan  o'ralgan.  Ichida 

boshqa  o'simliklar  hujayrasida  bo'lgani  kabi,  sitoplazma  bilan  yadro  bor. 

Hujayrada sitoplazma va yadrodan tashqari xloroflll bilan yashil rangga bo'yalgan 

xromatofor ham joylashgan. 

Xromatofor  yuksak  o'simliklar  bargidagi  xloroplast  vazifasini  baja-radi. 

Yorug'lik  ta'sirida  unda  suv  va  karbonat  angidriddan  kraxmal,  oqsil  va  boshqa 

organik  moddalar  hosil  bo'ladi,  suvga  esa  kislorod  ajralib  chiqadi.  Xlorella  suvni 

ham,  unda  erigan  karbonat  angidrid  va  mineral  tuzlarni  ham  po'sti  orqali  shimib 

oladi. 


Xlorella  jinssiz  –  hujayrasining  bo'linishi      yo'li      bilan      ko'payadi.  Bunda   

ona      hujayra      ichidagi      tirik  qism  4  yoki  8  teng  bo'lakka  bo'linadi  va  bu 

bo'laklarning  har  biri      alohida    qobiq    bilan    o'ralib,  mayda      hujayrachalarga   

aylanadi. 

Kuz kelishi bilan xlorella qalin, zich qobiqqa o'ralib, sporaga aylanadi va shu 

holda  qishlaydi.  Banor  kelib,  qulay  sharoit  tug'ilgach,  spora  shaklida  qishlagan 

hujayraning  od-diy  bo'linishi  natijasida  bir  necha  xlorella  hosil  bo'ladi.  Ular 

hujayra qobig'ini yorib chiqadi va mustaqil hayot kechira boshlaydi. 

Xlamidomonadadoshlar  oilasiga  mansub  bir  hujayrali  yana  bir  suvo't  - 

xlamidomonadadir.  U  ko'pincha  iflos  va  azotli  birikmalarga  boy  suv  havzalarida 

uchraydi, ba'zan akvarium devorlarida ham o'sadi. 


Ushbu  tartibning  vakillari  kokkoid  strukturali  suvo‗tlari  bo‗lib,  vegetativ 

hayoti  davomida harakatsiz bir hujayrali yoki kolonial  

bo‘ladi.  

Ayrim  vakillari  jinssiz  ko‘payishda  zoosporalar  hosil  qilsa  (Suv  to‗ri,  ediastrum), 

ayrimlari avtosporalar (Xlorella, Ssenedesmus) yordamida ko‗payish xususiyatiga 

ega.  Vakillarining  deyarli  hammasi  chuchuk  suvlarda,  tuproqda  yoki  suv 

sachratqilarida hayot kechiradi.  

Ulotrikslar  tartibiga  kiruvchi  suvo‗tlari  shoxlanmagan  ipsimon  strukturali  bo‗lib, 

uchki hujayralari ko‗ndalangiga bo‗linishi hisobiga ipi uzunlashib boradi (masalan, 

Ulotriks). Ayrim vakillari plastingkasimon tuzilishga ega bo‗lsada (masalan, Ulva), 

o‗sishining boshlangich davrida ipsimon tallom hosil qiladi. Ushbu tartibning tipik 

vakillaridan biri Ulotriksning (Ulotrix) ipi bir teks joylashgan hujayralardan iborat 

bo‗lib, pastki qismidagi substratga yopishuvchi rangsiz hujayrasi rizoid vazifasini 

bajaradi.  Xromatofori  hujayra  qobig‗i  tagida  plastinka  shaklidagi,  uchlari 

birlashmagan  belbog‗ni  eslatadi.  Ulotriks  vegitativ  hujayralarida  4  xivchinli 

zoosporalar hosil qilib, jinssiz ko‗payadi. Jinsiy ko‗payishi esa izogamiya usulida 

bo‗lib, ikki xivchinli gametalar yuzaga keladi.  

Bu  sinfga  bir  hujayrali  kokkid  va  oddiy  ipsimon,  shoxlanmagan  suvo‗tlar 

kiradi.  Ularning  xarakterli  belgisi  rivojlanish  siklida  haraktchan  stadiyasining 

yo‗qligi va jinsiy ko‗payishida oogamiyaning o‗ziga xos ko‗rinishi hisoblanuvchi 

ikki vegetativ hujayralarning o‗zaro qo‗shilishi yoki «matashishi» (konyugatsiya) 

bo‗lib  hisoblanadi.  Matashish  jarayoni  har  xil  vakillarida  o‗ziga  xos  ko‗rinishda 

amalga  oshadi.  Ko‗pchilik  ipsimon  vakillarida  yonma  -  yon  joylashgan  iplar 

orasida  qator  o‗simtalar  hosil  bo‗li6,  hujayralar  sitoplazmasi  biridan  ikkinchisiga 

o‗tadi  va  zigota  hosil  bo‗ladi  (narvonsimon  konyugatsiya).  O‗simtalar  bir  ipdagi 

hujayralar  orasida  (bir  -  biridan  harxil  uzoqdagi  hujayralar)  ham  yuzaga  kelishi 

mo‗mkin  (yon  konyugatsiya).  Hosil  bo‗ladigan  zigota  koopulyatsion  kanal 

(o‗simta)  ichida  yuzaga  kelish  hollari  ham    uchrab  turadi  (oraliq  konyugatsiya). 

Matashuvchilarda jinssiz ko‗payish uchramaydi. Matashishdan tashqari tallomlari 


bo‗laklarga bo‗linib vegitativ  yo‗li bilan ko‗payishi mo‗mkin. Matashuvchilarning 

tartiblarga  bo‗linishiga  asos  qilib  tallomining  tuzilishi  va  zigotalaridan  o‗sib 

chiqadigan o‗simtalarining soni olingan.  

 

Xara  suvo‗tlari  o‗zining  yuksak  darajada  tuzilganligi  bilan  boshqa 



suvo‗tlaridan  keskin  farq  qiladi.  Ularning  tashqi  tuzilishi  qirqbo‗g‗imga  o‗xshab 

ketadi.  Mutovka  shaklida  shoxlangan  bo‗lib,  bo‗g‗in  va  bug‗in  oraliqlarini  hosil 

qiladi.  Hujayralari  uzunligi  jihatidan  bug‗in  oraligini  to‗liq  egallagan  bo‗lib, 

rangsizroq  markaziy  va  uning  ustida  bir  nechta  po‗stloq  hujayralari  joylashgan. 

Lekin  xara  suvo‗tlarining  ayrim  vakillarida  po‗stloq  hujayralari  bo‗lmaydi  va 

bo‗g‗in oraligi bir dona uzun hujayradan iborat bo‗ladi  



 

1.2. Xivchinlilar (Mastigophora) sinfi 

  

Xivchinlilar  tanasi  qattiq  qobiq  bilan  qoplangan  bir  hujayrali  hayvonlardir. 



Ularning  tipik  vakili  yashilevglena  hisoblanadi.  Ular  bitta  yoki  bir  nechta 

xivchinlar yordamida harakatlanadi. 

Harakatlanishi  va  tuzilishi.  Yashil  evglena  ko‗lmak  suvlarda  va 

hovuzlarda hayot kechiradi. U juda mayda, amyobaga nisbatan 5–10 marta kichik 

hayvon.  Tanasining  shakli  duksimon  bo‗lib,  oldingi  va  keyingi  tomoni 

ingichkalashgan. Xivchini vintga o‗xshash buralib, uni oldinga siljitadi.  



 

1-rasm 


Evglena  hujayrasi  qattiq  va  qayishqoq  yupqa  qobiq  bilan  qoplanganligi  tufayli 

doimiy shaklga ega. Evglena sitoplazmasida bitta yirik yadro, qisqaruvchi vakuola 

va qizil dog‗ga o‗xshash «ko‘zcha» joylashgan. 

 

2-rasm 



Oziqlanishi.  Evglena  sitoplazmasida  yashil  tanachalar  shaklidagi  xromatoforalar 

bo‗ladi. Ulardagi xlorofill pigmenti yordamida evglena fotosintez qiladi. Yorug‗lik 



ta‘sirida  uning  xromatoforala  rida  organik  moddalar  hosil  bo‗ladi.  Bu  moddalar 

evglenaning o‗sishi, rivojlanishi va ko‗payishi uchun sarf bo‗ladi. 

Evglena  qorong‗ida  hayvonlar  singari  tayyor  organik  moddalar  bilan  oziqlanadi. 

Agar uzoq muddat qorong‗i joyda saqlansa, evglena xlorofili yemirilib, hujayrasi 

rangsiz  lanadi;  endi  u  suvda  erigan  organik  moddalarni  tana  yuzasi  orqali  shimib 

oziqlana boshlaydi.  Evglenaning fotosintez qilish xususiyati o‗simliklar bilan hay 

vonlarning bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan ligidan darak beradi. 

Volvoks-chuchuk suvlarda koloniya bo‗lib yashovchi yashil xivchinlilar ham ko‗p 

uchraydi.  Ular  orasida  volvoks,  ayniqsa,  keng  tarqalgan.  Volvoks  koloniyasi  bir-

biri bilan sitoplazmatik ipchalar orqali qo‗shilib ketgan juda ko‗p sonli evglenaga 

o‗xshash  tuzilgan  hujayralardan  iborat.  Hujayralarning  ko‗pchiligi  vegetativ 

(o'suvchi), oz  qismi  esa generativ  (ko‗payuvchi)  bo‗ladi.  Volvoks  koloniyasining 

ko‗rinishi  ko‗p  hujayralilar  embrionning  blastula  davriga  o‗xshaydi.  Volvoksni 

o'rganish  ko‗p  hujayralilarning  kelib  chiqishi  tarixini  bilishda  katta  ahamiyatga 

ega. 0 ‗simliksimon xivchinlilar yorug‗lik yetishmaganida yashil rangini vo'qotib, 

barcha hayvonlar singari tayyor organik moddalar hisobiga geterotrof oziqlanishga 

o‘tadi.  Bunda  ular  suvda  erigan  organik  moddalarni  shimib  oladi.  Evglenasimon 

xivchinlilar  orasida  birdaniga  ikki  xil  oziqlanish  xususiyatiga  ega  boMgan  turlar 

ham bor. Bunday ikki xil usulda oziqlanish miksotrof (aralash) oziqlanish deyiladi. 



Nafas olishi va ayirishi. Evglena ham amyoba singari suvda erigan kislorod bilan 

nafas  oladi.  Sitoplazmadagi  ortiqcha  suv  va  zararli  almashinuv  mahsulotlari 



qisqaruvchi vakuola orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.  

Ta’sirlanishi.  Evglena  qizil  dog‘  ko‘zchasi  yordamida  yorug‗likni  sezish 

xususiyatiga  ega.  Shuning uchun  u suvning  yorug‗  tushib  turgan  tomoniga qarab 

harakat qiladi. 

Ko‘payishi.  Evglena  amyoba  singari  ikkiga  bo‗linish  orqali  jinssiz  ko‗payadi. 

Bo‗linish  boshlanishi  bilan  eski  xivchinning  yonida  ikkinchi  yangi  xivchin  hosil 



bo‗ladi.  Bo‗li  nish  butun  tana  bo‗ylab  shu  ikki  xivchin  hamda  yadro  o‗rtasidan 

o‗tadi. 


 

3-rasm 


Sista hosil qilishi. Noqulay sharoit tug‗ilganda evglenaning xivchini tushib ketadi; 

tanasi qisqarib, yumaloqlanadi va qalin qobiq bilan o‗ralib sistaga aylanadi. 



Volvoks – koloniya bo‘lib yashovchi bir hujayrali hayvon. Iflos suvli hovuz va 

ko‗llarda diametri 1 mm keladigan yashil sharga o‗xshash volvokslar uchraydi (8-

rasm).  Volvoks  koloniyasi  mingga  yaqin  noksimon  ikki  xivchinli  hujayralardan 

tashkil  topgan.  Hujayralar  sharning  sirtida  joylashgan  bo‗lib,  sitoplazmatik 

ipchalar yordamida o‗zaro bog‗langan. Sharning ichi quyuq dildiroq modda bilan 

to‗lgan. 

Ayrim xivchinlilar parazit hayot kechiradi. Tripanosoma tropik Afrikadagi xalqlar 

qoni  zardobida  yashab,  uyqu  kasalligini  keltirib  chiqaradi.  Leyshmaniya 



O‗zbekistonning  janubidagi  ayrim  hududlarda  va  tropik  mamlakatlarda  uchraydi, 

odam yuzi va ba‘zan qo‗l terisida uzoq vaqt tuzalmaydigan yara hosil qiladi. 

 

 

4-rasm 



Bu sinfga mansub hayvonlar sitoplazma o`simtasidan hosil bo`lgan bitta yoki 

bir  nechta  xivchinlar  yordamida  harakatlanadi.  Ko`pchiligida  xivchin  bittadan, 

ba'zan ikkita yoki undan ham ko`proq bo`lishi mumkin. Xivchinlilarning hujayrasi 

organik  moddadan  iborat  qobiq  bilan  o`ralgan.  Shuning  uchun  ular  tanasining 

shakli doimiy bo`ladi. Xivchinlilar sinfi  oziqlanish usuliga ko`ra ikki kenja sinfga 

— o`simliksimon va hayvonsimson xivchinlilarga bo`linadi. 

O`simliksimon xivchinlilar (Phytomastigina) hujayrasida yashil rang beruvchi 

xromotoforalar  bo`ladi.  Hamma  yashil  xivchinlilar  yashil  o`simliklar  singari 

yorug`da karbonat angidrid, suv va boshqa mineral moddalardan organik moddalar 

sintez  qilish  (fotosintez)  xususiyatiga  ega.  O`simliksimon  xivchinlilar  tuzilishiga 

ko`ra bir hujayrali suv o`tlarini eslatadi. 

Yashil 


xivchinlilar 

orasida Evglenasimonlar 

(Euglenoidina) turkumiga 

mansub bo`lgan hayvonlar chuchuk suvlarda ko`p uchraydi (1-rasm). Ko`pchilikka 



ma'lum  bo`lgan  yashil  evglena  (Euglena  virides)  chuchuk  suv  havzalarida 

yashaydi.  Uning  tanasi  yupqa  elastik  pellikula  po`st  bilan  qoplangan  bo`lib,  ikki 

uchi  ingichkalashgan  dukka  o`xshaydi.  Tanasining  oldingi  uchida  bitta  uzun 

xivchini,  sitoplazmasida  esa  yirik  pufaksimon  yadrosi,  tayoqqa  o`xshash  bir 

qancha  yashil  xromotoforalari,  xivchini  asosida  qisqaruvchi  vakuolasi  va  qizil 

dog`simon  ko`zchasi  joylashgan.  Tanasini  egishi  va  shaklini  birmuncha 

o`zgartirishi  mumkin.  Harakatlanayotgan  evglenaning  xivchini  aylanib,  parma 

singari buraladi va u oldinga qarab aylanma harakat bilan suzib ketadi. 

Volvoks  (Volvox  sp). Volvoks  chuchuk  suvlarda  keng  tarqalgan  koloniya 

bo`lib,  yashovchi  yashil  xivchinlilarga  kiradi.  Volvoks  koloniyasi  sitoplazmatik 

ipchalar  orqali  o`zaro  qo`shilgan  juda  ko`p  hujayralardan  iborat.  Hujayralarning 

ko`pchiligi  vegetativ  (o`suvchi),  oz  qismi  esa  generativ  (ko`payuvchi) 

hujayralardan  iborat.  Volvoks  koloniyasining  ko`rinishi  ko`p  hujayralilar 

embrionining  blastula  davriga  o`xshaydi.  Volvoks  ko`p  hujayralilarning  kelib 

chiqishini o`rganishda katta ahamiyatga ega. 

Hayvonsimon  xivchinlilar  (Zoomastigina) yakka  yashovchi  rangsiz  bir 

hujayrali  organizmlardir.  Ularning  ko`pchiligi  parazit  hayot  kechiradi. 

Tripanosomalar  (Tripanosoma). Baliqlar,  sutemizuvchilar  va  boshqa  hayvonlar, 

shuningdek,  odamlar  qoni  plazmasida  juda  mayda  parazit  xivchinlilar  — 

tripanosomalar  uchraydi.  Ularning  tanasi  duksimon,  xivchini  orqaga  qayrilgan, 

tanasi  va  xivchini  o`rtasida  to`lqinsimon  pardasi  bo`ladi.  Tripanosomalar  qonga 

zaharli  moddalar  ishlab  chiqaradi.  Afrikaning  tropik  mintaqasida  odamlar  orasida 

tarqalgan og`ir uyqu kasalligini (Tripanosoma gambiense) paydo qiladi. Kasallikni 

se-se chivini antilopalardan odamga yuqtiradi. 

Leyshmaniyalar  (Leishmania). Leyshmaniyalar  teri  epiteliysi  hujayralari 

ichida  parazitlik  qiladigan  hayvonsimon  xivchinlilardir.  Odamlarda  teri 

leyshmaniyasi  ko`proq  uchraydi.  Bu  parazit  terining  ochiq  joylarida  uzoq  vaqt 

saqlanib qoladigan  yara  hosil qiladi. Kasallik  xalq  orasida  "afg`on  yara", "yomon 

yara" yoki "sharq kuydirgisi" nomlari bilan ma'lum. Yara tuzalib ketgandan so`ng 


o`rni chandiq bo`lib qoladi. Kasallik Turkmaniston, Tojikiston va O`zbekistonning 

janubiy 


hududlarida 

uchraydi. 

Kasallik 

qo`zg`atuvchisini 

iskabtoparlar 

kemiruvchilardan odamga yuqtiradi. 

Hayvonsimon  xivchinlilarning  ayrim  vakillari  chumolilar  ichagida  simbioz 

(hamkorlikda  birga  yashash)  yashaydi.  Ular  qiyin  hazm  bo`ladigan  o`simlik 

sellyulozasini hazm qilishda chumolilarga yordam beradi. 

Geterotrof  oziqlanuvchi  xivchinlilarning  qadimiyligi  ularning  tuzilishidagi 

ayrim belgilar bakteriyalarning tuzilishiga o‘xshaydi, ya‘ni ikkala guruh vakillarida 

ham  gavda  shakli  o‘zgarmas  va  xivchinlar  mavjud.  Bundan  tashqari  ko‘pgina 

mualliflarning  tasdiqlashicha  sarkodalilarning  ba‘zi  guruhlari  (foraminiferalar, 

nurlilar)  hayot  siklining  ayrim  davrida  xivchinli  gametalarni  hosil  qiladi.  Bunday 

xususiyatni  ehtimol  sarkodalilar  tomonidan  qadimgi  geterotrof  ajdodlarini  ayrim 

belgilarini  takrorlash  deb  tushunish  lozim.  Shuningdek  ba‘zi  xivchinlilar  oziqni 

qabul  qilish  uchun  amyobasimon  shaklga  o‘tadi.  Bu  dalillar  xivchinlilarni  bir 

hujayrali  hayvonlarning  dastlabki  ajdodi  sifatida  ular  shajarasining  eng  pastiga 

(asosiga) qo‘yishni taqozo etadi. Lekin elektron-mikroskop tadqiqotlari jarayonida 

olingan  eng  yangi  ma‘lumotlar  shuni  ko‘rsatdiki  xivchinlilardagi  xivchin  juda 

murakkab struktur  tuzilishga  ega  bo‘lgan  organella  hisoblanadi  va  bakteriyalarda 

bo‘ladigan  xivchin  bilan  hyech  qanday  umumiylikka  ega  emas.  Bundan  tashqari 

murakkab  tuzilishga  ega  bo‘lgan  xivchin  hyech  vaqt  eukariot  organizmlarning 

sodda tuzilishga ega bo‘lgan primitiv belgisi bo‘lmaydi. Keltirilgan mulohazalarga 

binoan xivchinlilar va sarkodalilarni qandaydir qadimgi, bizgacha yetib kelmagan 

eukariot geterotrof organizmlardan kelib chiqqan deb faraz qilish mumkin. Bunday 

qadimgi primitiv organizmlarni harakatlanish usuli hozirgi zamon xivchinlilarining 

harakatlanishiga  o‘xshash  bo‘lgan  deb  qarash  mumkin.  Bir  hujayralilarning 

filogenetik  munosabatlarida  xivchinlilar  juda  muhim  guruh  hisoblanadi,  chunki 

infuzoriyalarning  kelib  chiqishi  aynan  xivchinlilar  bilan  bog‘liqdir. 

Infuzoriyalarning  kipriklari  bilan  xivchinlilarning  xivchini  struktur  tuzilishi 

jihatdan  bir-biriga  juda  ham  o‘xshashdir.  Faqat  evolyusiya  jarayonida 



xivchinlilardan infu-zoriyalarning kelib chiqishida harakat organellalarining sonini 

ko‘payishi  (polimerizasiyasi)  hamda  yadro  apparatining  murakkablashuvi 

(yadrolar  dualizmi  va  makronukleus  poliploidiyasi)  tomoniga  qarab  borgan. 

Sporalilarning  kelib  chiqishi  ham  xivchinlilar  bilan  bog‘liqdir,  chunki  ko‘pgina 

sporalilar  (koksidiyalar,  qon  sporalilar)  ning  hayot  siklida  uchrovchi  gametalar 

to‘zilishida xivchinlilarnikiga o‘xshash umumiy belgilarga egadir. Xivchinlilarning 

yana  bir  nazariy  ahamiyati  shundan  iboratki,  ularning  kolonial  holda  hayot 

kechiruvchi 

guruhlaridan 

ko‘p 


hujayrali 

hayvonlar 

kelib 

chiqqan. 



Knidosporidiyalar  va  mikrosporidiyalar  tiplariga  kelsak,  ularning  kelib  chiqishi 

sarkodalilar  bilan  bog‘liqdir,  chunki  ularning  sporasi  ichida  amyobasimon 

murtakning  bo‘lishi  va  hayot  siklida  xivchinli  bosqichning  bo‘lmasligi  ushbu 

guruhlarni sarkodalilarga yaqinlashtiradi. 

 

 


 

II. Teng xivchinlilar sinfi ,tallomli, yadroli plastidli avtotrof o’simliklar - 

Talladiontha eucaryata. 

 

2.1.Tallomli, yadroli plastidli avtotrof o’simliklar 

Hozircha  bu  bo‗limning  360  avlod  va  5700  turi  ma‘lum,  Ular  chuchuk  va 

sho‗r suvlarda, zah yerlarda, ba‘zi turlari esa hatto, yer betida quruq joylarda ham 

yashaydi.  Yashil  suvo‗tlar  sof,  tiniq  yashil  rangli  bo‗ladi,  chunki  xromatoforida 

qo‗shimcha  bo‗yoqlar  bo‗lmaydi.  Bu  bo‗limga  mansub  o‗simliklar  bir  hujayrali, 

koloniyali va ko‗p ho‗jayrali  suvo‗tlari kiradi.   

Yashil  suvo‗tlarning  hujayra  tuzilishi  differensiyalangan  bo‗lib,  po‗st, 

protoplazma,  yadro  va  xromatoforga  aniq  ajralgan.  Umuman,  ularning  hujayra 

tuzilishi yuksak o‗simliklarning hujayra tuzilishiga o‗xshaydi. Juda sodda tuzilgan 

yashil  suvo‗tlarning  hujayrasi  hamda  gametalari  yalong‗och  holda,  ba‘zan, 

hujayrasida kletchatka, pektindan iborat qalin po‗st bo‗ladi.  

Protoplazma yopishgan holda bo‗lib, uning ichida bitta yoki bir nechta yadro 

joylashgan.  Xromatoforining  shakli  xilma-xil  bo‗lib,  ustki  qatlamida  joylashgan. 

Ichki tuzilishi esa  yuksak o‗simliklarning xlorofill  donalari tuzilishiga  o‗xshaydi. 

Xromatofor tanachalari xlorofillga to‗yingan oqsil va lipoidlardan tuzilgan bo‗lib, 

ichida  pirenoidlar  ham  joylashgan.  Pirenoidlar  yumaloq  tanachalar  bo‗lib,  uning 

atrofida  asosan  kraxmaldan  iborat  zapas  oziq  moddalar  to‗planadi.  Hujayra 

markazini  esa  rangsiz  hujayra  shirasi  bilan  to‗lgan  vakuolalar  tashkil  etadi. 

Fotosintez mahsuloti sifatida asosan kraxmal , ba‘zilarida yog‗lar to‗planadi.  

Ko‗payishi.  Yashil  suvo‗tlarning  ko‗payshi  vegetativ,  jinssiz  va  jinsiy  yo‗l 

bilan  boradi.  Nasllarining  gallanishi    esa    bularda  yaxshi  ifodalangan.  Taraqqiyot 

davrida ustunlik qiluvchi nasl gametofitdan iborat.    

Vegetativ ko‗payshi tallomining bir qancha qismlarga bo‗linishi bilan boradi, 

jinssiz  ko‗payishi  esa  zoosporalar  vositasi  bilan    sodir  bo‗ladi.    Xivchin, 


protoplazma xromatofor, bitta yoki bir qancha  yadrolarga ega bo‗lgan harakatchan 

noksimon tanachalar zoospora deb ataladi.  

Zoosporaning mustaqil harakat qiluvchi, boshqa bir hujayrali organizmlardan 

farqi  zoosporada  kletchatkali  po‗st  bo‗lmaydi.  Sirt  protoplazma  pardasi  bilan 

o‗ralgan  bo‗ladi.  Sitoplazmaning  organoidlardan  tashqari,  xivchinlari,  qizil 

ko‗zchalari, tebranuvchi vakuolalari ham bo‗ladi. Zoosporalar hosil bo‗ladigan joy 

zooporangiy  deb  ataladi.  Zoosporangiyda  bir  yoki  bir  qancha  zoosporalar  hosil 

bo‗ladi. Ular zoosporangiyda chiqadi, ma‘lum masofaga suzib borib, to‗xtab, po‗st 

hosil qiladi va o‗sib yangi  individga aylanadi.   

Ba‘zan  yashil  suvo‗tlardagi  reduksiyalangan  spora,  ya‘ni  aplanospora 

harakatsiz  sporalar  vositasi  bilan  ham  ko‗payadi.  Aplanosporalarda  xivchin 

bo‗lmay, ona hujayra ichida po‗st vujudga keladi.  

Yashil  suvo‗tlarning  jinsiy  ko‗payshi  ham  har  xil  bo‗lib,  u  asosan  3  tipga 

bo‗linadi. 1)izogamiya; 2)geterogamiya; 3) oogamiya. 

Izogamiyada o‗sishi va tuzilishi jihatidan zoosporalarga o‗xshash, shaklan bir 

xilda va teig harakatchan gametalar qo‗shiladi. 

Geterogamiyada shakli har xil, ya‘ni bnri kichikroq va serharakat, ikkinchisi 

kattaroq  va  sust  harakatli  gametalar  qo‗shiladi.  Bularning  kattarog‗ini  urg‗ochi, 

kichikrog‗ini esa erkak gameta deb aytish mumkin. 

Oogamiyada  qo‗shilishga  qatnashuvchi  gametalarniig  biri  ancha  ynrik  va 

harakatsiz, ikkinchisi juda kichik va serharakat bo‗ladi. 

Yirik,  harakatsiz  gameta  urg‗ochi  gameta  yoki  tuxum  hujayra  deb,  kichik 

harakatchan gameta erkak gameta yoki spermatozoid deb ataladi. Gametalar hosil 

bo‗ladigan hujayra gametangiy deyiladi. 

Oogoniyda  tuxum  hujayrasi  anteridiyda  spermatozoidlar  hosil  bo‗ladi. 

Spermatozoidlar  rangsiz,  ko‗pincha,  ikki  xivchinli  bo‗ladi  va  shu  xivchinlar 



vosntasida  harakatlanadi.  Gametalarnnng  qo‗shilishidan  hosil  bo‗lgan  individ 

zigota deb ataladi. 

Zigota tinchlik davrini kechirgandan keyin o‗sib yangi individga aylanadi. 

Zigota  yadrosining  reduksion  yo‗l  bilai  bo‗linishi  natijasida  gaploid 

xromosomali  to‗rtta  harakatchan  yoki  harakatsiz  zoospora  hosil  bo‗ladi,  ularning 

hammasi yoki bir qismi yangi individga aylanadi. 

Yashil  suvo‗tlarining  turlarini  ko‗pligi,  morfologik  jihatidan  xilma  -  xil 

strukturalarni hosil qilishi va boshqa bir qator xususiyatlari bilan suvo‗tlari ichida 

markaziy  o‗rinni  egallaydi.  Tallomining  tuzilishi  va  ko‗payish  xususiyatlarini 

hisobga olgan holda ularni uchta sinfga bo‗lib o‗rganiladi.  

Chin  yashil  suvo‘t  lyoki  teng  xivchinlilar  sinfi-    Euchlorophyсеае  ёки 

Isocontae. 

Matashuvchisimonlar — Conjugatophyceae.  

Xarasimonla— Charophyceae  sinfi  



2.2.Chin yashil suvo’t l yoki teng xivchinlilar sinfi 

O'simlik  hujayrasi  tashqi  tomondan  qobiq  bilan  'ralgan  bo  lib,  uning  ichki 

qismida  protoplast  joylashgan.  Uning  tarkibi  esa  sitoplazma  va  mag'izdan  iborat. 

Sitoplazma  murakkab  tarkibli,  elastik,  qovushqoq,  tiniq  jism  bo  lib  u  shaklsiz 

massa  gialoplazma  va  shakllangan  hosilalar,  ya‘ni  hujayra  organoidlari  va 

kiritmalarga  ajraladi.  Hujayra  organoidlari  hujayraning  ihtisodlashgan  qismidir. 

Ular  mitohondriyalar,  ribosomalar,  diktiosomalar,  endoplazmatik  to'r,  hujayra 

markazi  va  kabilar.  O  simlik  hujayrasi  uchun  plastida  o‘ziga  hos  organoid 

hisoblanib,  ularda  uglevodlar,  oqsillar  va  yog  lar  to  planish  jarayonlari  boradi. 

Plastidalar tarkibidagi bo'yovchi moddalar va bajaradigan vazifasiga ko‘ra 3 turga 

ajratiladi: yashil - xloroplastlar, qizil - xromoplastlar, rangsiz - leykoplastlardir. 

Xloroplastlarda  fotosintez  jarayoni  amalga  oshiriladi.  Xromoplastlar 

sitoplazmadagi moddalar almashinuvida ishtirok etsa kerak deyiladi va gullarning, 


mevalamig  ochiq  rangda  bo  lishida,  changlanishida,  hasharot  va  qushlami  jalb 

qilishda, urug‘, mevalaming tarqalishida katta ahamiyatga egadir. Leykoplastlarda 

kraxmal, oqsil va moylar to'pIanadi. Mitoxondriyalar hujayrada donador, ipsimon, 

tayoqchasimon  shaklda  bo'lib,  ulaming  o'rtacha  soni  50  -  5000  gacha  boradi. 

Mitoxondriyaning  hujayradagi  asosiy  vazifasi  ADFdan  energiyaga  boy  ATFni 

sintez qilib, hujayrani energiya bilan ta‘minlashdan iborat. Diktiosomalar o'simlik 

hujayralarida  odatda  bir  necha  sonda  bo'lib,  ulaming  vazifasi  turli  moddalami  to 

plash,  ayniqsa  uglevodlami  to'plash  va  hujayra  qobig'i,  vakuolalami  hosil 

bo'Iishida  muhim  rol  o'ynaydi.  Hujayrada  moddalar  almashinuvi  natijasida 

to'plangan  suvda  eruvchan  moddalar  tsitoplazmadan  ajralgan  holda  to  planadi. 

Suvda erigan moddalar hujayra shirasi deb atalib, ular joylashgan bo'shliq vakuola 

deyiladi.  Vakuolalar  hujayraning  osmotik  hodisalarida  muhim  rol  o'ynaydi. 

Shuningdek,  moddalar  almashinuvi  natijasida  hosil  bo‘lgan  mahsulotlar  kraxmal 

donachalari,  moy  tomchilari,  oqsillar  va  ba‘zi  bir  kristallar  ko  p  miqdorda  to 

planishi mumkin. Yadro eukariot hujayralaming muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. 

U  bir  necha  tarkibiy  qismlardan  iborat.  Mazkur  tarkibiy  qismlar  mag'izning 

bajaradigan  vazifalari  bilan  bog  liq  holda  hujayra  taraqqiyotining  turli 

bosqichlarida  o'zgarib  turadi.  Yadro  irsiy  belgilarni  nasldan-naslga  o'tkazishda 

asosiy rolni bajaradi. Irsiy belgilar xromosomalar orqali nasldan-naslga o tkaziladi. 

Har  bir  o  simlik  hujayrasi  uchun  xromosomalar  soni  doimiy  bo  ladi.  Har  qanday 

ko'p  hujayrali  organizmlarda  ikki  turdagi  hujayralar  ajratiladi:  barcha  to'qim  a  va 

organlar  tarkibiga  kiruvchi  tana  (somatik)  hujayralari  va  jinsiy  hujayralar,  ya‘ni 

gametalar  .  O‘simliklaming  somatik  hujayralari  diploid,  ya‘ni  ularda 

xromosomalar yig'indisi ikki marta ortiq bo ladi, jinsiy hujayralarda xromosomalar 

yig  indisi  ikki  hissakamdir.  Diktiosomalaming  funksiyasi  uglevodlami  toplash  va 

hujayra qobigi, vakuolalarni hosil qilishdir. Irsiy belgilami xromosomalar nasldan-

naslga  o'tkazadi.  O‘simlik  hujayrasida  xromosomalar  soni  doimiy  bo'Iadi. 

Hujayralar  bo'Iinib ko payadi va ikkita  yangi hujayra  hoeil bo'Iadi. Ulaming  mag 

izlari  xromosomalar  doimiyligini  saqlaydi:  mag  izda  har  bir  xromosoma  teng 

ikkiga bo'Iinadi, xromosomalar hujayra qutblariga tortiladi va butun hujayra ikkita 



yangi  hujayraga  ajraladi.  Bu  mitoz  bo'Iinishdir.  Jinsiy  hujayra  gaploid  hisoblanib 

ulardagi  xromosomalar  soni  ikki  marta  kam.  Ikki  jinsiy  hujayra  qo'shiIishidan 

zigota  hosil  bo'lib  u  diploid  xromosoma  soniga  ega  bo  ladi.  Zigotadan  organizm 

rivojlanadi.  Gametalar  va  sporalar  hosil  bo'lishidan  avval  mag  izning  meyoz 

bo'linishi  kuzatiladi.  Meyozda  xromosomalar  ikki  marta  kamayadi  va  diploid 

hujayralar  gaploid  holatga  o'tadi.  0'sim  liklam  ing  taraqqiyot  davrida  nasllar 

gallanishi  kuzatiladi.  Bunda  hujayralaming  mag  iz  fazalari  ham  almashinadi. 

Shunday qilib, o'simlik hujayrasi, qobiq, mag iz, sitoplazma va undagi organoidlar, 

kiritmalar va vakuoladan iborat.

 

Xivchinlilar (Mastigophora) -sarkomastigoforalar tipiga mansub bir hujayrali 

hayvonlar sinfi (boshqa sistemaga koʻra kenja tip). 2 kenja sinf — oʻsimliksimon 

X.  va  hayvonsimon  X.ga  ajratiladi.  Oʻsimliksimon  X.ni  botaniklar  oʻsimliklar 

dunyosiga  kiritishadi.  X.ga  13turkumga  birlashtiriladigan  7000  dan  ortik,  tur 

kiradi. Tanasi duksimon, tuxumsimon, silindrsimon, sharsimon va boshqa shaklda. 

Uz.  2—3  mkm  dan  (leyshmaniya)  1 mm  gacha  (ayrim  opalinalar).  Xivchinlari  1 

tadan  bir  necha  mingtagacha,  uz.  bir  necha  10  mkm.  Ayrim  X.  xivchini  asosida 

kinetoplast (kelib chiqishi bilan mitoxondriyalarga yaqin boʻlgan DNK saqlovchi 

organoid)  boʻladi  (kinetoplastidlar).  Koʻpchilik  dengiz  va  barcha  parazit  X.ning 

qisqaruvchi  vakuoli  boʻlmaydi.  Hujayra  yadrosi,  odatda,  bitta;  2  yadroli 

(lyambliya) va kup yadroli (opalinalar) X. ham bor. Odatda, boʻyiga 2 ga boʻlinish 

orqali  jinssiz  koʻpayadi.  Bu  jarayon  oxirigacha  bormaganida  (boʻlinadigan 

individlar  ajralib  ketmaydi)  koloniya  hosil  boʻladi.  Koʻpchilik  X.da  jinsiy 

koʻpayish  gametalar  kopulyatsiyasi  orqali  boradi.  Tuban  X.da  jinsiy  koʻpayish 

izogamiya  (bir  xil  tipdagi  jinsiy  hujayralarning  qoʻshilishi),  boshqalarda 

geterogamiya  (har  xil  tipdagi  hujayralarning  qoʻshilishi)dan  iborat.  Erkin 

yashovchi  X.  (5100  ga  yaqin)  chuchuk  suv  va  dengizlarda,  qisman  tuproqsa 

uchraydi.  Tabiatda  moddalar  aylanish  jarayonida  katta  ahamiyatga  ega  (ayniqsa, 

plankton  X.).  Koʻpchilik  X.  suvlar  ifloslanishining  biologik  indikatorlari 

hisoblanadi. Bir qancha X. odam va hayvonlarda parazitlik qilib, ogʻir kasalliklar 

(tripanosoma,  leyshmaniya  va  boshqalar)ga  sabab  boʻladi.  Ayrim  X.  termitlar 


ichagida  simbioz  yashab,  qiyin  hazm  boʻladigan  oziq  moddalarning  hazm 

boʻlishiga yordam beradi.

 

Chin  yashil  suvo‘t  l  yoki  teng  xivchinlilar  sinfiga  mansub  suvo‗tlarining 



monand  hujayralari  (vegitativ  yoki  reproduktiv)  bir  xil  uzunlikda  va  bir  xil 

tuzilishga  ega  bo‗lgan  silliq  xivchinlar  hosil  qiladi.  Morfologik  strukturasining 

xilma — xilligiga qarab ushbu sinf bir necha qabilalarga bo‗linadi  

• Volvoksnamolar qabilasi — Volvocales 

• Protokokknamolar qabilasi — Protococcales 

• Ulotriksnamolar qabilasi - Ulofrichales.  

• Xetoforanamolar qabilasi— Chaetophorales 

• Edogoniumnamolar  qabilasi - Oedogonales  

• Sifonnamolar qabilasi - Siphonales 

• Sifonokladianamolar qabilasi— Siphonocladiales.   

Volvoksnamolar qabilasi— Volvocales 

Bu  qabilaga  mansub  suvo‗tlar  bir  hujayrali  yoki  koloniyali  organizmlar 

bo‗lib,  plankton  holda  yashaydi.  Ular  faqat  palmelloid  holatidagina  harakatsiz 

shilimshiq koloniya shaklida bo‗ladi. Bu qabila 2 oilaga bo‗linadi: 

 Xlamidomonadadoshlar — Chlamidomonadinaceae 

Volvoksdoshlar — Volvocaceae 

Xlamidomonadadoshlar  oilasining  tipik  vakili  sifatida  xlamidomonada 

(Chlamidomonas) bilan tanishamiz. 

Bu  nihoyatda  sodda  tuzilgan,  harakatchan,  noksimon  yoki  dumaloq 

cho‗ziqroq suvo‗t bo‗lib, tabiatda keng tarqalgan. 

Xlamidomonadaning  turlari  ko‗lmak  va  halqob  suvlarda,  ariqlarda, xususan, 

organik  moddalarga  boy  hovuzchalarda,  ba‘zan,  akvariumlarning  devorlarida 



yashaydi.  Jinssiz  yo‗l  bilan  juda  tez  ko‗payadi,  natijada,  u  yashagan  suv, 

ko‗pincha, yashil tus oladi. 

Xlamidomonadalar  yashil  suvo‗tlarning  bir  hujayrali  va  harakatchan 

vakillariga tipik  misol bo‗la  oladi.  Xlamidomonada hujayrasi po‗st,  protoplazma, 

xromatofor va markazda o‗rnashgan bitta yadroga ega. 

Hujayra po‗sti, protoplazmaga zich yopishgan pektiidap iborat. Hujayrasining 

ostki tomonida yirik kosachasimon va kesik holda taqasimon xromatofori bor. 

Xromatoforida  pirenoidi  bo‗ladi.  Pirenoidda  assimilyatsiya  mahsuloti  — 

kraxmal  to‗planadi.  Hujayrasining  oldingi  tomonida  protoplazma  ichida  ikkita 

tebranuvchi vokuola joylashgan. Old tomonida blefaroplastga birikkan ikkita teng 

xivchini,  xromatofor  uchida  esa  stigma  deb  ataluvchi  kichik  qizil  ko‗zcha 

joylashgan. 

Xlamidomonada  jinssiz  va  jinsiy  yo‗l  bilan  ko‗payadi.  Jinsiy  ko‗payish 

jarayoni  ko‗pincha  kechasi  bo‗ladi.  Jinssiz  ko‗payish  oldidan  uning  xivchinlari 

yo‗qoladi, po‗sti ivib, shilimshiqlanadi, protoplasta bo‗yiga qarab 2—4 ga yoki 8 

ga  bo‗linadi.  Bola  hujayralar,  xivchinlar  hosil  qilib,  ona  hujayra  ichidan  suvga 

chiqib, suza boshlaydi. Bular zoosporalar deb ataladi. 

Zoosporalar o‗sib, po‗stga o‗ralib, voyaga  yetgan xlamidomonada individiga 

aylanadi  va  bo‗linishni  davom  ettiradi.  Xlamidomonadaning  har  qaysi  zoosporasi 

zoosporangiyga aylanadi. 

Noqulay 

sharoitda, 

kislorod 

va 


namlik 

yetishmasligi 

sababli, 

xlamidomonadalar  xivchinlarini  yo‗qotib,  harakatdan  to‗xtaydi,  po‗sti 

shilimshiqlanib, 

parda 


hosil 

qiladi, 


hujayra 

atrofini 

o‗raydi. 

Xlamidomonadalarning  hujayra  protoplasta  bo‗liiishi  va  shilimshiqlangan  bola 

hujayralarning harakatlanmasligi natijasida, yashil hujayralar uyumi hosil bo‗ladi. 

Ulardagi  bu  holatga  palmelloid  holat  deb  ataladi.  Palmelloid  holatida 

xlamidomonada  hujayralari  uzoq  muddatgacha  noqulay  (suvsiz,  quruq)  sharoitga 


chidaydi.  Qulay  sharoitga  tushishi  bilan  hujayrasi  rivojlanib,  xivchinlar  hosil 

qiladi, harakatlanadi,o‗sadi va ko‗payadi. 

Xlamidomonada sovuq tushishi va namlik kamayishi bilan jinsny ko‗payishga 

o‗tadi.  Jinsiy  ko‗payish  xlamidomonadaning  turlariga  qarab,  har  xil:  izogamiya, 

geterogamiya va oogamiya tipida bo‗lishi mumkin. 

Jinsiy  ko‗payishda  gametalar  yoki  jinsiy  hujayralar  hosil  bo‗ladi.  Gametalar 

vegetativ  hujayralardan  yoki  zoosporalardan  faqat  o‗zining  kichykligi  va 

gametangiy  deb  ataladigan  ona  hujayra  ichida  hosil  bo‗lishi  bilan  farq  qiladi. 

Gametangiyda 8—16—32—64 gacha gameta hosil bo‗ladi. 

Xlamidomonadaning jinsiy ko‗payish jarayonida suvo‗tlar uchun xos bo‗lgan 

jinsiy  ko‗payishning  hamma  tipini  kuzatish  mumkin.  Uning  ba‘zi  turlarida 

qo‗shiluvchi  gametalar  tashqi  belgilari  bilan  bir-biridan  aslo  farq  qilmaydi.  Bu 

gametalarning  qaysisi  erkak  va  qaysisi  urg‗ochi  gameta  ekanini  hech  ajratib 

bo‗lmaydi. Ana shunga izogamiya deyiladi. Ba‘zi turlarida qo‗shiluvchi gametalar 

tashqi  belgilari  bilan  bir-biridan  farq  qiladi.  Shularning  kichigi  mikrogameta

kattasi esa makrogameta deyiladi. 

Gametalar  xivchinlari  bilan  bir-biriga  qo‗shiladi.  Protoplastlarining 

qo‗shilishidan xivchinsiz zigota hosil bo‗ladn. U, ikki qavatdan iborat po‗stga ega 

bo‗lib, ma‘lum vaqtgacha o‗zidagi zapas oziq moddalar hisobiga tinchlik davrinn 

kechiradi.  Tinchlik  davr  tugagach,  zigota  rivojlanib,  dastlab  reduksion  bo‗linadi, 

uning  hosilalari,  o‗z  navbatida,  ikkitaga  bo‗linadi,  iatijada,  po‗st  ichida  to‗rtta 

zoospora hosil bo‗ladi. 

Xlamidomonada zigotasining dastlabki reduksion bo‗linishidan hosil bo‗lgan 

harakatchan davri doim gaploid fazada, faqat zigotasigina diploid fazada bo‗ladi. 

Xlamidomonadaning  taraqqiy  etish  tarixi  rus  olimi  I.  N.  Gorojankin  tomonidan 

batafsil o‗rganilgan. 

Bu  suvo‘tlarga  eng  sodda,  ko‘pincha  bir  xujayrali  yoki  koloniya  bo‘lib 

yashaydigan  organizmlar  kiradi.  Kamdan  -  kam  holda  ko‘p  xujayrali,  ipsimon 


shakillari  ham  uchraydi.  Ko‘k  -  yashil  suvo‘tlarining  to‘daqi  ko‘pincha 

shilimshissa o‘ralgan bo‘ladi. Bularning nomi o‘ziga xos rangiga harab byerilgan. 

Ularning  xujayrasida  har  xil  pigmentlar:  xlorofill,  fikotsian,  karotin  va  ayniqsa 

fikoyeritrin bo‘lib, ularning o‘zaro nisbati turlicha bo‘lganligidan har xil rang hosil 

qiladi.  Ularning  xujayrasi  ovval,  sharsimon,  ustinsimon  va  boshqa  shakilarda 

bo‘ladi. Хujayralari tashsi tomondan ba‘zan juda shilimshislanuvchi pektinli yupsa 

po‘st  bilan  o‘raladi.  Хujayralarning  ichki  moddaqi  bo‘linmagan.  Shuning  uchun 

uning  yadrosini  ham,  plastidaqini  ham  ko‘rib  bo‘lmaydi.  Lekin  protoplazma  ikki 

xil  pigment  bilan  bo‘yalgan  tashsi  va  xromotin  modda  tutuvchi  rangsiz  ichki 

(markaziy tana deb ataluvchi) savatdan iboratligini ko‘rish mumkin. Ko‘k - yashil 

suvo‘tlar vegetativ va jinssiz ko‘payadi. Koloniya bo‘lib, yashaydigan vakillarida 

koloniyaning bo‘linib ketishi kuzatiladi. Ular jinsiy yo‘l bilan ko‘paymaydi, ba‘zan 

spora  hosil  silishi  kuzatiladi.  Bunda  oddiy  vegetativ  xujayralar  sporaga  aylanadi. 

Sporalar  ko‘payishi  uchun  emas,  balki  turni  noqulay  sharoitidan  saslash  uchun 

xizmat qiladi. Bu suvo‘tlar butun yyer  yuziga tarqalgani bo‘lib, chuchuk va sho‘r 

suvlarda yashab, plankton, bentos hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Planktonda juda 

tez  ko‘payib,  suvni  ―gullatib‖  yuboradi,  natijada  suv  ichishga  yarossiz  bo‘lib 

soladi.  Ko‘k-  yashil  suvo‘tlarining  o‘ziga  xos  vakillaridan  biri  ossillyariyadir. 

Bular  ko‘pincha  Markaziy  Osiyoda  aris  bo‘ylarida,  tog`  darayolaridagi  toshlarda 

uchrab,  ko‘kish shilimshis  dog`  hosil  qiladi.  Ko‘k-  yashil  suvo‘tlarining  yana bir 

vakili nostok bo‘lib, u tezohar toza suvlarda yashaydi. Markaziy Osiyo sharoitida u 

ko‘pincha  tog`  daryolaridagi  toshlarda,  kamdan-  kam  zax  yyerldarda  uchraydi. 

Nostok  koloniya  bo‘lib,  yashaydigan  suvo‘ti  bo‘lib,  uning  ilonizi  shaklidagi 

ipchalari o‘z atrofida juda ko‘p shilimshis to‘plab, tuzlangan pomidorga o‘xshash 

bo‘lakcha hosil qiladi. 

Ko‘k-  yashil  suvo‘tlarining  yana  bir  vakili  nostok  bo‘lib,  u  tezohar  toza 

suvlarda  yashaydi.  Markaziy  Osiyo  sharoitida  u  ko‘pincha  tog`  daryolaridagi 

toshlarda,  kamdan-  kam  zax  yyerldarda  uchraydi.  Nostok  koloniya  bo‘lib, 

yashaydigan suvo‘ti bo‘lib, uning ilonizi shaklidagi ipchalari o‘z atrofida juda ko‘p 

shilimshis  to‘plab,  tuzlangan  pomidorga  o‘xshash  bo‘lakcha  hosil  qiladi.  Diatom 



suvo‘tlar  -  Diatomeae.  Diotom  suvo‘tlarini  5  mingga  yaqin  turi  mavjud.  Ular bir 

xujayrali  va  koloniya  bo‘lib  yashaydigan  organizmlaridir.  Bularni  xujayrasini 

shakli  juda  xilma  -  xil:  yumalok,  tayoschasimon,  uchburchak  va  xakozo  bo‘ladi. 

Diatom suvo‘tlar sinfining eng xaraktyerli belgisi xujayrasi po‘stining tuzilishidir. 

Хujayra  po‘sti  pektindan  tuzilgan  bo‘lib,  tashsi  tomonidan  yaxlit  kremniy  pansir 

(salson)  bilan  o‘ralgan.  Pansir  bir-  biriga  teng  bo‘lmagan  ikkita  palladan  iborat. 

Pallalar  shunday  joylashganki,  suticha  sopsog`i  singari  biri  ikkinchisini  o‘rab 

turadi.  Ko‘pgina xujayralarning har  bir pallasida tirsishsimon teshikchalar  bo‘lib, 

ular  orqali  protoplazma  tashsi  muhit  bilan  bog`lanadi.  Kremnezem  (sumtupros) 

shimib olgan pallalar juda pishis, sattis va ko‘pincha chiroyli gulli bo‘ladi. Diatom 

suvo‘tlarining xujayrasi harakatchan bo‘ladi, ular sekin sudralib yoki tirkishsimon 

teshikchalardan chihargan shilimshis iplar itarishi natijasida juda tez harakat qiladi. 

Bularni xujayralari oddiy bo‘linish yo‘li bilan, jinsiy va jinsiz usullarda ko‘payadi. 

Diatom suvo‘tlar dengiz va chuchuk suvlarda yashab, hayvonlarga ozisa bo‘ladi va 

plankton  hamda  bentos  jumlasiga  kiradi.  Dengizlarda  diatomlarning  protoplasti 

nobud bo‘lgandan keyin po‘sti dengiz tubiga to‘planadi va bir necha million yillar 

davomida  ulardan  alohida  tog`  jinsi  -  diatomit  yoki  kremniy  uni  hosil  bo‘ladi. 

Diatomit  govak,  yengil  bo‘lganligidan  undan  issis  o‘tkazmaydigan  matyeriallar, 

g`ovak g`isht tayyorlashda, turli metallarni shlifovka silishda va portlovchi modda 

-  dinamit  tayyorlashda  foydalaniladi.  Bularni  vakili  sifatida  pinnulyariyani 

ko‘rsatish mumkin. Pinnulyariya ko‘pincha chuchus suv xavzalarida, ko‘l, daryo, 

soy  va  xovuz  suvlari  tubida  o‘sadi.  Ko‘k-  yashil  suvo‘tlarining  o‘ziga  xos 

vakillaridan biri ossillyariyadir. Bular ko‘pincha Markaziy Osiyoda aris bo‘ylarida, 

tog`  darayolaridagi  toshlarda  uchrab,  ko‘kish  shilimshis  dog`  hosil  qiladi.  Ko‘k- 

yashil  suvo‘tlarining  yana  bir  vakili  nostok  bo‘lib,  u  tezohar  toza  suvlarda 

yashaydi.  Markaziy  Osiyo  sharoitida  u  ko‘pincha  tog`  daryolaridagi  toshlarda, 

kamdan-  kam  zax  yyerldarda  uchraydi.  Nostok  koloniya  bo‘lib,  yashaydigan 

suvo‘ti bo‘lib, uning ilonizi shaklidagi ipchalari o‘z atrofida juda ko‘p shilimshiq 

to‘plab, tuzlangan pomidorga o‘xshash bo‘lakcha hosil qiladi. 

 

 



Xulosa 

 

 



Foydalanilgan adabiyotlar 

 

1.  Аверинцев  С.В.  Зоология  беспозвоночных  М.  ―Советская  наука‖, 



1962. 

2. Дубовский Г.К., Умматов А.М. Зоологиядан ўқув қўлланма. 1 қисм. 

―Ўқитувчи‖,1991. 2-кисм, 1996. 

2.  Мавлонов  О.,  Хуррамов  Ш.,  Умуртқасизлар  зоологияси,  ―Меҳнат‖ 

нашриёти,Тошкент, 1998, 438 бет. 

3.  Мавлонов  Н.,  Хуррамов  Ш.,  Норбоев  З.  Умуртқасизлар  зоологияси. 

―Ўзбекистон‖нашриёти, Тошкент 2002. 

4.  Mavlonov  N.,  Xurramov  Sh.  Umurtqasizlar  zoologiyasi.  ―O‘zbekiston‖ 

nashriyoti,Toshkent 2006. 

5.  Муҳаммадиев  А.М.  Умуртқасиз  ҳайвонлар  зоологияси.  Тошкент: 

―Ўқитувчи‖,1976.  

6.  Натали  В.Ф.  Умуртқасиз  ҳайвонлар  зоологияси  Тошкент:  ―Ўқув 

педагогика‖нашриёти, 1960. 562 бет. 

7.  Натали В.Ф. Зоология беспозвоночных М. ―Просвещение‖, 1975. 

8.  Норбоев 

З.Н.  Умуртқасиз  ҳайвонлар  зоологиясидан  амалий 

машғулотлар. Тошкент:―Меҳнат‖, 1991. 173 бет. 

9.  Останова  М.М., Самибаева К.Х.,  Рахимбердиева Н.А.,  Порсаев М.М. 

Умуртқасизлар  зоологияси  фанидан  лаборатория  машғулотлари 

бўйича методик кўрсатмалар. Самарқанд: СамДУ нашриёти, 1990. 

10.  Рахмонова  З.  Умурткасизлар  зоологиясидан  практикум.  Тошкент 

―Ўкитувчи‖,1974, 151 бет. 

11.  Hakimov  N.X.  Umurtqasizlar  zoologiyasi.  I-  qism  134  bet,  II-qism  136 

bet, SamDU nashriyoti, 2001. 



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling