Xususiy korxonalar faoliyati - Reja:
- 1. Xususiy korxona.
- 2. Jamoa tadbirkorligining ko’rinishlari va ularning xususiyatlari.
- 3. Xo’jalik jamiyati.
- Xususiy korxona - bu mulkdor - yagona jismoniy shaxs tomonidan tuziladigan va boshqariladigan tijorat tashkiloti, korxonasidir. U tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri bo’lib hisoblanadi. Xususiy korxona o’z egaligida alohida mol-mulkka ega bo’ladi, o’z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’lishi hamda ularni amalga oshirishi, majburiyatlar olishi va ularni bajarishi, sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin. Xususiy korxona o’z maj-buriyatlari bo’yicha o’ziga qarashli butun mol-mulki, u yetishmagan taqdirda korxonani tuzgan mulkdorning mol-mulki bilan javob beradi.
- Xususiy korxona to’liq firma nomiga ega bo’lishi lozim va uning firma nomi "xususiy korxona" so’zini o’z ichiga ollishi kerak. Bundan tashqari, u qisqartirilgan firma nomiga ham ega bo’lishi mumkin. U firma nomi va manzili aks ettirilgan muhri va tamg’asiga, mustaqil ba-lansiga ega bo’ladi, belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi yuritadi va hisobotlar topshiradi, bankda hisobvaraqlar ochadi.
Xususiy korxona mulkdor tomonidan nomuayyan muddatga tuziladi, mulkdor unga teshgishli mol-mulk beradi va uning nizomini tasdiqlaydi. Xususiy korxonaning ta’sis hujjati nizom bo’lib, unda quyidagilar ko’rsatiladi:
korxonaning firma nomi;
uning pochta manzili;
maqsadi va vazifalari;
asosiy faoliyat turlari;
Xususiy korxona mulkdorining asosiy majburiyatlari:
izom jamg’armasini shakllantirish;
korxonani belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazish;
korxonani yakka tartibda boshqarish;
shartnomalar bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarish;
korxonada mehnat sharoitlarini yaratish va yaxshilab borish;
ishlab chiqarish va mehnat xavfsizligini, xodimlarning ijtimoiy muhofazasini ta’minlash;
- Xususiy korxona davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo’ladi. U belgilangan tartibda vakolat-xonalar ochishi va filiallar tuzishi, boshqa yuridik shaxslarning muas-sisi bo’lishi yoki ularning nizom jamg’armasiga o’zgachatarzda ishtirok etishi mumkin. Qonunda xususiy korxona faoliyati erkinligining kafo-latlari ham belgilab qo’yilgan.
- Xususiy korxona davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo’ladi. U belgilangan tartibda vakolat-xonalar ochishi va filiallar tuzishi, boshqa yuridik shaxslarning muas-sisi bo’lishi yoki ularning nizom jamg’armasiga o’zgachatarzda ishtirok etishi mumkin. Qonunda xususiy korxona faoliyati erkinligining kafo-latlari ham belgilab qo’yilgan.
Jamoa tadbirkorligining ko’rinishlari va ularning xususiyatlari. - Jamoa tadbirkorligi jamoa a’zolarining mehnati hamda jamoa a’zolari va boshqa ishtirokchilar mulkiga asoslangan bo’lib, yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Jamoa tadbirkorligi bir qator ko’rinishlarga, xususiy shakllarga ega: ishlab chiqarish koo-perativi, xo’jalik shirkati, xo’jalik jamiyati, unitar korxona, notijorat tashkilotlari va boshqalar.
Xo’jalik shirkati - umumiy nom ostida birgalikda tadbirkorlik faoli-yatini olib borish uchun bir necha shaxsning shartnoma asosida bir-lashuvidir. Xo’jalik shirkati quyidagi bir qator xususiyatlarga ega: - -xo’jalik shirkatida, asosan, shaxsiy harakatlar birlashtiriladi; -to’liq sheriklar asosiy faoliyat yurituvchi shaxslar bo’lib, shirkat majburiyatlari bo’yicha o’z mulklari bilan cheklanmagan miqdorda ja-vobgar hisoblanadilar; -har bir shaxs faqat birta shirkatga to’liq sherik bo’lishi mumkin; -shirkatga fuqarolar ham, yakka tadbirkorlar ham, yuridik shaxslar ham sheriklik asosida kirishlari mumkin.
Xo’jalik jamiyati - bu tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun bir yoki bir necha shaxsning mulkini birlashtirish yo’li bilan tashkil qilinadigan tashkilotdir. U quyidagi xususiyatlarga ega: - xo’jalik jamiyatida shaxsiy harakatlar emas, balki mol-mulk birlashtiriladi; -ishtirokchilar jamiyat majburiyatlari bo’yicha javob bermaydilar (qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatdan tashqari); -tadbirkorlik tavakkali nizom sarmoyasiga qo’shgan badal bilan cheklanadi (qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatdan tashqari); -nizom sarmoyasi hissa qo’shgan va boshqa kreditorlar uchun kafo-lat hisoblanadi; -nizom sarmoyasini kamaytirish uchun barcha kreditorlarni xabar-dor qilish kerak. - Qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat - bu bir yoki bir necha shaxs to-monidan ta’sis etilgan, nizom sarmoyasi ta’sis hujjatlarida belgilangan miqdordagi ulushlarga bo’lingan va umumiy zarar uchun ishtirokchilari o’zlari qo’shgan hissaga nisbatan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo’ladigan jamiyatdir. Ishtirokchilardan biri nochor (bankrot) bo’lib qolganida uning jamiyat majburiyatlari bo’yicha javobgarligi boshqa ishtirokchilari o’rtasida ularning qo’shgan hissala-riga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |