Ichki nazorat tizimini baholash usullari


Download 1.66 Mb.
bet1/4
Sana02.12.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1780205
  1   2   3   4
Bog'liq
ichki-nazorat-tizimini-ba-olash-usullari

IChKI NAZORAT TIZIMINI BAHOLASh USULLARI


Ichki nazorat tizimi va uni tuzilishini baholash
Xalqaro audit standartiga muvofiq ichki nazorat vositalarini tekshirish uchun auditorlik dalillarini yig’ishning faqat ikkita usulidan foydalaniladi: xujjatlarni tekshirishga asoslangan usul va kuzatuvga asoslangan usul. J. Robertsonning fikriga kura, ichki vositalari ishonchliligining bahosini tasdiqlash bosqichida tekshirish usullarining faqat ikkita xilini qo’llash mumkin: matematik jihatdan to’g’rilikni tekshirish (qayta hisoblab chiqish); tekshirilayotgan ma’lumotlar guruhini boshqa m’lumotlar guruxi bilan ularning bir- biriga mos kelishi nuktai nazaridai solishtirish.
Auditda ko’llaniladigan auditorlik dalillarini yigish usullarining umumiy taxlili shuni ko’rsatmokdaki, usullarning aksariyati buxgalteriya hisobi xisobvaraklari bo’yicha aylanmalar va saldoni tekshirish uchun emas, balki ichki nazorat vositalarini taxlil kilish va baxolash uchun ko’llanilmoqda. Birok, ichki nazorat tizimini taxlil kilish va baxolashning turli boskichlarida ham turli usullar qo’llaniladi. Auditorlik dalillarini yigishning qaysidir usulini qo’llash uni asoslashni va yagona maksadga erishish uchun turli usullarni uyg’unlashtirishni talab qiladi.
Bizning fikrimizga kura, testlarning mazmuni bo’yicha ularning yakuniy ro’yxatini shakllantirib bo’lmaydi, birok kuyidagilarni tekshirishga yo’naltirilgan testlar eng keng tarqalgan testlardir:
-tekshirilayotgan tashkilot xodimlarining malakasini;
-buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks etgiriladigan xo’jalik operasiyalarini amalga oshirishda barcha xizmat xodimlari harakatlarining tartibini;
-buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotii tuzishni avtomatlashtirish vositalarining algoritmlarini.
Test topshiriklarining birinchi turi auditda cheklangan tarzda, odatda, tekshirilayotgan tashkilot rahbariyatining ruxsati bilan yoki ko’rsatmasiga binoan qo’llaniladi va bundan tashqari, auditor uchun sinab ko’rilayotgan xodimning ushbu bilimlari tekshirilayotgan tashkilotda buxgalteriya xisobini yuritish chog’ida xaqiqatdan ham qo’llanilishidan dalolat bermaydi. Biroq bunday test topshiriklarining natijalari teskari holatni xam ko’rsatishi mumkin: agar xodim xisob yozuvlarini yuritishning to’g’ri
usullarini, nazorat qilinishi shart bo’lgan rekvizitlarni bilmasa, ushbu xolat auditor mazkur xodimga ishonib topshirilgan nazorat vositalarining samaradorligini tasdiqlamasligiga sabab bo’luvchi omil sifatida xizmat kilishi mumkin.
Testlarning ikkinchi turi - buxgalteriya hisobi va hisobotlarda aks ettiriladigan xo’jalik operasiyalarini amalga oshirishda barcha xizmat xodimlari harakatlarining tartibini tekshirish auditda keng ko’ldaniladi. Ular turli nazorat vositalarining muvjudligiga, ularning izchil qo’llanilishiga va natijalariga ishonch hosil qilish imkonini beradi. Testlarning ushbu turi ham ichki nazorat vositalar bilan umumiy tanishib chiqish va uni baholash, nazorat muhiti va ichki nazorat vositalarining ishonchliligini dastlabki baholas hbosqichlarida qo’llaniladi. Biroq auditor o’zining nazorat vositalarining ishonchliligi haqidagi fikrini fakat tekshkrilayotgan tashkilot xodimlariga taklif etiladigan va xo’jalik orasiyalarini amalga oshirishdagi harakatlar tartibi to’g’risidagi savollarniva ularga javoblarni o’zida mujassam etgan,to’ldirilgan savolnomalarning mazmuniga asoslay olmaydi. Bunday yondashuv auditning asosiy tamoyillariga zid keladi.
Jahon iqtisodiyotiga jadal sur’atlar bilan integrasiyalashayotgan O’zbekistonda hozirgi kunda xalqaro moliyaviy hisobotlar va audit standartlariga o’tish masalalariga alohida e’tibor berilmoqda. Bugungi kunda investorlar va tadbirkorlar korxona hamda tashkilotlar nazoratiga muhim e’tibor qaratishlari, kompaniyadagi ishlar holati haqida aniq va xolisona axborotga ega bo’lishlari kerak. Buning uchun korporativ boshqaruvning muhim elementi bo’lgan korporativ nazorat tizimi samarali faoliyat yuritishi kerak. Ushbu tizim ish jarayonida korporativ munosabatlar ishtirokchilarining manfaatlari muvozanatiga erishish uchun zarur hisoblanadi. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasida “Xalqaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish yo’li bilan, puxta o’ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investisiyalar va kreditlardan samarali foydalanish” vazifasi ham xalqaro moliyaviy institutlar va auditorlik tashkilotlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishni dolzarb masalalar qatoriga ko’tarmoqda. Korporativ nazorat tizimi belgilangan ichki tartibga rioya etilishini tekshirishga javobgar va tegishli professional xatti-harakat va halol ishbilarmonlik amaliyoti me’yoriy hujjatlariga rioya etilish jihatlari ustidan nazoratni amalga oshiruvchi, kompaniya boshqaruv idoralariga hisobdor malakali ichki tekshiruvchi va nazoratchilardan iborat bo’lishi kerak. Bundan tashqari, korporativ nazorat davomida tekshiruvlarga mustaqil tashqi auditorlar jalb etilishi mumkin, ular tashkilot hisobotlarining auditorlik tekshiruvi tahlilini amalga oshirish va umuman moliyaviy tizimning tegishli holatini tasdiqlashlari kerak
O’zbekistonda bozor munosabatlari rivojlanishi bilan ichki audit xizmati faoliyati ichki nazoratning rivojlangan shakli sifatida xo’jalik yurituvchi subyektlarning korporativ boshqaruv tizimida o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. O’zbekistonlik iqtisodchi olimlar K.B.Axmedjanov, A.K.Ibragimov, R.D.Dusmuratov, Z.T.Mamatov, A.X.Pardayev, M.M.Tulaxo’jayeva, B.A.Xasanovning ilmiy asarlarida ichki auditning ilmiy-uslubiy va amaliy jihatlari qisman o’z aksini topgan. Iqtisodchi olim Ye.N. Makarenko korxona va tashkilotlarda ichki audit xizmati tashkil qilinishining zarurati sifatida quyidagi omillarni keltirgan[5]: - tashkilot tashkiliy-boshqaruv tizimining ko’p tabaqaliligi; - korxona faoliyati miqyosi kengayishi va uning turi o’zgarishi; - mutaxassislar maslahatiga talab; - xorijiy investisiiyalarni jalb etish ehtiyoji; - aksiyadorlik jamiyatlari mulkdorlarining menedjerlar ishini baholashga talab va h.k. Shuningdek, iqtisod fanlari doktori K. Axmedjanov o’zining doktorlik dessertasiya ishida quyidagi takliflarni keltirib o’tgan [2]: -ichki audit xizmati yordamida audit va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish orqali aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimidagi prinsip va yondashuvlarni tubdan o’zgartirish, qayta tashkil etish va takomillashtirish imkoniyati yaratiladi. -ichki nazorat rejalashtirish, tashkil etish va tartibga solish, hisob, tahlil bosqichlarini o’z ichiga olishi lozim. Ichki nazorat va buxgalteriya hisobi nazorati tizimlarida ichki audit ahamiyatining alohida ajratib ko’rsatilishi, ish jarayonini tashkil etishning ilmiy jihatdan asoslanishi uning samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Maxsus ishlab chikishgan savolnoma yordamida tekshirilayottan tashkilot xodimlarini testdan o’tkashshni muallif tomonidan kassa operasiyalarini banklardagi qisob-kitob va boshka xisobvaraklar bo’yicha operasiyalarni tayyor maxsulotni ishlab chiqarish va yuklab jo’natishni tekshiriщ metodikasini, shuningdek jalb etilgan mablaglarni (kreditlar va qarzlarni) tekshirish metodikasini yaratish chogida ko’llash taklif etiladi.
Ichki nazorat tizimining holatini tekshirish testlari xisob yuritishning quyidagi xisobvaraqlari bo’yicha ishlab chikilgan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, moliyaviy investisiyalar, tovar-moddiy zaxirapari, pul mablaglari, asosiy ishlab chikarish, tayyor maxsulotlar va sotuvlar jarayoni, xisob-kitob operasiyalari.
Testlash buxgalteriya hisobining sanab o’tilgan moddalari bo’yicha savolnomalarni to’ldirish yo’li bilan o’tkaziladi. Biroq, savollar mazmuni alohida xo’jalik operasiyalari o’rtasidagi o’zaro bogliqlikka ta’lukli emas va faqat buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi bilan umumiy tanishib chiqish boskichida qo’llaniladi.



Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling