Ifloslangan suvlarni biologik tozalash jarayonlarini avtomatlashtirish


Download 24.39 Kb.
Sana22.02.2023
Hajmi24.39 Kb.
#1220334
Bog'liq
Diyor maqola2


UOK: 681.5.08

IFLOSLANGAN SUVLARNI BIOLOGIK TOZALASH JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRISH


Turobov Diyorbek Davlatjon o’g’li - TJA-2/2 guruh talabasi
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Hakimova S.Sh.- “TJ va IChAB” kafedrasi assistenti
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti
hakimovasabina19@gmail.com
Annotatsiya. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Ushbu jarayonni amalga oshirish uchun katta hajmdagi ishlar olib borilyapti. Shu bilan bir qatorda ularni avtomatlashtirish masalasi mutaxassislar uchun ko’plab imkoniyatlar yaratadi.
Kalit so’zlar: aerotenk, biologik usul, avtomatik rostlash, ikkilamchi tindirgich, faol balchiq konsentratsiyasi.
Ifloslangan suvlarni tozalashda biologik usul o’zining alohida o’rniga ega. Uning hozirgacha universalligi, tozalash va ekspluatatsiya sarflarining chuqurligi, ayniqsa katta hajmdagi suvlarni tozalashi bo’yicha tengi yo’q.
Aerotenklarda faol yoki balchiqli aralashma havosining aeratsiyasi yordamidagi biologik tozalash eng keng tarqalgan. Bu jarayonni avtomatlashtirish uchun, masalan, berilgan sath bo’yicha radial tindirgichda balchiqli rejim ARTi, aerotenklarda kislorodli rejim ARTi kabi rostlashning ko’plab har xil sxemalari ishlab chiqilgan
Boshqalarga nisbatan mukammal kombinatsiyalangan (aralash) ART sxemasini ko’rib o’tamiz (1-rasm), u uchta alohida tizimlardan tuzilgan: eritilgan kislorod konsentratsiyasini rostlash, faol balchiqqa yuklamani rostlash, va balchiq qaytishini rostlash.


1-rasm. Aerotenkda ifloslangan suvni tozalash jarayoni va faol balchiq konsentratsiyasini ARTining sxemasi

Eritilgan kislorod ARTida rostlagich (2), datchik (1) tomonidan o’lchanadigan balchiqli aralashmaning hamma hajmida berilgan konsentratsiyani ushlab turish uchun, aerotenk (3) havo puflagichining to’sgichsiga (4) ta’sir qiladi. Faol balchiqqa yuklama ARTi aerotenklarga kelib tushayotgan iflosliklar miqdori va qaytayotgan balchiq miqdori o’rtasidagi nisbatni o’zgarmas holda ushlashga mo’ljallangan. Organik ifloslanishlar konsentratsiyalarining va ifloslangan suv sarflarining datchiklaridan (16 va 17) signallar ko’payish blokiga (15) kelib tushadi, undan ko’paygan signal nisbat rostlagichining (14) kirishiga uzatiladi. Faol balchiq konsentratsiyasining va ko’paytirish blokida (10) ko’paytirilgan qaytuvchi balchiq sarfining o’lchagichlaridan (11 va 9) keladigan signallar ham unga uzatiladi.


Ikkilamchi tindirgichlarning (5) normal rejimda ishlashini ta’minlash uchun organik yuklamaning berilgan miqdori faol balchiq konsentratsiyasi miqdoriga ko’ra funksional o’zgartirgichda (13) tahrirlanadi. Nisbat rostlagichi qaytuvchi balchiq nasosiga (8) ta’sir qiladi. Balchiq qaytishining ARTi shunday ta’sir qiladiki, bunda aerotenklardagi va tindirgichlardagi umumiy massa o’zgarmas bo’lib qoladi. Ifloslangan suv sarfining va ortiqcha hamda faol balchiqlarning o’lchagichlaridan (mos tarzda 17, 7 va 11), ko’paytirish bloklaridan(10 va 15) keladigan signallar, tozalash tizimida bo’lgan faol balchiq massasini o’lchovchi hisoblash qurilmasiga (12) kelib tushadi va ortiqcha balchiqning nasosiga (6) ta’sir qiladi. Konsentratsiyalangan ifloslangan suvlar kelib tushganida ortiqcha balchiqning kelib tushishini man etuvchi blokirovkaning bo’lishi e’tiborga olingan.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Gaziyeva R.T. Avtomatika asoslari va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish. T. TIMI, 2011.158b.
2.Gaziyeva R.T. va boshqalar. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish. - Toshkent.: Bilim, 2004.- 242 b.
4.Gankin M.Z. Kompleksnaya avtomatizatsiya i ASUTP vodoxozyaystvennix sistem. Moskva.: Agropromizdat, 1991.-391 s.
5. Gaziyeva R.T., Suv xo’jaligidagi texnologik jarayonlarni avtomalashtirish. T.Talqin. 2007-185 b.
Download 24.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling