Ii. Bob ma'lumotlarni statistik qayta ishlash vositalarining amaliy tadbiqlari
Download 0.8 Mb.
|
MAPLE tizimida ehtimoliy statistik masalalarni yechish va amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi
- II.BOB Malumotlarni statistik qayta ishlash vositalarining amaliy tadbiqlari.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Farg’ona davlat universiteti Matematika va informatika fakulteti “Matematika yo’nalishi 20.05a guruh talabasi: Ibrohimova Saodatning ”Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” fanidan KURS ISHI Mavzu: MAPLE tizimida ehtimoliy – statistik masalalarni yechish va amaliy tadbiqlari Bajardi: “ Matematika “ yo’nalishi 20.05A- guruh talabasi Ilmiy raxbar: Farg’ona-2021 REJA KIRISH I.BOB Statistik tahlil uchun amaliy vositalar 1.1 Matematik statistika 1.2 Statistik tahlil uchun amaliy vositalar 1.3 Statistik gipotezalarning ishonchliligini tekshirish 1.4 Ma'lumotlarni regression tahlil qilish elementlari II.BOB Ma'lumotlarni statistik qayta ishlash vositalarining amaliy tadbiqlari. 2.1 1-Amaliy masalaning qo’yilishi va uning yechimi 2.2 2-Amaliy masalaning qo’yilishi va uning yechimi 2.3 3-Amaliy masalaning qo’yilishi va uning yechimi XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq. Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta’lim va tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o’rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi. Ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlar boshlangan dastlabki yillarda men jahon tajribasi va hayotda o’zini ko’p bor oqlagan haqiqatdan kelib chiqib, agar bu maqsadlarimizni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshira olsak, tez orada hayotimizda ijobiy ma’nodagi «portlash effekti» ga, ya’ni, yangi ta’lim modelining kuchli samarasiga erishamiz, degan fikrni bildirgan edim. Darhaqiqat, istiqlol davrida barpo etilgan, barcha shart-sharoitlarga ega bo’lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan, zamonaviy kasb-hunar va ilm-ma’rifat sirlarini o‘rganayotgan, hozirdanoq ikki-uch tilda bemalol gaplasha oladigan ming-minglab o‘quvchilar, katta hayotga kirib kelayotgan, o’z iste’dodi va salohiyatini yorqin namoyon etayotgan yosh kadrlarimiz misolida ana shunday orzu-intilishlarimiz bugunning o’zida o’z hosilini berayotganining guvohi bo’lmoqdamiz. Muxtasar qilib aytganda, oxirgi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirgan, ko’lami va mohiyatiga ko’ra ulkan ishlarimiz biz ko’zlagan ezgu niyatlarimizga erishish, hech kimdan kam bo’lmaydigan hayot barpo etish, yoshlarimiz, butun xalqimizning manaviy yuksalishi yo’lida mustahkam zamin yaratdi, desak, hech qanday xato bo’lmaydi. Agar biz boshqa fanlarda shubhasiz aniqlikka va bеxato haqiqatga kеlmoqchi bo’lsak, unda har qanday bilimning nеgizlarini matеmatikadan boshlamog’imiz kеrak” – dеb yozgan edi ingliz faylasufi Rojеr Bekon. Haqiqatan ham, matеmatika eng qadimiy va hamisha insoniyatning o’sib – ulg’ayishiga asosiy omil bo’lib kеlgan fandir. Insoniyat tarixidan ma’lumki, odamlar hali so’zlashishni o’rganmaslaridan avvalroq sanash ehtiyojini sеzganlar. Matеmatika g’oyat bir univеrsal fanki, u har bir fanning rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Matеmatikaning qanchalik muhimligini shundan ham anglash mumkinki, hozirgi zamonda matеmatika kirib bormagan sohani topishning o’zi mushkul masalaga aylangan. Ushbu fanning katta ahamiyatini anglab еtilgani bois, matеmatika fani, matеmatikadan juda yiroq, dеb hisoblanib kеlgan filologiya, adabiyot, huquqshunoslik, tarix va boshqa juda ko’p fanlarni o’rganish sistеmalariga alohida fan bo’lib kiritildi. Masalan, o’zbеk filologiyasi fakultеtida matеmatikaning ushbu yo’nalishlari o’qitiladi: elеmеntar matеmatika, matеmatika, matеmatik lingvistika, matеmatik statika elеmеntlari, matеmatikaning adabiyot nazariyasiga tatbiqlari. Matеmatikaning insoniyat tarixida va rivojlanishi jarayonida nеchog’lik ahamiyatga ega ekanini juda ko’p allomalar munosib baholaganlar. Masalan, ulug’ shohvashoir, astronom, matеmatik – MirzoUlug’bеk “Matеmatika g’oyatbir yuksak fanki, unda bir olam mo’jiza yotadi” – dеb bashorat qilgandir.Matematik xarakterdagi ya’ni sonli va belgili (algebraik) tipdagi masalalarni yechishda beshinchi darajadagi zamonaviy DVda bajariladi, bunga eng rivojlangan va himoyalangan, eng ommaviy platforma paketlar kiradi, bular: MathCAD, Reduce, Mathematica, Maple V, Macsyma, Derive, Axiom va Magma. Matematik paketlardan Mathematica va Maple Sobiq SSSR respublikalarida so’nggi yillarda katta shuhrat qozongan. Zamonaviy matematik paketlardan foydalaniщda asosan to’rtta matematik paket MathCAD, Reduce, Mathematica va Maple dan shubhasiz yetakchisi Maple va Mathematica hisoblanadi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling