Ii bob Ochiq iqtisodiyotda pul-kredit siyosati


Download 35.1 Kb.
bet1/2
Sana21.06.2023
Hajmi35.1 Kb.
#1645751
  1   2
Bog'liq
Ochiq iqtisodiyotda pul


II Bob Ochiq iqtisodiyotda pul-kredit siyosati
2.1 Pul-kredit siyosati
Bugungi kunda banklarni va boshqa moliya-kredit tashkilotlari orasidagi farqini yuqotishni mamlakatdagi kapital harakatini markazlashuvi va jamg’arilishi bilan bevosita bog’liqdir. Bunday harakat natijasida o’zaro yaqin va o’xshash bo’lmagan kredit tashkilotlarini yo’qolib ketishi yoki qo’shilishi jarayoni amalga oshirilishi mumkin.
Shu bilan birga banklarning universallashuvi makroiqtisodiy omillariga bog’liqdir. Ammo bu faoliyat uzoq muddatni o’z ichiga oladi. Hozirgi kunda farqlarning yo’qolishi va banklar tomonidan funktsional va yuridik xususiyatlarni bekor bo’lishi asosan yirik tijorat banklarida sezilarli amalga oshmokda. Shuni qayd qilish lozimki, yirik banklarning universallashuvi va global yo’nalishlarining olib borilishi kichik banklarning, maxsus kredit tashkilotlariga ya’ni ma’lum turdagi operatsiyalarga moslashgan tashkilotlarga aylanishiga sabab bo’lmoqda. Bu esa ko’pgina mamlakatlarda faoliyot ko’rsatayotgan ko’p bosqichli bank tizimiga hos xususiyatdir.
Bugungi kunda banklarning ko’p pog’onali bo’lishi ularning tashkiliy tuzilishiga bog’liq. Ammo, rivojlangan mamlakatlarga bir yoki ikki pog’onali bank tizimi xosdir. Bir pog’onali bank tizimi varianti mamlakatda yagona markaziy bank hali mavjud bo’lmasa yoki bitta markaziy bankdan iborat bo’lsagina real (haqikatda) mavjud bo’lishi mumkin.
Ammo sivilizatsiya darajasidagi bozor iqtisodiyoti sharoitiga ikki pog’onali bank tizimi hos. Bunda birinchi pog’ona banklari-bu Markaziy bank, ikkinchi quyi pog’ona esa-tijorat banklari va kredit tashkilotlaridir.
Markaziy bank-bank tizimi mavjud bo’lgan barcha davlatlar pul-kredit tizimining asosini tashkil qiladi. Markaziy bankning moliya bozoridagi o’rni mamlakatda bozor munosabatlarining rivojlanish darajasiga va xususiyatiga bog’liq.
Bu esa o’z navbatida ikki pog’onali bank tizimini shakllanishiga asosiy omil bo’lib hisoblanadi. Chunki buning tepasida Markaziy bank bo’ladi.
Ikki pog’onali bank tizimining zarurligi bozor munosabatlarining qaramaqarshiliklaridan kelib chiqadi. Bir tomondan, bu xususiy moliya mablag’laridan erkin foydalanish huquqini talab qiladi. Bu quyi pog’ona banklar-tijorat banklari orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi tomondan, bu munosabatlarni ma’lum miqdorda tartibga solish nazorat qilish maqsadli yo’naltirish zarur. Bunday maxsus institut sifatida Markaziy bank yuzaga chiqadi.
Yuqorida ko’rib o’tganimizdek bank faoliyatini maxsus litsenziya asosida amalga oshiriladigan faoliyatdir. Biz aytganimizdagi O’zbekiston Respublikasi Tijorat banklari Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida faoliyat olib boradilar. Ularga qo’shimcha litsenziya zarur emas (faqat valyuta operatsiyalaridan tashqari).
Bozor iqtisodiyoti va jaxon xo’jaligi rivojlanishi bilan bank tizimi ham rivojlana bordi. Hozirgi sharoitda banklar tobora ko’proq faqat sof bank operatsiyalarini bajaradigan emas, balki shuningdek moliyaviy xizmatlar ko’rsatadigan moliyaviy muassasalarga aylanmokda, bu bank balansida aks ettirilmaydi, lekin juda katta daromad keltiradi. Masalan: banklar valyuta operatsiyalarini bajarganda brokerlar sifatida maydonga chiqadilar va katta miqdorda vositachilik haqi oladilar. Lekin bu operatsiyalar bank balansida aks ettirilmaydi. Hozirgi paytda yirik tijorat banklari kariyb 350 dan ortiq turdagi moliyaviy xizmat ko’rsatmoqda.

Download 35.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling