Iii. Adabiyotlar sharhi


Download 23.48 Kb.
bet1/3
Sana29.09.2023
Hajmi23.48 Kb.
#1689998
  1   2   3
Bog'liq
3. ADABIYOTLAR SHARXI (750)4


III. ADABIYOTLAR SHARHI
Bitiruv malakaviy ishini bu bo’limida yengil avtomobillar (Mini-ven) turkumiga kiruvchi Damas avtomobilini dvigatel maxovikini ishlab chiqarish texnologiyasiga doir adabiyotlarni tahlil qilamiz, shuningdek, maxovikning turlari bilan tanishib ularning afzallik va kamchiliklari bilan tanishamiz. Maxovik detalini ishlab chiqarish texnologiyasiga doir Bitiruv malakaviy ishini tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati sharxlab o`tamiz.
O’zbekiston avtomobil sanoatini rivojlantirish maqsadida Respublikamizning birinchi prezidenti I.A. Karimov tashabbuslari bilan qisqa muddat ichida vatanimizda butkul yangi tarmoq-yuksak texnologiyalarga asoslangan istiqbolli avtomobil ishlab chiqarish zavodi barpo etildi. Xalqaro talablarga to’la javob beradigan yuqori malakali mutaxassislarning yangi avlodi tarbiyalandi. Rеspublikamiz transport tizimida avtomobil transporti yеtakchi o’rinlardan birini egallab, avtomobil transporti sanoatning rivojlanishiga olib kеlmoqda. Shu sababli «Avtomobil sanoati Rеspublikamiz iqtisodiyotining tayanchlaridan biridir» dеgan edi prеzidеnt I.A. Karimov.
O’zbеkiston avtomobil ishlab chiqaruvchi mamlakatlar qatoridan o’rin olishi uning bеqiyos imkoniyatlaridan nishona, istiqbolli, kеlajagi buyukligini tasdiqlovchi omildir [1-4].
Insoniyat hayoti avtomobilsiz tasavvur qilish qiyin. Avtomobilni bajaradigan fuksiyasiga qarab to‘g‘ri ekspluatatsiya qilinsa, uzoq muddat ishonchli va chidamli xizmat qiladi.
Avtomobil – o‘zi harakatlanuvchi (avto-grekcha o‘zi, mobil lotincha harakatlanuvchi) degan ma’noni bildiradi.
Avtomobil mustaqil energiya manbaiga ega bo‘lgan, quruqlikda relssiz yo‘llarda yuk va odamlarni tashishga yoki unga o‘rnatilgan qurilmalar yordamida maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan, kamfortabellik va xavfsizlikka ega bo‘lgan g‘ildirakli mashinadir.
Transport avtomobillariga yo‘lovchi, yuk va yuk yo‘lovchi tashuvchi avtomobillari kiradi.
Maxsus avtomobillar ma’lum ishlarni bajarishga mo‘ljallangan mexanizm, asbob va uskunalar bilan jihozlangan bo‘ladi. Bularga sanitariya, o‘t o‘chirish, ko‘cha supirish, yuk ortish kabi avtomobillar kiradi

Download 23.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling