Iii. Tarbiyaviy ishlar metodikasi faning maqsadi vazifalari
Download 50.59 Kb.
|
Tarbiya metodikasi kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy ishlar metodikasi faning maqsadi vazifalari. Tarbiyaviy ishlar metodikasi tushunchasi.
KURS ISHI. MAVZU; Tarbiya ishlari metodikasi tarixiy satsial jarayon sifatida. Qabul qiluvchi;M.Utewlieva. Nukus qalasi-2021 yil REJA I. 1.Kirish II. Asosiy qism. III. Tarbiyaviy ishlar metodikasi faning maqsadi vazifalari. Tarbiyaviy ishlar metodikasi tushunchasi. Tarbiyaviy ishlar jarayonining ijtimoiy ahamiyati. . Xulosa. IV.Foydalanilgan adabiyotlar. I.Kirish. Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi — bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi. Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda, O‘zbe- kistonning buyuk davlatga aylanishida ta’lim-tarbiya ishlarini oqilona yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan texnologi- yalari yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish katta ahamiyatga ega. Bu taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk, zamonaviy bilimlar va murakkab texnologiyalarni egallagan, iy- moni butun, irodasi baquvvat, teran fikrlaydigan, yuksak salo- hiyatga ega bo‘lgan kadrlar hal etadi. Yurtimizning kelajagi mam- lakatimizning intellektual salohiyatiga, aql-zakovotiga, milliy ta’lim-tarbiya tizimini jahon andazalari asosida takomillashti- rishga, uning milliy zaminini mustahkamlashga, kadrlar tay- yorlashga bevosita bog‘liq. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbi- yalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi. Milliy tarbiya tizimini shakllantirish, barcha soha- larda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish, jahon axborot resurslaridan bahramand bo‘lishni kengaytirishga mustahkam zamin yaratilmoqda. Endilikda mam- lakatning iqtisodiyoti, insonlar hayoti va jahon hamjamiyatidagi o‘rni axborot-texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Ma’lumki, fan va texnika jadal sur’atlar bilan rivoj- lanayotgan bugungi kunda ilmiy bilimlar, tushuncha va tasav- vurlar hajmi keskin ortib bormoqda. Bu, bir tomondan, fan- texnika yangi soha va bo‘limlarining taraqqiy etishi tufayli uning differensiallashuvini ta’minlayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, fanlar orasida integratsiya jarayonini vujudga keltirmoqda. Har qaysi insonda muayyan darajada intellektual salohiyat mavjud. Agar shu ichki quvvatning to‘liq yuzaga chiqishi uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoit yaratilsa, tafakkur har xil qotib qolgan eski tushuncha va aqidalardan xalos bo‘ladi. va har qaysi inson Olloh taolo ato etgan noyob qobiliyat va iste’dodini avvalo o‘zi uchun, oilasi, millati va xalqi, davlatining farovon- ligi, baxt-saodati, manfaati uchun to‘liq baxshida etsa, bunday jamiyat shu qadar kuchli taraqqiyotga erishadiki, uning sur’at va samarasini hatto tasavvur qilish ham oson emas. Shunday ekan, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish bosh g‘oya, shu g‘oyaning yetakchi targ‘ibotchisi, tarbiyachisi o‘qi- tuvchi hisoblanadi. Erkin fuqarolik, huquqiy demokratik jamiyat qurishda ta’lim-tarbiya hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil — bu ta’lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘l- mish ilm-u ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Albatta, ta’- lim-tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni xalq ma’naviyatini shakllan- tiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Shuni unutmas- ligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida ya- ratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya oli- shigabog‘liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil in- sonlar etib voyaga yetkazish ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni talab etadi. Download 50.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling