Iii. Tarbiyaviy ishlar metodikasi faning maqsadi vazifalari
Tarbiyaviy ishlar jarayonining ijtimoiy ahamiyati. Jahon tarbiya konsepsiyasi
Download 50.59 Kb.
|
Tarbiya metodikasi kurs ishi
3.Tarbiyaviy ishlar jarayonining ijtimoiy ahamiyati. Jahon tarbiya konsepsiyasi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish uchun bir qancha yangi asoslar yuzaga keldi. Jumladan “Ta’lim toʻgʻrisidagi” Qonun , “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning yaratilishi ta’limni tubdan halos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatini beradi. Tarbiya tushunchasi millat tarixi va jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha mohiyatga ega boʻlib, har xil tarzda izohlanib kelindi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiyani izohlashda yangi sogʻlom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Endilikda tarbiyaning irsiy-biologik jihatlari va milliyligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Milliy tarbiya xalq nomi va uning tarixi chambarchas bogʻliqdir. Buning uchun xalq pedagogikasi boyliklari, mutufakkirlarning pedagogik qarashlari tizimli sinchkovlik bilan oʻrganilmoqda. Tarbiya jarayonini amalga oshirishda ijtimoiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki tarbiya jarayoni ijtimoiy xarakterga ega boʻladi. Ijtimoiy tarbiya bolada ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan fazilatlarni rivojlantirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya tarbiyaviy ishlarning aniq maqsad asosida amalga oshiriladigan oila tarbiyasi, mahalla tarbiyasi, maktab tarbiyasi, oʻrta maxsus kasb-hunar ta’limida amalga oshiriladigan tarbiya, oliy ta’lim tarbiyasini qamrab oladigan jarayonlardir. Ijtimoiy tarbiyaning vazifasi ham jismonan baquvvat, ma’naviy yetuk, mustaqil fikrlaydigan, ishlash va yashash qobiliyatiga ega boʻlgan, zamonaviy fan-texnika va texnologiya yutuqlarini oʻzlashtiradigan, ma’lum kasb-hunarni egallagan barkamol avlodni shakllantirishdan iborat. Ijtimoiy tarbiya orqali shaxsning ijtimoiylashuvi yuzaga keladi. U ijtimoiy munosabatlarga kirishish usullarini oʻrganadi. Shaxsga kasb-hunar oʻrgatish, kishining ma’naviy va gʻoyaviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan xatti-harakatlar jarayoni ijtimoiy tarbiyadir. Ijtimoiy tarbiya oʻquvchilar ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni hamdir. Ijtimoiy tarbiya jarayonida inson va jamiyat hayotiga oid axloqiy tushunchalar, qonun-qoidalar bolalar ongiga singdirib boriladi. Kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda faol ishtirok etishiga qaratilgan barcha ta’sirlar ijtimoiy tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Shuning uchun ijtimoiy tarbiya umuminsoniy xarakterga ega boʻladi va bunda shaxs xohlagan soha boʻyicha ta’lim-tarbiya koʻrib, istagan kasbni egallashi mumkin. Dunyo tabiyashunosligi ijtimoiy tarbiyaning mohiyatini asoslab berdi. Tarbiya va tarbiyaviy ishlar har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahasiyat kab etadi, Yosh avlodning tarbiyasi bilan yetarlicha shugʻullanmagan gʻalq yoki mamlakat inqirozga yuz tutadi. Chunki har qanday mamlakatning rivojlanishi uchun moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish toʻxtovsiz ravishda yuksalib borishi zarur. Yosh avlodda ana shunday moddiy va ma’naviy qobiliyatlarini shakllantirish uchun uzluksiz ravishda faoliyat koʻrsatadigan tarbiyaviy ishlar tizimi boʻlishini taqozo etadi. Tarbiyaviy ishlar tizimi jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha mohiyatga ega boʻlib, har xil izohlandi. Shuning uchun ham turli sinf va ijtimoiy tabaqalarning tarbiyasi oʻzgacha boʻladi va bir-biriga qarama-qarshi turadi degan qarash hukmronlik qilgan. Tarbiyaviy ishlar jarayonida tarbiyaning sinfiy xarakterga ega emasligi isbotlanadi. Chunki chindan ham bunyodkorlik va vayronkorlikning mohiyati har qanday ijtimoiy sinf vakili uchun ham bir xildadir. Ijtimoiy tarbiya maxsus muassasalar tamonidan amalga oshiriladigan pedagogik jarayondir. Xalqning oʻzi yaratgan tarbiyachilik sa’natiga va boy merosiga asoslanishi ijobiy ahamiyatni kasb etadi. Tarbiya jarayonida ijtimoiy tarbiya bilan birgalikda oila tarbiyasining uzviyligi va ustivorligi muhim hisoblanadi. Ta’lim muassalaridagi tarbiyaviy ishlar jarayonining samaradorlik darajasi koʻp jihatdan tarbiyaviy ishlar tizimining tashkil etilishiga bogʻliq. Tarbiyaviy ishlar tizimi mazmunan boy boʻlishi, umumiy maqsad va oʻquvchilar imkoniyatlariga mos boʻlishi kerak. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani bevosita mamlakat hayoti, xalq tarbiya tizimi bilan mustahkam bogʻlangandir. Tarbiya jarayoni va tarbiya ishlarini olib borish murakkab boʻlgan bir butun jarayondir, binobarin, bola shaxsining har tamonlama rivojlanib borishida turli xil sharoitlar ta’sir koʻrsatadi. Ta’lim muassalarining vazifasi tarbiyaviy ishlar tizimini toʻgʻri tashkil etib va ba’zi sharoitlarning rolini faollashtirib bola shaxsini kamol topishini ta’minlashdir. Xulosa Tarbiya – inson shaxsi ma’naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan say – harakatlar tizimidir. Tarbiya – keng ma’noda u yoki bu sifatlarning yoki ijtimoiy guruhlarning maqsadlariga muvofiq odamlarning yangi avlodlariga avval avlodlarning ijtimoiy – tarixiy tajribasini uzatish vositasi bilan jamiyatning rivojlanishini ta’minlovchi vazifasi. Tarbiyalashning tor ma’nosi – ijtimoiy institutlar doirasida va ta’sirida ijtimoiy amaliyotning har bir doirasidagi hayotiy faoliyatiga, ijtimoiy vazifalarni va rollarni bajarishga tayyorlash maqsadida shaxsni ongli, maqsadga yoʻnaltirilgan, muntazam shakllantirish jarayonidir. Download 50.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling