Ijara (lizing) operatsiyalari hisobi. Rahmatullayev sarvar
Download 66.25 Kb.
|
Ijara (lizing) operatsiyalari hisobi.RAHMATULLAYEV SARVARAsosiy vositalarni ijaraga olish va ijaraga berish hisobi. Lizing muomalalari hisobining xususiyatlari. Buxgalteriya hisobi 6-son “Ijara hisobi” milliy andozaga binoan ijara quyidagi turlarga bo’linadi Lizing (moliyaviy ijara) ijara munosabatlarining alohida turi bo’lib unda lizing beruvchi, lizing oluvchi va mulkni sotuvchi tomon shartnoma asosida 12 oydan oshiq muddatga lizing oluvchiga to’lov asosida mulkdan foydalanish va egalik qilish munosabatlari belgilanadi. Bunda: a) Lizing shartnomasi muddati tugagach ob’ekt lizingga oluvchi mulkiga aylanadi. b) Lizing ob’ektining xizmat muddati 80 foizni tashkil etishi va lizing shartnomasi tugashida uni 20 foiz dastlabki qiymati qolishi. c) Lizing shartnomasi tugagach lizing oluvchi mulkni sotib olish huquqiga ega. d) Lizing to’lovi lizing shartnomasi davrida lizing ob’ekti qiymatining 90 foiz atrofida bo’lishi. Uzoq muddatli ijara – ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga bitim asosida mulkka egalik qilish va foydalanishga 12 oydan oshiq muddatga to’lov asosida berishi. Qisqa muddatli ijara - ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga bitim asosida mulkni egalik qilish va foydalanishga 12 oygacha to’lov asosida beradi. Ikkilamchi ijara (ikkilamchi lizing) – ijarachi (lizingga oluvchi) ijaraga (lizingga) beruvchining roziligi bilan, ijaraga (lizingga) beruvchining oldida ijara (lizing) shartnomasi yuzasidan javobgarlikni saqlagan holda ijaraga olingan mulkni (lizing ob’ektini) boshqa uchinchi shaxsga ikkilamchi ijara (ikkilamchi lizing)ga topshiradigan shartnoma munosabati. Operativ lizing bo’yicha: Ob’ekt ijaraga qabul qilinganda 001 – “Operativ lizing bo’yicha olingan asosiy vositalar” hisobvarag’iga qabul qilinib, qaytarilganda shu hisobvaraqdan chiqim qilinadi. Operativ lizing bo’yicha to’lashga tegishli ijara haqi summasiga xarajat va boshqa hisobvaraqlar debetlanib 6910 – “To’lanadigan qisqa muddatli ijara” hisobvarag’i kreditlanadi. Ushbu to’lovlar to’langanda 6910 debetlanib 5110 kreditlanadi. Ushbu muomalalar ijaraga beruvchida: DT 4820 – “Qisqa muddatli ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar” KT 9350 – “Qisqa muddatli ijaradan daromadlar”. Ijara haqi summasi xo’jalikni hisob-kitob hisobvarag’iga kelib tushganda DT 5110 KT 4820 Moliyaviy lizing bo’yicha: A. Lizing beruvchi kompaniyada: Lizing bo’yicha barcha xarajatlar 0820 – “Asosiy vositalarni xarid qilish” hisobvarag’iga yig’iladi va uni sotib olinganda DT 0820-0890 KT 6010. Puli to’langanda DT 6010 KT 5110 provodkasi tuziladi. Lizing ob’ekti asosiy vositaga qabul qilinganda DT 0110-0190 KT 0820 0890 provodkasi tuziladi. Ushbu asosiy vositalar lizingga (ijaraga) berilganda: a) Lizing summasiga – joriy yilda olinadigan qismiga DT 4810 – “Uzoq muddatli ijara bo’yicha olinadigan joriy to’lovlar” KT 9210 – “Asosiy vositalarni chiqib ketishi” b) ijara muddatini kelgusi yillarda olinadigan qismiga: DT 0920 – “Uzoq muddatli ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar” KT 9210 hisobvaraq. Moliyaviy lizing bo’yicha ijaraga berilgan ob’ektning dastlabki qiymati hisobdan chiqarilganda DT 9210 KT 1110-0190 va ayrim boshqa operatsiyalar. Keyinchalik sotib olish bilan ob’ekt lizingga olindi: DT 0310 – “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar” KT 7910 – “To’lanadigan uzoq muddatli ijara” Yil boshida joriy yilda to’lanadigan lizing to’loviga DT 7910 KT 6910 U bo’yicha hisoblangan amortizatsiya summasiga DT 2010, 2310, 2510 va boshqalar KT 0299 – “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi”. Shartnomada ko’rsatilgan asosiy summani va uning foizlarini to’liq to’langandan so’ng uni o’z balansiga olinganda DT 0110-0190 KT 0310, uni eskirish summasi DT 0299 KT 0211-0290 va ayrim boshqa operatsiyalar. Lizing ob’ektini sotuvchi korxonada: Lizing ob’ektini lizing kompaniyasiga junatishdagi bo’nak summasiga DT 5110 KT 6310 – “Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo’naklar”. Lizing ob’ekti lizing kompaniyasiga junatilganda DT 4010 – “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar” KT 9010 – “Tayyor mahsulotni sotishdan daromadlar”. Lizing kompaniyasiga sotilgan mahsulot uchun pul kelib tushganda DT 5110 KT 4010. Oldindan olingan bo’nak summasu qoplanganda DT 6310 KT 4010 va ayrim boshqa operatsiyalar. Download 66.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling