11-MAVZU: ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR
HISOBI
Reja:
1. Asosiy vositalar hisobining ahamiyati va vazifalari.
2. Asosiy vositalarni turkumlash va baholash.
3. Asosiy vositalar kirimini hisobga olish.
4. Asosiy vositalar harakatini hujjatlashtirish.
5. Asosiy vositalar ta’mirini hisobga olish.
6. Asosiy vositalar amortizatsiyasi (eskirishi) hisobi.
7. Asosiy vositalarni hisobdan chiqarishni aks ettirish tartibi.
8. Nomoddiy aktivlar to‘g‘risida tushuncha va ularning turkumlanishi.
9. Nomoddiy aktivlarning kelib tushishi.
10. Gudvill hisobining xususiyatlari.
11.Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi (eskirishi) hisobi.
12. Nomoddiy aktivlarni qayta baholash.
13. Nomoddiy aktivlarning turlicha hisobdan chiqarishni hisobga olish.
aktivlar amortizatsiyasi (eskirishi) hisobi.
Tayanch so‘z va iboralar: asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar,
ularning
turlari va baholanishi, ularga eskirish hisoblash tartibi va ularning taqsimoti, asosiy
vositalarning modernizatsiyasi, asosiy vositalarning foydali xizmat muddati, asosiy
vosita va nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish tartibi
11.1. Asosiy vositalar hisobining ahamiyati va vazifalari
Korxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik jarayoni nafaqat material,
mehnat va
moliyaviy resurslaridan foydalanish hisobiga balki asosiy vositalardan foydalanish
hisobiga ham ta’minlanadi. Har qanday ishlab chiqarish jarayoni tadbirkorlik
qobiliyati
asosida mehnat, mehnat vositalari va mehnat buyumlarini
birlashtirilishidan
iborat.
Raqobatlashgan
bozor
iqtisodiyoti
sharoitida
mamlakatimiz iqtisodiyotining
rivojlanishida, undagi mehnat vositalarining
takomillashishiga, rivojlanish va ulardan samarali foydalanish
darajasiga bevosita
bog‘liqdir. Barcha ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirishda mehnat vositalari
asosiy rolni o‘ynaydi. Buxgalteriya hisobida mehnat vositalari asosiy vositalar deb
yuritiladi.
Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari tizimida asosiy vositalarning
hisobi 16-son BHXS (IAS) «Asosiy vositalar» bilan tartibga solinadi. Asosiy
vositalarni hisobi bo‘yicha moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari va
O‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi me’yoriy-huquqiy
hujjatlarini tahlil qilish va taqqoslash ularda nazarda tutilgan me’yorlar moliyaviy
hisobotlarning xalqaro standartlari me’yorlariga to‘liq to‘g‘ri kelishini ko‘rsatdi.