Дарслик мбх doc


Download 356.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/39
Sana26.01.2023
Hajmi356.05 Kb.
#1129245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
Bog'liq
11-MAVZU ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI (1)

Boshlang‘ich qiymat asosiy vositani olinishi yoki yaratilishi uchun
sarflangan mablag‘lar miqdoridir. Aktivning boshlang‘ich qiymati aktivni yetkazib
beruvchiga to‘lovlarni, uni tashish va o‘rnatish uchun mablag‘larni, sug‘urta va
soliqlarni o‘z ichiga oladi.
60
Joriy qiymat - ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha
asosiy vositalarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni
xohlovchi, mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish
yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo‘lgan summa;
Qoldiq (balans) qiymat - jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan
holda asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymati;
Qoldiq qiymat – amortizatsiya summasini chegirilgan holda asosiy
vositalarning boshlang‘ich qiymati;
61
Tugatish qiymati - asosiy vositalarning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan
xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy
vositalarni tugatish chog‘ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi.
Qoida bo‘yicha ushbu qiymatga ehtiyot qismlari, temir-tersak, chiqindi va
boshqalarning qiymati kiritiladi.
Tiklash qiymati - asosiy vositalarni qayta baholashni hisobga olgan holdagi
qiymati.
Tiklash qiymati - asosiy vositalarni qayta baholash bilan bog‘liq bo‘lgan
qiymati
62
60
Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren,James M.Reeve,Jonathan E.Duchac, 820-page, 2014
61
Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren,James M.Reeve,Jonathan E.Duchac, 820-page, 2014
62
Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren,James M.Reeve,Jonathan E.Duchac, 820-page, 2014


Asosiy vositalarning tiklash qiymati asosiy fondlarni qayta hosil qilish
qiymati bilan, ya’ni ularning qurilishi yoki ularni muayyan muddatda joriy bozor
narxida sotib olish bilan bog‘liq.
16 BHXSga muvofiq, asosiy vositalar obyektining tannarxi sotib olish
narxini, shu jumladan import boji va sotib olish bilan bog‘liq qaytarilmaydigan
soliqlar, shuningdek tegishli joyda foydalanish maqsadida aktivni ish holatiga
keltirish bilan bog‘liq har qanday xarajatlar o‘z ichiga oladi.
Asosiy vositaning tannarxi quyidagilardan tashkil topadi:
Ø savdo chegirmalarini va imtiyozlarini chegirgan holda, uning xarid narxi,
jumladan import bojlari va sotib olish bilan bog‘liq qoplanmaydigan soliqlar.
Ø aktivni undan tadbirkorlik subyektining rahbariyati tomonidan
ko‘zlangan holda foydalanish uchun zarur bo‘lgan joy va holatiga olib kelish bilan
bog‘liq bevosita xarajatlar.
Ø asosiy vosita obyektini demontaj qilish va olib tashlash hamda u
joylashgan joydagi tabiiy resurslarni qayta tiklash xarajatlarining boshlang‘ich
bahosi.
Tadbirkorlik subyekti asosiy vosita sotib olingan paytda yoki undan ma’lum
davr mobaynida tovar-moddiy qimmatliklarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq
bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish oqibatida ushbu xarajatlar bo‘yicha
majburiyatni o‘z zimmasiga oladi.
Quyidagilar bevosita xarajatlarga misollardir:
- asosiy vosita obyektini barpo etish (qurish) yoki sotib olish natijasida
bevosita hosil bo‘ladigan xodimlarga haq to‘lash xarajatlari;
- joyni tayyorlash xarajatlari;
- yetkazib berish va ortish-tushirish bilan bog‘liq boshlang‘ich xarajatlar;
- o‘rnatish va montaj bo‘yicha xarajatlar;
- aktivning to‘g‘ri ishlashini sinab ko‘rish xarajatlaridan aktivni tegishli
joyga va holatga keltirish paytida ishlab chiqarilgan mahsulotni (uskunalarni
sinovdan o‘tkazishda ishlab chiqarilgan mahsulotlar kabi) sotishdan olingan sof
tushumning ayirmasi; va


- malakali xizmatlar uchun haqlar.
Tadbirkorlik subyekti obyektdan ma’lum bir davr mobaynida tovar-moddiy
zaxiralar ishlab chiqarish uchun foydalanishi oqibatida paydo bo‘ladigan obyektni
demontaj qilish va olib tashlash hamda u egallagan yer maydonida tabiiy
resurslarni qayta tiklash majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarga nisbatan BHXS 2
«Tovar-moddiy zaxiralar»ni qo‘llaydi. 2 BHXS yoki 16 BHXS ga mos ravishda
hisoblanadigan xarajatlar bo‘yicha majburiyatlar 37 BHXS «Rezervlar, shartli
majburiyatlar va shartli aktivlar»ga mos ravishda tan olinadi va baholanadi.
Asosiy vositalar obyektiga kirmaydigan xarajatlarga quyidagilar misol bo‘la
oladi:
- yangi ishlab chiqarish obyektini tashkil etish xarajatlari;
- yangi mahsulot yoki xizmat turini tatbiq etish bilan bog‘liq xarajatlar
(shu jumladan, reklama va marketing faoliyati xarajatlari);
- tijoratni yangi joyga yoki mijozlarning yangi toifasiga moslashtirish bilan
bog‘liq xarajatlar (shu jumladan, xodimlarni qayta tayyorlash xarajatlari); va
- ma’muriy va boshqa umumiy ustama xarajatlar.
Asosiy vositalar obyekti undan tadbirkorlik subyekti rahbariyati tomonidan
ko‘zlangan holda foydalanish uchun zarur bo‘lgan joy va holatiga keltirilganida bu
obyektning balans qiymatiga qo‘shiladigan xarajatlarning tan olinishi to‘xtatiladi.
Shu bois, obyektdan foydalanish yoki uni boshqa joyga ko‘chirishda hosil
bo‘ladigan xarajatlar shu obyektning balans qiymatiga kiritilmaydi. Masalan,
quyidagi xarajatlar asosiy vositalar obyektining balans qiymatiga kiritilmaydi:
- rahbariyat tomonidan ko‘zlangan holda foydalanish uchun tayyor bo‘lgan
obyekt haligacha foydalanishga topshirilmagan yoki to‘liq quvvatidan past
darajada foydalanilganda hosil bo‘lgan xarajatlar;
- birlamchi operatsion zararlar, masalan obyekt yordamida ishlab
chiqarilgan mahsulotga talab hosil bo‘lishi davridagilar kabi;
- subyekt quvvatlarini qisman yoki to‘la qayta ko‘chirish yoki qayta tashkil
etish xarajatlari.


357 

Download 356.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling