Дарслик мбх doc


Download 356.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/39
Sana26.01.2023
Hajmi356.05 Kb.
#1129245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
11-MAVZU ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI (1)

Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy
aktivlar kiritiladi:
a) 
xizmat qilish muddati - uzoq vaqt
b) 
korxonaga daromad keltirishda ishtirok etishi 
58
Korxona rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga
olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashi mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning ish faoliyati davomiyligini ta’minlashda
57
O‘zR 5-son BHMS “Asosiy vositalar” O‘zR AV 20.01.2004 y. 1299-son bilan ro‘yhatga olingan. 4-band, 1-qismi
58
Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac, 818-page


muhim o‘rin tutuvchi asosiy vositalarni yuritish bo‘yicha ham standartlar qabul
qilingan. Bu «Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMS bo‘lib, u korxona, tashkilot va
muassasalarda asosiy vositalarni hisobga olish tartibini belgilab beradi. Ushbu
standartning maqsadi xo‘jalik subyektiga mulkiy, xo‘jalik yuritish va operativ
boshqarish huquqiga tegishli bo‘lgan asosiy vositalarni hisobga olish uslublarini
belgilashdan iboratdir.
Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobi va ular to‘g‘risidagi axbortlarni
moliyaviy hisobotlarda ochib berish respublikamizda quyidagi me’yoriy-huquyiy
hujjatlar bilan tartibga solinadi:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2003-yil 9-oktabrdagi 114-
son buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida
2004-yil 20-yanvarda 1299-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi
Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS 5) «Asosiy vositalar»;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2004-yil 16-avgustdagi 101-
son buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida
2004-yil 29-avgustda 1401-son bilan ro‘yxatga olingan «Asosiy vositalarni
balansdan chiqarish tartibi to‘g‘risida»gi nizom;
2002-yil 29-oktabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va
statistika vazirligining 4-son, Moliya vazirligining 129-son, Davlat soliq
qo‘mitasining 2002-86-son qo‘shma qarorlari bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligida 2002-yil 4-dekabrda 1192-son bilan ro‘yxatga
olingan «Asosiy fondlarni har yili 1-yanvar holatiga qayta baholash o‘tkazishning
tartibi to‘g‘risida»gi nizom.
Mazkur me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosiy vositalar buxgalteriya hisobi
uslubiyatini u yoki bu faoliyat turiga bog‘liq bo‘lmagan holda tartibga soladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan me’yoriy huquqiy hujjatlarda uzoq muddatli (kapital)
mulklarni asosiy vositalar tarkibi kiritish mezonlari, boshlang‘ich qiymatning
shakllanishi va keyinchalik o‘zgartirish tartibi belgilab berilgan. Shuningdek
foydali ishlatish muddatini aniqlash tartibi, amortizatsiya hisoblash usullari, asosiy
vositalarni qayta tiklash bo‘yicha kapital va joriy xarajatlarni tan olish tartibi,


347 
asosiy vositalarni chiqib ketishi hisobi, moliyaviy hisoblarda hisob axborotlarini 
ochib berish qoidalari batafsil ko‘rib o‘tilgan. 
Yuqorida sanab o‘tilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlardan tashqari asosiy 
vositalarni alohida xo‘jalik operatsiyalarida va faoliyat turlarida hisobga olishda va 
asosiy vositalarni hisobotlarda aks ettirish uchun quyidagilardan ham foydalanish 
maqsadga muvofiq bo‘ladi: 
- O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi; 
- «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni; 
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 
54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va 
sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi 
to‘g‘risidagi nizom (keyingi o‘rinlarda Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi nizom deb 
yuritiladi); 
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 19-
oktabrda EG/17-19-2075-son bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligida 1999-yil 2-noyabrda 833-son bilan ro‘yxatga olingan 
O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS 19) 
«Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish»; 
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 9-sentabrdagi 
103-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligida 2002-yil 23-oktabrda 1181-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston 
Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS 21) «Xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar 
rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma» va boshqa buxgalteriya hisobini 
tartibga soluvchi idoraviy me’yoriy-huquqiy hujjatlar. 
Asosiy vositalarni hisobga olishda ularni aktiv sifatida tan olingan paytini 
belgilash, mazkur aktivlarga nisbatan qo‘llaniladigan ularning balans qiymatini va 
amortizatsiyani hisoblash usullarini belgilash, shuningdek asosiy vositalarning 
balans qiymatidagi boshqa o‘zgarishlarni va ularning chiqib ketishi hisobiga 
moliyaviy natijalarni aniqlash va hisobga olish muhim yo‘nalishlari bo‘lib 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


348 
hisoblanadi. Shulardan kelib chiqib asosiy vositalarni buxgalteriya hisobining 
vazifalari qilib quyidagilarni aytib o‘tish mumkin: 
- asosiy vositalar hisobini O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya
hisobi to‘g‘risida»gi Qonuni, buxgalteriya hisobining milliy standartlari
va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etish va yuritish; 
- aktivlarni asosiy vositalar sifatida qabul qilish bilan bog‘liq haqiqiy 
xarajatlarni shakllantirish; 
- asosiy vositalarni kelib tushishi, ularning korxona ichida har xil tarkibiy 
bo‘linmalar (filiallar) bo‘yicha harakatini ishonchli va o‘z vaqtida hujjatlarda 
rasmiylashtirish va hisobda aks ettirish; 
- asosiy vositalar obyektlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish va texnik xizmat 
ko‘rsatish, rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish uchun ajratilgan mablag‘lardan 
oqilona foydalanishni nazorat qilish; 
- amortizatsiyani to‘g‘ri hisoblash va buxgalteriya hisobi schyotlarida aks 
ettirish; 
- eskirgan, xo‘jalik uchun ortiqcha bo‘lgan asosiy vositalarni o‘z vaqtida 
hisobdan chiqarishni ta’minlash; 
- hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar bo‘yicha moliyaviy natijalarni 
to‘g‘ri va o‘z vaqtida aniqlash hamda hisobda aks ettirish; 
- asosiy vositalarni saqlash bilan bog‘liq (texnik ko‘rikdan o‘tkazish, ishchi 
holatida saqlash va boshqa) haqiqiy xarajatlarni aniqlash; 
- buxgalteriya hisobiga qabul qilingan asosiy vositalarni saqlanishini 
nazoratini ta’minlash; 
- ijara munosabatidagi asosiy vositalar bo‘yicha ijara to‘lovlarini o‘z 
vaqtida rasmiylashtirish va to‘lov amalga oshirilishini nazorat qilish; 
- moliyaviy hisobotlarda ochib berish kerak bo‘lgan asosiy vositalar 
to‘g‘risidagi axborotlarni olish. 
Moliyaviy hisobotda asosiy vositalarga tegishli quyidagi axborotlar ochib 
berilishi lozim: 
a) asosiy vositalarning harakatini: kiritilishi, chiqib ketishi, boshlang‘ich 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


349 
qiymatning o‘zgarishi, o‘zgarish sabablarini hisobga olgan holda ularning har bir 
turi bo‘yicha hisobot davrining boshidagi va oxiridagi boshlang‘ich (tiklash) 
qiymati; 
b) asosiy vositalarning har bir turi bo‘yicha amortizatsiyani hisoblashda: 
amortizatsiyani hisoblashning foydalaniladigan usuli, amortizatsiyalanadigan 
asosiy vositalarning hisobot davri boshidagi va oxiridagi boshlang‘ich yoki joriy 
qiymati, hisobot davri boshidagi va oxiridagi jamlangan amortizatsiya summasi; 
c) qayta baholashni o‘tkazishda: asosiy vositalar har bir turining hisobot 
davri boshidagi va oxiridagi joriy qiymati, qayta baholashni o‘tkazishning 
asoslanganligi va davriyligi, qayta baholashni o‘tkazish sanasi, qayta baholashni 
o‘tkazish usuli. 

Download 356.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling