Дарслик мбх doc
Asosiy vositalar kirimini hisobga olish
Download 356.05 Kb. Pdf ko'rish
|
11-MAVZU ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI (1)
11.3. Asosiy vositalar kirimini hisobga olish
Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobida hisobga olish uchun bir qator hisobvaraqlar ochilgan bo‘lib, ularni 1-jadval asosida ko‘rib chiqamiz. Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar Schyot № Schyot nomi Schyot turi 0110 Yer A 0111 Yerni obodonlashtirish A 0112 Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni o‘zlashtirish A 0120 Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar A 0130 Mashina va jihozlar A 0140 Mebel va ofis jihozlari A 0150 Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi A 0160 Transport vositalari A 0170 Ish hayvonlari va mahsuldor hayvonlar A 0180 Ko‘p yillik ekinlar A 0190 Boshqa asosiy vositalar A 0199 Konservatsiya qilingan asosiy vositalar A Ushbu hisobvaraqlar aktiv bo‘lib, ularning debet tomonidagi saldo xo‘jalik yurituvchi subyektlarda mavjud asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aks ettiradi. Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debet tomonida ularning ko‘payishi, kredit tomonida esa kamayishi o‘z ifodasini topadi. Asosiy vositalar tahlilida korxonaning asosiy vositalar bilan qurollanish darajasiga, ularning texnik holati va harakat ko‘rsatkichlariga, samaradorlik ko‘rsatkichlariga, dinamikasi va holatiga baho beriladi. Asosiy vositalar bilan ta’minlanish deyilganda korxonaning biznes rejasiga yoki o‘tgan yillarga nisbatan asosiy fondlar bilan qurollanishi darajasi tushuniladi. Shuningdek, asosiy vositalarning tarkibi bo‘yicha, turi bo‘yicha o‘zgarishlariga baho beriladi. Tahlil etishda asosiy vositalarning holat va harakat ko‘rsatkichlariga muhim e’tibor qaratiladi. Bu orqali bevosita asosiy vositalarning eskirish darajasi, yaroqlilik darajasi, kirimi va chiqimi ko‘rsatkichlariga baho beriladi. Asosiy vositalarning unumini o‘rganish asosida mahsulot ishlab chiqarishda ularning samaradorlik ko‘rsatkichlariga baho beriladi. Asosiy vositalarning PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 358 samaradorlik ko‘rsatkichlarini omilli tahlil asosida mahsulot ishlab chiqarish hajmini yoki fondlar samarasini oshirish yuzasidan ichki imkoniyatlarning mavjudligi o‘rganiladi va tahlil yakunida korxonada asosiy fondlardan foydalanishga va ularning samaradorligini oshirish yuzasidan muhim iqtisodiy yo‘nalishlar belgilanadi. Korxonaning asosiy vositalari, ularning holati, harakati va samarasiga iqtisodiy tashxis beriladi. Asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinganda ular boshlang‘ich qiymat bo‘yicha baholanadi. Bunda boshlag‘ich qiymat bo‘lib to‘langan va qoplanmaydigan soliqlarni (yig‘imlarni), shuningdek aktivni undan mo‘ljal bo‘yicha foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yetkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish bo‘yicha haqiqatda qilingan xarajatlarning qiymati tushuniladi. Amaliyotda asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati ularning kelib tushish manbaidan kelib chiqib aniqlanadi. Asosiy vositalar korxonaga kelib tushishi manbai bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 63 - kapital qo‘yilmalar tugaganidan so‘ng qurilgan obyektni qabul qilish- topshirish; - oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha obyektni sotib olish; - ustav kapitaliga ta’sischi ulushi ko‘rinishida kelib tushishi; - ta’sischilar tarkibidan chiqishda yoki tugatilayotgan tashkilotning mol- mulki uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanayotganda ilgari boshqa tashkilotning ustav kapitaliga kiritilgan tashkilotning ta’sis ulushi qaytarilishidan kelib tushishi; - tekinga kelib tushishi (hadya shartnomasi bo‘yicha); - ayirboshlash; - tovar-moddiy zaxiralar tarkibidan o‘tkazish; - moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha olish; 63 OrtiqovX.A. va boshqalar.O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlariga sharhlar to‘plami. Toshkent, “NORMA”, 2010y. 267-bet. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 359 - qiymati belgilangan asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar; - asosiy vositalarning ortiqcha (hisobga olinmagan) obyektlarini aniqlash. Korxona tomonidan asosiy vositalarni xarid qilish bilan bog‘liq tegishli xarajatlar amalga oshirilgan hollarda ularning boshlang‘ich qiymati shu xarajatlar summasiga ko‘payadi. Xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarga quyidagilar kiradi: - asosiy vositalar obyektiga doir huquqni sotib olish (olish) munosabati bilan amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari, davlat bojlari va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar; - bojxona bojlari va yig‘imlari; - asosiy vositalar obyektlarini olish (barpo qilish) munosabati bilan soliqlar va yig‘imlar summalari (agar ular qoplanmasa); - asosiy vositalar obyektlarini olish (barpo qilish) bilan bog‘liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to‘langan summalar; - asosiy vositalar obyektlarini yetkazib berish (barpo qilish) xatarini sug‘urtalash bo‘yicha xarajatlar; - asosiy vositalar obyektini olishdagi vositachilarga to‘lanadigan haqlar; - asosiy vositalarni o‘rnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirishga oid xarajatlar; - aktivdan foydalanish maqsadi bo‘yicha uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlar. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, xarid qilingan asosiy vositalarga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar (bank xizmatlari), asosiy vositalarni xarid qilish bo‘yicha kontraktlarni tayyorlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va yopish bilan bog‘liq xarajatlar hamda aktivlarni xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa xarajatlar asosiy vositalarning boshlag‘ich qiymatiga kiritilmaydi, balki ular sodir bo‘lgan hisobot davrida xarajatlar sifatida tan olinadi. Qurilish pudrati shartnomasi bo‘yicha pudratchi shartnomada belgilangan muddatda buyurtmachining topshirig‘i bilan muayyan obyektni qurish yoki boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoit yaratib berish, ishni qabul qilish va kelishilgan haqni PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 360 to‘lash majburiyatini oladi. Qurilish pudrati shartnomasi korxonani, binoni, inshootni yoki boshqa obyektni qurish yoki qayta qurish haqida, shuningdek montaj, sozlash, ishga tushirish va qurilayotgan obyekt bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa ishlarni bajarish haqida tuziladi. Qurilish pudrati shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bino va inshootlarni kapital ta’mirlash ishlariga nisbatan ham tatbiq etiladi. Bunda buyurtmachi va pudratchi tomonidan tuzilgan shartnomaning tomonlarning munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 37-bobi «Pudrat» bilan tartibga solinadi. Misol. «Elita» MChJ xo‘jalik usuli bilan ishlab chiqarish tsexini quradi. Obyektning smeta qiymati 72000 ming so‘m, qurilish muddati 15 oy. Qurilish materiallarini xarid qilish uchun korxona tomonidan 18 oyga 30000 ming so‘m summada kredit rasmiylashtirildi. Shartnomaga ko‘ra asosiy qarz kredit olingan oydan keyingi oydan boshlab qaytarib boriladi. Kreditdan foydalanganlik uchun korxona 6800 ming so‘m summada foizlarni to‘lashi lozim bo‘ladi, ulardan 1200 ming so‘m - qurilish tugallangandan keyin to‘lanadigan foizlar. Ishlab chiqarish tsexining boshlang‘ich qiymatiga kreditdan faqat qurilish davridagina foydalanganlik uchun hisoblangan foizlar - 5600 ming so‘m (6800 - 1 200) kiritiladi. 1200 ming so‘m summa moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar tarkibida aks ettiriladi (provodkalarda aks etishi 2-jadvalga qarang). Oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha bir taraf (sotuvchi) tovarni boshqa taraf (sotib oluvchi)ga mulk qilib topshirish majburiyatini, sotib oluvchi esa bu tovarni qabul qilish va uning uchun belgilangan pul summasi (bahosi)ni to‘lash majburiyatini oladi. Kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni to‘lashga doir xarajatlar qarzga olingan sarmoya hisobidan butkul yoki qisman sotib olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi. Haq to‘lash yo‘li bilan xarid qilingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati shakllanishi va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini misolda ko‘rib o‘tamiz. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling