Дарслик мбх doc
Download 356.05 Kb. Pdf ko'rish
|
11-MAVZU ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy vositalar
Asosiy vositalarning natural-moddiy tarkibiga ko‘ra turkumi Asosiy vositalarning natural-moddiy tarkibiga ko‘ra turkumi 59 Uzatuvchi moslamalar sifatida mashina-dvigateldan ish mashinalariga elektr, issiqlik, mexanik energiyani uzatishga, shuningdek, suyuq va gazsimon 59 Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac, 818-page Asosiy vositalar Mashina va asbob- uskunalar Bino, inshootlar va uzatuvchi moslamalar Yer va yerni obodonlash- tirish uchun kapital sarflar Transport vositalari Kompyuter va hisoblash texnikasi Boshqa asosiy vositalar Ko‘p yillik daraxtlar Ishchi va mahsuldor hayvonlar Mebel va ofis jihozlari Konservatsiyalangan asosiy vositalar Asosiy vositalar Bino va inshootlar Uskuna va jihozlar Yer uchaskalarii Transport vositalari Asbob, uskuna va jihozlar Kompyuter va hisoblash texnikasi Boshqa asosiy vositalar PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com moddalarni bir obyektdan boshqa obyektga yetkazib berishga xizmat qiladigan, energiya va axborotlarni yetkazishda tugallangan funktsional qurilmalar (elektr uzatish yo‘llari, quvur yo‘llari, issiqlik va gaz tarmog‘i hamda boshqalar) tan olinadi. Mashina va uskunalar o‘z navbatida, kuch mashina va uskunalari, ish mashina va uskunalari, o‘lchov va rostlash asboblari, kompyuterlar va hisoblash texnikalari hamda boshqa mashina va uskunalar guruhlaridan tarkib topadi. Kuch mashina va uskunalari sifatida elektr va issiqlik quvvatlarini ishlab chiqaradigan yoki turli ko‘rinishdagi quvvat (energiya)ni mexanik harakat quvvatiga aylantirib beradigan generator-mashinalar, dvigatel mashinalar (qozonxonalar, bug‘ dvigatellari, turbinalar, kuch transformatorlari va boshqalar) hisobda aks ettiriladi. Ish mashinalari va uskunalari ishlov beriladigan mehnat buyumlari va vositalariga mexanik, termik, kimyoviy yoki boshqa yo‘sinda texnologik ta’sir ko‘rsatishga, ularni ishlab chiqarish jarayonida qo‘zg‘atish, qazib olish, eritish, tayyorlashga xizmat qiladigan qurilmalar (dastgohlar, tsex uskunalari, kompressorlar, nasoslar, elektr va gaz payvandlagichlar, apparatlar, agregatlar)dir. O‘lchov va rostlash asboblari foydalaniladigan texnik ishlardagi turli parametr (ko‘rsatkich)larni o‘lchash, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar sifatini tekshirish, namlik darajasi, shovqin ta’siri va boshqalarni o‘lchashda ishlatiladi. Ularga manometrlar, tarozilar, mikroskoplar, dispetcherlik nazorati va boshqalar kiradi. Mebel va ofis jixozlari - idora (ofis) ishlarini va xo‘jalikni yuritishda zarur bo‘lgan idoragi divan, kravat va boshqalardir. Kompyuter uskunalari va hisoblash texnikasi ma’lumotlarni elektron hisoblash mashinalarida qayta ishlash, saqlash, uzatish, o‘zgartirishga mo‘ljallangan vositalar bo‘lib, ular kompyuterlar, printerlar, nusxa ko‘chirish vositalari, yozuv mashinalari va boshqa kompyuter vositalari hisoblanadi; Transport vositalari - kishilarni hamda yuklarni va turli maqsadlardagi buyumlarni tashishga mo‘ljallangan harakat vositalari: temir yo‘l, suv, havo transporti harakati tarkibi, shahar transporti harakati tarkibi (metropoliten vagonlari, tramvay), avtomobil, kommunal transporti va muhim neft quvur yo‘llaridir. Ishchi hayvonlarga har bir yetilgan ot, ho‘kiz, tuya, bug‘ular, mahsuldor hayvonlarga esa sigir, buqa, qo‘y, qo‘chqor, echki, cho‘chqa kabilar kiritilib, har biri alohida inventar obyekti sifatida hisobda aks ettiriladi. Ko‘p yillik daraxtlar alohida xiyobon, park, bog‘dagi miqdori va yoshidan qat’i nazar ekilgan daraxtlar guruhi hisoblanib, ular ikkiga: mevali va manzarali daraxtlarga guruhlanadi . Boshqa asosiy vositalarga kutubxona fondlari, musiqa asboblari, sport inventarlari va boshqalar kiradi. Konservatsiyalangan asosiy vositalar - hukumat idoralarining qarorlari asosida zaxiraga o‘tkazilgan va konservatsiyalangan asosiy vositalar. Qurilishi tugallanmagan obyektlarni va asosiy fondlarni konservatsiyalash va konservatsiyalashdan chiqarish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-avgustdagi 397-son maxsus qarori bilan tasdiqlangan. Asosiy vositalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga bo‘linadi. Ishlab chiqarish asosiy vositalari bo‘lib ijtimoiy-ishlab chiqarish munosabatlari bo‘yicha subyektning ustavida belgilangan vazifalarni bajarishda ko‘p marotaba ishlatiladigan mulkning bir qismi hisoblanadi. «Ishlab chiqarish» atamasining ishlatilishi ushbu guruh aktivlarsiz tijorat va notijorat korxonalari uchun har qanday turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki xizmatlarni ko‘rsatishning umuman imkoniyati yo‘qligi holatini tasdiqlaydi. Noishlab chiqarish asosiy vositalari deganda tarmoqlarning noishlab chiqarish sohalari (uy-joy-kommunal xo‘jaliklarida, maktabgacha bolalar, tibbiyot, sog‘lomlashtirish, madaniyat muassasalari va hokazolar)da foydalaniladigan aktivlar guruhlari tushuniladi. Obyektlardan foydalanish darajasiga muvofiq ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatida asosiy vositalar turkumlarga ajratilishini quyidagi rasm orqali ko‘rib chiqamiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling