Дарслик мбх doc
Download 356.05 Kb. Pdf ko'rish
|
11-MAVZU ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI (1)
Asosiy vositalar – quyidagilar uchun mo‘ljallangan moddiy aktivlardir:
54 a) mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki yetkazib berish, yoki xizmatlarni ko‘rsatish, yoki boshqa tomonlarga ijaraga berish, yoki ma’muriy maqsadlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan; b) bir davrdan uzoqroq muddat davomida foydalanilishi kutilgan. Asosiy vositalar ishlab chiqarishning moddiy qismining asosini tashkil etadi. Mehnat qurollari sifatida foydalanishga qabul qilinib, ular xomashyo va materiallar bilan ish kuchini birlashtirib yangi qiymat yaratiladigan ishlab chiqarish jarayonini ishlashini ta’minlaydi. Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida o‘zini moddiy shaklini saqlab qolishi bilan tavsiflanadi. «Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMSning 7-bandiga asosan, asosiy vositalar- xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan uzoq (bir yildan ortiq) muddat davomida xo‘jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlardir. 55 Asosiy vositalar – kompaniyaning uzoq muddatli mol-mulki bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish maqsadida 54 International Accounting Standard 16 Property, Plant and Equipment. IFRS 2016. 55 O‘zR 5-son BHMS “Asosiy vositalar” O‘zR AV 20.01.2004 y. 1299-son bilan ro‘yhatga olingan. 3-band, a-qismi foydalanadigan moddiy aktivlardir. 56 Asosiy vositalar ko‘p hollarda korxona aktivlarini asosiy qismini tashkil qiladi va shuning uchun moliyaviy hisobotda uning moliyaviy holatini ko‘rsatishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Agar korxonaga kelgusida aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy foyda kelib tushishiga ishonch bo‘lsa va aktiv qiymatini aniq baholash mumkin bo‘lsa, asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinadi. Asosiy vositalar obyektlarini tan olishning birinchi shartiga mos kelishini aniqlashda korxona boshlang‘ich tan olish vaqtida mavjud bo‘lgan faktlarga asoslanib kelgusida iqtisodiy foyda olinishi mumkin bo‘lgan ehtimollik darajasini baholashi kerak. Bu korxonani olingan aktivlarga egalik qilish, foydalanish va farmoyish berish bilan bog‘liq kelgusidagi barcha mukofotlar o‘ziga tegishli ekanliligiga va u ushbu aktivga egalik qilish bilan bog‘liq barcha xavfni o‘ziga olishiga ishonchi komil bo‘lishi kerakligini bildiradi. Ushbu iqtisodiy foydani olishga yetarli ehtimoli mavjud bo‘lishi korxona aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy foydani olishi va tegishli xavfni o‘ziga olishiga nisbatan aniqlashni talab qiladi. Bunday aniqlash odatda iqtisodiy foyda va xavf to‘liq ravishda korxonaga o‘tganda mavjud bo‘ladi. Asosiy vositalarni tan olishning yuqorida keltirilgan ikkinchi sharti amaliyotda buxgalteriya hisobini yengil qanoatlantiradi, chunki aktivni sotib olish to‘g‘risida guvohlik beruvchi ayirboshlash operatsiyalari natijasida uning qiymati aniqlanadi. Bunda, agar aktiv korxonaning o‘zining kuchi bilan yaratilgan bo‘lsa, u holda uning ishonchli baholanishi tashqi tomonlar bilan materiallarni xarid qilish bilan bog‘liq operatsiyalarga, ish kuchiga haq to‘lash va asosiy vositalarni barpo etish (qurish) jarayonidagi boshqa xarajatlarga asoslanib amalga oshirilishi mumkin. Agar mol-mulk ishlab chiqaruvchi korxonaning omborida tayyor mahsulot sifatida saqlanayotgan bo‘lsa, u asosiy vositalarga tegishli bo‘lgan belgilarga javob bersa ham asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi. Masalan, avtomobil zavodining tayyor mahsulot omboridagi avtomobil uning tayyor mahsuloti bo‘lib hisoblanadi va aylanma mablag‘lar tarkibida hisobga olinadi, lekin sotilgandan keyin ular 56 Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren,James M.Reeve,Jonathan E.Duchac, 818-page xaridorda asosiy vositalar obyekti bo‘lib hisoblanadi. Avtomobil zavodida avtomobillar o‘zining xo‘jalik zaruriyatlari uchun ishlatilishi rad etilmaydi. Bu holda ular kerakli ma’muriy va hisob jarayonlari tugagandan keyin tayyor mahsulotlardan xususiy asosiy vositalar tarkibiga o‘tkaziladi. Asosiy vositalar tarkibiga o‘rnatish (yirik hajmli yig‘ish) hali boshlanmagan yoki tugallanmagan asbob-uskunalar, shuningdek tugallanmagan qurilish obyektlari, boshqa kapital va moliyaviy qo‘yilmalar qo‘shilmaydi. Asosiy vositalarga imoratlar, inshootlar, o‘tkazuvchi moslamalar, mashina va uskunalar, transport vositalari, o‘lchov asboblari, hisoblash texnikasi, ishchi va mahsuldor hayvonlar, ko‘p yillik daraxtlar, yerning meliorativ holatini yaxshilash uchun sarf qilingan kapital qo‘yilmalar va boshqalar kiradi. O‘z navbatida, ko‘p yillik daraxtlar (mevali va manzarali), mahsuldor hayvonlar, kutubxona fondlari, qishloq xo‘jaligining oddiy texnikalari xizmat muddati va qiymatidan qat’i nazar asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi. Shu bilan birgalikda, yer ham asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadi. Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi: a) bir yildan ortiq xizmat qilish muddati; b) bir birlik (to‘plam) uchun qiymati O‘zbekiston Respublikasida (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo‘lgan buyumlar 57 . Download 356.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling