Ijodkor ruhiyati murakkab olam


Download 19.04 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi19.04 Kb.
#1338786
Bog'liq
Ijodkor ruhiyati - murakkab olam


Ijodkor ruhiyati - murakkab olam


Har bir davrda mualliflar oʻz asarlarida qahramonini turli qiyofada gavdalantirib kelganlar. Barcha san’at turlarida ruhiyatinng betakror, tizginsiz, joʻshqin va tushkin iztiroblarini tasvirlash ijodkorning asl maqsadiga aylanadi. O’z san’at asarlarida insonning qalb iztiroblari, orzu-armonlari tasvirlanadi. Xoʻsh, ijodkor kim oʻzi? Ijodkor – rassom, ijodkor – haykaltarosh, ijodkor – bastakor, ijodkor – yozuvchi… Ular inson ruhiyatidagi kishi ilgʻamas his-tuygʻularni, dard, iztirob, quvonch va baxtni nozik tasvirlar orqali ifodalovchi sanʼatkorlardir.
Ijodkor ahli tafakkur, aql, kuchli ruhiy taassurot asosida hayot haqidagi xulosalarni bizga qaysidir shaklda uzatadi. Shuning uchun har bir tirik asarga ijodkorning dunyoqarashi, ruhiy quvvati singib ketadi. Hamma narsa shaxsning imkoniyatlarini amalga oshirish uchun atrof-muhit qanday imkoniyatlar bera olishiga bogʻliq. Albatta, ijodkor uchun ham ijodiy erkinlik muhim masalalardan biri sanaladi. “Ijod uchun birlamchi navbatda zarur boʻlgan narsa erkinlikdir. Erkinlik boʻlmasa, har qanday isteʼdod ham juda tez soʻnib qolishi mumkin”, deb taʼkidlaydi adabiyotshunos Ozod Sharafiddinov. Yozuvchi oʻz ijodi davomida insonning eng oliy tuygʻularini, uning ruhiyati, hayot soʻqmoqlaridagi qiyinchiliklarni yenga olish xususiyatlariga ega boʻlishi lozim. Har qanday iqtidor egasi ham ijodiy erkinlikka ega boʻlsagina, yangicha bir kashfiyotlar yaratishi mumkin yoki oʻz iqtidorini toʻla-toʻkis koʻrsata oladi. Kishi ongida, dunyoqarashida tutqunlik boʻlar ekan, oʻz hayotida va turmush tarzida aslo ijodiy oʻzgarishlar boʻlmaydi. Bunday insonlar nurli, yuksak choʻqqilarga koʻtarila olmaydi, balki yanada tubanlik va zulmat qaʼriga singib ketadilar. Qalbida insoniy tuygʻular soʻnib, shaytoniy tuygʻularga berilishadi. Bunday hodisa nafaqat bir inson, balki butun bir jamiyat uchun ham zararlidir.
Badiiyat olamining gultoji bo’lgan so’z san’ati – adabiyotda ham ijodkorning ruhiyatini tadqiq etish juda murakkab jarayondir. Yuqorida ham ta’kidlab o’tganimizdek, ijodkorning ruhiy olami va bu olam evolyutsiyasi tug’ilajak asar uchun hech shubhasiz, “doya”lik vazifasini bajaradi. Bilamizki, onadagi yoki otadagi belgilar farzandlarga ko’chadi. Xuddi shunday yozuvchi ong oqimida mavjud ijobiy yoki salbiy xotiralar uning “farzand”i bo’lgan asarlarida bo’y ko’rsatadi. Adabiyot olamida har bir asarda ma’lum miqdorda, ijodkor meni yotadi. Bu esa dunyoga kelayotgan asarga yozuvchining tarjimayi holi ham ma’lum miqdorda qorishib ketishini ko’rsatadi. Aytaylik, Abdulla Qodiriy asarlarining bosh qahramonlari bo’lgan Otabek yoki Anvarda har bir kitobxon oz bo’lsada Qodiriy siymosini ko’rgandek bo’lishi tabiiy. Memuar (esdalik) asarlarda bu hol yanada aniqroq ko’rinib turadi. Jumladan, Oybekning “Bolalik” yoki Abdulla Qahhorning “O’tmishdan ertaklar” asarlarida mualliflarning bolalik xotiralari asosida yozilgan va bu psixologik evolyutsiya juda pishiq badiiy asarlarning dunyo yuzini ko’rishiga sabab bo’lgan bo’lsa ne ajab. Yozuvchi asarlari badiiyatini tadqiq qilar ekansiz, uni ijodkor tarjimayi holi bilan birga analiz qiladigan bo’lsak, qaysidir o’xshashliklar ko’zga ko’rinishi mumkin. Bu jihatdan ijodkorning psixologik evolyutsiyasini o’rganish muhim badiiy jarayon ekanligini bilib olishimiz mumkin. Dardi yo’q inson tanbur chalishi qiyin bo’lgani kabi, ijodkor ruhiyatida yozayotgan asariga monand kayfiyat bo’lmasa, uning ijod mahsuli pishiq chiqmasligi muqarrar. Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek o’zining “Navoiy” romanini yozishga tayyorgarlik jarayonini shunday xotirlaydi: “Mening stolim ustida o’rta asrlardagi Hirotning o’zim chizgan xaritasi yotardi. Men Hirotda uyqu og’ushiga ketib, Hirotda uyg’onar edim, faqat kechalarigina men yashayotgan Toshkent tushimga kirardi". Ana ko’rdingizmi asar yaratishda ijodkor psixologizmi qay darajada muhim. Oybekning psixologik mahorati “Navoiy” romanining muvaffaqiyati uchun kalit bo’lgani, shubhasiz.
Xulosa o’rnida aytishimiz mumkinki, har qanday shoh asar yozuvchining murakkab ruhiy evolyutsiyasining mahsulidir va bu evolyutsiya o’zining juda chuqur tadqiqini har doim talab etadi. 
Download 19.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling