6-amaliy mashg`ulot Mavzu: U. Normatovning “Ijod sehri”, “Ijodkorning haroratli so‘zi” kitoblari tahlili Mashg`ulotni uyushtirish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar


Download 34.36 Kb.
bet1/3
Sana08.11.2023
Hajmi34.36 Kb.
#1757121
  1   2   3
Bog'liq
7-amaliy (2)


6-amaliy mashg`ulot


Mavzu: U.Normatovning “Ijod sehri”, “Ijodkorning haroratli so‘zi” kitoblari tahlili


Mashg`ulotni uyushtirish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar:
1. Munaqqid asarlari bibliografiyasini tuzing.
2.Munaqqidning hozirgi adabiy jarayon va nasr muammolariga bag`ishlangan maqolarini diqqat bilan o’qib chiqing va eng muhim jihatlarini belgilang.
3. Qo’shimcha materiallar asosida munaqqid faoliyatining etakchi tamoyillarini belgilang va grafik organayzerlar orqali ifodalang.


Mashg`ulot rejasi:


1.Umarali Normatov hozirjavob munaqqid sifatida.
2. Umarali Normatov ijodida nasr muammolari.
4. Munaqqid ijodida adabiy jarayon muammolari.
5. Adabiy tanqid janrlari rivojida munaqqidning hissasi (Bibliografik jadval)

1-ilova




U.Normatov ijodi bo’yicha “Bibliografik jadval”





Asar nomi

Nashr etilgan yili

Kitoblari

1







2

















Mashg`ulotga tayyorgarlik uchun qo’shicha materiallar
YaNGI ASR ODAMLARI
O’tgan asr 70-yillari milliy nasrimiz maydonida bir qator yangi nomlar paydo bo’ldi: Tog`ay Murod, Murod Muhammad Do’st, Xayriddin Sultonovlardan iborat navqiron avlod adabiy jarayonga o’zgacha bir to’lqin, ruh baxsh etdi, “adabiy aholi” safiga o’nlab betakror tirik odamlar obrazini olib kirdi. Ular safida qirq yildan beri charx avzoiga qarab ikkilanmay, og`ishmay, tovlanmasdan o’zligiga, hayotiy, ijodiy tutumiga sodiq qolib kelayotgan Erkin A’zam ham bor. Erkinning “Chiroqlar o’chmagan kecha”, “Otoyining tug`ilgan yili”, “Anoyining jaydari olmasi”, “Bayramdan boshqa kunlar”, “Olam yam-yashil”, “Javob”, “Pakananing oshiq ko’ngli”, “Shoirning to’yi” kabi latif lirizm, ajib serzavq yumor, g`aroyib diltortar kinoya, piching, istehzolar bilan yo’g`rilgan hikoya, qissalari milliy adabiy tafakkurimizning uzviy qismi, betakror namunalari sifatida adabiyotimizda o’ziga xos hodisa bo’ldi, adabiy-ilmiy jamoatchilik tomonidan e’tirof etildi.
Muayyan tanaffusdan keyin “roppa-rosa bir yillik izlanishlar mahsuli” bo’lgan “Jannat o’zi qaydadir” deb atalgan kitobini varaqlaganda, bir tomondan, talabalik yillaridan biz bilgan, bugun 60 yosh bo’sag`asida, sochiga oq oralagan chog`ida ham yoshlikka xos o’sha zavqu shavq, ham achchiq, ham sho’x-shodon tabassumini yo’qotmagan, ayni paytda hayotda, ijtimoiy faoliyatda, badiiy ijodda katta tajriba to’plagan etuk qalam sohibi qiyofasi shundoqqina ko’z oldingizda namoyon bo’ladi.
Erkin ayrim ijodkorlar kabi aytadigan gapi “hikoya” yoki “qissa” janri qobig`iga sig`may qolgani uchun o’zini “roman”ga urmadi, hamon hikoya va qissanavisligicha qoldi. Kitobdan joy olgan “Yozuvchi” va “Aralashqo’rg`on” hikoyalari bu ixcham janrda ham romanga tatigulik odamlar qismati, dardi-dunyosini ifodalash mumkin ekanlinini tasdiqlab turibdi. To’plamga “Tafakkur” jurnaliga peshlavha tariqasida yozilgan jurnalxonlar e’tiborini qozongan publististik miniatyuralari ham kiritilgan. Ayni muxtasar hikoya namunalarini eslatadigan bu tur asarlarida ham ko’rimli manzaralar orqali ko’lamli fikr-mulohazalar ilgari surilgan.
Muallifning so’nggi yillar ijodida yangilik bo’lgan drama va kinosstenariya janri namunalariga kelsak, bu borada ham o’sha biz bilgan Erkinjon bari bir o’zligiga sodiq qoldi, chunonchi, “Suv yoqalab”, “Zabarjad” asarlari “kinoqissa” deb yuritilgan, “Jannat o’zi qaydadir” esa “dramatik qissa” deb atalgan; “Suv yoqalab”, “Zabarjad”, “Jannat o’zi qaydadir” asosida ajoyib filmlar yaratildi, ammo uchala asar ham ayni paytda etuk qissa namunasi tarzida shavq bilan o’qiladi. Adibning dilbar lirik talqinlari, latif yumori, kinoya-kesatiqlari esa avvalgilariga ko’ra kengroq, teranroq badiiy, ijtimoiy-falsafiy ko’lam kasb etadi. Kitobga kirgan asarlarning deyarli hammasi ayni shu kunlarimiz, shu kungi odamlarning – zamondoshlarning qismati, dardi-dunyosi, ularni qiynayotgan hayot, turmush muammolari ustida bahs etadi. Bir tizimdan ikkinchi bir tizimga o’tish davri zamondoshlar tabiatida, qarashlarida, qismatida, ruhiyatida yuz berayotgan evrilish, o’zgarishlar jamiki ziddiyatlari, musbat va manfiy tomonlari, dolg`alari va og`riqlari bilan ko’z oldingizda baralla gavdalanadi. Kitobda qad rostlagan odamlarni xayolan bir safga tizib chiqsangiz, go’yo mohir rassom chizgan portretlar galereyasi birma-bir ko’z oldingizdan o’tadi, poytaxt fuqarolaridan tortib olis tog` qishlog`i odamlari – fan, ta’lim sohasi xodimlari, rahbar-arbob, yozuvchi, jurnalist, sho’rodan qolgan odamlar, oddiy uy bekasidan tortib bozor munosabatlari asnosida shakllanayotgan jahongashta biznesmenlar... O’nlab, balki, yuzlab bir-birini aslo takrorlamaydigan tirik odamlar – adabiy personajlar... Kitobda qimirlagan jon borki, har birining o’z tabiati, tabiatiga yarasha o’z qarashi, manfaati, dardi-dunyosi, qismati bor. Yozuvchining o’zi e’tirof etganidek, kitob qahramonlari orasida yaxshisi ham bor, yomoni ham bor. Qolaversa, “yaxshi” deganimizning osiy banda sifatida ojiz tomoni, “yomon”larning esa lop etib ijobiy fazilatlari ham ko’zga tashlanadi. Darvoqe, o’zimiz shunday emasmizmi? Begunoh farishta bo’lganimizda osmonlarda parvoz qilib yurmasmidik... “Gunohkor”lar ham Allohning bandasi, payti kelib qalbi tubida cho’kib yotgan chin insoniy tuyg`ulari birdan yuzaga chiqsa ne ajab! Kitobda ayni shu mangu haqiqatni tasdiqlaydigan o’nlab alomat hayotiy lavhalar bor.
Ilk bor “O’zAS”ning ikki sonida e’lon etilishi bilanoq el og`ziga tushgan, ijobiy ma’noda shov-shuvlarga asos bo’lgan “Yozuvchi” qahramoni garchi o’rtamiyona qalamkash bo’lsa-da, aslida adabiyot maydonida ot surib yurgan dongdor otaxonu akaxonlarning ko’pchiligiga nisbatan asl adabiyotga yaqinroq, hatto uning sodiq fuqarosi; bugina emas, jafokash fidoyisi, muhimi, u yolg`onni yozmaydi, g`irromlikni bilmaydi. O’lgudek tortinchoq, xoksor ligi tufayli ko’zga ko’rinmaydi. Butun umri o’z asarini, o’zligini namoyon etolmay, o’zgalar xizmati, o’zgalarni yuzaga chiqarish bilan o’tadi. Uning noyob iste’dodi – zahmatlari tufayli so’z san’ati dargohiga aloqasi yo’q qanchadan-qancha kimsalarning chalakam-chatti chizmalari kitob holiga kelib, chop etilib, dovruq qozonadi. Hikoyani o’qir ekansiz bu foniy dunyoning ulkan bir haqiqati – adolatiga tan berasiz: o’zgalarning mehnati, zahmati tufayli topilgan soxta shuhrat, obro’-e’tibor – barcha-barchasi o’tkinchi, yuzaga chiqmay qolib ketgan ma’naviy bisot esa adabiy maftunkor tuyg`u sifatida ardoqli. Qarangki, bir sofdil, bechorahol qalamkash qora mehnati zahmatlari evaziga kitoblar chiqarib, dovruq qozongan arbob umri poyonida bu xil qilmish-qidirmish g`irt bema’nilik, olg`irlik, gunohi azim ekaniga iqror bo’ladi. U afsus-nadomat bilan: “Mehnatni siz qildingiz-ku! Shuni bilmay men bir lodonu ovsarmidim? Nima zaril deng-a! Mana, hammaginasi qolib ketar ekan” deydi. Bir qarashda bechorahol, faqiru haqir, noshud-notavon, omadsiz, hatto asl nomi, ismi sharifi ham noma’lum, shunchaki kinoya aralash “domla”, “muharrir”, “yozuvchi” deb yuritilgan zot ayni o’sha abadiy maftunkor tuyg`u tajassumi sifatida qalbingizda qoladi; uning qora mehnati tufayli topilgan obro’ olg`irlarga yuqmaydi: uning sha’nini toptaganlar, uning g`aribona kulbasi – “bog`i eram”iga ko’z olaytirganlarni, oxir-oqibat qora er yutadi. Shu tariqa, boshdan-oyoq jo’shqin tabassum, kinoya-kesatiq, istehzo, ovsarona donishmandlik bilan yo’g`rilgan g`aroyib musiqiy kuy ezgulikning madhi, qabohatning inqirozi, inkori bo’lib yangraydi.
Chinakam san’at asari bamisoli qalb ko’zgusi – kitobxon unda o’zini, aniqrog`i, o’zining ojiz jihatlarini ko’radi, ko’rib andak xijolat tortadi. “Aralashqo’rg`on” ana shunday asarlar sirasidan. “Kattakonning kuchugi” kechayu kunduz akkillab qo’rg`on ahliga tinchlik bermaydi. Qo’rg`on ahli chora izlab, oxiri Kattakonga ochiq xat – iltimosnoma yozishga ahd qiladi; nihoyat, xat tayyor, ammo unga imzo chekishga kelganda do’kondor, daydi shopir, fan nomzodi, dostent, oqsoqol, muxbir – barchasi o’zini chetga oladi, chunki barchasining tili qisiq – Kattakon ularga o’tkazib qo’ygan... Biri-biridan kulgili lavhalar bilan tanishib, xandon otib kulasiz – ayni choqda beixtiyor ko’nglingizdan bir alamli savol o’tadi: “O’sha tanish odamlar o’rnida men bo’lsam nima qilardim?!” Bu savolga javob topolmay, o’ylanib qolasiz... Ana, asl san’at asarining sir-asrori, kuchi!
Kinoqissalarda hayot panoramasi, qamrovi yanada kengayadi. “Suv yoqalab” asarida oddiygina kundalik voqea qalamga olinadi – sobiq rais Bolta Mardon ikki o’g`lini yoniga olib suvga tashna qo’rg`onga suv keltiradi, shu jarayonda u bir qator hamqishloqlari bilan uchrashadi, gurunglashadi, kechmish xotiralari xayolidan o’tadi, zamon evrilishlari, hamqishloqlari qismati, tashvishlari, dardu dunyosi uni o’yga toldiradi. “Rais” deganda xayolimizga darhol “Sinchalak”dagi Qalandarov yoxud “Diyonat”dagi Otaqo’zi siymosi gavdalanadi. Bolta Mardon aslo ularga o’xshamaydi. U mansab-martaba tufayli aynigan, xaddidan oshgan qahramonlar toifasidan emas. Raislik lavozimida yurgan kezlari qo’lidan kelgancha odamlarga yaxshilik qilgan, hamisha adolat yo’lini tutgan, halolligi, qalb saxovati bilan odamlar mehrini qozongan. Lekin imkoniyat doirasidan tashqari chiqolmagan, shuncha yil rahbar bo’lib qishlog`iga ariq chiqarib suv keltirishga qurbi etmagan. Mana shu narsa armon bo’lib ko’nglini kemiradi. Odamlar ham uni yaxshi tushunishadi. Bugun ham hurmatini joyiga qo’yishadi. Biroq ayrim g`alamislar sharmsizlarcha uning “davri o’tganligi”ni yuziga solishganda, qalbida andak og`riq sezadi, ammo o’ziga emas, o’sha beyuz kimsalarning holiga achinadi. Ayniqsa, hamyurtlar orasida avj olgan nafs balosi, bu yo’lda o’zini har yoqqa urishlar, haddan oshishlar, axloq-odob doirasidan chetga chiqishlar qalbini o’rtaydi.
“Suv yoqalab” asnosida bu azamat donishmand oqsoqolning shaxsiy-intim hayoti bilan bog`liq nozik kechinma-tuyg`ulari ham namoyon bo’ladi. Bolta Mardonning tushda va o’ngda Sharofat bilan muloqotlariga oid lavhalar latif bir lirik tarzda ta’sirchan ifodalangan. Sharofatning baxtsiz kechmishi Bolta Mardonning qalbini o’rtaydi. Bir yostiqqa bosh qo’ygan ayoli yuvosh, yaxshi xotin, biri biridan shirin qiz, o’g`lonlar tug`ib katta qildi. O’zi undan biron yomonlik ko’rmadi, lekin ko’ngil qurg`ur he-ech... Demak, shoir aytmoqchi:

Download 34.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling