1. No’xat ahamiyati No’xat tarixi


Download 24.26 Kb.
Sana22.11.2023
Hajmi24.26 Kb.
#1793940
Bog'liq
No\'xat yetishtirish texnalogiyasi


Reja
1.No’xat ahamiyati
2.No’xat tarixi
3.Yetishtirish texnalogiyasi
Ahamiyati. No‘xat doni oziq-ovqatda ishlatiladi, undan har xil milliy taomlar tayyorlanadi va xashaki navlari mollarga yem bo‘ladi. No‘xat doni tarkibida 19-30% oqsil, 4-7% moy, 47-60% azotsiz ekstraktiv moddalar, 2,4-12,8% kletchatka, 0,2-4,0% kul va shuningdek, В vitamini hamda mineral tuzlar bo‘ladi. Oziq-ovqatda uning oqish tusli urug‘lari, mollarga esa qoramtir rangli urugMar ishlatiladi. Mollaming yemiga no‘xat doni qo'shilsa, uning hazm boMishi yengillashadi. Bug‘doy uniga 10-12% no‘xat uni qo‘shilsa, undan to‘yimli non yopilishi mumkin. No‘xatning poya va
192
barglarida dimon va boshqa organik kislotalar boMganligi tufayli mollar yaxshi yemaydi, faqat qo‘ylar yeydi. Ko‘katini boshqa oziqalarga qo‘shib mollarga berish mumkin.
TarixL No‘xat vatani Janubiy-G‘arbiy Osiyo. No‘xat Hindiston, Italiya, Gretsiya, Bolgariya, Misr, Jazoir, Marokko, Turkiya, Eronni katta maydonlarida yetishtiriladi. Hindistonda no‘xatdan organik kislotalar ishlab chiqiladi. OTta Osiyoda no‘xat qadimdan ekiladi. Yer yuzida 13,5 mln. ga, maydonga ekiladi, shu jumladan Hindistonda-9,6 mln.ga. 0 ‘rtacha don hosili-9,7 s/ga, yalpi hosil- 13,1 mln.tonna.
Toshkent davlat agrar universitetining 0 ‘simlikshunoslik kafedrasi va ICARJDA xalqaro tashkiloti olimlari hamkorlikda olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarida no‘xatni suvli yerlarda va kuzgi muddatda ekib yetishtirish texnologiyasi ishlab chiqildi va ishlab chiqarishda joriy etildi. Hosildorlik 2,5 t/ga dan 3,5 t/ga ni tashkil etdi.
Yetishtirish texnologiyasi
O'tmishdosh. No‘xat tuproqni azot bilan boyitadi, no‘xatdan keyin dala toza holatda qoladi. No'xat ekish uchun ham dala begona o'tlardan toza boMishi kerak. No‘xat uchun yaxshi o‘tmishdoshkuzgi donli ekinlar, poliz ekinlar, makkajo‘xori, kungaboqar, bir va ko‘p yillik o‘tlar. No‘xatdan keyin kartoshka, g‘o‘za, makkajo‘xori, boshoqli donli ekinlar ekish tavsiya etiladi. No'xatni no‘xatdan keyin ekish tavsiya etilmaydi, chunki kasallik va zarakunandalar ko‘payadi.
Oxirgi yillari no‘xat sug‘oriladigan sharoitda yetishtirilmoqda. Bunda no‘xat donli ekinlar va g‘o‘zadan keyin ekiladi.
No‘xat donli ekinlar uchun yaxshi o‘tmishdosh deb hisoblanadi. Bir gektarda no‘xat 40 kg/ga sof azot qoldiradi.
Yerga ishlov berish. Dala o‘simlik qoldiqiaridan tozalanadi, 200 kg ammofos va 100 kg kaliy o‘g‘iti solinadi. Yer 22-25 sm chuqurlikda shudgorlanadi. Bunda PD-3-35, PD-4-35, PYA-3-35 rusumli texnika qoMlaniladi. Kuzda ekish uchun dala tozalanadi, 2 marotaba chizel yurgiziladi 16-18 sm chuqurlikda, so‘ngra borona yurgiziladi. Bohorda ekish uchun erta bahorda 2 marotaba borona «zig-zag» yurgiziladi. Ekishdan oldin 16-18 sm chizel qilinadi va mola bosiladi.
Urug‘ni ekishga tayyorlash va ekish. Urug‘ Davlat andozasiga javob berishi lozim. Ekishdan oldin maxsus nitragin bilan urug‘ qoplanadi. Lalmi yerlarda no'xat erta bahorda (fevral-mart oylarida) ekiladi. Kuzda ekish ham mumkin. Ammo yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan yillari askoxitozdan ko‘p zararlanadi. No‘xat keng qatorlab,
qator orasi 45-60 sm yoki oddiy qatorlab, qator orasi 15 sm dan qilib ekish mumkin.
Ekish me’yori 0,5-0,8 mln. dona urug‘ yoki 40-100 kg ga ekiladi. Ekish chuqurligi ekish muddatiga, tuproqning mexanik tarkibiga qarab 4-7 sm bo‘ladi. Ekish uchun STX-4, SXU-4 yoki SPCH-6M seyalkalar qoMlanadi. Lalmi yerlarda SUB-48M rusumli donli seyalkalar ishlatiladi, qator orasi 45 va 60 sm boMadi. Keng qatorlab ekilganda 80-100 kg/ga urug‘ sarflanadi.
No‘xat unib chiqquncha va unib chiqqandan keyin qatqaloq va
ko‘karayotgan begona o‘tlarni yo‘qotish maqsadida yer bir-ikki
194
marta borona qilinadi. 0 ‘rmalovchi traktorga tirkalib qatorlami ko‘ndalang yoki “zig-zag” borona bilan diagonal bo‘ylab boronalash o‘simlikka deyarli zarar yetkazmaydi. No‘xat kunduz kuni o‘simlik so‘libroq turganda va mo‘rtligi kamayganda boronalanadi. Qator oralaridagi begona o‘tlar bir-ikki marta kultivatsiya qilib yo‘qotiladi, bunda kultivatorga o‘tkir charxlangan yassi kesuvchi panja va tig‘lar o‘rnatiladi.
Shartli sug‘oriladigan yerlarda qator oralariga ishlov berishdan tashqari gullab turgan va don yetilayotgan paytlarda 1-2 marta jo ‘yaklar orqali jildiratib sug‘oriladi. Sug'orish no‘xat hosildorligini ancha oshiradi.
Sug‘oriladigan sharoitda hosil ancha oshadi. Sug‘orish me’yori o‘rtacha 800 m3/ga. Hindistonda olib borilgan tajribalar bo‘yicha R.M. Shah, A.R. Pathak, I.A. Patel ma’lumotlariga ko‘ra, no‘xatning yangi ICCC-4 navidan lalmi yerlarda 12,5 s/ga, sug4orilganda 32,9 s/ga don olingan.
J.Xudayqulov ma’lumotiga ko‘ra, «Malhotra» navi Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqli sharoitida kuzgi mavsumda ekilib,
195
bahorgi mavsumda ikki marta sug‘orib yetishtirilganda no'xat hosili 35,7 s/ga ni tashkil etgan.
Dukkaklar to‘la pishib, doni qotganda no‘xat yig‘ishtirib olinadi. Hosil kunning ertalabki soatlarida yigMladi, bunda don kombaynlari ishlatiladi. No‘xat urug‘i don tozalaydigan mashinalarda tozalanib yopiq, quruq joylarda saqlanadi.
Kasallik va zurarkunandalar. Namlik ortiqcha bo'lgan sharoitda askoxitoz va fuzarioz bilan zararlanadi. Doniga donxo'r zarar keltiradi.
Download 24.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling