3- seminar mavzusi: Bolalarni kundalik hayotida jismoniy tarbiya bо‘yicha ishni tashkil etish Mashg’ulot rejasi


Download 42.5 Kb.
bet1/9
Sana24.03.2023
Hajmi42.5 Kb.
#1290700
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BJTNvT VI-SEM 3-SEMINAR (2)


3- Seminar mavzusi: Bolalarni kundalik hayotida jismoniy tarbiya bо‘yicha ishni tashkil etish


Mashg’ulot rejasi:

1.Ertalabki badantarbiY. Ertalabki badantarbiyani о‘tkazish sharoiti. Ertalabki badantarbiya uchun mashqlar tanlash metodikasi.


2.Jismoniy mashqlar bilan birga amalga oshiriladigan chiniqtirish tadbirlari.Havo vannalari, Suv tadbirlari, Quyosh vannalari.
3.Sayr vaqtidagi jismoniy mashqlar va harakatli о‘yinlar
4.Bolalar bilan yakka tartibda ish olib borish. Bolalarning mustaqil harakat faoliyati.Bolalarning faol dam olishi
Tayanch iboralar: ertalabki badantarbiya, badantarbiya uchun mashqlar, ertalabki badantarbiyani tashkil etish metodikasi,ritmik badantarbiya.
1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ertalabki badantarbiya
Ertalabki badantarbiya mashqlarining bu turlari shug‘ullanuvchilarni har tomonlama jismoniy kamolotga yetkazish, salomatligini mustahkamlash va harakat funksiyalarini takomillashtirish maqsadida qо‘llaniladi. har yoqlama yuksak jismoniy tayyorgarlik asosida ertalabki badantarbiya mashqlari kо‘p murakkab mashqlarini bajara bilishga erishishdan
Ertalabki badantarbiya amaliy mashqlarning bir kо‘rinishidir. Ertalabki badantarbiya yanada tezroq va tо‘la ravishda bolaning sog‘lig‘ini tiklash uchun qо‘llaniladi, yana jismoniy sifatlarni rivojlantirishda chidamlilikda qо‘llaniladi. Ertalabki mashqlarning vositalari - saflanish mashqlari, harakatlanishning va raqs qadamlarining xillari; umumiy ritmik mashqlarning buyumlarsiz va buyumlar bilan bajarilish turlari (tayoqlar, gantellar, arg‘imchoqlar, tо‘plar va boshqa).
Maktabgacha ta’lim muassasalarda ertalabki badantarbiya mashqlarining asosiy shakllari:
Ertalabki badantarbiya mashg‘ulotdan oldin о‘tkaziladi. Uning ahamyati: organizmni kun jarayoniga tayyorlashdir.
Ertalabki badantarbiya 7-15 daqiqa davom etadi. Badantarbiya mashqlari 5-7 ta mashg‘ulotdan iborat. Eng kо‘p og‘irlik mashg‘ulotlarning о‘rtasida о‘tkaziladi.
Turli yosh guruhlarida ertalabki mashqlar sog‘lomlashtirish va tarbiyaviy vazifalarni bajaradi. Kun tartibining ajralmas qismi bо‘lgan holda u har bir bola uchun majburiydir. Har kuni uyg‘ongach (5-7 daqiqadan sо‘ng) maxsus tanlangan 7-12 jismoniy mashqlar 10-15 daqiqa davomida organizm faoliyatini faollashtiradi, tananing tо‘g‘ri о‘sishidagi kо‘nikmalarga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. Ertalabki mashqlarda ishtirok etish bolalarda foydali bо‘lgan har kuni bajariladigan ertalabki jismoniy mashqlarni bajarishni ta’minlaydi.
Aqliy va jismoniy mehnatning ishlab chiqaruvchanlik darajasi birmuncha pasaygan bо‘ladi. Ertalabki jismoniy mashg‘ulotlarning ahamyati markaziy nerv sistemasiga kuchli analizatorlarnnng reseptorlarining signallari oqimi kelib tushadi, ayniqsa reseptorlardan, bu markaziy nerv tizimining tez kо‘zg‘alishiga va mehnatga yaroqliligi meyorini qayta tiklaydi.
Ertalabki mashqlar teri reseptorlarining sovuqqa va suv bilan bо‘ladigan ta’sirlari birgalikda о‘tkazilsa, nerv tizimining kо‘zg‘alish jarayoni tezroq yо‘lga qо‘yiladi. Tashqi muhitdagi ayrim hodisalarning ta’sirlari (suv jarayonlari, toza havo va quyoshning ta’siri) nerv tizimining kо‘zg‘alishi bilan bir qatorda organizmning chiniqishiga yordam beradi. Ertalabki jismoniy mashqlar gavdaning, mushak guruhlarining hamma qismlarini harakatga keltirish, qon aylanishining kuchayishiga yordam beradi. Yurak va о‘pka meyoriy faoliyatining qayta tiklanishi, odatdagi moddalar almashinuvi darajasini oshiradi. Kuchlarni, tezlikni va koordinatsiyalarni, harakatlanish apparatlari va ichki a’zolarning fiziologik vazifalarini markaziy nerv tizimi tomonidan doimiyligini yaxshilaydi, sistematik ravishdagi mushak mashqlari davomida rivojlanuvchi mushaklarning о‘ziga xos kimyoviy xususiyatlarini saqlab kolishga yordam beradi.
Mashqlar charchoq keltirib chiqarmasligi lozim. Shuning uchun asta-sekin sodda mashqlardan biroz murakkab mashqlarga о‘tish lozim, shu bilan bir qatorda, asta-sekinlik bilan organizmga kuchlanishni oshirib borish lozim. Kuchlanishlar mashqlarning qiyinlashuvi, kaytarilishlarning soni hisobiga, harakatlar tezlik darajasining oshishi va ayrim mashqlar orasidagi tо‘xtalishlarni kamaytirish hisobiga oshiriladi.

Download 42.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling