Ritmik badantarbiyaning vazifalari quyidagilarga qaratilgan:
- sog‘liqni har tomonlama saqlash va mustahkamlash, jismoniy rivojlanishni yaxshilash, chiniqtirish, organizmning tashqi muhitni noqulay bо‘lgan sharoitlariga chidamliligini oshirish;
- shaxsning ma’naviy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish, о‘z kuniga ishonchni tarbiyalash va ijodiy xususiyatlarini rivojlantirish;
- shug‘ullanuvchilar tomonidan jismoniy mashqlarni mustaqil qо‘llash uslubi va jismoniy tarbiya asoslari bо‘yicha ma’lum doiradagi bilimlarga ega bо‘lish;
- doimiy ravishdagi jismoniy mashqlar mashg‘ulotlariga barqaror qiziqish va odatlarni tarbiyalash, jismoniy tarbiyani kun tartibiga kiritish.
Ritmik badantarbiyaning xususiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
- egiluvchanlik, bо‘g‘inlarning harakatchanligini rivojlantirish;
- dinamik va statistik kuchlarni rivojlantirish;
- chidamlilikni tarbiyalash;
- harakatlarning tezligini va muvofikligini rivojlantirish;
-yurak-qon tomir va nafas olish organlari sistemasini rivojlantirish; - estetik tarbiya, harakatlar plastikasining rivojlanishi.
Ritmik badantarbiya guruhlarda shug‘ullanuvchilarning yaxshi jismoniy rivojlanganligi. Sog‘lig‘ining holati, birmuncha yuqori mehnatga yaroklilik darajasi va jismoniy og‘irliklarga moslasha olishligi bilan farq qiladi.
Mashqlarning mazmuni.Ritmik badantarbiyaning yig‘indilari anatomik belgilari bilan turkumlanadigan umumiy rivojlanuvchi qо‘l va yelka mashqlari, oyoqlar uchun mashqlar, gavda va bо‘yin uchun mashqlarni о‘z ichiga oladi.
Ma’lumki, harakatlarning xususiyatlari, u yoki bu mashqlarning ta’siridan kelib chiqqan holda xilma-xil jismoniy xususiyatlar rivojlanadi va mukammallashtiriladi. Shuning uchun mashqlardagi mо‘ljal, ya’ni yо‘nalish olishni tezlashtirish va ularning yig‘indisini tuzish, yanada tо‘g‘riroq tanlash uchun anatomik belgilariga qarab yig‘ilgan mashqlar guruhining har biri kо‘proq ta’sirga ega bо‘lgan xususiyatlarga qarab guruhlarga bо‘linadi: kuch ishlatish uchun mashqlar, egiluvchanlik uchun mashqlar, о‘z-о‘zini holi qо‘yish uchun mashqlar, harakatlarning koordinatsiyalarini va tezligini rivojlantirish uchun mashqlar, irodani sinash uchun mashqlar. Bel uchun mо‘ljallangan mashqlar alohida guruhlarga ajratiladi, qaysini ular mashg‘ulotlarning asosiy bо‘lishini, eng og‘ir qismini tashkil qiladi. Doimiylik xususiyatiga ega bо‘lgan mashqlar asosiy bо‘lib turibdi - yugurish, sakrash, raqs harakatlari va yana asabni boshqaruvchi mashqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |