3- seminar mavzusi: Bolalarni kundalik hayotida jismoniy tarbiya bо‘yicha ishni tashkil etish Mashg’ulot rejasi


Mashqlarni quyidagilarni inobatga olgan holda joylashtirish lozim


Download 42.5 Kb.
bet4/9
Sana24.03.2023
Hajmi42.5 Kb.
#1290700
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BJTNvT VI-SEM 3-SEMINAR (2)

Mashqlarni quyidagilarni inobatga olgan holda joylashtirish lozim:
a) mashqlarni yengil yurishdan boshlab, yengil yugurishga о‘tkazish lozim, yurish va yugurish jarayonida gavdaning tikligiga e’tibor qaratish zarur. Boshni tо‘g‘ri tutish kerak, mashqlar majmui gavdaning tо‘g‘ri turishini, his etish uchun zarur bulgan maxsus mashqlarni bajarishdan boshlanadi;
v) umumiy ta’sirdagi 2-3ta mashqlarni bajarish lozim. Bu odatda, sodda, kam foydali mashqlar sanaladi. Ular yurak-qon tomirlari faoliyatini, nafas olish sistemasini va almashinish jarayonlarini faollashtiradi;
g) keyin esa qо‘l, mushaklar, yelka, gavda, oyoklar uchun mashqlar bajariladi. Bu vaqtda gavdaning har bir qismi birin-ketin qо‘shilishi lozim. Mashqlarning bajarilishi keyingi qismlarda oshib boradi, ishga mushaklarning har xil guruhlari qо‘shiladi. Gavda uchun mashqlar (egilishlar, burilishlar) qorin mushaklarini mustahkamlaydi, umurtqa pogonasining harakatchanligini qо‘llab-quvvatlaydi va rivojlantiradi;
d) sо‘ng kuch ishlatuvchi xususiyatga ega bо‘lgan 2-3ta mashqlar gavdaning barcha qismlari (qо‘l, qorin mushaklari va tana) bilan bajariladi. Faol mushak qizigandan sо‘ng mushaklarning dam olishi uchun 1-2 ta mashqlarni bajarish lozim;
ye)undan keyin sakrash mashqlariga о‘tiladi. Ular oyoq mushaklarini mustahkamlaydi. Sakragandan sо‘ng, albatta, mashqni kamaytirgan holda yurishga о‘tish lozim.1-2ta nafas olish mashqlari organizmni yanada tinch holga qaytishiga imkon beradi;
j) mashqlar majmui gavdani tо‘g‘ri sezish mashqlarini bajarish bilan yakunlanadi.
Badantarbiya mashqlarning harakteristikasi. Safda turib bajariladigan mashqlar bu qiyin bо‘lmagan harakatlantiruvchi mashqlardir.
1. Umumrivojlantiruvchi mashq (ertalabki badantarbiyadan mashqlarning xamma turlarida keng foydalaniladi. Bu unchalik qiyin bо‘lmagan harakatiga keltiruvchi mashqlar sanaladi), ya’ni turli mushaklar guruhini jismoniy layoqatini yanada mustahkamlash, elementlar, harakatga keltiruvchi kо‘nikmani qо‘lga kiritish, predmetlar bilan ishlash, umumiy jismoniy tayyorgarlikni rivojlantirish maqsadida bajariluvchi mashqlar sanaladi.
2. Badantarbiya qо‘shimcha mashq va kо‘nikmani atrof-muhit bilan uzviy bog‘lovchi vositadir.
3. Erkin mashq ertalabki badantarbiya mashqlarining bir turi bо‘lib, chidamlilikni oshirish va rivojlantirishga yunaltiriladi.
4. Badiiy ertalabki badantarbiya mashqlari.

Download 42.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling