3- seminar mavzusi: Bolalarni kundalik hayotida jismoniy tarbiya bо‘yicha ishni tashkil etish Mashg’ulot rejasi


Download 42.5 Kb.
bet6/9
Sana24.03.2023
Hajmi42.5 Kb.
#1290700
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BJTNvT VI-SEM 3-SEMINAR (2)

Quyosh vannalari. Quyosh bola organizmiga yaxshi ta’sir kо‘rsatib, uning umumiy holatini mustahkamlaydi, moddalar almashinishi jarayonlarini yaxshilaydi. Ayniqsa, bakteritsid (bakteriyalarning rivojlanishini tо‘xtatadi), antiraxit (nerv tizimining faoliyatini yaxshilaydi, modda almashinish jarayonini kuchaytiradi, suyak mushak tizimini mustahkamlaydi), shuningdek, quyosh nurlaridagi eritem (qon oqimini kо‘chaytiradigan va terini qizartirib, badanning qorayishiga olib keladigan) ta’sirga ega bо‘lgan ultrabinafsha nurlari juda foydalidir.
Dastlab, quyoshda kо‘pi bilan 5-6 daqiqa toblanish lozim. Bu muddat har kuni 5-6 daqiqadan oshira boriladi va, nihoyat, 1 soatga yetkaziladi.
Bola oftobda boshiga sochiq yopib yoki panamka kiyib yotishi, har 2-2,5 daqiqada qorindan yon tomonga, sо‘ngra orqasiga, keyin boshqa yon tomonga ag‘darilib turishi lozim. Quyosh vannasidan sо‘ng soyada 15-20 daqiqa dam olish, ustdan suv quyish, suv havzasida 5-10 daqiqa chо‘milish mumkin.
Oftobda ertalab soat 8dan 11gacha va kunduzi soat 16dan 18gacha toblanish foydalidir. Bu paytda quyoshning ultrabinafsha nurlari kо‘p bо‘lib, bu nur raxitning oldini oladi. Infraqizil nurlari esa tanani qizdirib yuborib, zarar keltirishi mumkin.
Quyosh vannasidan meyorida foydalanmaslik tufayli bolalarda salbiy holatlar (qо‘zg‘alish va uyquning buzilishi, tomirlarning keskin kengayishi, qon tarkibining yomonlashuvi va boshqalar) yuz berishi mumkin. Shuning uchun bolalar ta’lim tashkilotlarida quyosh vannalari faqat shifokor tavsiyasiga kо‘ra, bolalarning yakka xususiyatlarini hisobga olgan holda о‘tkazilishi zarur. Bolalarni muntazam holda chiniqtirishni ilk yoshdan boshlanish lozim, shundagina bolalarda chiniqish kо‘nikmalarini tarbiyalash mumkin bо‘ladi.


3.Sayrda о‘tkaziladigan jismoniy mashqlar va harakatli о‘yinlar

Harakatli о‘yinlar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning asosiy harakat faoliyati, shuningdek, jismoniy mashqlar sifatida tarbiyachi tomonidan kunning turli vaqtida, har bir yosh guruhi kun tartibiga muvofiq: ertalab tushda va kechki sayr paytida rejalashtiriladi. Tarbiyachi о‘yinlarni taqsimlashda harakat kо‘nikmalarining takomillashuviga xizmat qiluvchi harakat mazmunining rang-barangligi, zarur takroriylik, murakkablashuvni kо‘zda tutadi. Bu tashqi muhit sharoitini hisobga olish va aniq vaziyatda о‘zini tutishni tarbiyalash uchun muhimdir. Tarbiyachi bolalar faoliyati harakterini kuzatib borib, ularga turli mazmundagi va harakat darajasidagi о‘yinlarni taklif etadi, shu asnoda ularning harakat faolligini boshkaradi: birining harakatini kuchaytiradi, ikkinchisinikini bir oz cheklaydi va kerakligicha dam olishini ta’minlaydi.


Harakatli о‘yinlar va mashqlarni о‘tkazishni rejalashtirishda yil fasli va ob-havo holati ham hisobga olinadi. Faol harakatli о‘yinlar sovuq havoda о‘rtacha harakat harakteridagi faoliyat turlari bilan almashtirib turiladi. Harakat faoliyati harakteri va sur’atini almashtirib turish bolalar uchun dam olish imkonini yaratadi va sovuq qotishning ham, issiqlab ketishning ham oldini oladi. Bolalarning qish faslida ochiq havodagi mazmunli faoliyati chiniqishlarga yordam beradi, organizmning sog‘lomlashuviga yaxshi ta’sir etadi.
Yozda bolalar hayoti, asosan, ochiq havoda kechadigan paytlarda kiyim-boshlar ham yengillashtiriladi va turli harakatlar bolalar sog‘lig‘ini yaxshilaydi, ularda hayotiy zavq uyg‘otadi.
Yoz paytida harakat kо‘nikmalari va jismoniy sifatlarni takomillashtiruvchi qoidali о‘yinlardan keng foydalaniladi.
Barcha yosh guruhlarining maydonchalari dasturda kо‘rsatilgan yirik jismoniy jihozlar bilan ta’minlangan bо‘lishi va ulardan bolalarning tirmashib chiqish, oshib о‘tish, emaklab о‘tish, sakrash, uloqtirish harakatlari, muvozanat mashqlari, kim о‘zarga yugurish, muayyan masofaga tabiiy tо‘siqlar osha tez yugurish va boshqlarni takomillashtirish uchun muntazam foydalanishi lozim. Maydonchaga har kuni о‘yinchoqlar, kichikroq jismoniy tarbiya ashyolari (tayoqchalar, chambaraklar, tо‘plar va h.k.) olib chiqiladi. Ikki, uch g‘ildirakli velosipedlar, harakatollerlar, g‘ildirakli konkilar, samokatlar, avtomobillar, toychalar bolalar ixtiyoriga beriladi.
Katta va tayyorlov guruhlarida voleybol, basketbol, badminton, shaharcha, lapta kabi sport о‘yinlari о‘tkaziladi.
Bolalar tashkilotlaridan tashqaridagi piyoda sayr va ekskursiyalar bolalar turizmining eng oddiy kо‘rinishlaridan biridir.
Muayyan maqsadda uyushtirilgan bu kichik sayrlar bolalar uchun qiziqarli va foydalidir. Ular bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlashga, jismoniy rivojlanishiga, estetik his-tuyg‘uni tarbiyalashga, tabiat bilan muloqatga kirishishga, harakat kо‘nikmalari va jismoniy sifatlarning takomillashuviga xizmat qiladi.
Sayrlar kichik guruhlardan boshlanishi lozim, bunda guruh bolalarining yosh xususiyatlari va imkoniyatlari, sog‘lig‘ining ahvoli, о‘ziga xos kо‘rsatkichlari hamda shifokor tavsiyalari hisobga olinishi lozim. Sayrlar maqsadga yо‘naltirilgan bо‘lishi uchun tarbiyachi ularni oldindan belgilab oladi va о‘tkazishga puxta tayyorgarlik kо‘radi.
Agar sayrda jismoniy tarbiya mashg‘ulotini о‘tkazish belgilangan bо‘lsa, unga tabiiy omillardan foydalanib amalga oshiriladigan mashqlar, tik turgan, о‘tirgan, yotgan holatdan buyumlar bilan bajariladigan mashqlar, tо‘siqlar osha yugurish, tez yugurish, uzoqqa va nishonni mо‘ljallab uloqtirish kiritiladi. Sayr va mashg‘ulot sof havoning bolaning yalang‘och badaniga bevosita ta’sir etishi tufayli (bolalar faqat trusi, panamka, oyoq kiyim kiygan bо‘lishlari lozim) harakatda qabul qilinadigan tabiiy havo vannasi hisoblanadi.
Sayrlarni muntazam о‘tkazish bolalar organizmini chiniqtiradi, hayotiy taassurotlarni yangilaydi, sayyohatlarga qiziqish uyg‘otadi, zavq-shavq baxsh etadi.



Download 42.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling