3- seminar mavzusi: Bolalarni kundalik hayotida jismoniy tarbiya bо‘yicha ishni tashkil etish Mashg’ulot rejasi


Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari va uning turlari


Download 42.5 Kb.
bet2/9
Sana24.03.2023
Hajmi42.5 Kb.
#1290700
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BJTNvT VI-SEM 3-SEMINAR (2)

Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari va uning turlari. Ritmik mashqlar sog‘lomlashtirish yunalishidagi badantarbiya mashqlarining kо‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Uning asosiy mazmuni yugurish, sakrash, о‘yin kо‘rinishlari hisoblanadi. Bularning hammasi sog‘liqni oshirishga yordam beradi. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari bilan hamma turli xil yoshdagi bolalar shug‘ullanishi mumkin. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari, ya’ni chaqqonlik, epchillik, egiluvchanlik, chidamlilikka yо‘naltirilgan mashqlarda harakat chegaralanmagan bо‘ladi, shu sabali ular gavdaning hamma qismiga ta’sir qiladi. Bunday mashqlarda musiqaviy ritm harakatlarni tashkillashtiradi, shug‘ullanuvchilarning kayfiyatini kо‘taradi. His-tuyg‘ularning ijobiy holati esa harakatlarni yanada g‘ayrat bilan bajarishga undaydi, bu narsa ularning organizmga ta’sirini kuchaytiradi. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari atletika yо‘nalishga ega bо‘ladi. Bunday mashq harakatlarida chidamlilik, plastiklik aralash mashqlarga nisbatan yetakchilik qiladi. Mashqlar majmuida raqs daqiqalari kо‘pchilikni tashkil etadi. Axir qizlar, ayniqsa, his-xayajonlarga beriluvchanligi bois raqslarni xushdashadi. Shuning uchun bunday badantarbiyaning nomi ritmika deb nomlanadi. Badantarbiya mashg‘ulotlarining yig‘indisi о‘zining xos xususiyatga ega. Birinchidan, ularda aerobik xususiyatga ega bulgan mashqlar (yugurish, sakrash)dan tashqari bо‘g‘inlarning chо‘zilishi, egiluvchanligi va harakatchanligi uchun kerak bо‘lgan mashqlar ham ishtirok etadi. Raqslar uchun mо‘ljallangan mashqlar esa juda kо‘p va xilma xildir. Ikkinchidan, musiqaviy kuzatuv sifatida kо‘pgina о‘zbek kompozitorlarining musiqalari va dunyo raqslaridan foydalanish mumkin. Bunday mashqlarda harakatlarning gо‘zalligi shakllantirilishi bilan birgalikda, biz bir vaqtning о‘zida insonning ruhiy olamiga ham bevosita ta’sir kо‘rsatiladi. Ertalabki badantarbiyaning yosh avlod tarbiyasidagi ahamyati bebaholigini kо‘ramiz. Ritmik badantarbiya bu insonlarning dam olishi va tarbiyasi uchun ijobiy vositadir.

Download 42.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling