6-amaliy mashg`ulot Mavzu: U. Normatovning “Ijod sehri”, “Ijodkorning haroratli so‘zi” kitoblari tahlili Mashg`ulotni uyushtirish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar


Download 34.36 Kb.
bet3/3
Sana08.11.2023
Hajmi34.36 Kb.
#1757121
1   2   3
Bog'liq
7-amaliy (2)

Ichimda achchiq kulgi uyg`ondi...”.
Mana shu achchiq kulgi, istehzo, yo’l qo’yilgan xatolar uchun ham ommaviy, ham shaxsiy javobgarlik, uyat, iqrorlik hissi – roman realizmining tub negizini tashkil etadi.
“Lolazor” romani yana bir jihatdan xarakterli. 80-yillarda adabiyotda “gap aytish”, “problema ko’tarish”ga moyillik kuchayishi munosabati bilan quruq gapbozlik, problemabozlikdan iborat asarlar ko’payib ketdi. Adabiy asar oddiy publististika, problematik maqola holiga tushib qoldi. Adabiyot, birinchi navbatda, insonshunoslik, xaraktershunoslik ekanini unutmaslik darkor. Har qanday o’tkinchi ijtimoiy muammo, katta gap – falsafa asarda bevosita inson xarakteri, taqdiri tahlilidan tabiiy ravishda kelib chiqmas ekan, hayot haqiqati badiiy haqiqatga aylanmaydi. Uni chinakam badiiy asar deb atash mahol. “Lolazor” muallifi hammadan burun insonshunos-xaraktershunos tarzida ish ko’radi; yozuvchining o’sha paytga qadar bu borada to’plagan ijodiy tajribalari, xususan, “Galatepaga qaytish”, “Iste’fo” qissalarida qo’lga kiritgan yutuqlari romanda qo’l kelgan, yanada sayqal topgan; asarni o’qiyotganda Oshnoni ham, Nazar Yaxshiboevni ham, Saidqul Mardonovni ham, etakchi personajlardan tashqari, g`aroyib tabiatli To’pori, ters, ammo mard, samimiy yigit Abdujabbor, indamas, olijanob ayol Oliya, badantarbiyachi ayol Anbar, Simxo, Robiya, Qurbonoy, Sharif, Vallomat, Aleksandr Shoyimardonovich, Moyra, Muyassarxon, yana o’nlab personajlar, asarda keng va oz o’rin olishiga qaramay, tirik inson sifatida betakror xususiyatlari bilan shundoqqina ko’z oldimizda gavdalanadi; ular shunchaki individual obraz – betakror xarakter bo’lish barobarida, konsteptual xususiyatga ega, muayyan ijtimoiy hodisa mohiyatini ochishga xizmat etadilar.
Yozuvchining eng katta xizmati – Yaxshiboev hayoti ma’nosi, umr saboqlari, yaxshiboevchilik mohiyatini chuqur tahlil etib berganidadir. Dadil aytish mumkinki, Yaxshiboev asarda davr tipi darajasiga ko’tarilgan. Boya aytilganidek, bu odam – murakkab shaxs; qalbi ezgu tuyg`ulardan xoli emas, yozuvchi sifatida o’zining nimaga qodirligini, ojiz tomonlarini ham biladi, o’zgalarga, muhtojlarga muruvvat, himmat qo’lini cho’zishga ham tayyor, do’stlarga sodiq, ko’p hollarda haqiqatga tik qaraydi, haq gapni aytishga, yozishga intiladi... U Vatan uchun jang qilgan, Vatan topshiriqlarini baholi qudrat bajo keltirishga uringan. Bu odam, ehtimol, boshqa bir sharoitda, favqulodda “omad” kulib boqmaganda, balki, qurbi, iqtidori etganicha mehnat qilib, halol ijod etib, shu kamtarona mehnati samarasi bilan hayotda o’ziga yarasha o’rin, chin obro’ topgan bo’lardi. Ammo vaziyat o’zgacha bo’lib chiqdi, taqdir uni benihoya “siyladi”, iqtidori, mehnatidan ko’ra yuqori obro’-e’tiborga, katta imkoniyatlarga erishdi. Uning yaqin do’sti Oshno yurtning mas’ul rahbari darajasiga ko’tarilgach, uning soyasida, madadida patriarx – “Ota yozuvchi”ga aylanadi; boshda u qalb amriga bo’ysunib shakkoklik qilib ham ko’radi, haq gapni aytishga chog`lanadi, ammo bu ish Oshnoga ma’qul tushmaydi, zamona zayliga zid bo’lib chiqadi, shakkoklikning andak jabrini ham tatiydi. So’ng u Oshno ra’yiga, zamona zayliga qarab ish ko’radigan, kattalar ruxsatini olib, haqiqatni aytadigan, yozadigan bo’ladi. Bora-bora Oshno ra’yiga, zamona zayliga qarab ish ko’rgan bu alloma ijodda, binobarin, hayotda boshi berk ko’chaga kira boshlaydi. Bir vaqtlar ezgu tuyg`ulardan, olijanob maqsadlardan, qalbi saxovatlardan xoli bo’lmagan Oshnoning o’zi ham bora-bora noxush bir oqimga tushib olib, shu oqim boshida turib butun bir xalq hayotini tang ahvolga solib qo’ya boshlaydi.
To’g`ri, Oshno bir o’zi yurtni shu darajaga olib borishi mumkin emas edi; u butun mamlakatdagi vaziyat, ijtimoiy-ma’naviy iqlim, markazdagi bosh tayanchi, ilhomchisi, yo’lboshchisi Katta Paxtakor ta’siri, rag`bati ostida shu ishlarni qiladi, avom, jumladan, yaxshiboevlar esa unga bor haqiqatni aytishga jur’at etolmaydi, aksincha, har bob bilan hurmatli arbobning hurmatini joyiga qo’yish payida bo’ladilar. Oshno o’ylagan rejalar bir ro’yo, uning tashabbusi, madadi bilan ko’tarilgan qahramonlar soxta qog`oz gullar, jinoyatchilar bo’lib chiqadi. U tug`ilgan yurtiga bir ariq suv chiqarib bermoqchi edi, shuncha yillar o’tib, qishloq suvsiz qoldi; butun yurtni lolazorga aylantirmoqchi edi, yurt esa xarobazorga aylandi...
Nazar Yaxshiboev umri oxirida shu fojialarning hammasini o’z ko’zi bilan ko’rib, bu ishlarda o’zining ham hissasi borligini his etib eziladi, qovriladi. Xuddi Oshno kabi o’zining ham qismati tang – umr yo’ldoshi xudbin, beoqibat; farzandlari bemehr, bemaslak; umrining so’nggi damlarida ishonib yurak rozini aytadigan, dardini tushunadigan odami yo’q, yozgan asarlarida amal qilgan e’tiqodi samarasiz, asarlari tirigidayoq umrini tugatgan; eng dahshatlisi, bir vaqtlar “Yulduzni ko’zlagan qiz” deb ulug`lagan qahramoni Qurbonoy uning ko’z oldida fojiali tarzda jon taslim etadi, o’limi oldida o’zini bir vaqtlar ulug`lab, xato yo’lga boshlagan adibga nadomatlar yog`diradi... Yaxshiboevning kasalxonadagi umrining so’nggi daqiqalarida Qurbonoy bilan uchrashuvi lavhasi asarning eng ta’sirchan o’rinlaridan. Qurbonoy fojiasi bu yaxshiboevlar faoliyatining achchiq mevasi, yaxshiboevchilikning fojeiy samarasidir.
Yaxshiboevdan ijodkor sifatida dog` qoldi, ayni paytda undan yaxshigina bir bog` qoldi. Umrining so’nggi yillarida o’z fojiasini tushunib, o’zi tushib qolgan yo’lning oxiri voy ekanini sezgan bu odam tug`ilgan yurtiga borib halol pullari evaziga bir bog` yaratdi. Hamyurtlari, farzandlari uning ijodiy merosiga emas, undan qolgan boqqa ehtirom, e’tibor ko’rsatadilar... Bunda chuqur ramziy ma’no bor. Bu bog` hech qanaqa osholarning ta’sirisiz, ra’yisiz, yordamisiz, ko’ngildan chiqarib el-yurt, kelgusi avlod manfaatini o’ylab qilingan beg`araz mehnat samarasi. Faqat halol mehnat samarasigina e’tiborga molik. Ehtimol, bu odam ijodda ham shunday yo’l tutganida, oshnolar ra’yiga qaramay, faqat qalb amri bilan ijod etganda o’z iqtidori, halol mehnatiga yarasha adabiyotda ham qadrini topgan bo’larmidi... Yaxshiboev umr yo’li tahlilidan kelib chiqadigan eng muhim saboq, ma’no – shu.
“Lolazor” keng, chuqur tahlillarga, teran o’y-mushohadalarga, xilma-xil bahs-munozaralarga asos beradigan asar. Biz asosan birgina etakchi personaj ustida to’xtaldik, boshqa ko’plab personajlar, ularda ilgari surilgan g`oyaviy-badiiy konstepstiya xususida birma-bir, batafsil to’xtalish mumkin edi. Ammo shu bir etakchi personaj to’g`risidagi mulohazalarning o’ziyoq romanning g`oyaviy-badiiy darajasi, asarning ijtimoiy-estetik salmog`i, zamonaviy ruhi haqida muayyan tasavvur beradi, roman etuk san’atkor yozuvchi qalamiga mansub ekanini tasdiqlaydi.
“Lolazor” romani yana bir bor shundan dalolat beradiki, badiiy ijodda haqiqatni kashf etishning eng to’g`ri, sinalgan yo’li hodisalarni, inson va uning qalbini butun murakkabligi, ziddiyatlari, musbat hamda manfiy tomonlari bilan halol va teran tahlil etishdan iboratdir. Shunday iqtidorga – tafakkur yo’siniga ega adib hech qachon zamonning o’tkinchi epkinlari oldida tebranmaydi, zamonlar o’zgarganda ham avlodlar oldida yuzi shuvut bo’lmaydi.
“Lolazor” kitob holida chiqqanidan keyin ikki yil o’tib romanda aks etgan bedavo dard – chuqur bo’hronlar girdobida ich-ichidan nurab borayotgan tuzum halokatga uchradi. Nihoyat, xalqning asriy orzusi ushaldi, mamlakat ISTIQLOLGA erishdi. Endi ozodlik ishtiyoqida yongan safdoshlari qatori Murodjon ham badiiy ijodni yig`ishtirb qo’yib shu ushalgan asriy orzu – istiqlol himoyasi, ravnaqi yo’lida amaliy ishlarga o’tdi. Salkam yigirma yildirki, u mas’ul lavozimlarda sidqidildan xizmat qilib kelmoqda. O’zining 60 yoshi arafasida “Tafakkur” jurnalidagi suhbatida shu yillar davomida boy hayotiy tajriba to’plagani, ijod ustida o’ylashdan hech qachon to’xtamagani, yana ijodga qaytish niyati borligi, ko’nglida yangidan-yangi asarlar bo’y ko’rsatib kelayotgani xususida gapirdi. Suyukli adibimizning muborak yoshi bilan qutlagan holda, bu ezgu niyatlarning tezroq ro’yobga chiqishini tilab qolamiz.


Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1.Sodiq S. "Umarali Normatov" -T.: 1990
2.Qo’shjonov M. "Qalb va qiyofa" -T.: Fan, 1978 5. O‘zbek adabiy tanqidi (Antalogiya). T. 2011
6. Rahmonov B. O‘zbek adabiy tanqidchiligi. T.: «YAngiasravlodi», 2004

http://normatov31.narod.ru/


e-adabiyot.uz/
ziyouz.uz/
ijod.uz/
jahonadabiyoti.uz ›
kutubxona.com/
kh-davron.uz
Download 34.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling