Ijtimoiy tarmoqlar ijtimoiy tarmoq


Download 271.3 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi271.3 Kb.
#1326333
Bog'liq
IJTIMOIY TARMOQLAR


IJTIMOIY TARMOQLAR

Ijtimoiy tarmoq — bu qiziqishlari oʻxshash yoki oflayn-aloqaga ega boʻlgan odamlar oʻrtasida muloqot qilish, tanishish, ijtimoiy munosabatlar yaratish uchun, shuningdek, koʻngilochar (musiqa va filmlar) va ish maqsadlarida ishlatiladigan onlayn platforma.
jtimoiy tarmoqlar kuchli marketing tadqiqotlari vositasidir, chunki foydalanuvchilar oʻzlari, qarashlari, qiziqishlari, didlari va hokazolar haqidagi maʼlumotlarni ixtiyoriy ravishda joylashtiradilar. Shundan kelib chiqib, reklama beruvchilar ularning reklamasi qaysi foydalanuvchilarni qiziqishtirishini juda aniq belgilashlari va oʻz reklamalarini profillaridagi maʼlumotlarga (yoshi, jinsi, yashash joyi va boshqalar) qarab aniq foydalanuvchilarga yoʻnaltirishi mumkin. Ushbu turdagi reklama maqsadli deb ataladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda reklama bozori barqaror oʻsib bormoqda. 2007-yildagi eMarketer maʼlumotlariga koʻra, u 1,225 milliard dollarga yetgan. Hisobotni tuzishda eMarketer mutaxassislari ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan reklamaning barcha turlarini, shu jumladan, displey, kontekstli, audio va video reklamalarni, shuningdek, marketologlar ijtimoiy tarmoqlarda oʻz mahsulotlari va brendlari uchun profil yaratadigan marketing loyihalarining xarajatlarini hisobga oldilar. Bundan tashqari, prognozlarda vidjetlar va ilovalarni yaratish xarajatlari birinchi marta hisobga olindi. 2011-yilda ijtimoiy tarmoqlardagi reklamadan tushgan daromad 5 milliard dollardan oshdi


Emojilar haqida





Emoji (yaponcha soʻzdan olingan boʻlib, yaponcha:  — „rasm“ va 文字 - „belgi“; talaffuzi: [emoʥi]) elektron xabarlar va veb-sahifalarda qoʻllanilish uchun ishlatiladigan piktogrammalardan iborat ideogrammalar tilidir. Soʻzlar oʻrniga rasmlar kombinatsiyasi foydalanish (ideogramma-grafik dizayn tili), eng avvalo, Yaponiyada paydo boʻldi va sekin-asta butun dunyoga tarqala boshladi.
Dastlab, emojilar ASCII smayliklari kabi bir xil funksiyada ishlatilgani uchun piktogramma tiliga oʻxshatildi. Ammo bu belgilar yaʼni emojilar qoʻllanilishi bilan yanada keng qamrovli xususiyatga ega boʻldi: piktogrammalar kompyuter hamda mobil qurilmalarda mavjud boʻlgan klaviaturada standartlashtirildi. Baʼzi emoji belgilari yapon madaniyatida oʻziga xos maʼnoga ega: masalan, taʼzim qilgan biznesmen, yoriten, oq gul — „uy vazifasi yaxshi tayyorlanganini“, yoki mashxur taomlar uchun maxsus belgilar: ramen, dango, onigiri va sushi emojilari ishlatilar edi.
Emojilardan farqli oʻlaroq, smayliklar tipografik vositalar yordamida hissiyotlarni tasvirlash vositasi sifatida smaylik foydalanuvchilar tomonidan yaratildi. Biroq, baʼzida yuz tasvirini ifodalovchi emojilari smayliklar deb ham atala boshlandi.



Albert Einstein (talaffuzi: Albert Eynshteyn; 14-mart 1879-yil — 18-aprel 1955-yil) — nemis va yahudiy fizik-nazariyotchisi. Einsteinning maktabda matematikadan imtihonlardan yiqilgani va ikkichi boʻlgani haqidagi asotirlar rost emas. Aslida u 12 yoshgacha matematika maktab kursini oʻrganib olgan, keyin ota-onasi unga boshqa, qiyinroq kitoblar berishgan. 15 yoshida Einstein differensial va integral algebrani yaxshi bilar edi. Uning matematikadan goʻyoki oqsaganini Robert Ripley 1935-yilgi gazeta maqolasi uchun toʻqib chiqargan.
U nisbiylik nazariyasi asoschisi, maydon kvant nazariyasi va statistik fizika asoschilaridan biri. Syurix politexnikumini tugatgan. Syurix universiteti (1909) va Berlin universiteti Bavariya Fanlar akademiyasi fizika instituti direktori (1914-1933). 1933-yildan to umrining oxirigacha AQShdagi Princeton universitetida ishlagan.
Ilmiy ishlari asosan nisbiylik nazariyasiga doir. Einstein massa va energiyaning oʻzaro bogʻliqligi qonunini kashf qilgan (1905). Maydon kvant nazariyasining yaratilishida Einsteinning hissasi juda katta. Yorugʻlik nurlanishini yorugʻlik kvantlari yoki fotonlar oqimidan iborat, deb hisoblab, yorugʻlik nurlanishining diskretligi, kvant strukturaga ega ekanligi haqidagi tasavvurni fanga kiritgan, Broun harakatining molekulyarstatistik nazariyasini rivojlantirgan (1905), fotonni nazariy jihatdan kashf qilgan. Kvant nazariya asosida temperatura pasayishi bilan qattiq jism issiqlik sigʻimining kamayishini (1907), muvozanatli nurlanish energiyasining fluktuatsiyasini birinchi marta koʻrib chiqqan (1909); fotoeffektiv, flyuoressensiya uchun Stoks qoidasini, fitoionlanish va boshqalarni tushuntirib bergan (1912), fotokimyoning asosiy qonuni (Eynshteyn qonuni) ni ochgan (1912), nurlanish uchun korpuskulyar-toʻlqin dualizm, induksiyalangan (majburiy) nurlanish hodisasini oldindan aytib bergan (1916). Einstein jismlar magnitlanganda mexanik momenti oʻzgarishi hodisasini bashorat qilgan va tajribada koʻrsatgan (niderland fizigi V. de Xaaz bilan hamkorlikda, 1915). Einstein gravitatsion toʻlqinlar haqida postulat qabul qilib (1916), gravitatsion nurlanish quvvati formulasini keltirib chiqargan (1918). Butoʻn spinli zarralarning kvant statistikasi (Boze — Eynshteyn statistikasi)ni yaratgan (1924—25). 1933-yildan kosmologiya va maydonning yagona nazariyasi bilan shugʻullangan. Einstein ijtimoiysiyosiy voqealarni ham kuzatib borgan. U urush va fashizmga qarshi chiqqan. Einstein 1940-yilda fashistlar Germaniyasida yadro quroli borligi toʻgʻrisida AQSH prezidenti F. Ruzveltga xat yozdi. U yadro qurolining qoʻllanilishiga qarshi boʻlgan. Einsteinning ilmiy ishlari hozirgi zamon fizikasining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Nobel mukofoti laureati (1921)

Download 271.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling