“Ilk qadam” Davlat o`quv dasturi asosida bolalarning rivojlanish xaritasini yuritish.
Reja:
1.Rivojlanish xaritasining mazmuni.
2.Bola uchun rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish
3. Bolaning rivojlanish xaritasini to‘ldirish uzhun olib boriladigan kuzatuv turlari.
4. Bolaning rivojlanish darajasining belgilanishi.
5.Kuzatuv o‘tkazishda tayaniladigan tamoyillar.
1.Rivojlanish xaritasining mazmuni.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolaning ta’lim olishi va rivojlanishini baholash kuzatishlar yordamida amalga oshiriladi. Pedagog bolalar hayotini muntazam va tizimli ravishda kuzatib boradi.
.
Bolaning rivojlanishini kuzatish – pedagog faoliyatidagi muhim mas'uliyatli ish. Kuzatishlarning maqsadi ta’lim va tarbiya jarayonida bolaning turli bilim va ko‘nikmalardan qanday foydalanishi haqida ma'lumot to‘plashdir. Bolalarni turli joy, vaqt va sharoitlarda kuzatib, pedagog ularning qiziqishlari, kuchli tomonlari va ehtiyojlari haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘ladi.
Pedagogik kuzatishlar natijasida olingan ma’lumotlar asosida ta’lim va tarbiya jarayoni rejalashtiriladi va takomillashtiriladi.
Kuzatish natijalarini hujjatlashtirish pedagogga ularni saqlash, vaqt o‘tishi bilan sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni kuzatish va bolaning ota-onalari, shuningdek, ushbu maktabgacha ta’lim tashkiloti mutaxassislari bilan bolalarning rivojlanishi va ta’lim olish xususiyatlari haqida ma'lumot almashish imkonini beradi. Bolaning rivojlanishi va ta’lim olishidagi yutuqlarini kuzatish va baholash natijalarini hujjatlashtirish uchun rivojlanish xaritalaridan foydalaniladi
Rivojlanish xaritasi kuzatuvlarni hujjatlashtirish shakli sifatida bolaning turli sohalardagi rivojlanish darajasi to‘g‘risida muntazam ravishda ma'lumot to‘plash jarayonini o‘z ichiga oladi. Rivojlanish xaritasi davlat talablari asosida bolaning rivojlanish sohalari, kichik sohalar va kutilgan natijalarga tayanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |