Ilk yozuvlar


Download 225.89 Kb.
bet1/7
Sana16.04.2023
Hajmi225.89 Kb.
#1360938
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
“Avesto” tarixiy manba sifatida


Avesto” tarixiy manba sifatida.
Reja:

  1. Avestoning o’rganilish tarixi.

  2. Avestoning O’rta Osiyo olimlari tomonidan o’rganilishi va ahamiyati.

  3. Avesto tili.

1. Avesto eroniy tillarning eng qadimgi va eng muhim yodgorligidir. Arablar kelguncha Eronda rasmiy davlat dini otashparastlikning matnlari jamlangan Muqaddas kitobdir. Islom dini Eronga va O‘rta Osiyoga kirib kelgach, ko‘plab otashparastlar Hindistonga qochib ketganlar. Ular, asosan Bombey, Kalkutta shaharlari atrofiga va mamlakatning sharqiy qismlari Seyiston, Kermon, Mekron viloyatlariga borib joylashganlar.
Hozirgi vaqtlarda Hindistonda otashparastlarni parslar deb atashadi va ularning soni taxminan 150000 kishiga yetadi. Ularning aksariyati hind tili – gujeratini og‘zaki va adabiy til sifatida qabul qilganlar. XV asrda parslarning muqaddas kitoblari gujeratiga tarjima qilingan. Eronda, ular asosan, Yazd va Kermon shaharlarida, qisman guruh-guruh bo‘lib Tehron, Shiroz va Mekron shaharlarida yashaydilar taxminan ularning soni 20000 kishiga yetadi. Otashparastliklarni Eronda gebrlar deb atashadi.
Qadimgi Eronda muqaddas kitob Avesto mavjudligi haqidagi ma’lumotlar qadimgi yunon suriya, armen, arab mualliflarining asarlarida qayd qilingan. Avesto haqida eroniyzabon xalqlarning og‘zaki ijodida va X-XI asrlarda ijod qilgan Firdousiyning «Shohnoma» asarida eslab o‘tilgan. Lekin, fanga Avestoning ayrim parchalarini aks ettirgan qo‘lyozmalar XVII-XVIII asrlarda ma’lum bo‘ldi. Notanish tilda yozilgan bu qo‘lyozmalarga XVIII asrgacha hech kimning tishi o‘tmagan. XVIII asrning ikkinchi yarmida yosh fransuz Anketil Dyuperron (1731-1805-y.) 1754-yilda Oksfordda saqlangan Avestoning bir necha varag‘i bilan tanishgach, Hindistonga borishga jazm qildi va u yerda 1755-1761-yillarda ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirib, Avestoni o‘rganishga muvafaq bo‘ldi. U yerda Anketil Dyuperron qadimgi muqaddas matnlarni o‘qishga o‘rgandi va o‘zi bilan bir qancha qo‘lyozmalarni Parijga olib qaytdi. Olib kelingan qo‘lyozmalarni obdon o‘rganib, Avestoni tarjima qildi va uni fransuz tilida izohlar berib «Zend Avesto» nomi bilan nashr ettirdi.
Shunday qilib ikki asrdan ortiqroq davrda ilmiy davrgacha qadimgi eron qo‘lyozma boyligi kirib keldiki, u hammaning e’tiborini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Er.avv. II minginchi yilgacha O‘rta Osiyo va unga qo‘shni hududlarda yashagan xalqlarning tarixiy va madaniy hayoti haqidagi ma’lumotlar shu qimmatli yodgorlik Avestoda o‘z aksini topgan. Lekin Anketil Dyunerron yetarli darajada filologik tajribaga ega bo‘lmagani uchun uning tarjimalarida bir qator noaniqliklar va xatolar ro‘y beradiki, ularni tuzatish uchun ko‘plab olimlar turli izohlar bera boshladilar. Xatto ba’zilar matnlarning haqiqiy ekanligiga shubha ham bildirdilar. Masalan, “Zand” so‘zining o‘zi «Bilim, ta’lim, qonun ma’nolarida o‘rta fors tilidagi Avestoning versiyalarini emas, balki asosiy Avesto matnlarini belgilash uchun ham ishlatilgan» (Bu haqda nemis olimi J.C.Tavadianing asarlariga murojat qiling).
Yana shuni unutmaslik kerakki, zand termini Avestoning o‘rta fors tiliga qilingan tarjima matni ma’nosida ham qo‘llanilgan. 1826-yilda daniyalik tilshunos Rasmus Kristian Rosk (1787-1832) qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning asoschilaridan biri Avesto tilini qadimiyligini asoslab, uning Hindistonning qadimiy tili sanskrit bilan qarindosh ekanligini asoslab berdi (Oranskiy EFK 70 bet).
XIX asrning I va II yarimlarida Avestoning ayrim parchalarini tarjima qilish va grammatik tizimlarini ayrim xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha bir qator ilmiy ishlar qilindi.
2. Biz yuqorida ba’zi joylarda ta’kidlab o‘tganimizdek Avestoning qismlari turli davrda turli mualliflar tomonidan O‘rta Osiyo hududida yaratilgan. Avestoning O‘rta Osiyo olimlari tomonidan o‘rganilishi X-XI asrlarda Abu Rayhon Beruniyning Avesto bilan bog‘liq tadqiqotlaridirki, u alohida qiymatga ega. Zero Beruniy Avestoni chuqur bilgan holda o‘z zamonida o‘tmishdan unga yetib kelgan xronologik, etnografik, tarixiy ma’lumotlarni tahlil qiladi. Shu munosabat bilan biz Beruniyning ilk o‘zbek avestoshunosi deb atashimiz mumkin. O‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda islom dini mavqeining kuchayishi munosabati bilan Avestoga nisbatan mahsus qiziqishlar kuzatilmaydi. Lekin klassik adabiyotda Avesto motivlari u yoki bu tarzda uchrab turadi. Avesto bo‘yicha tadqiqotlar O‘zbekistonda XX asrning II yarmidan boshlandi. Bu ishda N.M.Mallaev, A.P.Qayumov singari olimlar xizmatini alohida ta’kidlash lozim. Xususan, «O‘zbek adabiyoti tarixi» nomli ko‘p jildlik akademik va «Istoriya uzbekskoy literaturi» kitoblarda Avesto haqidagi qismlarda ko‘pgina fikr-mulohazalar bildirildi. O‘zbekistonda avestoshunoslik, asosan, istiqlol davrida jiddiy yo‘nalish tusini oldi. Ayniqsa, 1990-yildan boshlab Mirsodiq Ishoqov va Asqar Mahkamovlar tomonidan Avestoning o‘zbek tiliga tarjimalari turli nashrlarda e’lon qilina boshlanadiki, bu ilmiy jamoatchilikning e’tiborini o‘ziga torta boshladi. Bu davrda o‘zbek olimlarining ko‘pchiligi rus tilida nashr etilgan rus eronshunoslari Ye.E.Bertels, I.S.Oraginskiylarning va ba’zan esa, ma’naviy jihatdan biroz eskirgan O.Makavelskiylarning «Avesto» kitoblaridan foydalanib tayyorlagan maqola va risolalar ham ommaviy nashrlarda e’lon qilina boshlanadi. Shuningdek, Homidiyning eronlik mashhur avestoshunos olim Pur Dovud tayyorlagan forsiy nashrlardan foydalanib yozgan maqolalari ham gazeta va jurnallarda e’lon qilina boshlandi. Keyingi paytlarda, Avestoning 2700 yilligiga bag‘ishlab, respublikamizda o‘tkazilayotgan qator tadbirlar ham avestoshunoslikka muhim hissa qo‘shmoqda.Agar Avestoning birinchi qismi er.avv. II minginchi yillarda yaratilgan deb hisoblasak, u o‘sha davrdagi eroniyzabon qabilalar hayotini ya’ni O‘rta Osiyo hududida ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullangan chorvadorlarning turmush tarzi, diniy qarashi va mifologiyasini aks ettiradi.
Keyinroq yaratilgan Avestoning II qismlari esa payg‘ambar Zardo‘sht (Zaroastra) va uning diniy ta’limotiga bag‘ishlangan bo‘lib, bu davrda ko‘chmanchi aholini ko‘proq o‘troq holatga o‘tib, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangani o‘z aksini topgan.Yanada keyinroq Ahamoniylar davrida zaraastrizm (otashparastlik) dini Eronda davlat dini darajasiga ko‘tarilib, xukumron dinga aylandi. Tabiiyki, og‘zaki nutq tarzida aytib kelingan Avestoning qadimgi gimnlari davr o‘tishi bilan turli o‘zgarishlarga uchragan, to‘ldirilgan va ba’zi sodda qismlari tashlab yuborilgan. Bu yerda bir muammo borki u ko‘pchilikni boshini garang qilmoqda. U ham bo‘lsa, Avesto matnlarining qachon, qaerda, qaysi xolatda yozilishidir.
Zaroastrizm an’analariga ko‘ra Avesto Ahamoniylar davrida 9999 xo‘kiz terisiga tilla harflar bilan yozilib, Taxtijamshidda saqlash uchun qo‘yilgan, lekin Iskandar Zulqarnayn ularni o‘zi Eronga bostirib kelganda yondirib yuborishga buyurgan.1 Bu haqda «Tarixi Balamiy» da ham aniq ma’lumotlar berilgan. Keyinroq Parfiya shohi Valkash 1 eramizning (51-78-yillarida) davrida matnni tiklash uchun urinishlar bo‘lgan.2 Avesto o‘sha paytlarda unli tovushlarni ifodalamaydigan oromiy yozuvida yozilgan. Oromiy yozuvi finikiy yozuvining bir varianti bo‘lib, u er.avv. 1X asrdan to er.avv. VIII asrgacha Old Osiyoda keng rivoj topdi. Boshqa somiy tillaridagi kabi oromiy yozuvida ham aksariyat undosh tovushlar berilgan, unlilar esa yozuvda aks ettirilmagan, faqat cho‘ziq unli tovushlargina yozuvda ahyon-ahyonda yozilgan xolos. Bu yozuvdan eng qadimgi afsona va ma’ruzalarni diniy vaznlarni yig‘ishda foydalanishdiki, keyinchalik bular Avesto kanon (tekstlariga)lariga kiritildi. Ayniqsa Avesto tarkibini aniqlash va tahrir qilish ishlari Sosoniylar davrida keng avj oldi. Avesto ustida tadqiqotlarning muhim bosqichi uning fonetik, grammatik tarkibini muqaddas matn sifatida saqlash maqsadida yaratilgan mahsus «Avesto alifbosi»ning paydo bo‘lishidir. Bu alifboning keng qamrovligi shundaki, uning shartli harf belgilari Avesto tilining murakkab fonetik tuzilishi va turli-tuman fonologik xususiyatlarini to‘liq hisobga ola bilgan. Aniq fonetik harf – belgini uyg‘onligi sababli Avestoning allaqachon unitilgan «o‘lik» tilini saqlash imkonini yaratgan.
Avestoning eng oxirgi mukammal matni taxminan eramizning IV asrida Shopur II (310-379-y.) davrida shakllangan va uning o‘rta fors tiliga tarjimasi eramizning VI asri Xusrav I (531-579-y.) davrida amalga oshirilgan.
Avestoning kononik matnlari haqida bizgacha saqlanib qolgan o‘rta fors tilidagi otashparastlik bayozlari xabar beradi. O‘z davrining diniy ensiklopediyasiga aylanib qolgan Denkard kitobida (er. IX asri) islomgacha mavjud bo‘lgan Avestoda 21 kitob borligi haqida ma’lumot beriladi. Har bir kitob «nask» deb atalib, u Avestoning asosiy matni va unga o‘rta fors tilida yozilgan tafsirlardan iborat bo‘lgan. Denkardda hamma nasklarning mazmuni haqida ma’lumotlar bor. Lekin matnlar bizgacha to‘liq yetib kelmagan, ularning ko‘pchiligi arablarning bostirib kelishi va islomning tarqalishi natijasida yo‘q qilib yuborilgan. Bizgacha saqlanib qolgan Avesto matnlarining eng qadimiysi XIII-XIV asrlarga borib tarqaladi. Ular ham asosiy matnni ayrim qismlari yoki parchalaridan iborat bo‘lib, to‘liq teksti borligi shu paytlargacha fanga ma’lum emas.3 Turli qo‘lyozmalardan to‘plangan Avesto matnlarini quyidagi besh qismga ajratish mumkin:

  1. Yasna (avesto tilidagi yaz- o‘qimoq egilmoq ma’nolarida) u 72 bob (ha haiti) xat-gotlardan iborat bo‘lib, ibodat paytida ijro etiladigan matnlar – Zarddo‘sht she’rlari – madhiyalaridir.

  2. Yashta (yashtlar)4 – hurmatlash. Yashta Avestoning eng qadimiy qismi hisoblanadi. Mazdaparastlarning Yazdonni madhu tavsif etadigan maxsus ohanglar asosida ijro etiladigan qo‘shiqlari hamda tabiatning kuchlari – quyosh, oy, shamol va boshqa xodisalariga bag‘ishlangan qismi.

  3. Visperad (VOIF kitobida 2 bo‘lim) Bu bobda butun borliq yazdonniki ekanligi ta’kidlanadi. Ibodat matnlari, yo‘sinlari beriladi. Visperad (av.vispe ratavs hamma hudolar)ga bag‘ishlangan bo‘lib, taxminiy 24 bobdan iborat va Yasna (hot) qismining davomidir.

  4. Vendidod (Videvdat) (avv.vidaeva data – devlarga qarshi qonun) Videvdat 22 bobdan iborat bo‘lib, bevosita zardo‘shtiylik udumlari, ma’rosimlari va ularni o‘tkazish davrida o‘qiladigan matnlar keng o‘rin olgan bo‘lib, Zardo‘shtning savoli va Yazdonning javobi tarzida berilgan. Videvdat bu Avestoning birdan bir bizgacha saqlanib qolgan to‘liq qismidir. Bu qismning o‘rta fors tilidagi tarjimasi yo‘q. Shuning uchun buni Vendidod-e sode ya’ni tarjima va izohi yo‘q Vendidod deb atashadi.

  5. Avestodan saylanma to‘plam. Avestodagi kichik qismlar alohida duolardan iborat bo‘lib, uni «Xorda Avesto» deb ham atashadi. Avestoshunoslarning aniq ma’lumotlariga qaraganda yodgorlikning bizgacha yetib kelgan qismi 8 million 300 ming so‘zdan iborat. Bu yerda shuni alohida eslatib o‘tish lozimki, Eronda nashr etilgan Avestoning yangi 2 jildlik forsiy nashrining 1-jildi noshir Jalil Do‘stxohning muqaddimasi, mashhur avestoshunos olim Ibrohim Purdovudning batafsil tadqiqoti, qisqartmalar, ko‘rsatkichlardan tashqari Yasna, Yasht, Visparatlardan tashkil topgan. Ikkinchi jild esa Vistparadning davomi, Xorda Avesto, Vendidotlardan iborat. Har ikki jild ham «Avesto» matnining hozirgi fors tilidagi nasriy tabdilidir.

Shuningdek ba’zilar Avesto tilini zend tili deb ham atashgan (O‘rta fors tilidagi – “zand” so‘zidan olingan va bu Avestoga izohlardan iborat bo‘lib Sosoniylar davrida o‘rta fors tiliga oiddir). Hozir paytda Avesto tili termini fan olamiga keng tarqalgan.
O‘quvchilarimizda Avesto tili haqida aniq tasavvur hosil qilish uchun eronlik tilshunos olim Parviz Notel Xonlariyning “Zabonshenosi va zabon-e forsi” kitobida arab-fors alifbosida berilgan bir baytni quyida keltiramiz:

Download 225.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling