Ilmiy rahbari: G`. Mirsanov Ixtisoslik shifri: Ish bajarilayotgan tashkilot


Download 18.11 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi18.11 Kb.
#247526
Bog'liq
Dilshod asosnoma


ASOSNOMA
Magistrant: Nasriddinov Dilshod

Disseryatsiya mavzusi: “Ingliz va o’zbek tillarida “Table-Dasturxon” konseptining lingvo - madaniy hususiyatlari.”

Ilmiy rahbari: G`.Mirsanov

Ixtisoslik shifri:

Ish bajarilayotgan tashkilot: Jizzax DPI ingliz tili va adabiyoti o`qitish metodikasi kafedrasi.

Mavzuning dolzarbligi: Yurtimizda olib borilayotgan har qanday islohotlar avvalo, vatanimiz taraqqqiyotini yuksalishidan dalolat beradi. Shu jumladan, ta’lim sohasidagi islohotlar ham yildan-yilga o`z samarasini ko`rsatib kelmoqda. Ayniqsa, ta’lim sohasida horijiy tillarni o`rganishga qaratilgan siyosat, tilshunoslik fani taraqqiyotining nazariy asosini belgilab berdi.

Yurtboshimizning 2012-yil 10-dekabrdagi “ Chet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi qarori mamlakatimizda millatlararo muloqot tili bo`lmish ingliz va rus tillarini, Yevropa tillari hamda Osiyo tillarini o`rganishniyanada keng yo`lga qo`yishga asos bo`ldi.

Shuningdek, vatanimizda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat O`zbek tili va adabiyoti universitetining faoliyat boshlab, uning tassarufida “Ingliz va O`zbek tarjimashunosligi” fakultetining ochilishi, tilshunoslik taraqqiyotini yangi bosqichlarga olib chiqish yo`lidagi yangi bir qadam bo`ldi. Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek: "Keyingi yillarda milliy adabiyotimizning eng yaxshi namunalarini chet tillarga tarjima qilish va shu asosda xalqimizning hayot tarzi va insoniy fazilatlarini keng namoyish etish borasida ham katta imkoniyatlar paydo bo’lmoqda."1

Xorijiy tillarga qiziqishning o`sishi natijasida ingliz va o`zbek tilshunosligidagi so`zlarning o`zaro konseptual bog`liqligi va uning madaniy jihatdan o`rganishi, shu so`zlarning kelib chiqish tarixi va shu so`zlar bilan bog`liq bo`lgan o`zaro madaniy an’analarni qiyosiy tahlil qilishga bag`ishlangan ilmiy ishlarning tanqisligidadir.



Muammonnng o’rganilganlik darajasi:

Dissertatsiya ishining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan u bog’liqligi: Mazkur magistrlik dissertatsiya ishi Jizzax davlat pedagogika instituti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar dasturi doirasida bajariladi.

Tadqiqotning maksadi: Ingliz va o`zbek tilidagi “Table-Dasturxon” konseptining kelib chiqish tarixi va uning madaniy xususiyatlarini qiyosiy o`rganishdan iborat.

Tadqiqotning vazifalari: Ana shu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish ko’zda tutiladi:

__ “Konsept” tushunchasi va uning lingvistik tarkibi va leksik tarmoqlarini tahlil qilish.

__ “Table” so`zining etimologiyasi va uning alternative ma’nolarini tahlil qilish.

__ “Table-Dasturxon” konseptining madaniy xususiyatlarini qiyoskab o`rganish va tahlil qilish.

__ “Table-Dasturxon” konseptining o`zbek tilida muqobil ma’nolarini ochib berish.

__ O`zbekcha tarjimalarda “Table” yoki “Tablecloth” so`zlarining badiy hususiyatlarini ochib berish.



__ Dasturxon odob qoidalarini qiyosiy tahlil qilib o`rganish.

Tadqiqotning ob’ekti: Ingliz va o`zbek tilida “Table-Dasturxon” konsepti.

Tadqiqotning predmeti: Ingliz va o`zbek tilida “Table-Dasturxon” konseptining lingvo-madaniy xususiyatlarini qiyoslab o`rganish masalasi.

Tadqiqot materiallari:

Tadqiqotning metodologik asosi: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning milliy mafkura, ma’naviyat va madaniy qadriyatlarga doir asarlari, shuningdek, o’zbek milliy va jahon folklorshunosligi hamda tarjimashunosligiga oid ilmiy asarlar, ayniqsa,------


Tadqiqotning usullari: Tadqiqotning maqsadidan kelib chiqib, ishda qiyosiy-tipologik va tarjimaviy-tahliliy metodlaridan foydalanildi.

Ishning ilmiy yangiligi: Ilmiy ishda o’zbek tilida “Table” leksikasining aynan “Dasturxon” knseptini ifodalashi va uning lingvo-madaniy xususiyatlarini o`zaro qiyoslab o`rganish, shuningdek, tarjima so`zni asliyatga yaqinlashtirish imkoniyatlari, bu borada erishilgan yutuqlar va yo’l qo’yilgan kamchiliklar, ularning sabab va oqibatlari ilk marotaba tadqiq etilayotgani uning o’ziga xos muhim ilmiy yangiligini belgalaydi.

Tadqiqot natijalarining ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati: Ushbu tadqiqotning nazariy xulosalari va materiallari, ingliz va o`zbek tilllarida “Table-Dasturxon” konsepti va uning muqobil ma’nolarini kengroq o`rganish imkonini yaratadi. Tadqiqot natijasida to`plangan materiallar va keltirilgan xulosalar badiy tarjimalarda xizmat qilish mumkin.

Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi:


1 Каримов И.К. Юксак маънавият - енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият 2008. - Б. 139.


Download 18.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling