Ilmiy uslub (Научный метод)
Download 1.92 Mb.
|
UZB
- Bu sahifa navigatsiya:
- REZyume
- ANNotatsiya
- TAQRIZ
Ilmiy uslub (Научный метод)Ilmiy uslub,nuning turlari, janrlariIlmiy uslub, uning qo’llanilish sohalari, janrlari. Ilmiy ish turlari.Rezumye, annotatsiya, taqriz, referatIlmiy uslub
REZyume???Rezyume (frantsuzcha rezyume "xulosa" dan) - bu odamning ishga joylashish uchun nomzodini ko'rib chiqish uchun odatda talab qilinadigan ko'nikmalar, ish tajribasi, ta'lim va boshqa tegishli ma'lumotlarni o'z ichiga olgan hujjat.
ANNotatsiya???Annotatsiya (lotincha: annotatio – „qayd“) – qisqacha ta’rif. Kitob, maqola, qoʻlyozma mundarijasini, gʻoyaviy-siyosiy yoʻnalishini va boshqa jihatlarini ochib beradi. Annotatsiyani, masalan, kitobning oʻzida, bi-bliografik koʻrsatkichlarda va kutubxona kataloglarida uchratish mumkin. Uning vazifasi oʻquvchilarda muayyan kitob, maqola, qoʻlyozma toʻgʻrisida umumiy tasavvur tugʻdirish va ularga adabiyotlar tanlashda yordam koʻrsatishdir.
TAQRIZ???Taqriz(рецензия/отзыв) (arab. — ijobiy baho) — adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy-ommabop asar tahlili.[1] T.da asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda koʻtarilgan muammolar, asarning gʻoyaviy va badiiy xususiyatlari, muallif ijodida, adabiyotda tutgan oʻrni haqida maʼlumot boʻladi; asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. T. asosan keng kitobxonlar ommasi uchun moʻljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga koʻmaklashadi. Ichki T. ham boʻladi, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiy-ommabop asar ichki T.ga beriladi, biroq, bu T. matbuotda eʼlon qilinmaydi.
Taqriz – adabiy tanqid sohasidagi eng kichik janrlardan biri. Taqriz – badiiyat olamidagi “razvedka” vositasi. Uning vazifasi ixcham ommabop tahlil orqali asarning adabiy jarayon va yozuvchi ijodiyotidagi oʼrnini aniqlash, yutuq va kamchiliklarini koʼrsatish, isbotlash va baholash, unga kitobxonning eʼtiborini qaratishdan iborat. Bu janr shunisi bilan xarakterliki, keng jamoatchilikning asarni qanday qabul qilishi maʼlum jihatdan uni baholagan, tahlil qilgan dastlabki taqrizlarga bogʼliq. Haqqoniy taqriz asar haqida jamoatchilik fikrining shakllanishiga taʼsir koʼrsatadi. Taqrizchi asar mohiyatini ilmiy-estetik tahlil qilish orqali u haqida kitobxonning tasavvur koʼzini ochadi. Shu oʼrinda taqrizchi masʼuliyati degan muhim masala kelib chiqadi. Аgar taqrizchi ilmiy-estetik jihatdan kuchli boʼlsa, mulohazalari asosli va teran boʼlsa, ilmiy jamoatchilikka ham, kitobxonlarga ham, adabiyotga ham naf keltiradi. Va, aksincha boʼlsa: qimmatli asarni didsizligi tufayli inkor etsa yoxud boʼsh asarni madh etsa, adabiy jamoatchilikni ham, kitobxonni ham chalgʼitadi. Shu maʼnoda taqrizchini tibbiyotdagi tashxis qoʼyuvchiga qiyoslasa boʼladi.
Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling