Imlo qoidalari


Download 44 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi44 Kb.
#1607825
  1   2   3
Bog'liq
imlo qoidalari. unli va undoshlar im


Imlo qoidalari. Unli va undoshlar imlosi
R E J A:



  1. Imlo qoidalarining qisqacha mazmuni.

  2. Unlilar imlosi.

  3. Yonma-yon keladigan unlilar imlosi.

  4. Undoshlar imlosi.

  5. Yonma-yon keladigan undoshlar imlosi.

  6. Tutuq belgisining ishlatilish o`rinlari.

Tayanch tushunchalar: tovush va harf, ochiq bo`g`in va yopiq bo`g`in, old qator unli va orqa qator unli, tor unli va keng unli, jarangli undosh, jarangsiz undosh, portlovchi undosh, sirg`aluvchi undosh, ovozdor undosh, til oldi undoshi, qorishiq undosh, burun undoshi, tutuq belgisi.

Imlo qoidalari – savodxonligimiz asosidir. Darhaqiqat imlo qoidalarini yaxshi o`zlashtirmasdan turib savodxonlikka erishib bo`lmaydi. So`z va morfemalarni to`g`ri yozish uchun ma`lum bir qonun-qoidalarga tayaniladi. Shu maqsadda imlo qoidalari yaratiladi. Davr talablari asosida imlo qoidalari takomillashib, o`zgarib boradi. 1930 yilda lotin yozuvi, 1940 yilda kirill yozuvi uchun imlo qoidalari ishlab chiqilgan. 1956 yil 4 aprelda “O`zbek orfografiyasining asosiy qoidalari” tasdiqlanib, amalda qo`llanishga joriy qilingan. Shundan beri o`tgan vaqt davomida ushbu imlo qoidalariga rioya qilib kelindi.


Harflarning imlo qoidalarini tuzishda tovushning fonetik tavsifi hamda uning ayrim imloviy xususiyatlari e`tiborga olinadi. Masalan, a,o,i,u unlilarining imlo qoidalarida yuqoridagi har ikki xususiyat o`z ifodasini topgan bo`lsa, o` va e unlilarining imlo qoidalarida faqat tovushlarning fonetik tavsifi tamoyiliga asoslanilagan.
Harflar imlosi 1-qoidadan 32-qoidagacha davom etadi. Bunda 1-6-qoidalar unlilar imlosi, 7-qoida yonma-yon kelgan unlilar imlosi, 8-30-qoidalar undoshlar imlosi, 31-qoida yonma-yon kelgan undoshlar imlosi va 32-qoida tutuq belgisining qo`llanishi qoidalaridan iborat.
UNLILAR IMLOSI

1. Aa harfi:


1) aka, alanga, aloqa, og`a; sentabr, noyabr kabi so`zlarda old qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi;
2) bahor, zamon; savol, gavda; vasvasa kabi so`zlarning oldingi bo`g`inida, vaqt, vahm kabi so`zlarda a aytiladi va yoziladi.
2. Oo harfi:
1) ona, omon, quyosh, fido, baho, xola, lotin; mukofot, mahorat kabi so`zlarda orqa qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi;
2) boks, poyezd, tonna, talon; agronom, mikrofon; direktor, termos kabi o`zlashma so`zlardagi unlini ifodalash uchun yoziladi.
3. Ii harfi:
1) ish, iz, qil; xirmon, ilhom, ikki, ixtisos, shoyi, tulki; volida, piramida; bilan, biroq, sira, qishloq, chiroq kabi so`zlarda old qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi;
2) o`tin, o`rik, bo`lim kabi oldingi bo`g`inida o` unlisi keladigan so`zlarning keyingi bo`g`inida i aytiladi va yoziladi.
4. Uu harfi:
1) uy, kun; buzoq, buloq, Buxoro; butun, uchuq, usul, yulduz; mafkura; ko`zgu, uyqu; aluminiy, yubiley kabi so`zlarda orqa qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi;
2) qovun, sovun, tovush, yovuz, qirg`ovul, chirmovuq kabi so`zlarning oldingi bo`g`inida o unlisi kelsa, keyingi yopiq bo`g`in boshidagi v undoshidan keyin u aytiladi va yoziladi.
5. O`o` harfi o`t, o`q, o`zbek, o`simlik, do`ppi; bo`tako`z, semizo`t, gulko`rpa, noo`rin kabi so`zlarda orqa qator o`rta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi.
6. Ee harfi ekin, esla, evara, ekran, eksport; kel, zehn; kecha, behi; telefon, teatr; poyezd, atelye; e`lon, ne`mat, she`r kabi so`zlarda old qator o`rta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi.

Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling