Importni tahlil qilish hamda prognoz qilish


Download 33.45 Kb.
bet1/2
Sana19.04.2023
Hajmi33.45 Kb.
#1364371
  1   2
Bog'liq
IMPORTNI TAHLIL QILISH HAMDA PROGNOZ QILISH


IMPORTNI TAHLIL QILISH HAMDA PROGNOZ QILISH

Kirish












Reja:
11.Importni statistik tahlil qilishning anazariy asoslari



2.Tashqi iqtisodiy faoliyatning mohiyati



3. Tashqi iqtisodiy faoliyatning buxgalteriya hisobini tashkil etish
4.Import, uning ta'rifi va iqtisodiy ahamiyati
5. Milliy innovatsion tizim va texnologiyalarni rivojlantirish



Xulosa












Foydalanilgan adabiyotlar



















































































KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi vaqtda O’zbekiston importi mashinalar, uskunalar va transport vositalariga qaratilgan, bu esa mamlakatni jahon bozoridagi keskin tebranishlarga qaram qiladi. Bu retsessiya sharoitida O’zbekiston iqtisodiyotining "motori" sifatida importning rolini sezilarli darajada pasaytiradi. Import sektorini rivojlantirish uchun hozirgi sharoitda importni osonlashtirish tizimini yaratish, shuningdek, tarif va tarifsiz tartibga solish choralarini o'z ichiga olgan O’zbekiston ishlab chiqaruvchisini himoya qilish bo'yicha davlat siyosati katta ahamiyatga ega. Valyuta tushumlari ustidan nazoratni amalga oshirish chorasi sifatida import operatsiyalarini qat’iy hisobga olish va tahlil qilish zarur . Bunday hisobga olish va tahlil qilish import bojlari bo'yicha to'g'ri boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish uchun ham zarurdir.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning buxgalteriya hisobini tashkil etish O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo bojxona statistikasi va maxsus bojxona statistikasiga yuklangan. O’zbekiston Respublikasining bojxona statistikasini yuritishning asosiy qoidalari va tartiblari, tashqi savdo ma'lumotlarini to'plash, qayta ishlash va nashr etish va ularni hisobga olish tartibi O’zbekiston Respublikasi tashqi savdosining bojxona statistikasi metodologiyasiga muvofiq amalga oshiriladi. Metodologiya ma'lumotlarning xalqaro qiyoslanishini va O’zbekiston Respublikasining davlat statistikasi ma'lumotlari bilan taqqoslanuvchanligini ta'minlashi kerak, bu turli xil tahliliy vazifalarni hal qilishga yordam beradi, xususan, mamlakatning umumiy iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish, savdo bitimlarining bajarilishini nazorat qilish. , bozor kon'yunkturasini tahlil qilish va hokazo. Ushbu vazifalarni hal qilish, shuningdek, tashqi savdo hodisalari va jarayonlarini o'rganish uchun, birinchi navbatda, raqamli ma'lumotlarni tizimlashtirish , ya'ni tashqi savdo operatsiyalarining statistik monitoringini o'tkazish kerak. Shuningdek, ushbu operatsiyalarni tavsiflovchi ko'rsatkichlar tizimini ishlab chiqish. Tashqi savdoning bojxona statistikasini shakllantirish uchun statistik monitoring ko'rsatkichlari tizimi qo'llaniladi, ularning asosiylari pul ko'rinishida hisoblangan eksport va importdir. Statistik ko'rsatkichlar eksport operatsiyalarining turli xil tahliliy tadqiqotlarini o'tkazish imkonini beradi, buning uchun bojxona organlari quyidagi statistik tahlil usullaridan foydalanishlari mumkin: umumlashtirish va guruhlash; grafik usul; indeks usuli; omil tahlili; tashqi savdo dinamikasini tahlil qilish va boshqalar.

1. Importni statistik tahlil qilishning nazariy asoslari


Bugungi kunda energiya tejamkor qurilish materiallar ishlab chiqarish, investitsiya loyihalarni amalga oshirish va tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlashga katta e'tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda 13 mingga yaqin qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona faoliyat ko'rsatayotgan bo'lsa, ular tomonidan tayyorlanayotgan materiallar soni 180 tadan oshdi.
Valyuta bozorining liberallashgani, boshqa davlatlar bilan hamkorlik kengayib, mahalliy va xorijiy investorlarga keng yo'l ochilgani, bank sektori rivojlanib, imtiyozli kreditlar ko'payganligi sababli qurilish materiallari sohasida ham o'tgan besh yilda katta siljishlar ro'y berdi. Xususan, 2016-yildan 2021-yilgacha 7 ming 385 ta investitsiya loyihasi bo'yicha 5 milliard 386 million dollar o'zlashtirildi. Shuningdek, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlari ham 2016-yilga qaraganda 70 taga, korxonalar soni 12 yarim mingtaga ko'paydi.
Ular tomonidan keramik plitka, gipsokarton, shifer, tsement, ohak, bazal`t armaturasi, temir-beton mahsulotlari, bezakli oyna, devorbop va noruda materiallar kabi asosiy turdagi qurilish materiallari bo'yicha ichki talabni to'liq qoplash va eksportga ushbu mahsulotlarni sotish imkoniga ega bo'lgan ishlab chiqarish quvvatlari yaratildi.
E'tiborlisi, keyingi yillarda sohani isloh qilish, korxonalar samaradorligi va salohiyatini oshirish bo'yicha ko'plab ishlar amalga oshirildi. Tarmoqdagi har bir korxona faoliyatini tanqidiy tahlil qilib, mahsulotlar sifatini oshirish, energiya tejamkor, innovatsion qurilish materiallari ishlab chiqarish hisobiga tannarxni pasaytirishga qaratilgan yo'nalishlar aniq belgilab olindi.
Raqamlarga murojaat qiladigan bo'lsak, 2016-yilda respublikada qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi 6 831,1 milliard so'mni tashkil etgan bo'lsa, 2020-yil oxiriga kelib, ushbu ko'rsatkich 22 trillion so'mga etdi. Ya'ni sohadagi o'sish sur'ati 2 yarim barobarga ortdi. Jumladan, 2020-yil mabaynida 12,5 million tonna tsement (o'sish 1,7 barobar), 56,5 million kvadrat metr qurilish oynasi (7 barobar), 18 million kvadrat metr keramik plitkalar (124 barobar), 650 ming dona santexnik buyumlari (5,2 barobar) ishlab chiqarildi.
Korxonalarda “raqamli texnologiyalar”ni qo'llash, inson hayoti uchun xavfli jarayonlarda avtomatizatsiya darajasi oshirib borilayapti. Qurilish materiallari sohasida yangi yo'nalishlarni rivojlantirish, bunga xorijiy investorlarni keng jalb qilishga alohida e'tibor qaratildi. Buning ntijasida eksport hajmi 2016 yilda 55,3 million dollar bo'lgan bo'lsa, 2020 yilga kelib 200 million dollarni tashkil etdi.
Yurtimizda ko'plab uy-joylar, zavod va korxonalar, ijtimoiy ob'ektlar bunyod etilayotgani qurilish materiallari, turdosh mahalliy sanoat mahsulotlariga talabni oshirmoqda.
Shu bois Prezidentimiz raisligida joriy yilning 30-aprel kuni hududlarda mahalliy sanoatni rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi bo'yicha o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida bu boradagi ishlarni “ichki talabni o'rganish – importni tahlil qilish – resurs bazasini aniqlash – yangi loyihalar ishlab chiqish” zanjiri asosida tashkil etish zarurligi ta'kidlandi.
Davlatimiz rahbari Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda 24 ta tumanni qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish taklifini qo'llab-quvvatladi. Bu hududlardagi mavjud xomashyo va yirik zavodlar infratuzilmasidan foydalanib, ularga yaqin joyda yangi korxonalar tashkil etishga e'tibor qaratiladi. Infratuzilmani yaxshilash uchun byudjetdan qo'shimcha 400 milliard so'm, geologiya ishlarini amalga oshirishga 100 milliard so'm mablag' ajratiladi.
Ayni paytda qurilish materiallari tarmog'ida umumiy qiymati 5 milliard dollarlik mingdan ziyod yangi loyihalar shakllantirilgan. Bu orqali 25 mingdan ortiq ish o'rni yaratish mumkin bo'ladi. Joriy yilda tasdiqlangan Investitsiya dasturiga asosan, sohada umumiy qiymati 3 milliard 829,1 million dollar bo'lgan 175 ta yirik istiqbolli loyiha o'zlashtirish belgilangan. Bundan tashqari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida ham investitsiya loyihalari amalga oshirish ko'zda tutilgan.
“O'zsanoatqurilishbank” tomonidan ushbu sohadagi loyihalar uchun 300 million dollarlik kredit liniyasi ochish, bank filiallaridagi konsalting markazlari orqali tadbirkorlarga amaliy yordam berish taklifi bildirilgan edi. Prezidentimiz yig'ilishda bunga qo'shimcha, mazkur bank orqali davlat tomonidan 200 million dollar ajratish bo'yicha ko'rsatma berdi. Shu bilan birga, endilikda yangi turdagi qurilish va pardozlash mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalariga 15 milliard so'mgacha kafillik beriladigan bo'lindi. Bunday korxonalarga milliy valyutadagi kreditlar bo'yicha Markaziy bank stavkasidan 10 foizgacha ortiq qismi va xorijiy kreditlar bo'yicha foiz stavkasining 50 foizi qoplanishi tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi loyihalarga cho'chimasdan kirishish imkoniyatini yaratadi.
Bundan tashqari, qishloq joylaridagi sanoat zonalari hamda konlar va kar`erlar uchun er solig'i 10 baravargacha kamaytiriladi. 500 ta noruda qazilmalar koni auksion orqali sotilib, ularning negizida sanoat korxonalari tashkil etiladi.
Demak, zimmamizdagi mas'uliyatli vazifalar ayon. Imkoniyatlardan foydalanib, ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi loyihalar evaziga mahsulot turlarini ko'paytirib, import o'rnini to'ldirishimiz zarur. Bu borada eng samarali yo'l – tuman yo shaharga kirib kelayotgan import tarkibini tahlil qilib, shu mahsulotlarni hududning o'zida ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish hisoblanadi. Chunki, so'nggi ikki yilda 6 mingga yaqin ko'p qavatli uylar qurilgan bo'lsa, ularga ishlatilgan materiallar 30 foizgacha chetdan keltirilgan. Ana shu materiallarni bosqichma bosqich ishlab chiqarishning o'zi salohiyatimizni kamida uchdan bir barobarga oshiradi.
O'z navbatida, hozirgi kunda keramik plitkalar, santexkeramika mahsulotlari, gulqog'oz, quruq qurilish aralashmalari, pishgan g'isht, tabiiy toshdan yasalgan pardozbop plitalar, ohak, polipropilen quvurlar, deraza oynasi, fiting kabi mahsulotlar eksport qilinmoqda. Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriq va ko'rsatmalarni o'z vaqtida bajarish bunday raqobatbardosh mahsulotlar turini bir necha barobar oshirish imkonini ham beradi.
Bu yil O‘zbekiston va uning xalqi uchun ko‘p jihatdan murakkab yil bo‘ldi. Oxirgi besh oyda yuz bergan voqealar buni yaqqol tasdiqlab turibdi. 
Yurtimizda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi va O‘zbekiston Konstitutsiyasining 24-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari davlatimiz tizimi mustahkamligini, hokimiyatning barcha bo‘g‘inlari, jamiyatimiz va xalqimizning jipsligini butun dunyoga yana bir bor namoyon etdi. 
Barchamiz uchun aziz va qadrli bo‘lgan Islom Abdug‘aniyevich Karimov bugun oramizda yo‘q. Biroq Birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning «o‘zbek modeli»ni amalga oshirish va zamonaviy davlat barpo etish borasidagi strategik tamoyillarga biz o‘z ishimizda doimo suyanamiz. 
Bu tamoyillar O‘zbekistonda bundan buyon ham siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni ta’minlashning mustahkam poydevori hisoblanadi. 
2017-yilni biz Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qildik. Bugungi majlisimizning asosiy mazmunini aynan shu talabdan kelib chiqqan holda belgilashni taklif etaman. Shu munosabat bilan sizlarning e’tiboringizni quyidagi eng muhim masalalarga qaratishni zarur, deb hisoblayman. 
Birinchidan, nima sababdan o‘tgan yilda iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni rivojlantirishning ayrim ko‘rsatkichlariga erishilmadi? Buning uchun kim shaxsan javob beradi? 
Ikkinchidan, 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilab olishimiz zarur.
Uchinchidan, kelgusi besh yil davomida qanday strategik vazifalarni amalga oshirishimiz kerak? 
Majlis ishtirokchilarini ogohlantirib aytmoqchiman: «g‘alaba raportlari» va qilingan ishga doir hisobotlarga berilmasdan, asosiy diqqat-e’tiborni mavjud kamchiliklar va ularning ildizlarini puxta tahlil qilishga qaratish zarur. Shuningdek, mamlakat Prezidenti va hukumati darajasida yechiladigan aniq takliflar va muammoli masalalarga e’tibor berish shart. 
Majlisni asosan muloqot tarzida o‘tkazishni taklif etaman. Qo‘yilgan savollarga beriladigan javoblar aniq-ravshan va tushunarli bo‘lishi kerak. Bu nafaqat Bosh vazir o‘rinbosarlari, hukumat a’zolari va shu zalda o‘tirgan majlis ishtirokchilariga, balki barcha shahar va tuman rahbarlariga ham birdek tegishlidir. 
Bugun mamlakatimizning barqaror rivojlanish yo‘lida izchil ilgarilab borishini tahlil qilar ekanmiz, o‘tgan yili prinsipial muhim islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha qat’iy qadamlar qo‘yildi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. 
Bu islohotlarning asosiy maqsadi – aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlashdir. 
Jadal va barqaror rivojlanishga qaratilgan bu siyosat bundan keyin ham so‘zsiz davom ettiriladi. 
Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbarni – bu Bosh vazir yoki uning o‘rinbosarlari bo‘ladimi, hukumat a’zosi yoki hududlar hokimi bo‘ladimi, ular faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lib qolishi kerak. 

Endi har birimiz, eng avvalo, davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining vazifasi – o‘zimiz mas’ul bo‘lgan soha va tarmoqda ishlarning ahvolini tanqidiy baholash asosida zimmamizga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajarishni ta’minlashdan iborat. Shunday davr keldi. 



Ana shu talabni, shuningdek, 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakat strategiyasi loyihasini keng muhokama qilish davomida kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda, 2017-yil uchun mo‘ljallangan iqtisodiy va ijtimoiy dasturning o‘n bitta eng muhim ustuvor vazifasini belgilashni taklif etaman. 
Ushbu ustuvor vazifalar bugungi majlisimiz bayonnomasi loyihasida ko‘rsatilgan. Shu munosabat bilan Bosh vazir A.Aripovga ana shu yo‘nalishlarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro bog‘liq chora-tadbirlar kompleksini bir oy muddatda taqdim etish topshiriladi. 
Eng asosiy ustuvor vazifa – «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturini amalga oshirish, «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan olijanob g‘oyani izchillik bilan hayotga tatbiq etishdan iborat. 
Aynan ana shu eng muhim vazifalar iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari va ustuvor vazifalariga jiddiy o‘zgartirishlar kiritish uchun poydevor bo‘lishi kerak. 
Buning uchun quyidagi vazifalarni bajarishimiz lozim. 
Birinchi – fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning yangi samarali usul va mexanizmlarini tatbiq qilish, jumladan, barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish tizimini joriy etish kerak. O‘ylaymanki, ana shu muhim ishda Qonunchilik palatasi va Senat qo‘mitalari faol ishtirok etadi. 
Joriy yilning 1-fevralidan boshlab Qonunchilik palatasi Spikeri – Nuriddinjon Mo‘ydinxonovich Ismoilov va Senat Raisi – Nig‘matilla To‘lqinovich Yo‘ldoshev ham joylarga chiqib, mavjud ahvolni shaxsan o‘rganish asosida aholining eng muhim ehtiyojlarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatishlari maqsadga muvofiqdir. 
Ikkinchi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi, har bir tuman va shahardagi Xalq qabulxonalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash darkor. 
Ana shu ishlarning bosh maqsadi – fuqarolarning qonuniy murojaatlarini qisqa muddatda sinchiklab ko‘rib chiqishni va hal etishni ta’minlashdir. Bu borada raqamlar va silliq hisobotlarning orqasidan quvib, navbatdagi kampaniyabozlikni uyushtirish kerak emas. 
Buni xalq hech qachon kechirmaydi! 
Bundan buyon agar arizachi olgan javob xatidagi o‘z qonuniy muammosi yechimidan qanoat hosil qilmasa, bunday murojaat nazoratdan olinmaydi. 
Uchinchi – Bosh vazir boshchiligida tuzilgan maxsus komissiya bir hafta muddatda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturi loyihasini yana bir bor qayta ko‘rib chiqib, tasdiqlash uchun kiritishi kerak. 
Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir. 

Bosh vazirning barcha o‘rinbosarlari, iqtisodiyot vaziri G.Saidova, moliya vaziri B.Xo‘jayev, Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.Parpiyev va Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.Tohiriyni 2017-yil uchun belgilangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish borasida shaxsan javobgar ekanliklari to‘g‘risida yana bir bor ogohlantiraman. 


Makroiqtisodiyot kompleksi rahbari R.Azimov, iqtisodiyot vaziri G.Saidova va moliya vaziri B.Xo‘jayevning joriy yil yakuni bo‘yicha Davlat byudjeti defitsiti prognoziga doir takliflariga qo‘shilib bo‘lmaslikni alohida ta’kidlamoqchiman. 
Bu borada faqat byudjet profitsiti haqida so‘z borishi mumkin va zarur. Bu muhokama qilishni emas, balki so‘zsiz bajarishni talab etadigan strategik vazifadir. 
Buning uchun joylarga chiqish, har bir xonadonning tadbirkorlik borasidagi imkoniyatini o‘rganish, moliyalashtirishni kengaytirish bilan bog‘liq muammolarni hal etish, tadbirkorlarni ishontirish va ularga amaliy yordam berish – butun Makroiqtisodiyot kompleksi faoliyatidagi kundalik qoidaga aylanishi kerak. 
Faqat shundagina natijaga erisha olamiz. Shu munosabat bilan hokimlar va ularning birinchi o‘rinbosarlari o‘z ish uslubi va dunyoqarashini tubdan o‘zgartirishi shart. 
Har bir tuman va shaharda, respublika ahamiyatiga molik yirik korxonalar hissasini e’tiborga olmagan holda, soliqqa tortish bazasini kengaytirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent viloyatining barcha tumanlarini subvensiyadan chiqarishni so‘zsiz ta’minlash kerak. 
Bu yil boshqa hokimliklar va tegishli organlar uchun ham subvensiyadan qutilish masalasida sinov yili bo‘ladi. Buning uchun Makroiqtisodiyot kompleksi tarkibidagi vazirlik va idoralar har kuni, har haftada samarali va tinimsiz ish olib borishi kerak. Busiz natijaga erishib bo‘lmaydi. 
Shuning uchun Makroiqtisodiyot kompleksi rahbari R.Azimov iqtisodiyotni boshqarish bo‘yicha hozirgi zamonaviy yangi tizimlar samaradorligiga quyi bo‘g‘indagi rahbarlarni ishontirishi, ularni shu asosda ishlashga o‘rgatishi, bu boradagi natija uchun javob berishi va uni kafolatlashi kerak. 
Hurmatli do‘stlar! 
Hayotning o‘zi va xalqning talablari bizning oldimizga amaliy yechimini topish lozim bo‘lgan yangi va yanada murakkab vazifalarni qo‘ymoqda. 
Bu o‘rinda asosiy muammo, mening nazarimda, quyidagilardan iborat. 
Birinchidan, ayrim idoralar va ularning rahbarlari real hayotdan va xalq ehtiyojlaridan ma’lum darajada uzilib qolmoqda. 
Ikkinchidan, tarmoq va hududlarni rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarini ishlab chiqishda yuzaki yondashuvga yo‘l qo‘yilmoqda. 
Va nihoyat, uchinchi asosiy kamchilik – ko‘pchilik rahbarlarning murakkab muammolarni kabinetdan chiqmasdan, iqtisodiyot tarmoqlari, har bir korxonadagi, shahar va tumanlardagi, ayniqsa, qishloq joylardagi ishlar qanday ahvolda ekanini chuqur o‘rganmasdan hal etishga odatlanib qolgani bilan bog‘liq. 
Shuning uchun bugun Bosh vazir o‘rinbosarlaridan o‘zlariga qarashli vazirlik va idoralarning advokati bo‘lib emas, balki eng avvalo, davlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda ana shu savollarga g‘oyat aniq va ravshan javob berishni talab qilaman. Shuningdek, kompleks tarkibidagi har bir boshqaruv organi rahbariga jiddiy va aniq baho berishni so‘rayman. 
Barqaror iqtisodiy rivojlanish poydevori bo‘lgan tayanch tarmoqlardagi ishlarimiz qay ahvolda? 

Davlat tomonidan bu tarmoqlar doimo qo‘llab-quvvatlanayotgan bo‘lsa-da, nima sababdan izchil va barqaror o‘sish ta’minlanmayapti? Va nihoyat, nima sababdan tajribali kompleks rahbari G‘.Ibragimov tomonidan samarali boshqaruv jilovi qo‘ldan chiqarib yuborilgan? 


Aniq dalillarga murojaat qilaylik. 
«O‘zbekneftgaz» kompaniyasi tizimida – A.Sultonov – 2010-2016-yillarda qariyb 20 milliard dollarlik katta kapital qo‘yilmalar kiritilganiga qaramasdan, suyuq uglevodorod va tabiiy gaz qazib olish kamaygan. 
Shu bilan birga, bu borada xomashyo import qilish 1,3 barobar ko‘paygan. Yirik va hayotiy muhim loyihalarni amalga oshirish muddatlari doimo barbod qilinmoqda. 40 ming kishi ishlaydigan «O‘ztransgaz» kompaniyasi tizimida muddati o‘tgan debitor qarzdorlik 14 foizga oshgan. 
Nima sababdan, G‘ulom Inomovich, siz ilgari o‘zingiz rahbarlik qilgan «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tizimidagi ishlar ahvoliga sustkashlik bilan yondashyapsiz? Nima sababdan ushbu tarmoqdagi ishlar doimiy ravishda izdan chiqmoqda? Qishloq xo‘jaligiga fosforli o‘g‘itlarni to‘liq yetkazib bermaslik va ularning tanqisligi uchun shaxsan kim javob beradi? Oxirgi 10-yilda mineral o‘g‘itlarning narxi necha barobar o‘sgan? 
Tabiiy savol tug‘iladi: o‘g‘itning tannarxi necha marta kamaygan? Afsuski, bunday haqli savollarga javob yo‘q. Bundan kim zarar ko‘ryapti? Albatta, dehqon va fermerlarimiz. 
“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatida 67 ming kishi, jumladan, qo‘shtirnoq ichidagi «pul yig‘uvchi»lar mavjud bo‘lsa-da, nima sababdan ulkan debitor qarzdorlikning tagiga yetib bo‘lmaydi? Ko‘mir qazib olish tarmog‘i, ta’bir joiz bo‘lsa, «yonboshlaganicha yotibdi». 
Sizga uch yil oldin xodimlar shtati haddan tashqari kengayib ketgan, jumladan, qarindoshchilik asosida ishga olish va juda yuqori ish haqi belgilash avj olgan o‘nlab loyiha guruhlari faoliyatini puxta o‘rganib chiqib, tartibga solish topshirilgan edi. Nima uchun topshiriqni oxirigacha bajarmadingiz? 
Siz va sizga bo‘ysunuvchi rahbarlardan bugun ana shu savollarga javob berishingizni talab qilaman. Shu bilan birga, birinchi yarim yilda asosiy e’tiborni quyidagi vazifalarni amalga oshirishga qaratish zarur: 
birinchi – Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlarida mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha yaqinda tasdiqlangan dasturni so‘zsiz amalga oshirish uchun Q.Sanaqulov va A.Farmonovning shaxsiy javobgarligini ta’minlash shart. Bir-ikki foiz miqdordagi o‘sish sur’atlari bilan chegaralanib qolish mumkin emas. 
Shu munosabat bilan G‘.Ibragimov qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni ko‘paytirish va yangi fabrikalar qurishga doir topshiriqni bajarish bo‘yicha qaror loyihasini kiritishni tezlashtirishi zarur; ikkinchi – nafaqat joriy yilda, balki yaqin 3-5-yilda foydalanishga topshiriladigan barcha strategik muhim obyektlarni o‘z vaqtida ishga tushirish darkor; uchinchi – neft-gaz mahsulotlari eksportini ko‘paytirish, importni keskin kamaytirish va asbob-uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hajmini oshirish uchun qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha puxta ishlab chiqilgan aniq chora-tadbirlar kompleksini taqdim etish zarur. 
Keyingi 10-yilda Vazirlar Mahkamasi komplekslariga qarashli vazirlik va idoralar tomonidan olib kirilgan asbob-uskunalar importi tahlil qilinmagan. Ularni mahalliylashtirishdan hech kim manfaatdor emas, bu masala bilan hech kim astoydil shug‘ullanmayapti. Bunday yondashuv zamirida nima yotibdi, degan haqli savol tug‘iladi. 
Shuning uchun bundan buyon Vazirlar Mahkamasining har chorak yakuni bo‘yicha majlislaridan oldin alohida yig‘ilishlar o‘tkazilib, ularda har qaysi Bosh vazir o‘rinbosarining importni va tannarxni kamaytirish, mahalliylashtirishni kengaytirish borasidagi ishlarning ahvoli to‘g‘risidagi hisoboti eshitiladi. Ularning faoliyatiga xolisona baho beriladi. 
Davlat geologiya qo‘mitasi tizimi, shuningdek, uning rahbari I.To‘ramuratov faoliyati samaradorligi alohida e’tiborni talab qiladi. Yaqin vaqt ichida 2017-2021-yillarda mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va tiklash dasturi loyihasini taqdim etish zarur. 
Bosh vazir o‘rinbosari U.Rozuqulov rahbarlik qilayotgan Mashinasozlik kompleksida yuzaga kelgan ahvol bizni jiddiy tashvishlantirmoqda. 
Eng avvalo, siz rahbarlik qilayotgan avtomobilsozlik sanoatida ishlab chiqarish hajmi keyingi uch yilda 2,8 barobar kamaygan. Bu nafaqat sanoat mahsuloti o‘sish sur’atiga, balki mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti o‘sishiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu sohada import hajmi eksportdan bir necha barobar yuqori bo‘lib, mahalliylashtirish darajasi esa importga nisbatan 20 foizdan ham past bo‘lib qolmoqda. 
Butun qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tizimini tubdan qayta qurish ta’minlanmagan. Bu tizim o‘z mohiyatiga ko‘ra nafaqat qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va fermer xo‘jaliklari mehnatini yengillashtirishning mustahkam poydevori, ayni vaqtda mamlakatimiz valyuta balansini to‘ldirish bo‘yicha kafolatlangan manba bo‘lishi kerak edi. 
Oxirgi yillarda shaxsan siz kadrlar bilan ishlashni bo‘shashtirib yubordingiz. Sizning taklifingizga ko‘ra «O‘zeltexsanoat» kompaniyasi rahbari etib E.Iminov tayinlangan edi. Biroq uning ish natijalari va butun tarmoqdagi ahvol qanday? 
Ko‘pgina investitsiya loyihalarini ishlab chiqish cho‘zib yuborilmoqda. Ichki bozorimizning ko‘plab tovarlarga bo‘lgan ehtiyoji 50 foiz darajasida ham qondirilmayapti. Eksport bo‘yicha topshiriqlar barbod qilingan. 
Siz va kompaniya raisi xorijiy investitsiya va zamonaviy uskuna olib kelib, zamonaviy raqobatdosh ishlab chiqarish korxonalari tashkil etganingizni men eslay olmayman ham. 
Siz xususiy tadbirkorlarning o‘zi tashabbus ko‘rsatayotganidan qanoatlanib yuribsiz. Tarmoqda esa haligacha zarur siljish yo‘q. 
Siz tomoningizdan «O‘zstandart» agentligi rahbarligiga tavsiya qilingan A.Qurbonov nomzodi va unga nisbatan talabchanlik ko‘rsatilmagani tufayli sohada aniq ish va yakuniy natija bo‘lmadi. Xalqaro standartlashtirish tashkilotining 21 ming standartidan atigi 13 foizi mamlakatimizda joriy etilgan, xolos. 
Shuning uchun ham sizdan va tarmoq rahbarlaridan bugun quyidagi vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida axborot borishingizni talab qilaman:birinchi – avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish, uning mahsulotlari raqobatdoshligini, eng avvalo, yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlar bozorlarida oshirish bo‘yicha prinsipial jihatdan yangi tizim zarur. 
Bu borada men «otvertka bilan mashina yig‘ish» emas, balki asosiy va yordamchi tarmoqlarni barqaror rivojlantirish, ortiqcha xarajatlar va tannarxni kamaytirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va importni qisqartirishni nazarda tutyapman; ikkinchi – aholi uchun maqbul narxda turli maishiy elektr texnika buyumlarini ishlab chiqarishni ta’minlashimiz kerak; 
uchinchi – o‘tgan yili biz «O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyatini qayta tashkil etish bo‘yicha muhim hujjatlar qabul qildik. Savol: ularni muvaffaqiyatli amalga oshirish va bu o‘ta muhim tarmoqning barqaror ish yuritishini ta’minlash bo‘yicha siz tomoningizdan qanday aniq chora-tadbirlar ko‘riladi? 
to‘rtinchi – butun standartlashtirish tizimini tubdan qayta qurish kerak. Bundan ko‘zlangan maqsad – mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar zamonaviy xalqaro standartlarga javob berishi lozim. 
Siz va Bosh vazirning boshqa o‘rinbosarlari uchun mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish 2017-yilda so‘zsiz hal qiluvchi faoliyat yo‘nalishiga aylanishi zarur. 
Bu o‘rinda gap faqat eksport hajmining o‘sish ko‘rsatkichlari haqida borayotgani yo‘q. Kun tartibida o‘ta jiddiy masalalar turibdi. Bular – mamlakatimizda yaratilgan texnologiyalarning raqobatdoshligini ta’minlash, “nou-xau” namunalarini yaratish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ya’ni yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishdir. 
Bizda ulkan rezervlar bor. Lekin shunga qaramasdan, o‘tgan yili jami 1 milliard 540 million dollarlik prognoz ko‘rsatkichlari bajarilmay qoldi. Shundan 570 million dollari Vazirlar Mahkamasi komplekslariga qarashli korxonalarga to‘g‘ri keladi. 970 million dollar miqdoridagi ko‘rsatkichlar esa hududlardagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilmagan. Bizning mahsulotimiz eksport qilinadigan mamlakatlar soni 2010-yilga nisbatan 176 tadan 138 taga kamaygan. 

Ayni vaqtda mashinasozlik kompleksi, «O‘zfarmsanoat» konserni va «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalarda import hajmi eksport hajmidan o‘nlab marta ko‘p. 


«O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyati va «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi tizimida mahalliylashtirilgan mahsulotlar hajmi import miqdoriga nisbatan 25-30 foizdan oshmaydi. 
Nima sababdan siz ushbu muhim vazifadan o‘zini chetga olayotgan va prognoz ko‘rsatkichi atigi 42 foizni tashkil etgan Toshkent shahri hokimi R.Usmonov va tumanlar hokimlarining shaxsiy javobgarligini belgilash bo‘yicha aniq takliflar kiritmayapsiz? 
Yoki Sh.Abdurahmonov, Z.Ro‘ziyev, Sh.G‘aniyev kabi tajribali hokimlar rahbarlik qilayotgan Andijon, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida prognoz ko‘rsatkichlari atigi 65-85 foiz bajarilganini qanday tushunish mumkin? 
Endi, ruxsatingiz bilan, 2017-yilda oldimizda turgan vazifalar to‘g‘risida to‘xtalsak. Biz 10 milliard 800 million dollar hajmidagi mahsulot eksportini ta’minlashimiz kerak. Bu borada qanday kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni hal etishimiz zarur? 
Birinchi – 15 kunlik muddatda komplekslar bo‘yicha emas, chunki bu o‘zini oqlamayapti, balki eksportga mahsulot chiqaradigan barcha korxonalar bo‘yicha harakat dasturini puxta ishlab chiqish va U.Rozuqulov rahbarligidagi maxsus komissiya majlisida tasdiqlash kerak. 
Ikkinchi vazifa – 2016-yilda Toshkent shahri va xorijda o‘tkazilgan xalqaro sanoat yarmarkalarida jami 7,7 milliard dollarlik mahsulotni eksport qilish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni amalga oshirish zarur. 
Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek, boshqa davlatlarda mahsulot sotishning yangi bozorlarini izlash bo‘yicha boshlangan ishlarni yanada faol davom ettirish kerak. Lekin Bolgariya bilan bu borada yaqindan hamkorlik qilish bo‘yicha berilgan topshiriq, afsuski, natijasiz qoldi. 
Bu ishlarga bizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarimiz ham o‘z hissasini qo‘shishi lozim. Buni Senat raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoyev va tashqi ishlar vaziri A.Komilov nazoratga olsin. 
Uchinchi vazifa – «O‘ztadbirkoreksport» va «O‘zsanoateksport» aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek, Milliy bank huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi yo‘nalishi bo‘yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksporti bilan bog‘liq. Bu borada kamida 1 milliard 500 million dollarlik eksportni ta’minlash kerak. 
To‘rtinchi vazifa – meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish. Bosh vazir o‘rinbosari Z.Mirzayevga 15 kun muddatda o‘tgan yili 650 million dollarlik meva-sabzavot eksport qilinmay qolgani sabablarini atroflicha tahlil qilib, aniq takliflar kiritish topshiriladi. 
Bu borada mamlakatimizdagi meva-sabzavot yetishtirishga ixtisoslashgan 66 ta tumanning salohiyati va imkoniyatlarini ham so‘zsiz hisobga olish zarur. Endi ushbu tumanlar hokimlari, ularning o‘rinbosarlari va tumandagi barcha rahbarlar prognoz ko‘rsatkichlariga erishish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobgardir. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi majlisida import qilinayotgan mahsulotlar hajmi va unga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, import mahsulotlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Iqtisodiyot va sanoat vazirligining hisoboti eshitilgan.
Hisobotga ko‘ra, ayrim vazirlik va idoralar, hududiy korxonalar, jismoniy shaxslar tomonidan Mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga o‘xshash tovarlar va asosiy faoliyatiga xos bo‘lmagan tovarlar importini amalga oshirish davom etmoqda. Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida 878,8 million dollarga teng bo‘lgan o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan tovarlar import qilingan. Jumladan, «O‘zavtosanoat» AJ, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi, «O‘zmetkombinat» AJ, «O‘zeltexsanoat» AJ, «O‘zcharmsanoat» uyushmasi, Olmaliq KMK tomonidan respublikamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga o‘xshash tovarlar importi amalga oshirilgan.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi import qilinayotgan Mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga o‘xshash tovarlar va asosiy faoliyatiga xos bo‘lmagan tovarlarni qanday aniqlagan?
Millionlab olib kirilayotgan tovarlarning har biri, Mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilayotgan mahsulot texnik xarakteristikasi bilan import qilinayotgan o‘xshash tovarning xarakteristikasi va standartlari birma-bir solishtirilganmi? Yoki har bir tovarda laboratoriya solishtirish sinovlarini o‘tkazganmi? Tabiiyki, yo‘q. Bunday qilishning umuman fizik jihatdan imkoni ham yo‘q.
Tajribadan ma’lumki, vazirlik import qilinayotgan tovarlarni tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi kodi orqali ajratib, mahalliy ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar kodi bilan solishtiradi.
Bu birinchidan, yuqoridagi tahlil va tanqid o‘ta iqtisodiy saviyasizlik bilan amalga oshirilganligini bildiradi. Agar, deylik, TIF tovarlar nomenklaturasi kodi 10 ta belgigacha aniqlikda solishtirilganda ham ularni bir xil tovar deya olmaymiz, toki ushbu tovarlarni tegishli standartlarini solishtirmaguncha yoki laboratoriya sinovlarini o‘tkazmaguncha. Misol uchun, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan yoritgich (lampochka) bilan, gaz plitalarini duxovkasiga ishlatiladigan o‘tga chidamli yoritgich (lampochka)larni qanday qilib bir xil tovar deb qabul qilib, uni importini cheklash mumkinmi?
Umuman, qachongacha «ibtidoiy» usulda importni cheklash orqali iqtisodiyotni rivojlanishini «bo‘g‘amiz». Nimaga, import qilayotgan korxona davlatga bu bir xil tovar emasligini isbotlash uchun qo‘shimcha vaqt va qo‘shimcha mablag‘ sarflab, ekspertiza qildirishi kerak? Ularning ushbu jarayon orqali paydo bo‘ladigan moliyaviy-iqtisodiy zararini kim qoplab beradi? Tadbirkorlik subyektlarini erkin ishlashini ta’minlay olishni eplamayotgan bo‘lsak, hech bo‘lmasa ularning faoliyatiga xalaqit bermaslikni iloji yo‘qmi?
Xorijiy davlatlarda tadbirkorlik subyektlariga biron-bir soliq yoki statistika hisobotini topshirish kerakligi to‘g‘risidagi ularga yo‘llangan xat jo‘natilsa, ularning moliyaviy faoliyatiga zarar yetkazmaslik uchun ularning javob yozib jo‘natishiga ham pul to‘langan bo‘ladi. Bizda esa nimaga tadbirkor hisobot topshirish uchun yoki boshqa ishni bitirish uchun ayrim hollarda 250-300 kilometr yo‘l bosib tuman markaziga o‘z mablag‘i hisobidan kelib ketishi kerak?
Qaysi tovarni import qilish, qaysi tovarni import qilmaslikni bozorning o‘zi belgilab berishi kerak emasmi? Bozor iqtisodiyoti qonuniyatlariga qachongacha qarshi boramiz? Qachon iqtisodiyotni erkinlashtiramiz, bozor iqtisodiyotiga byurokratik to‘siqlar va davlat aralashuvini qachon to‘xtatamiz?
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bunday «ibtidoiy» usuldagi, saviyasiz tahlillarni olib borishi o‘rniga, har bir soha va tarmoq bo‘yicha, ya’ni bu avtosanoat sohasi bo‘ladimi yoki to‘qimachilik sanoatimi, umuman barcha tarmoq bo‘yicha alohida chuqur iqtisodiy tahlil va tadqiqot olib borib, kerakli yechim va chora-tadbirlar ishlab chiqishi muhimroq emasmi? Agar, bu borada vazirlikda yetarli saviya va tajriba bo‘lmasa, dunyodagi yuqori reytinglarga ega konsalting kompaniyalarini jalb qilish lozim deb hisoblaymiz.
Bunda avvalambor, mavjud holat, infrastruktura va salohiyat chuqur tahlil qilinishi va keyingi navbatda esa har bir tarmoqda qanday mahsulotlar import qilinayotganligi, ularning narxlari, tannarx tarkibi, transport, logistika va boshqalar chuqur tahlil qilinishi va undan keyingina kerakli tadbirlarni amalga oshirishi lozim. Demoqchimizki, biz qaysidir tovarni sun’iy ravishda cheklab turishimiz bilan mamlakatimizda ishlab chiqarish uchun har tomonlama «nomuvofiq» bo‘lgan tovarni kirib kelishining oldini ololmaymiz, aksincha bu bilan ma’lum muddat iqtisodiyotni rivojlanishini to‘xtatib turamiz, xolos.
Shuningdek, Oliy Majlis Senatining axborot xizmati xabarida yana aytilishicha, «import hajmining mahsulotlar kesimidagi tahlili tashqi savdoni tarif va notarif boshqarishga ehtiyoj oshib borayotganligini ko‘rsatmoqda».
Shu o‘rinda, xorijiy amaliyotga ko‘ra, importni cheklash, tashqi savdoni tarif va notarif boshqarish, qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
Birinchidan, importni cheklash va tashqi savdoni tarif va notarif boshqarish raqobati cheklangan savdo, sanoat va moliya tarmoqlarida ichki monopoliyalarning paydo bo‘lishi va ularni qo‘llab-quvvatlanishi uchun qulay sharoit yaratadi.
Ikkinchidan, ushbu jarayon iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradi. Sababi, yuqori tariflar tashqi savdoning pasayishiga olib keladi, bu esa global iqtisodiyot va mamlakat farovonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish mamlakatning o‘z-o‘zini yakkalanishiga, zamondan orqada qolgan, qimmat ishlab chiqarishning saqlanib qolishiga olib keladi. Mamlakatning turli sohalarda ixtisoslashuvining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Erkin savdo – har bir mamlakat o‘zining turli xil salohiyatlarini (masalan, geografik) to‘liq anglab etgan holda, eng kam xarajatli va raqobatbardosh sanoatni ajratib olish va rivojlantirish imkoniyatiga ega. Importni cheklash va tashqi savdoni tarif va notarif boshqarish bunga yo‘l qo‘ymaydi, ya’ni ichki bozorning xilma-xil ehtiyojlarini qondirish uchun resurslarni samarali va samarasiz tarmoqlar o‘rtasida qayta taqsimlash zarur bo‘lib qoladi.
Uchinchidan, importni cheklash va tashqi savdoni tarif va notarif boshqarish narxlarning pasayishiga yordam bermaydi. Yuqori tariflar tufayli import qilinadigan mahsulotlar qimmatlashadi. Narxlarning umumiy tarzda, ommaviy tusda o‘sishiga olib keladi. Yuqori tariflar iste’molchilar mahalliy mahsulotlarni yuqori narxlarda sotib olishlariga olib keladi, chunki importni cheklash xarajatlarning pasayishiga va shu bilan bir qatorda narxning pasayishiga olib kelmaydi. Pirovardida, narxlarni oshirishdan manfaatdor bo‘lgan milliy monopoliyalar qo‘llab-quvvatlanadi.
To‘rtinchidan, importni cheklash va tashqi savdoni tarif va notarif boshqarish – bevosita va bilvosita mamlakatning eksport salohiyatini kamaytiradi. Eksport qilinadigan tovarlar, o‘z navbatida import qilinadigan tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi va yuqori tariflar ishlab chiqarish xarajatlarining oshishiga olib keladi. Bu esa narxlarning oshishiga, milliy tovarlarning raqobatbardoshligining pasayishiga olib keladi.
Beshinchidan, tariflarning bir tomonlama joriy etilishi, ko‘pincha, xalqaro amaliyotda savdo urushlariga va xalqaro savdoning pasayishiga olib keladi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni raqobatchilardan arzon mahsulotlar oqimidan himoya qilish uchun bir tomonlama tartibda import tarifini joriy qilgan mamlakat o‘zining savdo sheriklari tomonidan o‘ch olish choralarini ko‘rish va asosiy eksport mahsulotlariga soliqlarni joriy qilish xavfini tug‘diradi.
O‘z navbatida, milliy iqtisodiyotni mustahkamlash uchun importni cheklash, tashqi savdoni tarif va notarif boshqarish orqali emas, balki zamonaviy iqtisodiy usullar yordamida, ya’ni quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va milliy iqtisodiyotni rivojlantirish mumkin deb hisoblaymiz.
Milliy ishlab chiqaruvchilarni raqobatbardoshligini oshirish, bunda milliy ishlab chiqaruvchilarga energiya manbalari va mavjud xomashyolardan samarali va erkin foydalanishiga shart-sharoitlar yaratish; milliy ishlab chiqaruvchilar uchun zarur infratuzilmani rivojlantirish, jumladan, temir yo‘llarning va avtomobil yo‘llarining sifatini oshirish, elektr ta’minoti sifatini oshirish; energiya infratuzilmasini rivojlantirish va iqtisodiyotning energiya samaradorligi oshirish; transport tizimining raqobatbardoshligini oshirish va mamlakatning tranzit salohiyatini amalga oshirish; milliy ishlab chiqaruvchilar uchun maqbul, imtiyozli kommunal va transport tariflarini belgilash lozim.


Xulosa
Xulosa qilib shuni aytamanki , milliy innovatsion tizim va texnologiyalarni rivojlantirish, innovatsion biznesni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiyotda innovatsiyalarga talabni kengaytirish, kichik va o‘rta innovatsion biznesni yaratish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan innovatsion biznesni tashkil etish va rivojlantirishdagi ma’muriy to‘siqlarni qisqartirish va kichik va o‘rta biznes innovatsiyalariga o‘tish uchun talablarni shakllantirish orqali tadqiqotlar va ishlanmalar uchun davlat buyurtmalarini shakllantirish, iqtisodiyot tarmoqlaridagi texnologik qoloqlikni kamaytirish maqsadida institutlar, universitetlar va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish talab etiladi.
Bu borada yuqori saviyali texnologik bilimga ega bo‘lgan mutaxassislarni jalb etish ham muhim ahamiyatga ega.
Yana bir jihati shundaki, yuqori texnologiyali va bazaviy tarmoqlarni rivojlantirish, ichki bozorga yo‘naltirilgan va mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mos keladigan loyihalarda mahalliy korxonalariga berilgan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini byudjetdan subsidiya qilish orqali mahalliy korxonalarga uzoq muddatli kreditlar hajmini oshirish uchun sharoit yaratish kerak.
Shu bilan birga korxonalarni texnik qayta jihozlash uchun texnologik uskunalarni lizingga berish tizimini takomillashtirish, shu jumladan lizing to‘lovlari qiymatining bir qismini to‘lashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratish darkor.
Yangi ishlab chiqarishlarni rivojlantirish uchun investitsiya loyihalarini ishlab chiqish uchun moliya institutlari tomonidan kredit berish amaliyotini kengaytirish ham zamon talabidir. Sanoat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda soliq imtiyozlaridan foydalanish; innovatsion ishlanmalarni, resurs va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, korxonalarni texnik va texnologik qayta jihozlash bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirishni rag‘batlantirish, mamlakat iqtisodiyotining energiya samaradorligini oshirish muammosini hal qilish doirasida yangi raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni rag‘batlantirish ham muhim ahamiyatga ega.
Milliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishini qo‘llab-quvvatlash, eksportni rag‘batlantirish, bunda keng ko‘lamli bojxona islohotlarini amalga oshirish, jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdagi protseduralar sonini qisqartirish, ayrim talab qilinadigan hujjatlarni (ekspertiza, sertifikatsiya) bekor qilish, bojxona stavkalarini kamaytirish lozim.
Shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatda tekshirish va nazoratni kamaytirish, tadbirkorlar va bojxona organlari xodimlari o‘rtasidagi aloqani minimallashtirish, eksportni amalga oshirgan tadbirkorlik subyektlariga soliq imtiyozlarini taqdim etish, eksportni amalga oshirgan tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli kreditlar ajratish mexanizmini joriy etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.



Download 33.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling