Informatika fanidan tadbir ishlanmasi Informatika o ‘qituvchisi


Download 90.5 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi90.5 Kb.
#1545649
  1   2
Bog'liq
Informatika fanidan tadbir ishlanmasi


Informatika fanidan tadbir ishlanmasi
Informatika o ‘qituvchisi: Assalomu alaykum hurmatli uztozlar va qadrli o’quvchilar. Barchamizga ma’lumki fevral oyida matematika va informatika fanlari oyligi bo’lib o’tadi. Shu munosabat bilan biz bugun sizlar bilan informatika fanidan maktabimizning 9- va 10-sinflar o’rtasida “Informatika bilimdonlari” musobaqasini o’tkazamiz. Xush kelibsizlar!
Tanishtirib o ‘tamiz: 9-sinf o’quvchilarining “Facebook” guruhini va 10-sinf o’quvchilarining “Instagram” guruhini taklif etamiz.
Informatika fanidan maktabda o’quvchilar avvalo axborotlar, ular ustida amallar, kompyuterda ishlash asoslari, Scratch dasturi, Python dasturi, web sahifalar, ijtimoiy tarmoqlar vaholanki bu zamonaviy dunyoda biz uchun muhim bo ‘lgan barcha narsalarni o’rganadi. Demak informatika fani bu zamon bilan hamnafas va hammamiz uchun qiziqarli fandir.Bugungi musobaqamizda o’quvchilar shu bo’limlar yuzasidan quyidagi shartlar bo’yicha bellashadilar.
1-shart. Guruh nomlari. Ushbu shartda o’quvchilar o ‘z guruhlarining qanchalik darajada mashhurliklarini hamda ijobiy sifatlarini sanab o ‘tadilar. 3 daqiqa vaqt davomida kim o ‘z guruhini yaxshiroq yoritib bera olsa shu guruhga 5 bal beriladi.
Ilova. Facebook 2004-yilda Mark Sukkerberg hamda Eduardo Saverin, Dustin Moskovits, Chris Hugges tomonidan yaratilgan. Dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqlardan biri. Unda xabarlashish, mustaqil ta’lim olish, biznes loyihalarini yuritish mumkin. Facebook'ning faol foydalanuvchilari soni 350 milliondan ortiq. Mana shundan, 35 mln dan ortig‘i o‘z statusini har kuni yangilaydi, saytga kuniga 55 mln yangi status joylanadi. Rasmlarga kelsak, saytdagi bir oylik rasmlar yuklanmasi soni 2,5 mlrd ga teng.

Instagram  Instagram'da bir kunda 500 mln, bir oyda esa 1 mlrd foydalanuvchi faol bo‘ladi; Foydalanuvchilarning 50,3 foiz -ayollar; 49,7 foiz -erkaklar; Rossiyaliklar Instagramda 37 mln dan ortiq. Tarmoqda 35 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar miqdori 71%;. Instagram'dan foydalanishda 18 yoshdan 29 yoshgacha (59%) insonlar birinchi, 30-49 yoshlilar (33%) ikkinchi o‘rinda faollik qiladi; Foydalanuvchilarning 60% i tarmoqdan har kuni foydalanishadi; Instagram'da eng ko‘p obunachilari bor foydalanuvchilar: Krishtianu Ronaldu (birinchi), Ariana Grande (ikkinchi).


Download 90.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling