Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi
Download 303.42 Kb.
|
Akbar.madrahimov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’p qatlamli sun’iy neyron to’rlari” mavzusida qilgan
- Suniy neyron to’rining tuzilishi Xulosa Kirish
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Amaliy matematika va Intellektual texnologiyalar fakulteti “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi “Ko’p qatlamli sun’iy neyron to’rlari” mavzusida qilgan Mustaqil ishi Tekshirdi: dots. Madrahimov Sh Bajardi: Axrorov Akbar . Toshkent 2023 Reja: Kirish Sun’iy neyron to’rlari haqida ma’lumot Sun'iy neyron to’rining tuzilishi Xulosa Kirish Ko‘p qatlamli sun’iy neyron to‘rlari. Ko'p qatlamli sun'iy neyron tarmog'i chuqur o'rganishning ajralmas qismidir. Ko’p qatlamli neyron to’rlari kirish qatlami bir nechta yashirin qatlamlar va chiqish qatlamidan iborat bo’ladi. Ko’p qatlamli neyron to’rlari bir qatlamlilardan ko’ra samaraliroq ishlaydi. Ko'p qatlamli neyron tarmoq sun'iy neyronlar yoki tugunlarning bir nechta qatlamini o'z ichiga oladi. Ular dizayn jihatidan juda katta farq qiladi. Shuni ta'kidlash kerakki, bir qatlamli neyron tarmoqlar sun'iy intellekt evolyutsiyasining boshida foydali bo'lgan bo'lsada, bugungi kunda ishlatiladigan tarmoqlarning aksariyati ko'p qatlamli modelga ega. Sun’iy neyron to‘rini o‘qituvchili o‘rgatish (supervised learning) bu neyron to’rini o’rgatishning bir turi bo’lib, bunda n.t ning chiqishida olingan javoblar oldindan tayyor bo’lgan javoblardan minimal darajada farq qiladigan tarzda neyronlar orasidagi bog’lanishlarning vaznlari tanlanadi. Ushbu yondashuvning mohiyati shundaki, o’qituvchi tanlanmaning elementlari to’r kirishiga uzatiladi. Va n.t.ning javobi olinadi. N.t.dan olingan javob oldindan ma’lum bo’lgan to’g’ri javoblar bilan taqqoslanadi. Maxsus algoritmlardan foydalanib n.t.ning bog’lanishlarning vaznlari o’zgartiriladi. Shundan so’ng unga keyingi kirish signali uzatiladi. Ushbu jarayon n.t. barcha kirish signallari uchun to’g’ri javob bera boshlaguncha takrorlanadi.n.t.larini o’qitishda maxsus kompyuter dasturlaridan foydalaniladi. Download 303.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling