Innovatsion jarayon innovatsion o`zgarishlarni tayyorlash va amalga oshirishdan iborat bo`ladi va yagona, majmuaviy butunlikni tashkil qiluvchi o`zaro bog`langan bosqichlardan vujudga keladi


Download 26 Kb.
Sana11.12.2020
Hajmi26 Kb.
#164654
Bog'liq
Pan haqqinda


O`zbekiston Respublikasi davlat ta`lim standartlari talablariga ko`ra «Iqtisodiyot» va «Menejment» (tarmoqlar bo`yicha) ta`lim yo`nalishi o`quv rejalariga “Innovatsion menejment” fani kiritilgan, chunki menejer innovatsion jarayonlarni tashkil etish, yangi g`oyalar va ixtirolarni ro`yobga chiqarish malakasiga ega bo`lishi lozim.

Innovatsion jarayon innovatsion o`zgarishlarni tayyorlash va amalga oshirishdan iborat bo`ladi va yagona, majmuaviy butunlikni tashkil qiluvchi o`zaro bog`langan bosqichlardan vujudga keladi. Bu jarayon natijasida amalga oshirilgan, foydalanilgan o`zgarish - innovatsiya paydo bo`ladi. Innovatsion jarayonni amalga oshirish uchun diffuziya (yangi sharoitlar yoki qo`llash joylarida bir marta o`zlashtirib yoki foydalanib bo`lingan innvoatsiyani vaqtda tarqalishi) katta ahamiyatga ega. Innovatsion jarayon davriy xarakterga ega. Bu jihatlarni hisobga olish iqtisodiyotni tashkil qilish va boshqarishning egiluvchan tizimlarini yaratishga yordam beradi.



2017 – 2021 yillarda O`zbekistonni yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasining asosiy vazifalaridan biri korxonalarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadalroq o`tkazish, zamonaviy ixcham texnologiyalarni keng tadbiq etishdan iboratdir.

O`zbekistonda ilg`or texnologiyalar bilan jihozlangan va bizning xom ashyo resurslarimizni chuqur qayta ishlashni, eksport salohiyatini ko`paytirishni ta`minlovchi, yangi ish joylarini tashkil qiluvchi yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni yaratishga qaratilgan investitsion loyihalarga ustivorlik beriladi.
Download 26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling