Innovatsiya tushunchasi va innovatsion texnologiyalar. Innovatsiya (inglizcha innovation)-yangilik kiritish, yangilik


Download 38.5 Kb.
bet1/2
Sana06.04.2023
Hajmi38.5 Kb.
#1335076
  1   2
Bog'liq
Innovatsiya tushunchasi va innovatsion texnologiyalar


Innovatsiya tushunchasi va innovatsion texnologiyalar.

Innovatsiya (inglizcha innovation)-yangilik kiritish, yangilik demakdir. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o`qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o`zgarishlar kiritish bo`lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda yosh avlodga chuqur bilim beradigan, fikrlash doirasi keng, kasbiy ko`nikmalarga ega bo`lgan, huquqiy demokratik jamiyat a’zolarini ozod va erkin yashashga, mustaqil fikr yuritishga o`rgata oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash asosiy vazifa qilib belgilangan. «Ilgari biror bir mamlakatning taraqqiyoti va kuch-qudratini ifodalash va baholash uchun uning mavjud bo`lgan tabiiy boyliklari va iqtisodiy salohiyati haqida so`z yuritilar edi. Bugun dunyo taraqqiyotning shunday bosqichiga qadam qo`ydiki, har qanday millat va davlat imkoniyatlarining hal qiluvchi belgisi bu- ma’rifat, insonlarning intellektual, kasbiy va ma’naviy salohiyatidir»-deb ta’kidlaydi prezidentimiz I.A.Karimov.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishdagi asosiy tamoyillardan biri - bu ta’lim tizimini tuzilishi va mazmun jihatidan isloh qilish uchun o`qituvchi va murabbiylarni qayta tayyorlash, yuqori malakali, raqobatga qodir mutaxassislar tayyorlash bo`yicha ta’lim muassasalarining faoliyatini uyg`unlashtirish, ilg`or pedagogik texnologiyalarni, pedagogik innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga kiritish hisoblanadi.

Ammo ilg`or pedagogik texnologiyalar va innovatsiyalar o`z-o`zidan ta’lim tizimiga kirib kelmaydi. Bu o`qituvchi faoliyati va uning motivatsiyasiga bog`lik jarayon. O`qituvchi faoliyatini o`zgartirmay turib uning mas’uliyati va faolligini oshirmasdan ta’limda bir qadam oldinga siljib bo`lmaydi. Akademik A.N. Leontev «Dunyoni idrok qilishning birinchi sharti -faoliyat, ikkinchi sharti - tarbiyadir. Faoliyat jarayonida; kishilarning qobiliyati, bilim va malakalari shakllanadi, demak, faoliyat ijtimoiy hodisa bo`lib, hayotiy kurashning asosiy shartidir.


Pedagogik faoliyat, uning tuzilishi va tarkibiy qismlari haqida juda ko`p olimlar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Jumladan, S.L.Ko`zmina o`z tadqiqotlarida pedagogik faoliyatning geneseologik (bilish), loyihalash, tashkilotchilik, kommunikativ tarkibiy qismlari mavjud ekanligini bayon etib o`tgan.

Bugungi kunda pedagogika sohasida yangi ilmiy yo`nalish - pedagogik innovatsiya va ta’lim jarayonini yangilash g`oyalarining paydo bo`lishi natijasida o`qituvchining pedagogik faoliyatida ham yangi yo`nalish «o`qituvchining innovatsion faoliyati» tushunchasi paydo bo`ldi.

Pedagogikada 


Download 38.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling