A. N. Leontivning faoliyat nazariyasi” mavzusida tayyorlagan


Download 173.81 Kb.
bet1/4
Sana24.04.2023
Hajmi173.81 Kb.
#1395402
  1   2   3   4
Bog'liq
A. N. Leontevning faoliyat nazariyasi


QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI


Pedagogika fakulteti”, “Maktabgacha ta’lim” yo’nalishi
020-15 guruh talabasining

Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi fanidan
A. N. Leontivning faoliyat nazariyasi” mavzusida tayyorlagan

MUSTAQIL ISH


Bajardi: Yangiboyeva B.
Qabul qildi: Islamova S.
Qarshi 2023 y.

REJA:



  1. A. N. Leontevning faoliyat nazariyasi

  2. Leontivning faoliyat nazariyasi: asosiy nazariy qoidalari

  3. Bola psixik taraqqiyotida biologik va ijtimoiy omillar



  1. A. N. Leontevning faoliyat nazariyasi



A.N.Leontev (1903-1979) – mashhur rus psixologiya faoliyat naza­riyasining asoschilaridan biri. Faoliyat nazariyasi ong va faoliyat birligi tamoyili bilan bog’liq. Ushbu nazariyaga ko’ra, faoliyat sub’­ektning predmetli olam bilan bo’lgan ta’sirlashishi jarayoni bo’lib, bu jarayon unga o’z ehtiyojlarini qondirishi uchun imkoniyat beradi.
Faoliyat – bu faol maqsadga yo’naltirilgan jarayondir. Predmetli lik faoliyat bilan bogliq ehtiyoj – individdan tashqarida bo’lgan, ammo individ normal hayot kechirishi shaxsning rivojlanishi uchun kerak bo’lgan narsalarga nisbatan zaruratni his etish xolati. Motiv­extiyojning namoyon bulish shakli insonni faoliyatga undaydigan sa­bab ya’ni faoliyatning nima uchun amalga oshirilayotganligidir. U yoki bu motiv insonni muayyan maqsadni qo’yishga undaydi. Maqsad - faoli­yatning kutilayotgan natijasi. Faoliyat quyidagi darajalarga ega bo’ladi: 1. Maxsus faoliyat turlari darajasi; 2. Harakatlar darajasi; Z. Operatsiyalar darajasi; 4. Psixofiziologik funksiyalar darajasi.
Har qanday faoliyat ma’lum xarakatlar ketma-ketligi shaklida amalga oshadi. Harakat – ongli maqsadga erishish uchun yo’naltirilgan faollik, faoliyatning asosiy tarkibiy birligidir. U sharoitga bog’liq ravishda turli usullar bilan amalga oshiriladi. Harakatni amalga oshirish usullari operatsiyalar deb ataladi. Operatsiyalar - avtomat­lashgan, odatda aniqlanmaydigan harakatlardir. Faoliyat o’z motivini yo’qotish va harakatga aylanishi, harakat esa maqsadi o’zgarishi bilan operatsiyaga aylanishi mumkin. Muayyan sharoitda harakatdan ko’zlangan maqsad butun faoliyat maqsadidan muhimroq ahamiyat kasb etishi va na­tijada maqsad motivga aylanib qolishi kuzatiladi. Faoliyat nazariyasi nuqtai nazaridan faol inson ongi shaklla­nishining sharti va omili ong faolligining shaklidir. A.N.Leontev o’z izlanishlarida faoliyatning bala taraqqiyotiga ta’siri muammosini ham chuqur o’rgangan.
Tadqiqot natijasida faoliyat nazariyasi doirasi­da «yetakchi faoliyat» tushunchasi shakllandi. Yetakchi faoliyat deganda taraqqiyotning muayyan davrida bola shaxsidagi asosiy psixologik o’zgarishlarga sabab bo’luvchi faoliyat tushuniladi. Maktabgacha yosh davrida yetakchi faoliyat o’yin faoliyatidir. Bir yosh davridan ikkinchisiga o’tishda yetakchi faoliyat turi o’zgaradi, bunda bola faoliyatida maqsadining motivga aylanishi, A.N. Leontev ta’biri bilan aytganda «motivning maqsadga ko’chishi» kuzatiladi. Yangi faoliyat turi yangi motivlar paydo bo’lgach, vujudga keladi. A.N.Leontev fikricha shaxs ikki marta tug’iladi. Shaxsning birinchi tug’ilishi maktabgacha yosh davriga to’g’ri keladi. Bu hodisa insonning o’z impulsiv xatti-xarakatlarini ijtimoiy me’yorlarga bo’ysundirishga ilk bora urinishi, motivlar o’rtasida ierarxik munosabatlarning tarkib topa boshlashi bilan bog’liq bo’ladi. Shaxsning ikkinchi tug’ilishi o’smirlik davrida yuz be­radi. Bu xodisa insonning o’z motivlarini va intilishlarini anglashi va ularni bo’ysundirishi bilan bog’liqdir. Har bir tirik organizmning faolligi uning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘ladi. Anglab bo‘ladigan va anglab bo‘lmaydigan, tabiiy yoki madaniy, moddiy yoki ma’naviy, shaxsiy yoki ijtimoiy-shaxsiy ehtiyojlar odamlar har turli faollik tug‘diradi. Agar hayvonlarni xatti-harakatlari bevosita tevarak-atrofdagi muhit bilan belgilansa odamning faolligi esa ilk yoshlik davridan boshlaboq butun insonning tajribasi va jamiyat talabi bilan boshqariladi. Xatti-harakatning bu tipi shunchalik o‘ziga xoski, uni atash uchun psixologiyada «faoliyat» degan maxsus termin qabul qilingan. Faoliyat deb, shaxsning o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun ko‘rsatadigan jismoniy va psixik (ruhiy) faolligiga aytiladi. Faoliyat – bir tomondan, shaxsning rivojlanishi va sifatlarining namoyon bo‘lish sharoiti, ikkinchi tomondan shu faoliyat sub’ekti bo‘lgan shaxsning taraqqiyot darajasiga bag‘liqdir. Inson faolligining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, faoliyatni mazmuni, ana shu faoliyatni yuzaga keltirgan ehtiyojning bir o‘zi bilangina belgilanmaydi. Agar ehtiyoj faoliyatga motiv sifatida madad berib, uni rag‘batlantirib tursa, faoliyatning shakli va mazmuni ijtimoiy sharoitlar, ijtimoiy talablar hamda tajribalar bilan belgilanadi.
Odamni ishlashga majbur qiluvchi motiv uning ovqatlanish ehtiyoji bo‘lishi mumkin. Biroq odam, masalan, dastgohni ochlik ehtiyojini qondirish uchun boshqarmaydi. Inson faoliyatining mazmuni jamiyat talab qiladigan biron mahsulotni tayyorlash maqsadi bilan belgilanadi. Faollikning manbai bo‘lgan faoliyat faollikni yaxshi anglab olingan maqsad bilan belgilanadi.
Yuqoridagi jadvalda inson faoliyati bilan hayvonlar xatti- harakati o‘rtasidagi farqda aks ettirilgan. Faoliyat faollikni yaxshi anglab olingan maqsad bilan boshqariladi. Faoliyatni anglash qanday darajada bo‘lmasin, maqsadni anglash hamma vaqt ham zaruriy belgi sifatida qolaveradi.
Inson faoliyati juda xilma-xildir: mehnat, pedagogik, badiiy- ijod, ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini kiritish mumkin. Inson faoliyati tarkibini tahlil qilish.
Shuni ko‘rsatadiki, faoliyat tashqi ongli dunyoni ongli psixik aks ettirishida namoyon bo‘ladi. "har qanday faoliyatda inson o‘z harakatlarini maqsadini anglaydi, kutiladigan natijani tasavvur qiladi, sharoitni idrok qiladi va baholaydi, bajariladigan harakat tartibini o‘ylaydi, irodaviy zo‘r beradi, faoliyatning borishini kuzatadi, muvaffaqiyat va mag‘lubiyatni o‘ylaydi.
Maqsad – inson faoliyati so‘nggi natijasining obrazi sifatida namoyon bo‘ladi va ehtiyojlarni amalga oshirilishidir. Motiv – kishini faoliyatga undaydi va unga mazmun baxsh etadi. Ish-harakat – galdagi bitta oddiy vazifani bajarishga qaratilgan nisbatan tugallangan faoliyatning tarkibi. Faoliyatga qaratilgan maqsad ozmi-ko‘pmi uzoq yoki yaqin bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu maqsadga erishish odam tomonidan ana shu maqsad sari harakat qilish davomida uning oldida tug’iladigan qator juz’iy maqsadlar izchillik bilan hosil qilishdan iborat bo‘ladi. Tashqi olamdagi narsalarning holatini va xossalarini o‘zgartirishga qaratilgan harakatlarnish-harakat (sa’i-harakat) deb yuritiladi. Narsalar bilan qilinadigan istagan bir ish makon va zamon bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lum harakatlardan tashkil topadi. Masalan, "A", "I" harflarini yozishdagi harakatlar bir-biridan farq qiladi. Odamning narsalar bilan qiladigan harakatlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu harakatlar tashqi jihatdan juda ko‘p va rang-barangdir. Shunday bo‘lsa ham, odatda ular uchta sodda elementlardan tashkil topgandir: "olmoq", "joyini o‘zgartirmoq", "qo‘yib yubormoq", bu harakatlar odamning tanasi, oyoqlari va boshi bilan qilinadigan yordamchi harakatlar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Narsalar bilan qilinadigan ish-harakatdan tashqari, odamning faoliyatini badanning ma’lum vaziyatini va qiyofasini saqlab turishi ta’minlaydigan harakatlar, (turish, o‘tirish) organizmning bir joydan ikkinchi joyga o‘rin almashtirishi (yugurish, sakrash), kommunikatsiyani ta’minlaydigan harakatlar, ifodali harakatlar (mimika va pantomimika) va nutq harakatlari mavjud. Narsalar bilan qilinadigan ishlarni bajarish ma’lum tizimdagi harakatlarni amalga oshirishdan iborat. Harakatlar tizimi va maqsadi bilan, bu maqsad yo‘naltirilgan narsalar xususiyati va ish sharoiti bilan bog’liqdir. Masalan, stakan va qalamni olish, piyoda va chang’ida yurish, og‘ir va yengil narsani boshqa joyga olib qo‘yish, mayda va katta mixni qoqish, gantel va shtangani ko‘tarish harakatlari bir-biridan farq qiladi.
Shunday qilib, A.N.Leon’tevning ilmiy qarashlari jahon psixo­logi fani taraqqiyotiga ulkan xissa bo’lib qo’shildi, ular bolalar psixologiyasi soxasidagi ko’plab nazariy va amaliy muammolarni hal etish uchun ham zamin bulib xizmat qilib kelmoqda.



Download 173.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling