Inson bu dunyoga kelar ekan albatta "vaqt" degan o`lchov ichida bo`ladi. Bu o`lchovni Alloh taolo O`zi olamlar ustiga qoyim qilgandir. Shu o`rinda Alloh taolo vaqtdan behojatligini eslatib o`tmoqchimiz


Download 4 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi4 Kb.
#1828200
Bog'liq
М.Шахноза Вақт қадри

Inson bu dunyoga kelar ekan albatta “vaqt” degan o`lchov ichida bo`ladi. Bu o`lchovni Alloh taolo O`zi olamlar ustiga qoyim qilgandir. Shu o`rinda Alloh taolo vaqtdan behojatligini eslatib o`tmoqchimiz. Vaqt bu bizning hayotimiz o`lchovi, taqsimoti hisoblanadi. Quyosh va Oy esa ana shu biz “vaqt” deb ataydigan o`lchovning alomatlaridan hisoblanadi. Bu ikkisi Allohning amriga muvofiq o`ziga xos qonuniyat ila insoniyat uchun xizmat qilishadi. Bu haqida Alloh taolo shunday deydi:«U doimo aylanib turuvchi quyosh va oyni ham sizlar uchun bo‘yinsundirdi (ya’ni, sizlar yaxshi yashashingiz uchun tartib-intizomga solib qo‘ydi). Yana u Zot kecha va kunduzni sizlar uchun bo‘yinsundirdi. Shuningdek, sizlarga barcha so‘ragan narsalaringizdan ato etdi. Agar sizlar Allohning ne’matlarini sanasangizlar, sanog‘iga yetolmaysizlar», deydi.


Demak, bizning ustimizda kecha-yu kunduz aylanayotgan bu jismlar vaqtimizni tartibga solish uchun, uni g`animat bilishimiz uchun ochiq-oydin belgi ekan. Uni behuda ishlar bilan o`tkazish har zamonda qoralangan. Xususan,Muoz ibn Jabaldan rivoyat qilingan hadida, payg‘ambarimiz (sallallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Banda qiyomat kuni to‘rt xislatidan so‘ralmaguncha, bir qadam ham oldinga siljiy olmaydi. Bu savollardan birinchisi — umrini nima bilan o‘tkazgani; ikkinchisi — yoshlik davrida nima bilan mashg‘ul bo‘lgani; uchinchisi — mol-dunyoni qay yo‘sinda (qaysi kasb orqali) topgani va nimalarga sarflagani; to‘rtinchisi — o‘rgangan ilmiga qanday amal qilgani so‘raladi».

Har bir insonda vaqtini qanday tarzda ôtkazish uni kerakli ishga sarf qilib yônaltirgisi keladi .Bazi bir insonlar borki vaqtni qadriga yetmaydi ular vaqtlarini bekorchi keraksz narsalar uchun sarflaydi.inson umrining deyarli hamasi vaqtga bogliq deb oylayman.Chunki inson qilayotgan bemaniyu qandaydir juda samarali ketgan vaqti unga juda kata kuch gayrat bera oladi deb oylayman. Albata biz ham bilamizki vaqt bolmasa malum bir ishimiz bitmay qolishi mumkin.shuning uchun ham vaqtni qadrlashimiz kerak

Dono xalqimizda shunday maqol bor "Vaqting ketdi naqding ketdi" bu maqol bejizga aytilmagan bolsa kerak. Vaqt oliy xakam har qanday narsaning vaqti soati boladi albata biz ôz vaqtimizni qanday ishlarga sarf qilishimiz ozimizga bogliqligini bilamiz. Shuning uchun ham oz vaqtimizni samarali foydali ishlarga sarf qilishni bilishimiz kerak..

O`z vaqtimizni ozimiz togri yolga sarf qilishni bilmogimiz darkor masalan biror bir kishi vaqt bekor ketmaslik uchun kimdir bilim darajasini oshirish uchun kitob oqiydi.Yana kimdur bolsa bu ishlarni teskarisini qilishi mumkin Agar har bir inson ôz vaqtini togri sarf qila olsa anashunda vaqt samarasi kôrinishi mumkin..

E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!

MUSTAFOYEVA SHAXNOZA


Download 4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling