Insonga e’tibor va sifatli ta’lim


Download 24.01 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi24.01 Kb.
#1554946
  1   2
Bog'liq
Abdulaziz


Insonga e’tibor va sifatli ta’lim.
Yurtimizda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangan. Bu siyosat yillar davomida uzluksiz davom ettirilishi yangi O’zbekistonning buyuk kelajagini ta’minlashga qaratilgan istiqbolli rejalarimizni o’z ichiga oladi. Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi uchun, sog’-salomat bo’lishi va farzandlarimizning sifatli ta’lim olishi, oilalarning farovon hayot kechirishi uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi asosida 2017-yilda boshlangan, insonparvar va demokratik huquqiy davlat – Yangi O’zbekistonni barpo etishga qaratilgan keng qamrovli islohotlar bugungi kunda Yangi O’zbekistonni taraqqiyot strategiyasida izchil davom ettirilmoqda. Islohotlar markazida, eng avvalo, inson qadrini yuksaltirish, aholini turmush faoliyatini oshirish, xalqimizni rozi qilishdek oily maqsad mujassam.
Prezidentimizning Oliy majlis va xalqimizga yo’llagan Murojaatnomasida mazkur siyosatni butun xalqimiz bir tan-u bir jon bo’lib amalga oshirishda jonbozlik ko’rsatsagina uning natijalari samarali bo’lishi alohida ta’kidlagan.
Murojaatnomada 2023-yildan milliy o’zligimiz timsoli, ma’naviyatimiz asosi bo’lgan ona tilimizga e’tibor yanada kuchaytirilishi, maktab ta’limi va tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilishi, o’quvchilarga ona tili va chet tili o’rgatish, umumiy o’rta ta’limdan kompyuter savodxonligiga erishish, farzandlarimizni kasb-hunarga qiziqtirish, ularda erkin va kreativ fikrlashni, jamoada ishlash va muloqot ko’nikmalarini shakllantirish zarurligi, iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash, galdagi muhim vazifalar sifatida tilga olingan. Shuningdek, davlatimiz rahbari 2023-yildan maktab ta’limini xalqaro ta’lim dasturlari asosida butunlay isloh qilishga kirishilishini, yangi darsliklarni ishlab chiqish, ilg’or ta’lim standartlari va metodikalarini joriy etish uchun alohida ilmiy institut va laboratoriyalar tashkil qilinishini ham ta’kidlab o’tdi.
Joriy 2023-yilga yurtimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deya nom berildi.
Biz O’zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlashni ustuvor vazifa etib belgiladik. Bu siyosat bir yil bilan cheklanib qolmasligi, doimo bardavom bo’lishi barchamizga ayon. Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sog’ligi joyida bo’lishi, yaxshi ta’lim olishi, oilasini tebratishi uchun qanday sharoit kerak bo’lsa, hammasini yaratib berishga harakat qilyapmiz va bu yo’ldan also to’xtamaymiz”, deb ta’kidladi davlatimiz rahbari.
“Ta’lim sifatini oshirish-Yangi O’zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to’g’ri yo’lidir.” deya ta’kidladilar Yurtboshimiz. Buyuk shoir va mutafakkir Yusuf Xos Hojibdan iqtibos keltirgan holda:”Zakovat bor joyda ulug’lik bo’ladi, Bilim bor joyda buyuklik bo’ladi.”dedilar davlatimiz rahbari. Shuningdek, bu maqsadlarga erishish uchun bu sohada boshlangan islohotlarni davom ettirish, ustoz va murabbiylar bilan ko’proq uchrashish, mavjud muammolarni birgalikda hal etish, bu boradagi vazifalarni hayotga tatbiq etishga ko’maklashish zarurligini ta’kidladilar.
“Najot- ta’limda, najot- tarbiyada, najot- bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi.” Jadidlar bobolarimizning bu so’zlari deputat va senatorlar, siyosiy partiyalar, mahalliy Kengashlar, butun davlat apparati, jamoatchilik uchun amaliy qo’llanma bo’lishi kerak. Shuning bilan birga, maktablarda ta’lim sifati hamda jamiyatda o’qituvchi kasbi nufuzini oshirish, ularni mehnat hamda hayotiy sharoitlarini yaxshilash 2023-yildagi eng asosiy vazifalarimizdan biri bo’ladi.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2023-yildan respublikadagi rivojlanish istiqbollarining bir necha yo’nalishlariga diqqatimizni qaratib, birinchi yo’nalishda ixcham va samarali davlat boshqaruvi tizimiga o’tishni taklif qildilar. Bu jarayonni izohlar ekan Prezidentimiz birinchi bosqichda vazirliklar isloh qilinishi, ularning ish uslubi ham o’zgartirilishi, vazirlik va idoralar sonini 61 tadan 28 taga kamaytirilishi ma’lum qildilar. Har bir vazirlik tegishli sohada davlat siyosatiniamalga oshirishga mas’ul bo’lib, tarmoq tarkibidagi qo’mita, agentlik va inspeksiyalarga rahbarlik qilishini ta’kidlab o’tdilar. Davlat xizmatchilari soni ham bosqichma- bosqich 30-35 foizga qisqaradi. Iqtisod qilinadigan mablag’lar esa ijtimoiy masalalarga yo’naltiriladi.
Ikkinchi yo’nalishda Yangi O’zbekistonni “Ijtimoiy davlat” tamoyili asosida barpo etish maqsadi ilgari surildi. Ijtimoiy davlatda inson omili, uning imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish uchun sharoitlar mavjud bo’lishi darkor. Ayni damda bunday islohotlar va o’qituvchilarimizga e’tibor biz ustozlarning ham amaliy izlanishlarimiz, yangicha yondashuvlar asosida milliy ta’lim rivojiga faol hissa qo’shishimiz lozimligini anglatadi.
Hozirgi ochiqlik siyosati, chet el investitsiyalari va yangi korxonalarning ortib borayotgani yoshlarimizni zamonaviy bilimlar va xorijiy tillarni o’rganishga undamoqda. Shu bois, maktablarga yuqori malakali xorijiy o’qituvchilarni olib kelishga majbur bo’lyapmiz. Bugungi kunda innovatsion ta’lim shakllaridan, texnologiyalardan foydalanib, o’quvchi shaxsini har jihatdan kamol toptirishga, mustaqil fikrlovchi, o’ziga xos qarashlarini bayon qila oladigan, kreativ qobilyatga ega yoshlarni tarbiyalash ta’lim-tarbiyaning dolzarb vazifalariga kiradi. Ta’limda keng qo’llanilayotgan “binar darslar”, “sayohat”, “uchrashuv”, “sayyor darslar” vositasida o’quvchi yoshlarimiz dunyoqarashini kengaytirishga, bilimi va qiziqishlarini oshirishga, ijodiy yondashuv qobilyatlarini rivojlantirishga erishilmoqda. Shuningdek, o’qituvchilarning ilg’or ish tajribalari yanada ommalashtirilishi lozim. Umumiy o’rta, o’rta maxsus va oily ta’lim bo’g’inlarida ishlayotgan tajribali o’qituvchi-ustozlar ishtirokidagi seminarlar, seminar treninglar, o’quv treninglari, metodik konferensiyalarni maktablarda tashkil etish tajribasi keng yoyilsa, maktab darsliklari zamon taablari asosida birgalikda tayyorlansa, ta’lim bosqichlari aro uzviylikda ishlash mexanizmi yo’lga qo’yilgan bo’lur edi.
Ta’lim sohasidagi navbatdagi muhim yo’nalish, bu- yoshlarning zamonaviy kasb-hunar egallashi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. So’nggi yillarda mamlakatimizdagi oily o’quv yurtlari soni 2,5 barobarga- 198 taga, oily ta’lim bilan qamrab olish 9 foizdan 38 foizga oshdi. 41 ta universitet akademik va moliyaviy tomonlama mustaqilikka erishdi, ularda transformatsiya bo’limi ochildi. Bu jarayonlarda rektorlar, professor- o’qituvchilar ham faol ishtirok etishdi. Kelgusi yilda oily o’quv yurti talabalri uchun imtiyozli ta’lim kreditlari uchun ajratadigan mablag’lar ikki baravar ko’payib, jami 1,7 trillion so’m, fan va innovatsiyalarga 1,8 trillion so’m yo’naltiriladi.
Jamiyatimizning ma’naviy- axloqiy asoslarini mustahkamlash, madaniyat sohasini rivojlantirish, ilmiy va ijodiy tashkilotlar faoliyatini qo’llab- quvvatlash ham ustuvor vazifalardan biri bo’lib qoladi.
Xalq- davlat mavjudligining birdan- bir manbai. O’z fuqarolari xohish- istaklarini amalga oshirish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiluvchi davlat qudratli bo’ladi hamda jahon miqyosida hurmat qozonadi.
Mamlakatimiz o’tgan yilda 2021 yilga nisbatan o’z o’rnini Qonun ustuvorligi indeksida- 7 pog’ona, Inson taraqqiyoti indeksida- 5 pog’ona yaxshiladi. Bu ijobiy ko’rsatkichlar davlatimizning xalqaro obro’- e’tibor izchil yuksalib borayotganidan dalolat beradi. Eng muhimi, amalga oshirilayotgan insonparvar islohotlarning samarasi va ijobiy ta’sirini diyorimizdagi har bir inson avvalo o’z hayotida yaqindan his etmoqda.
Murojaatnomada ta’kidlanganidek, 2022 yilda 2 milliondan ortiq oilaga ijtimoiy yordam ko’rsatilib, buning uchun 11 trillion so’mga yaqin mablag’ ajratilgan. Shuningdek, oxirgi olti yilda mamlakatimiz bo’yicha qariyb 300 mingta yoki avvalgi yillarga nisbatan 10 barobar ko’p uy-joylar qurilgan.
Bu davrda zamonaviy shart-sharoitlarga ega ta’lim muassasalari, xususan, maktablar bunyod etishga katta e’tibor qaratilib, qo’shimcha 500 ming o’quvchi o’rni yaratilgan. Hozirgi kunda yana 1 million 200 mimg o’quvchi o’rni yaratish bo’yicha ishlar jadal davom ettirilmoqda. Albatta, bu raqamlar ortida millionlab yurtdoshlarimizning yechimini topgan muammolari, ushalgan orzulariyu samimiy quvonchlari turibti. Zero, ulug’ shoir va mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy “Hayrat ul- abror” dostoni muqaddimasida quyidagi misralarni bitganlari bejiz emas:

Download 24.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling