Internetga oid o’zlashma terminlar tadqiqi


Download 5.22 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi5.22 Kb.
#1591359
Bog'liq
ichki taqriz



70230101-Lingvistika (Ingliz tili) mutaxassisligi II-bosqich magistri Azamova Gulsanam Afzal qizining “ Internetga oid o’zlashma terminlar tadqiqi “ mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga


Taqriz
Internetga oid o’zlashma terminlarni o’rganish tilshunoslikda alohida soha bo’lib kelmoqda. Tilda internetga oid o’zlashma terminlarning leksikografik talqinini berish va ularning o’zlashish xususiyatlarini oydinlashtirishni asosiy maqsad qilib olingan ushbu magistirlik disertatsiyasi kirish, uch bob, umumiy xulosalar va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi va zarurati, maqsad va vazifalari, obyekti va predmeti, ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati va tadbiqi to’g’risida yetarlicha ma’lumotlar berilgan.
Tadqiqotning I- bobi “ Termin va terminalogiyaning tilshunoslikdagi ahamiyati ikki fasldan tashkil topgan. Birinchi bob fasllarida termin va terminalogiyaga oid umumiy mulohazalar, Terminlarning til leksik qatlamiga kirib kelish tarixi va ahamiyati hamda shu sohada amalga oshirilgan tadqiqotlar yoritilgan.
Ishning II- bobida esa Internetga oid terminlar va ularning ijtimoiy hayotga ta’siri, tilda o’zlashish vositalari, manbalari va nutqqa ta’siri haqida yoritilgan.
Dissertatsiyaning III- bobi “ Tilda internetga oid terminlarning o’zlashishi va ahamiyatiga qaratilgan masalalarini yoritilishi bilan xarakterlanadi.
Ishning har bir bobi xulosalangan va ishning so’ngida keltirilgan ilmiy adabiyotlarga tayanib, umumiy xulosalar chiqarilgan. Xulosalar ham nazariy ham amaliy ahamiyat kasb etadi.
Dissertatsiya barcha talablarga to’la javob beradi, uni himoyaga tavsiya etish mumkin.

Taqrizchi: PhD. N.D.Djumayeva
Download 5.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling