Investitsiya funksiyalari va omillari


Download 70.5 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi70.5 Kb.
#1514790
Bog'liq
Investitsiya funksiyalari va omillari


Investitsiya funksiyalari va omillari
Reja:
I. Kirish:Investitsiya va uning darajasini belgilovchi omillar.
II. Asosiy qism:1Investitsiyani belgilovchi omillar va funksiyalar.
2. Investitsiya- iqtisodiyotning yuragi.
3. 2023-2025 yillarga mo’ljallangan investitsiya dasturi.
III.Xulosa:Investitsion muhitni yaratishdan maqsad.

Investitsiyalar-asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko’paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko’rinishidir.Upul mablag’lari,bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli qog’ozlar ko’rinishida amalgam oshiriladi. Pul mablag’lari ko’rinishidagi investitsiya nominal investitsiya, ana shu pul mablag’lariga sotib olish mumkin bo’lgan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi. Investitsiyalarni ro’yobga chiqarish bo’yicha amaliy harakatlar- investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalgam oshiruvchi shaxs- investor deyiladi.


Investitsiyalarning manbalaridan biri bo’lib aholi keng qatlamlarining jamg’armalari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, amalda jamg’arma egasi va investor bir shaxsda namoyon bo’lishi va bo’lmasligi ham mumkin. Odatda, jamg’arma jamiyatdagi ko’pchilik subyektlar tomonidan amalgam oshirilib, ulardan investitsiya sifatida foydalanish esa butunlay boshqa subyektlar tomonidan amalgam oshirilishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sanoat va qishloq xo’jaligi va boshqa korxonalar jamg’armasi ham investitsiya manbai bo’lib hisoblanadi. Bu o’rinda “jamg’aruvchi” va “investor” bir subyektda mujassamlashadi. Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga olish mumkin:
-investorlarning o’z moliyaviy resurslari( foyda amartizatsiya ajratmalari, pul jamg’armalari va h.k);
-qarz olingan moliyaviy mablag’lar(obligatsiya zayomlari, bank kreditlari);
-jalb qilingan moliyaviy mablag’lar(aksiyalarni sotishdan olingan mablag’lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to’lovlari);
-davlat byudjeti mablag’lari;
-chet elliklar mablag’lari.
Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi:

  1. investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi;

  2. foiz stavkasi.

Investitsiyalarga qilinadigansarflarni harakatlantiruvchi kuchi, rag’batlantiruvchi turtki foyda olishni ko’paytirish hisoblanadi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini ular foyda keltiradigan bo’lsagina sotib oladilar.
Investitsiya darajasini belgilaydigan ikkinchi omil foizning real stavkasi hisoblanadi. Foiz stavkasi- real asosiy kapitalni sotib olish uchun zarur bo’lgan, bankdan olingan ssuda kapitaliga korxona to’lashi lozim bo’lgan pul miqdori.
Investitsiya darajasi kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan tashqari boshqa quyidagi omillar ham ta’sir ko’rsatadi:

  1. mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari;

  2. tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori;

  3. texnologik o’zgarishlar.

Yalpi sarf tarkibining investitsiya sarfiga oid qismi yaloi xususiy ichki investitsiya deb yuritiladi. Shunga ko’ra yalpi va sof investitsiyalarni ham bir-biridan farqlash zarur.
Yalpi investitsiyalar joriy yil davomida iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplashga mo’ljallangan (amartizatsiya) hamda iqtisodiyotdagi capital hajmiga har qanday sof qo’shimchalardan iborat barcha investitsion tovarlarni ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi. Sof investitsiyalar esa joriy yil davomida qo’shimcha ravishda jalb qilingan investitsion tovarlardan iborat. Boshqacha aytganda, sof investitsiya yalpi investitsiya bilan amartizatsiya ajratmalarining ayirmasiga teng. Sof investitsiya asosiy va aylanma kapitalning o’sishini ta’minlaydi.
Yalpi investitsiya bilan amartizatsiya hajmi o’rtasidagi nisbat iqtisodiyot rivojlanish holatining ko’rsatkichi hisoblanadi deb ta’kidlab o’tilgan iqtisodiy adabiyotda.
Klassik iqtisodchilar investitsiya faqat foiz stavkassiga bog’liq deb hisoblashgan. Aslida, investitsiya qarori bir qator omillarga bog’liq. Ular quyidagilardir:

  1. Foiz stavkasi

  2. Noaniqlik darajasi

  3. Siyosiy muhit

  4. Aholining o’sish sur’ati

  5. Asosiyy ishlab chiqarish vositalari zaxirasi

  6. Yangi mahsulotning zarurligi

  7. Investorlar daromadlari darajasi

  8. Ixtirolar va innovatsiyalar

  9. Iste’molchi talabi

  10. Davlat siyosati

  11. Kapitalning mavjudligi

  12. Investorlarning likvid aktivlari

Investitsiyalashda investitsiya daromad yoki hatto zarar keltirishi mumkinligini aniqlaydigan kamida 5 omil mavjud, xususan:

  1. Aholi jon boshiga daromad- oddiy qilib aytganda, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromad bu mamlakatdagi odamlar soniga bo’lingan milliy daromad. Shunday qilib, mamlakatdagi o’rtacha umumiy daromad aholi jon boshiga daromad deb ataladi. O’rtacha daromad to’g’risidagi ma’lumotlar mamlakatda yashovchi aholining turmush darajasini baholash uchun material sifatida ishlatiladi. Bu orqali biz har bir kishining o’rtacha daromadi qancha ekanligini aniqlashimiz mumkin. Bu aholi jon boshiga tushadigan daromad, albatta, odamlarning bozorda aylanayotgan sotib olish qobiliyati nuqtaiy nazridan investitsiyalarga ta’sir qilishi mumkin. Demak, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromad qancha past bo’lsa, odamlarning xarid qilish qobiliyati shunchalik past bo’ladi degan xulosaga kelingan.

  2. Trendlar investitsion dunyo ,shuningdek, investitsiya narxlarning oshishi yoki pasayishiga jamoatchilikning investitsiyaga bo’lgan e’tibori ta’sir qilishi mumkin bo’lgan atama mavjud. Odamlar tez-tez investitsiya haqida gapirganda, narx oshadi va aksincha investitsiya kamdan-kam muhokama qilinsa, narx ham pasayadi.

  3. Siyosat va Xavfsizlik vaziyat mamlakatning siyosiy va xavfsizlik holati sarmoya holatiga ham ta’sir qilishi mumkin. Agar mamlakat yaxshi bo’lmagan siyosiy va xavfsizlik holatida bo’lsa, investorlar investitsiyalarini qaytarib olishga majbur bo’ladilar va bu investitsiya qiymatining pasayishiga olib keladi.

  4. Sanoat va Iqtisodiy vaziyat siyosiy va xavfsizlik bilan bog’liq vaziyatdan tashqari sarmoyaning muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizligiga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan sanoat va iqtisodiy vaziyatlar ham mavjud. Masalan, hozirgi vaqtda moliya texnologiyasi tez o’sishda davom etmoqda, shuning uchun ko’pchilik ushbu kompaniyalarga sarmoya kiritishdan manfaatdor. Sanoatga mablag’ kiritishdan manfaatdor bo’lgan sarmoyadorlar qanchalik ko’p bo’lsa, ularning investitsiyalari qiymati ham oshadi. Bu tashqari, bu mamlakatda iqtisodiy oqimini oshirishga yordam berishi mimkinligini bilishimiz kerak.

  5. Mavjud obyektlar va infratuzilmaning holati investitsiyalarga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan oxirgi omil- mavjud obyektlar va infratuzilmaning holati, taqdim etilgan obyektlar va infratuzilmalarning holati qanchalik yaxshi bo’lsa, investorlar ushbu obyektlar va infratuzilmani yetkazib beruvchilarga mablag’larni kiritishdan shunchalik manfaatdor bo’ladi. Shunday qilib, investitsiya qiymati ham oshadi.

Investitsiya –iqtisodiyotning yuragi.
O’zbekiston Respublikasining investitsiya muhitini rivojlantirish borasida tegishli huquqiy asoslar yaratilgan bo’lib, kafolat va imtiyozlarni o’zida aks ettiruvchi bir qancha me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.
Ularda xususiy mulkning davlat tomonidan himoyalanish va raqobat muhitiga sharoit hamda zarur investitsiyaviy infratuzilmaning yaratilishini nazarda tutuvchi normalar belgilab qo’yilgan. Shuningdek, mamlakatimizda hukum surayotgan siyosiy barqarorlik hamda boy tabiiy mineral resurslarning mavjudligi investitsiya muhitini rivojlantirish uchun imkoniyatlar eshigini keng ochadi. Biroq zamon bilan hamnafas ravishda taraqqiy etish uchun bularning o’zi kifoya qilmaydi. Chunki, shiddat bilan rivojlanayotgan dunyo hamjamiyati reytinglarida munosib o’rinlarini egallash uchun yangi zamonaviy g’oyalarni o’ylab topish zarurati yuzaga kelmoqda. Xorij investitsiyalarini keng miqyosda jalb qilish – iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalgam oshirish, mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlash, yuqori texnologik raqobatdosh tarmoqlarni yaratish, ilg’or texnologiyalarni, nou- xau va boshqaruv tajribalarini tatbiq etish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda aksariyat jabhalarga xorij investitsiyasini kiritish hamda iqtisodiyotning rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish borasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, o’tgan va joriy yilga berilgan nomlar ham aynan investitsiya muhitini rivojlantirish bilan bog’liq ekanligi fikrimizni isbotlaydi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrda Oliy Majlis deputatlariga yo’llagan murojatnomasida ushbu masalaga alohida urg’u berildi. Jumladan, o’tgan yilda Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom va Osiyo taraqqiyot banklari, boshqa xalqaro moliya institutlari bilan olib borilgan hamkorlik natijalariga ko’ra, mamlakatimizda investitsiyalar hajmi 8,5 millard dollarni tashkil etgani, shuningdek, chet el investitsiyalari hisobidan 23 millard dollarni tashkil etuvchi 456 ta loyiha amalgam oshirilayotgani ta’kidlandi. Prezidentimiz ushbu ko’rsatkichlarga ahamiyat qaratar ekan, keng miqyosli investitsiyalar yurtimiz iqtisodiyotini mustahkamlovchi omil bo’lishini alohida ta’kidlab, shunday dedi: “Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo’lsa, o’z iqtisodiyotining barqaror o’sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, o’zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag’a bo’lmaydi. Haqiqatdan ham iqtisodiyotda investitsiyalarni keng miqyosda jalb etishga erishish ko’plab sohalar, tarmoqlar hamda hududlarga yangi texnologiyalar, ilg’or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib kelishi va tadbirkorlikning jadal rivojlanishiga ulkan poydevor bo’lib xizmat qiladi.
O’zbekistonda investitsiya muhiti barqarorligini ta’minlashda umumiqtisodiy, me’yoriy- huquqiy, ekologik shart- sharoitlar, moliyalashtirishning bozor mexanizmlari, axborot ta’minoti va boshqalar muhim o’rin tutadi. Shuningdek, xorijiy investorlar mamlakat iqtisodiyotiga mablag’ kiritishda investitsiyaviy muhitning makroiqtisodiy ko’rsatkichlarini, ya’ni xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi hamda chiqib ketishi, inflyatsiya darajasi, yalpi ichki mahsulotning o’sishini, iste’mol va jamg’arma nisbati, foiz stavkalari darajasi hamda xorijiy investitsiyalarning o’zlashtirilishi kabilarni hisobga oladi. Qolaversa, investorlar mamlakatning malakali kadrlar zaxirasi, bank- moliya xizmatlari sifati, monetar va fiskal siyosat darajalarini ham e’tiborda tutadi. Mamlakatimiz rahbarining murojaatnomasida “Jahon tajribasini puxta o’rganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, monetar siyosatni takomillashtirish va narx- navo barqarorligini ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqishimiz zarur”, degan g’oya ilgari surildi. Demak, tegishli xavf-xatarlarni baholash hamda ularni bartaraf etish asosida chet el investitsiyalari kirib kelishiga qulaylik yaratish bugunning kuning dolzarb masalasidir. Chunki, xorijiy investorlar mamlakatning investitsiya muhiti, uning xavfsizligi, siyosiy, iqtisodiy xavf-xatarlar darajasi va ularning sug’urtalanishi, investitsiyalash maqsadlariga muvofiqligi, iqtisodiyotning, umuman, barcha sharoitlarning boshqalarga nisbatan qulayligi nuqtai nazaridan baholaydilar. Mamlakatga xos xavf-xatarlar darajasi(qarzlar masalasi, eksport va import balansi, hukumatning barqarorligi hamda boshqalar), mahalliy sharoitning boshqa mamlakatlardan ko’ra ustun jihatlari yetakchi o’rinda turadi. Xulosa o’rnida aytganda, investorlar, korxonalar, tashkilotlar tomonidan mamlakatga ulkan investitsiya loyihalarining kiritilishi natijasida yurtimizda ko’plab ish o’rinlari vujudga keladi. Shu bilan birga, zamonaviy bilimlarni o’rganish imkoniyati, umuman, davlatimizning intellektual salohiyatini yanada oshirish uchun yetarli darajada sharoit yaratiladi. O’z o’rnida, bunday imkoniyatlar xalq farovonligi, mamlakt taraqqiyot garovi hisoblanadi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qat’iy nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugun hayotdan rozi bo’lib yashashi- bizning bosh maqsadimizdir”.
2023-2025 yillarga mo’ljallangan investitsiya dasturi tasdiqlandi. Prezidentning 28.12.2022 yildagi “O’zbekiston Respublikasining 2023-2025 yillarga mo’ljallangan investitsiya dasturini amalgam oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-459 son qarori qabul qilindi. 2023-2025 yillar uchun quyidagilar tasdiqlandi:
*Markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalarni o’zlashtirishning yig’ma maqsadli korsatkichlari;
*tarmoqlar va hududlar kesimida investitsiya va kreditlarni o’zlashtirishning maqsadli ko’rsatkichlari.
Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo’yicha hukumat komissiyasi yirik ishlab chiqarish obektlari va quvvatlarida amalga oshirilayotgan ishlar bo’yicha oylik monitoring o’rnatilishi va ularning o’z vaqtida ishga tushirilishini ta’minlaydi. Dastur ijrosi natijalari, shu jumladan investitsiya loyihalarini amalgam oshirish bo’yicha kompleks tarmoq jadvallarining bajarilishi har oyda Prezident Administratsiyasiga kiritib boriladi.
Shuningdek, 2023 yil uchun quyidagilar tasdiqlanadi:
*investitsiya va kreditlarni o’zlashtirish bo’yicha yig’ma manzilli dastur;
*ishga tushiriladigan yirik ishlab chiqarish obektlari va quvvatlarining manzili ro’yxati;
*strategik investitsiya loyihalari ro’yxati;
*O’zbekiston Respublikasi nomidan yoki O’zbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlar jalb qilingan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihallarini manzili ro’yxati;
*to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya va kreditlar jalb qilingan holda amalgam oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro’yxati va boshqalar.
Vazirliklar, idoralar, xo’jalik birlashmalari, Qorqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari loyihalar tashabbuskorlariga investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 20-yanvarga qadar har bir investitsiya loyihasi bo’yicha ularni amalgam oshirishning oylar kesimidagi kompleks tarmoq jadvallarini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.
Davlat tashqi qarzi jalb qilinishi rejalashtirilayotgan yangi investitsiya loyihalarining konseptsiyalari ishlab chiqilib, 2023-yil 5-fevralga qadar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga kiritilishi lozim.
Endilikda investdastur monitoringi avtomatlashtirilgan onlayn-tizim orqali amalga oshiriladi. Hujjat bilan O’zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalgam oshirish to’g’risidagi nizom tasdiqlanmoqda. Uch yillik investitsiya dasturini shakllantirish quyidagi 6 ta bosqichdan iborat:
I bosqich – 1 avgustga qadar investdasurining dastlabki ro’yxati shakllanadi;
II bosqich-10 avgustga qadar shakllangan ro’yxat Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi;
III bosqich -25 avgustga qadar Vazirlar Mahkamasining tarkibiy bo’linmalari loyihani kelishishadi;
IV bosqich -25 oktabrga qadar vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat organlari loyiha smeta hujjatlarini ishlab chiqib kelishadi;
V bosqich -10 noyabrga qadar yakuniy loyiha Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi;
VI bosqich -1 dekabrga qadar Vazirlar Mahkamasi loyihani Prezident Administratsiyasiga kiritadi.
Investdasturini monitoring qilishning quyidagi tartibi o’rnatilmoqda:

    • loyiha tashabbuskorlari har oyning 5 sanasiga qadar uning ijrosi bo’yicha ma’lumotlarni axborot tizmiga kiritishadi;

    • Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi har oyning 10- sanasiga qadar ma’lumotni Prezident Administiratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar jamg’armasining vazifalari belgilandi.
“O’zbekiston Respublikasining To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar jamg’armasining boshqaruv kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari hisobidan shakllantiriladigan dastlabki ustav kapitali 100 mln AQSH dollariga teng bo’lgan “O’zbekiston Respublikasining To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar jamg’armasi” MCHJ shaklidagi investitsiya kompaniyasi sifatida qayta tashkil qilindi. Bunda investitsiya kompaniyasiga 2022-2023yillarda amalgam oshiriladigan loyihalar doirasida hamkor investorlar tomonidan 200 mln AQSH dollari miqdorida qo’shimcha investitsiyalar jalb qilinishini ta’minlash vazifasi yuklatildi. Investitsiya kompaniyasining ustav kapitali kelgusida investorlar bilan loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan qo’shimcha investitsiyalarni hisobga olib bosqichma-bosqich 1 mln AQSH dollariga yetkaziladi. Investitsiya va tashqi savdo vaziri Investitsiya kompaniyasining Kuzatuv kengashi raisi hisoblanadi. Investitsiya kompaniyasi tomonidan investitsiyalar tijorat tashkilotlarining ustav kapitalida bozor qiymati hisoblangan aksiyalarning (ulushlarning) 49%igacha ulushida ishtirok etish, mol-mulk sotib olish, milliy va xorijiy valyutada qarzlar berish, shuningdek, qonunchilikka zid bo’lmagan boshqa shakllarda amalga oshiriladi. Investitsiya kompaniyasi tomonidan bitta loyiha uchun kiritiladigan investitsiyalarning maksimal miqdori ushbu loyiha bo’yicha ummumiy investitsiyalar hajmining 49%idan oshmasligi lozim . Bunda investitsiya kompaniyasining O’zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari hisobidan shakllantiriladigan investitsiyalarning bitta loyiha uchun maksimal hajmi 20 mln dollardan oshmasligi lozim. Investitsiya kompaniyasi investitsiyalarni quyidagi usullar bilan jalb qiladi:
* kredit(qarz) olish va Investitsiya kompaniyasining ustav kapitaliga investorlarning pul
Download 70.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling